“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
359
Koson tumani yer - suv resurslari va ulardan oqilona foydalanish
masalalari
Hasanov Furqat Shoniyoz o’g’li
2-kurs magistr
Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti
gmail: furqathasanov420@gmail.com
Annotatsiya.
Bu maqola Koson tumani hududi va uning geologik
tuzilishi, relyefi , tuman iqlimi va suvlari, tuproq, o’simlik, hayvonot dunyosiga
qisqacha tarif berilgan . Tuman hududiga tasir etuvchi havo massalari va uning
tuman iqlimining va suvlarini shakillanishiga ta’siri o’rganilib chiqilgan. Hududda
tarqalgan tuproq turlari va ularning xususiyati va tuman xo’jaligiga ta’sirini o’rganib
chiqish va tuman o’simlik va hayvonot olamini mintaqalar bo’yicha tarqalishi
haqida ma’lumotlar yoritilgan.
Kalit so’zlar
:
to’rtlamchi davr, eroziya, atmosfera sirkulyatsiyasi,
kanal,
tomchilatib sug’orish, namlik yetishmasligi, avtomorf, lyoss va lyossimon, efemer
va efemeroid
,
sut emizuvchilar.
Obyekt:
Tuman tabiiy sharoiti va resursi
Predmet:
Koson tumani yer-suv resurslari
Kirish:
Koson tumani Qashqadaryo viloyatining g’arbiy qismida
joylashgan bo’lib,shimoldan Samarqand viloyati,g’arbda Muborak tumani,janubi-
sharqda Kaspi tumani, janubi - sharqda esa Qarshi tumani bilan chegaralangan.
Koson tumanining zamini tо‘rtlamchi davrning turli geografik asrlarida vujudga
kelgan daryo yotqiziqlari, shamol faoliyati natijasida tuzilgan qum va giltoshlar
bilan qoplangan. 10-15 metr qalinlikdagi bu qoplam tagida paleogen, bо‘r va yura
davrlariga mansub dengiz giltoshlari va qumtoshlarning qatlamlari joylashgan. qizil,
kо‘k va jigarrangdagi giltoshlar tagida о‘rtacha 800-1000 metr chuqurlikda yura
davri marjonli ohaktoshlari, shuningdek ayrim joylarda gips, angidrit, tosh tuz
qatlamlaridan iborat yotqiziqlar joylashgan. Xususan, gorizontal qatlamlarni tashkil
etuvchi bu jinslarning majmualari Qо‘ng‘irtog‘, Kosontog‘, Maymanoqtog‘ kabi
tektonik tuzilmalarning yer yuzasiga yorib chiqqan burmalarida kо‘rinadi. Qarshi
chо‘lining ayrim maydonlarida tо‘lqinsimon relyef bо‘lishining sababi ham
shundadir. Bu tog‘ burmali tuzilmalar zamini asosan yura, bur va paleogen dengiz
qoldiqlaridan iborat.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
360
Ma’lumki, yer yuzasining hozirgi qiyofasi geologik taraqqiyot bosqichlari
bilan chambarchas bog‘liqdir. Ana shu bog‘liqlikni hamda hozirgi relyef hosil
qiluvchi jarayonlarning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda Koson tumani hududi
tekislik relyef mintaqasida joylashgan.
Tekislikning katta qismini lyossli jinslar qoplagan maydonlar tashkil etadi.
Ayni paytda deyarli batamom о‘zlashtirilgan sug‘orma dehqonchilik massivlari
viloyat markazidan janubi-g‘arb hamda shimoli-g‘arbda yastanib yotibdi.
Qashqadaryo о‘zaniga tutash joylarda ariqlar va zovurlar yaqinidagi maydonlarda
eroziya tufayli shaxobchali eroziya, shо‘rlanish, botqoqlanish, shamol eroziyasi kabi
nomaqbul jarayonlar paydo bо‘lishi kuzatilmoqda. Tekislik relyefida inson
tomonidan qadimda barpo etilgan tepaliklarning tez-tez uchrashi ham relyefning
muhim belgilaridandir.
Tekislik kо‘pgina hollarda katta-katta maydonlar kuchli shо‘rlangan botiqlar
bilan qо‘shilib ketadi.
Jazirama kunlar odatda 3-4 kun davom etadi. Keyin salqinroq havoning kirib
kelishi bilan bog‘liq holda harorat biroz pasayadi. Mevalar, uzum, qovun,
tarvuzlarning shirin bо‘lishi, qand moddasining kо‘pligi ham yozgi ob-havoning
serquyosh va haroratning yuqori bо‘lishiga bog‘liqdir.
Tuproq yozda tez isiydi, uning yuzasi tekisliklarda 60-70
0
, ochiq chо‘llarda
+80
0
C gacha isishi mumkin. Bunday sharoitda chо‘llardagi о‘simliklarning
kо‘pchiligi о‘sishdan tо‘xtaydi, qovjirab quriydi. Haroratning о‘rtacha yillik
amplitudasi 25-30
0
bо‘ladi. Bu kо‘rsatkich bо‘yicha Koson tumani keskin
kontinental iqlimga ega.
Koson tumanida sovuq bо‘lmaydigan davr о‘sha hisobda 270-280 kunga teng.
Demak, bu davrda kо‘pchilik issiqsevar о‘simliklar hosilga kira oladi. Issiqsevar
о‘simliklarning kо‘pchiligi bahorda о‘rtacha sutkalik harorat +10
0
C dan yuqori
bо‘lganda о‘sa boshlaydi.
Havoning suv bug‘lariga tuyinish darajasini ko’rsatuvchi nisbiy namlik tuman
hududida yoz oylarida ancha kam, qish mavsumida haroratning pasayishi va
yog‘ingarchilik bо‘lishi tufayli bir muncha oshadi. Bir qancha joylarda havoning
о‘rtacha nisbiy namligi 40-45%. lekin iyulda eng past о‘rtacha nisbiy namlik
Koson tumanida taqirli tuproqlar chо‘l zonasida tarqalgan. Qashqadaryoning
qadimiy deltasida va prolyuvial hamda delyuvial yotqiziqlaridan iborat tog‘ oldi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
361
tekisliklarida tarqalgan. Taqirli tuproqlar ba’zi taqirlar chо‘l-qumli tuproqlar va
qumloqlar bilan aralash holda uchraydi.
Taqirli tuproqlar asosan allyuvial qumoq-gilli va qumoq yotqiziqlarda, ayrim
joylarda esa chaqirli-qumoq yotqiziqlarda vujudga keladi.
Qarshi chо‘li sharoitida tarqalgan taqirli tuproqlar chuchuk yoki kam
minerallashgan sizot suvlari sathidan ancha past joylashganligi sababli nisbatan kam
shо‘rlangan. Bu tuproqlarda chirindining miqdori kam.
Umuman taqirli tuproqlar tuman hududining ancha qismini tashkil etadi.
Tuman hududining g‘arbiy qismida chо‘l-qumli tuproqlar keng tarqalgan. Bu
tuproqlarning vujudga kelishida eol, allyuvial va prolyuvial yotqiziqlar ona jins
bо‘lgan. Chо‘l-qumli tuproqlar tarqalgan yerlarda sizot suvlari chuqur
joylashganligi bilan ta’riflanadi.
Chо‘l-qumli tuproqlar sо‘r-qо‘ng‘ir va taqirli tuproqlarga о‘xshab ketadi. Bu
tuproqlarda о‘simliklar, ayniqsa efemerlar kо‘plab о‘sadi. Lekin bu tuproqlarda
chirindining miqdori juda kam (0,3-0,5%) ozuqa beruvchi kimyoviy unsurlarga
kambag‘al. Chо‘l-qumli tuproqlar deyarli hamma joyda shо‘rlanganligi tufayli
ularni о‘zlashtirish uchun shо‘rlanishga shuningdek shamol eroziyasiga qarshi bir
qator tadbirlarni о‘tkazish lozim. Shu sababli chо‘l-qumli tuproqlar tarqalgan
yerlardan yaylovlar sifatida foydalanish lozim.
Tog‘ oldi chala chо‘l zonasi uchun asosan bо‘z tuproqlar tipi hos bо‘lib, ular
dengiz sathidan 250-300 m dan 1200-1400 m gacha balandliklarda, ya’ni tog‘ oldi
qiya tekisliklarida, adirlarda va pastak tog‘larning yonbag‘irlarida tarqalgan. Bо‘z
tuproqlar asosan lyoss va lyossimon yotqiziqlar ustida shakllangan. Bо‘z tuproqlar
arealida chо‘l zonasidagiga nisbatan aridlik xususiyati biroz past bо‘lganligi sababli
о‘simlik qoplami ancha zich, bо‘z tuproqlarda chirindining miqdori ham chо‘l
tuproqlaridagiga nisbatan kо‘proq.
Gidrotermik sharoitlarning о‘zgarishiga, gipsometrik holatiga, chirindi
tо‘planishiga, karbonatlarning qatlamlar bо‘yicha о‘zgarishiga va boshqa
xususiyatlariga kо‘ra bо‘z tuproqlarning och tusli, asl (tipik) va tо‘q tusli turlari
ajratiladi.
Och tusli bо‘z tuproqlarda tuzlarning miqdori, yer osti suvlari sathining
holatiga bog‘liq. Qashqadaryoning о‘ng va chap sohilidagi yuqori terassasida sizot
suvlari sathi ancha chuqur joylashgan va kam minerallashgan. Shu sababli bu
yerdagi shо‘rlanmagan yoki shо‘rlanish darajasi past.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
362
Dehqonchilik qilinadigan yerlarda tuproq hosil bо‘lishi sharoitlari ancha
о‘zgaradi. Ayniqsa sug‘orilib, ekin ekiladigan yerlarning ham avtomorf ham
gidromorf tuproqlari о‘zlarining profillarining tuzilishi va boshqa xususiyatlariga
kо‘ra о‘zlashtirilmagan yerlarning shu xildagi tuproqlaridan ancha farq qiladi.
Sug‘oriladigan yerlarning tuproqlarida qalinligi ayrim hollarda 1 m va undan ortiq
bо‘lgan о‘ziga xos agroirrigatsiya qatlami hosil bо‘ladi. Shu sababli О‘zbekistonlik
tuproqshunoslar chо‘l zonasining sug‘oriladigan yerlarida о‘tloq-voha, taqirli-voha
va botqoq-voha tuproq tiplarini tog‘ oldi chala chо‘l zonasining sug‘oriladigan
yerlarida esa о‘tloq-voha, botqoq-voha va bо‘z tuproqli voha tuproq tiplarini
ajratadilar. Biz о‘rganayotgan Koson tumani hududida asosan taqirli, chо‘l-qumli,
och tusli ham bо‘z tuproqlar uchraydi. Ularga organik ham mineral о‘g‘itlarni ekin
maydonlariga solingandagina о‘simliklardan yuqori hosil olish mumkin.
Koson tumani о‘simlik qoplamining shakllanishida va tarqalishida hududning
geologik tarixiy taraqqiyoti, geografik о‘rni va hozirgi tabiiy sharoitlari asosiy
ahamiyat kasb etadi. О‘simlik turlarining tarqalishida esa relyef, tuproq va iqlim
sharoitlari muhim omillar hisoblanadi. Tuman hududida oziq-ovqat va
chorvachilikda yem-xashak sifatida ishlatiladigan, qimmatbaho dorivor, efir moyli
va boshqa turdagi kо‘pgina о‘simliklar uchraydi. Tumanning о‘simlik qoplamini
asosan efemerlar qisqa muddatdi vegetatsiyaga ega bо‘lgan bir yillik о‘simliklar,
efemeroidlar (qisqa muddatli vegetatsiyaga ega bо‘lgan, biroq ildizi orqali qayta
rivojlanadigan kо‘p yillik о‘simliklar), kserofitlar (uzoq qо‘rg‘oqchilikka bardosh
beradiga chо‘l о‘simliklari), galofitlar (shо‘rlangan yerlarda va shо‘rhoklarda
о‘sadigan shо‘rsevar о‘simliklar) va psammofitlar (qumlarda о‘sadigan о‘simliklar)
tashkil etadi.
Chо‘l mintaqasida joylashgan Koson tumani hududida yillik о‘rtacha harorat
16-18
0
ni, yanvarning о‘rtacha harorati 0,1-3,3
0
ni tashkil etadi. Bu hududda 270-
320 kun davomida harorat +5
0
C dan yuqori bо‘ladi. Yillik yog‘inlarning о‘rtacha
miqdori 130-230 mm. Tumanning asosiy tuproq turlarini taqirli, chо‘l-qumli, sо‘r-
qо‘ng‘ir tuproqlar tashkil etadi va ular orasida taqirlar va shо‘rxoklar ham tarqalgan.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
363
Xulosa va takliflar
Tuman hududidagi tarqalgan tuproqlar unumdorligi kamligi va uning katta
maydonda tarqalganligi aniqlandi va bunga asosiy takliflar qishloq xo’jaligida
foydalanuvchi xo’jalik yerlaridan va sug’oriladigan maydonlarni unumdorlik
darajasini oshirish orqali , bundan tashqari kuz-qishgi mavsumda yerlarni almashib
ekishga tayyorlashda ag’darib qo’yish kerakligi orqali tuproqning unumdorligi
xususiyatini saqlab qolish mumkin.
Daryo va kanallar tarmoqlaridan sug’oriladigan yerlarni oqizish orqali sug’orish
ishlaridan ko’ra intensiv usulda tomchilab su’g’orish usulini qo’llash kerakligi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Sug’oriladigan yerlarga suvni kam talab qiladigan ekinlarni ekish orqali
hosildorlikni oshirish lozimligi va Turkiya texnologiasini sekin asta yashil
xo’jalikga joriy etish samaralidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1
.
O’zbekiston milliy ensiklopediya
2. Tursunov Т.N, Bazarov D.R, Matyakubov B.Sh., Berdiyev М.S., Rajabov
N.Q., Ortiqboyeva F.K. ,,Gidroenergetik inshoatlar’’ Тoshkent- 2019
3. Joʻraqulov Obod, Muhammadiev Nosir, "Qashqadaryo viloyati"
Toshkent, 2000-yil
3.Yangiboyev М., ,,Qashqadaryo viloyati geografiyasi’’, Qarshi, 1993
4. Ravshapov P. ,,Qashqadaryo tarixi’ Тoshkent, 1995;
5. Jo’raqulov Obod, Muhammadiyev Nosir, "Qashqadaryo viloyati" Toshkent,
2000-yil
Qo’shimcha adabiyotlar
1. www.ziyonet.com.uz
2. www.biblotek.com.ru
3. www.qash stat.uz
4. www.google.uz
