“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
347
IRSIY KASALLIKLARNING KELIB CHIQISH OMILLARI, TURLARI,
MODDALAR ALMASHUNIVI VA UNING AHAMIYATI
Mardonova Nigora Parda qizi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yuz jagʼ jarrohligi kafedrasi assistenti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada irsiy kasalliklar kelib chiqishida moddalar
almashinuvi va uning ahamiyati borasida tahlillar va ma’lumotlar asosida fikr
yuritilgan. Unda irsiy kasalliklar – genetik axborotning buzilishi natijasida kelib
chiqadigan kasalliklar hisoblanib, asosan xromosomalar yoki genlardagi
mutatsiyalar tufayli paydo boʻlib, nasldan naslga oʻtishi to’g’risida ma’lumotlar
berilgan. Bundan tashqari maqolada mutatsiyalar tashqi muhit omillari
(ionlashtiruvchi nurlar, ayrim biologik faol kimyoviy birikmalar) hamda organizm
va hujayralardagi salbiy taʼsirlar oqibatida roʻy berishi mumkinligi borasida misollar
asosida tahlil qilingan.
Kirish soʻzlar
: fenilketonuriya, albinizm, gemofiliya, gangliozidoz,
mutatsiya, leykodistrofiya, fermentativ tahlil.
Abstract.
This article discusses the role of metabolism in the origin of
hereditary diseases and its significance based on analysis and data. It provides
information on the fact that hereditary diseases are diseases that arise as a result of
a violation of genetic information, mainly due to mutations in chromosomes or
genes, and are transmitted from generation to generation. In addition, the article
analyzes the possibility of mutations occurring as a result of external environmental
factors (ionizing radiation, some biologically active chemical compounds) and
negative effects on the div and cells, based on examples.
Key words:
phenylketonuria, albinism, hemophilia, gangliosidosis, mutation,
leukodystrophy, enzymatic analysis.
Аннотация.
В статье рассматривается роль обмена веществ в
возникновении наследственных заболеваний и его значение на основе анализа
и данных. В нем содержится информация о наследственных заболеваниях —
заболеваниях, возникающих в результате нарушения генетической
информации, в основном из-за мутаций в хромосомах или генах, и
передающихся из поколения в поколение. Кроме того, в статье на примерах
анализируется, как могут возникать мутации под воздействием внешних
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
348
факторов среды (ионизирующей радиации, некоторых биологически активных
химических соединений) и негативных воздействий на организм и клетки.
Ключевые
слова:
фенилкетонурия,
альбинизм,
гемофилия,
ганглиозидоз, мутация, лейкодистрофия, ферментативный анализ.
Kirish.
Kelib chiqish sababiga ko’ra ko’ra irsiy kasalliklar gen va xromosoma
kasalliklariga bo’lib tasniflanadi. Gen kasalliklari gen darajasidagi mutatsiyalar
natijasida bitta yoki bir nechta genning o’zgarishi bilan yuzaga chiqadi. Mutatsiyaga
olib keluvchi omillar mutagenlar deb ataladi, mutagen omillar, tabiatiga ko’ra 3 xil
bo’ladi. Bular: fizik (radioaktiv nurlar, rentgen nurlari, harorat), kimyoviy(zaharli
kimyoviy moddalar pestidsidlar, sanoat chiqindilari), biologik (viruslar,
bakteriyalar, parazit hayvonlar va ular ishlab chiqaradigan toksinlar). Irsiylanish
xarakteriga ko’ra gen kasalliklari dominant va retsessiv bo’lishi mumkin. Bitta
genning o’zgarishi natijasida kelib chiqadigan kasalliklarni monogen kasalliklar
(neyrofibromatoz, marfan sindromi, fenilketonuriya, dyushen miopatiyasi), bir
nechta genlarning o’zgarishidan kelib chiqadigan kasalliklarni poligen kasalliklar
(o’sma, qandli diabet, shizofreniya) deyiladi. Gen kasalliklari bo’lgan odamlarda
gen darajasidagi mutatsiya hisobiga oqsil (ferment) sintezi buziladi, natijada shu
ferment ishtirokida kechadigan biokimyoviy reaksiya normal kechmaydi. Bu esa
metabolizmning ishdan chiqishiga olib keladi.
Irsiy kasalliklar asosan, klinikgenealogik usul bilan oʼrganiladi, bunda
avlodlar shajarasi tuziladi. Bu usul yordamida irsiy kasalliklar (autosomdominant,
autosom-retsessiv va jins bilan bogʼliq kasalliklar)ning turli yoʼllar bilan nasldan
naslga o’tishi aniqlanadi. Аutosomdominant kasalliklarda, kasallik autosomada
joylashgan dominant genlar orqali nazorat qilinadi. Bunda kasallik har avlodda 50%
dan ortiq hollarda uchraydi. Braxidaktiliya, araxnodaktiliya, retinoblastoma,
psoriaznnng maʼlum bir turlari va boshqalar shu yoʼl bilan nasldan naslga oʼtadi.
Asosiy qism.
Аutosom-retsessiv irsiy kasalliklarda patologik retsessiv genlar
ota-onada boʼlsa, kasal bola tugʼilish ehtimoli bor, shuning uchun bu kasalliklar har
avlodda uchramaydi. Lekin, bu ehtimollik oʼzgargan gen tutuvchi yaqin
qarindoshlar oʼrtasida oila qurilganda oshadi. Bularga fenilketonuriya, mi-okloniya,
epilepsiya, oligofreniyaning maʼlum bir turlari va boshqalar misol boʼla oladi.
Maʼlum bir autosomdominant va autosom-retsessiv irsiy kasalliklar (mas,
dalto-nizmning maʼlum bir turi, gemofiliya А, sideroaxrestik anemiya va b.) jins
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
349
bilan bogʼliq holda nasldan naslga oʼtadi. Irsiy belgilarning ayrim xususiyatlarini
oʼrganishda egizaklar usulidan ham foydalaniladi. Maʼlumki, egizaklar bir tuxumli
yoki ikki tuxumli boʼladi. Bir tuxumli egizaklar genotip va tashqi koʼrinishlarining
bir xilligi (fenotip) hamda bir jinsga mansubligi bilan tavsiflanadi. Ikki tuxumli
egizaklar genotipi har xil va bir-biridan tashqi koʼrinishi, jinsi bilan farq qiladi.
Egizaklar usuli ayrim kasalliklarning nasldan naslga oʼtish qonuniyatlarini oʼrganib
qolmay, organizmning ayrim irsiy kasalliklarga moyilligini ham aniqlash imkonini
beradi.
Shuningdek, xromosoma va gen irsiy kasalliklari farqlanadi. Xromosoma
kasalliklari, asosan, xromosoma tuzilishi va sonining oʼzgarishi tufayli kelib
chiqadi, bu yangi tugʼilgan bolalarda 1% ni tashkil etadi. Xromosomadagi jiddiy
oʼzgarishlar koʼpincha organizmning hayot faolligini cheklab, rivojlanayotgan
homilaning nobud boʼlishiga olib keladi. Bu kasalliklar autosomalar va jinsiy
xromosomalarda roʼy bergan oʼzgarishlar oqibatida kelib chiqadi. Bularga
Shereshevskiy-Terner (kariotipi - XO), Klaynfelter (XXY), Patau (13 trisomiya),
Daun, «mushuk chinqirigʼi» kabi sindrom va kasalliklar kiradi.
Umuman koʼpgina xromosoma kasalliklarida odam skeleti tuzilishi va nerv
sistemasi oʼzgaradi, tashqi va ichki aʼzolarning tugʼma nuqsonlari, oʼsishdan orqada
qolish, nerv, endokrin va b. sistemalarning buzilishi kuzatiladi, bemorlarning
generativ faolligi pasayadi. Gen kasalliklari nuqtali mutatsiyalar natijasida yuzaga
keladigan moddalar almashinuviga aloqador hisoblanadi. Hozir ularning 30 dan
ortiq xili aniqlangan. Masalan, yogʼ almashinuvining buzilishi markaziy nerv
sistemasi faoliyatining oʼzgarishi bilan kechadi. Bulardan eng ogʼiri Tey-Saks
amavrotik idiotiyasidir, bunda koʼrish qobiliyatining susayishi, esi pastlik va boshqa
nevrologik simptomlar kuzatiladi.
Uglevod almashinuvining oʼzgarishiga aloqador irsiy kasalliklardan
galaktozemiya uchraydi. Bunda galaktozani glyukozaga aylantiruvchi fermentativ
jarayon oʼzgaradi, galaktoza va uning mahsulotlari hujayralarda toʼplanib, markaziy
nerv sistemasi va aʼzolar faoliyatiga zarar yetkazadi. Qandli diabet ham uglevod
almashinuvining buzilishiga aloqador irsiy kasalliklardandir. Bruton kasalligida
immunoglobulin fraktsiyalarining sintez qilinishi buziladi, kasallik, asosan, oʼgʼil
bolalarda uchraydi. Bunda bolalar deyarli sog’lom tugʼiladi, lekin 3-4 oyligidayoq
yuqumli kasalliklarga beriluvchanligi aniqlanadi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
350
Qonga aloqador irsiy kasalliklarga chaqaloqlarning gemolitik kasalligi kiradi.
Bu, asosan, ona va bola qonidagi rezus-omil hamda er-xotin qon guruhlarining mos
kelmasligi oqibatida roʼy beradi. Oq qon tanachalari - leykotsitlar patologiyasi bilan
bogʼliq irsiy kasalliklar ham boʼlishi mumkin. Masalan, leykoz (oq qon kasalligi)
ning vujudga kelishida gen mutatsiyalarining ahamiyati borligi maʼlum. Gemofiliya
ham qon sistemasining irsiy kasalligi boʼlib, bunda, asosan, qonning ivish xususiyati
pasayadi; qon ivishida ishtirok etadigan ayrim oqsillar sintezi buziladi.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib organizmda qaysi moddalar
almashinuvining buzilishiga ko’ra irsiy gen kasalliklari quyidagicha
klassifikatsiyalanadi:
1) aminokislotalar almashinuvining buzilishi hisobiga kelib chiqadigan
kasalliklar (fenilketonuriya, alkoptonuriya, albinizm).
2) uglevodlar almashinuvining buzilishi hisobiga kelib chiqadigan kasalliklar
(qandli diabet, mukopolisaxaridoz, glikogenoz, galaktozemiya).
3) lipidlar almashinuvining buzilishi tufayli paydo bo’ladigan kasalliklar
(gangliozidoz, leykodistrofiya).
4) purin va pirimidin almashinuvining buzilishi hisobiga kelib chiqadigan
kasalliklar.
5) minerallar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan
kasalliklar(gepatolentikulyar degeneratsiya, gemoxromatoz, oilaviy paroksizmal
shollik).
Aminokislotalar almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadigan irsiy
gen kasalliklari Fenilketonuriyahisoblanadi. Bu kasallikni birinchi bo’lib
norvegiyalik vrach F.Felling aniqlagan.U ikkita aqliy va jismoniy tomondan zaif
bolalarning siydigida ma’lum bir hid borligini sezdi. Bu bolalarning siydigini
biokimyoviy usulda tekshirilganda juda ko’p miqdorda pirouzum kislotasi borligi
ma’lum bo’ldi. Sog’lom odam qonida bu modda uchramaydi. Hozirgi kunda bu
kasallikning kelib chiqish sababi fenilalanin aminokislotasiga bog’liqligi
aniqlangan. Fenilalanin normada fenilalaningidroksilaza fermenti ishtirokida
tirozinga aylanadi. Fenilalaningidroksilaza fermentining sintezi uchun javobgar
bo’lgan genning mutatsiyasi natijasida fenilketonuriya kasalligi yuzaga keladi.
Belgilari aqliy zaiflik, jismoniy rivojlanishning orqada qolishi, muskullar
qo’zg’aluvchanligining ortishi, tutqanoq, ko’z va soch rangining ochroq rangga
o’zgarishi, bemor siydigidandan sichqon hidi kelib turishi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
351
Alkoptonuriya. Bu kasallikda fenilalanin va tirozinning keyingi ko’rinishlarga
o’tish jarayoni buziladi. Alkoptonuriya kasalligida gomogentizinoksidaza
fermentining sintezini belgilovchi gen mutatsiyaga uchragani sababli organizmda bu
ferment juda kamayib ketadi. Natijada, to’qimalarda va fiziologik suyuqliklarda
gomogentizin kislotasi to’planib qoladi. Alkoptonuriyaga uchragan bemor siydigi
tarkibidagi alkopton moddasi havoda oksidlanganligi uchun siydik tezda qorayib
qoladi. Yoshlikda alkoptonuriya kasalligi sezilarsiz bo’lib, yosh ulg’aygan sari
kasallikning belgilari paydo bo’la boshlaydi va birikturuvchi to’qimalarda
gomogentizin kislotasi to’planib, bo’g’imlardagi tog’aylar sariq-binafsha rangga
kiradi, quloq suprasi va burun tog’aylari qorayadi.
Albinizm (Albinismus). Bu kasallik tirozinni melaninga aylantiruvchi
tirozinaza fermenti sintezini boshqaruvchi genning mutatsiyaga uchrashi hisobiga
sodir bo’ladi. Albinizm kasalligida terida, sochda, ko’zning rangdor pardasida rang
bo’lmaydi va ko’zning ko’rish qobiliyati ancha susayadi.
Uglevodlar almashinuvining buzilishi hisobiga kelib chiqadigan irsiy gen
kasalliklari Galaktozemiya adabiyotlarda galaktozemiya kasalligi haqidagi dastlabki
ma’lumotlar 1908 yilda berilgan. Kasallikning kelib chiqish mexanizmlari 1956
yilga kelib tushuntirildi. Unga ko’ra galaktozemiya kasalligida galaktoza
almashinuvida
ishtirok
etadigan
galaktozo-1-fosfaturidiltransferaza(GFRT)
fermenti sintezini belgilovchi genning mutatsiyaga uchrashi natijasida kelib chiqadi.
Galaktozemiya kasalligida bemorda quyidagi belgilar qayt qilish, sarg’ayish, ozish,
ich ketish, organizmda suv miqdorining kamayishi, ichki organlar rivojlanishining
buzilishi, aqliy zaifliklar namoyon bo’lib, ular bemorlarda turlicha kuzatiladi.
Lipidlar almashinuvining buzilishi hisobiga yuzaga keladigan irsiy gen
kasalliklari Gangliozidoz nomi bilan tibbiyotda nomalanadi. Bu kasallik
gangliozidlar almashinuvini ta’minlovchi geksozoaminidaza fermentining sinteziga
javobgar genning mutatsiyasi natijasida kelib chiqadi. Buning oqibatida organizmda
ushbu fermentning miqdori juda kamayib ketadi. Gangliozidlarning ko’pchilik qismi
bosh miyada, jigarda, taloqda, ko’zning to’r pardasida to’planib, aqliy zaiflik, qo’l
va oyoq harakatining susayishiga va ko’rish qobiliyatining buzilishiga olib keladi.
Leykodistrofiya bu gen kasalligi miyelin tarkibiga kiruvchi lipidlar metabolizmini
ta’minlovchi genning mutatsiyasi oqibatida bosh va orqa miyada miyelin moddasi
to’planib qolishi natijasida kelib chiqadi. Leykodistrofiyaga chalingan bemorlarda
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
352
aqliy zaiflik, harakatsizlik, ko’rish nervi ta’sirchanligining yo’qolishi, eshitish
xususiyatining pasayishi kabi belgilar kuzatiladi.
Purin va pirimidin almashinuvining buzilishidan kelib chiqadigan irsiy
kasallik organizmda gipoksantin fosforibozil-transferaza (GKFBT) fermentining
yetishmasligidan paydo bo’ladi. Bu ferment erkin holatdagi purin birikmalari
bo’lgan guanin va gipoksantinning nukleotidlarga aylanishini ta’minlaydi. Ferment
yetishmasligida organizmda siydik kislotasining miqdori oshib ketadi. Kasallikning
belgilari muskullar qisqarishining kuchayishi, ta’sirchanlik oshishi, asab tizimida
rivojlanishning
kechikishi,
nefropatiya ko’rinishlarida bo’ladi. Kasallik
biokimyoviy (skrining va murakkab fermentativ tahlil) usulda tashxis qilinadi.
Gemofiliya kasalligi bu jinsiy X-xromosomaga birikkan holda retsessiv gen
orqali irsiylanadi. Gemofiliya kasalligida bemorda qonning ivishini ta’minlovchi
oqsilni sintez qiladigan ferment strukturasining buzilishi natijasida kelib chiqadi.
Hozirgi kunda gemofiliyaning bir qancha(A, B, C, D) turlari aniqlangan.
Xulosa.
Irsiy kasalliklarni aniqlash va oldini olish bilan tibbiy genetika
shugʼullanadi. Uning asosiy vazifasi irsiy kasalliklarning tarqalishini, oilada irsiy
kasal bola tugʼilishi ehtimoli borligini aniqlashdan iborat. Odam irsiy patologiyasini
oʼrganishda boshqa usullar ichida sitogenetik usul alohida oʼrin tutadi. Bu usul
yordamida irsiyat asoslarini, odam kariotipining meʼyor va patologiyasini,
mutatsion va evolyutsion jarayonlarning maʼlum bir qonuniyatlarini oʼrganish
mumkin.
Minerallar almashinuvining buzilishi bilan yuzaga keladigan irsiy gen
kasalliklari Gepatolentikulyar degeneratsiya (Villson-Konovalov kasalligi). Bu
kasallik o’zida mis va oksidaza fermentlari xususiyatiga ega bo’lgan seruloplazmin
oqsili sintezini belgilovchi gen mutatsiyasi hisobiga kelib chiqadi. Kasallangan
bemorda misning jigar, buyraklar, miya va ko’zlarda to’planishi kuzatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. В. Э. Бутвиловский, В. В. Григорович, А. В. Бутвиловский “medical biology
for international students studying in the specialty «general medicine» минск бгму
2017
2. Sylvia S. Mader “Human Biology” the United States. 2012
3. O.-Y.L. Bekish “medical biology” Vitebsk State Medical University Press 2003
4. Pekhov A.P. Biology. Medical biology, genetics, parasitology. Textbook.
Moscow. 2014.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
353
5. Alimxodjaeva P.R., Juravlyova R.A. “Management of medical parasitology”.
Tashkent. 2004 .
6. Xalikov P.X. “Cytogenetic method and human genetic inheritance”. Toshkent.
2004 .
7. Zokova N. B., and Islomova Sh.A "the effect of prolonged exposure to pyrethroid
pesticides on thyroid functions of pregnant rats and their offspring" (2020).
8. A.K Kurbanov, P.K Khalikov, L.A Shigakova, Sh.A Islamova… - International
Journal of Scientific Trends, 2022 Impact of prolonged exposure of piretroid
pesticides on the thyroid function of the pregnant rats and their off spring
9. Ибрагимов, Д. Д., Мардонова, Н. П., Исматов, Н. С., & Кучкоров, Ф. Ш.
(2023). ЖАҒ КИСТАЛАРИНИ ДАВОЛАШДА ТРОМБОЦИТЛАР БИЛАН
ТЎЙИНГАН ФИБРИННИНГ ҚЎЛЛАШ АВЗАЛЛИГИ. MedUnion, 2(1), 88-93.
2.
10. Марданова Н. П., Кудратова Н. Б., Фарходов Ё. Ф. ОПТИМИЗАЦИЯ
ИСХОДОВ ХИРУРГИЧЕСКОЙ ТЕРАПИИ ОДОНТОГЕННЫХ КИСТ
ЧЕЛЮСТНЫХ
КОСТЕЙ
//Состав
редакционной
коллегии
и
организационного комитета: Аймурзина БТ, доктор экономических наук
Ахмедова НР, доктор искусствоведения Базарбаева СМ, доктор технических
наук Битокова СХ, доктор филологических наук. – 2024.
11. ИБРАГИМОВ, Д., ГАФФАРОВ, У., & МАРДАНОВА, Н. РЕДКИЙ
СЛУЧАЙ
УДАЛЕНИЯ
КРУПНОГО
СЛЮННОГО
КАМНЯ
ПРИ
ХРОНИЧЕСКОМ КАЛЬКУЛЁЗНОМ СИАЛАДЕНИТЕ. Международный
центр научного партнерства «Новая Наука»(ИП Ивановская ИИ)
КОНФЕРЕНЦИЯ:
ЛОМОНОСОВСКИЕ
ЧТЕНИЯ.
АКТУАЛЬНЫЕ
ВОПРОСЫ ФУНДАМЕНТАЛЬНЫХ И ПРИКЛАДНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ
Петрозаводск, 01 апреля 2024
12. МАРДОНОВА, Н., ЮЛДАШЕВ, Н., КАТТАХОНОВ, Ж., & КАРИМОВ, Х.
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ
ОДОНТОГЕННЫХ КИСТ ЧЕЛЮСТЕЙ. Международный центр научного
партнерства «Новая Наука»(ИП Ивановская ИИ) КОНФЕРЕНЦИЯ: НАУКА.
ОБРАЗОВАНИЕ.
ТЕХНОЛОГИИ:
ТЕНДЕНЦИИ
СОВРЕМЕННОГО
РАЗВИТИЯ Петрозаводск, 08 января 2024 года Организаторы:
Международный центр научного партнерства «Новая Наука»(ИП Ивановская
ИИ).
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
354
13. Шодиев, С. С., Исматов, Ф. А., Нарзиева, Д. Б., Тухтамишев, Н. О., &
Ахмедов, Б. С. (2019). Эффективность применения отвара аниса при
лечении периимплантитов. Достижения науки и образования, (11 (52)), 99-
103.
14. Исматов, Ф. А., Мустафоев, А. А., & Фуркатов, Ш. Ф. (2023). АНАЛИЗ
ЭФФЕКТИВНОСТИ НЕСТЕРОИДНЫХ АНТИВОСПОЛИТЕЛЬНЫХ
ПРЕПАРАТОВ
ПРИ
ИЗЛЕЧЕНЬЕ
ВЕРХНЕЧЕЛЮСТНОГО
АЛЬВЕОЛИТА. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT
RESEARCH, 1(12), 49-57.
15. Исматов, Ф. А., Шодиев, С. С., & Мусурманов, Ф. И. (2020). Анализ
изучения стоматологического и общего здоровья студентов вузов города
самарканда. Биомедицина ва амалиёт журнали, (6), 34-39.
16. Хасанова, Л. Э., & Исматов, Ф. А. (2020). Комплексная социально-
гигиеническая характеристика условий, образа жизни и здоровья
студентов.
преимущества
обследования
студенческой
молодежи. Проблемы биологии и медицины, 1, 286-293.
17. Ismatov, F. A. (2022). Abdullaev TZ METHODS OF APPLICATION OF
SINGLE-STAGE DENTAL IMPLANTS FOR DIFFERENT DEGREES OF
ALVEOLAR ATROPHY. Web of Scientist: International Scientific Research
Journal, 3(8), 636-643.
18. Aslidinovich, I. F., & Abdurasulovich, M. A. (2022). STRUCTURE OF
SINGLE-STAGE DENTAL IMPLANTS FOR VARYING DEGREES OF
ALVEOLAR ATROPHY. World Bulletin of Public Health, 10, 156-159.
19. Ismatov, F. A. (2020). Comparative tender characteristics of student dental
Health indexes. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research,
(10), 11.
20. Ismatov, F. A. (2023). EVALUATION OF THE EFFICACY OF
ALENDRONIC
ACID
IN
DENTAL
IMPLANTATION
(literature
review). American Journal of Pediatric Medicine and Health Sciences (2993-
2149), 1(7), 199-202.
21. Aslidinovich, I. F. (2023). Assessment of the Effectiveness of Alendronic
Acid in Dental Implants. Central Asian Journal of Medical and Natural
Science, 4(3), 1186-1188.
22. Khasanova, L. E., & Ismatov, F. A. (2022). INDICATORS OF ORAL
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
355
HEALTH AT STUDENTS OF THE CITY OF SAMARKAND. Applied
Information Aspects of Medicine (Prikladnye informacionnye aspekty
mediciny), 25(4), 13-19.
23. Ismatov, F. A., & Mustafoyev, A. A. (2022). DRUG TREATMENT WITH
NON-STEROIDAL
ANTI-INFLAMMATORY
DRUGS
JAW
ALVEOLITIS. Frontline Medical Sciences and Pharmaceutical Journal, 2(03),
88-94.
24. Хасанов, Х. Ш., Исматов, Ф. А., & Мардонова, Н. П. (2022).
Применение" prf" в качестве остеопластического материала при
одонтогенных кистах челюстных костей. Вестник магистратуры, (2-1
(125)), 13-14.
25. Хасанова, Л., & Исматов, Ф. (2021). Результаты комплексного
стоматологического обсследования у студентов высших учебных
заведений. Медицина и инновации, 1(1), 108-112.
26. Ismatov, F. A., & Emilievna, K. L. (2020). Criteria For Evaluating Student
Dental Health Index In Accordance With The «8020» Program
Methodology. The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical
Research, 2(11), 99-105.
27. Zafarovich, A. T., & Aslidinovich, I. F. (2022). Use of Single-Stage Dental
Implants for Varying Degrees of Alveolar Atrophy. Central Asian Journal of
Medical and Natural Science, 3(3), 782-786.
28. Ibragimov, D. D., Ismatov, F. A., & Narzikulov, F. A. (2022). Results of
Complex Treatment with Eludril Antiseptic Solution. Central Asian Journal of
Medical and Natural Science, 3(3), 689-690.
29. Ismatov, F. A., kizi Mardonova, N. P., & Hasanov, K. S. (2022).
Morphological experiments to improve the effectiveness of postoperative
rehabilitation of cysts in maxillary bones with" prf" osteoplastic material. World
Bulletin of Social Sciences, 7, 32-34.
30. Ismatov, F., Ibragimov, D., Gaffarov, U., Iskhakova, Z., Valieva, F., &
Kuchkorov, F. (2021). ASSESSMENT OF RISK FACTORS INFLUENCING
DENTAL HEALTH IN HIGHER EDUCATION STUDENTS. InterConf, 721-
732.
31. Ismatov, F. A., & Mustafoyev, A. A. (2022). EVALUATION OF THE
EFFECTIVENESS
OF
NON-STEROIDAL
ANTI-INFLAMMATORY
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
356
DRUGS IN THE TREATMENT OF MAXILLARY ALVEOLITIS. The
American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical Research, 4(03), 29-
34.
32. Гаффаров, У. Б., Шодиев, С. С., & Исматов, Ф. А. (2018). ВЛИЯНИЕ
ПРЕПАРАТА «ХОЛИСАЛ ГЕЛЬ» НА ПОСЛЕОПЕРАЦИОННОЕ
ТЕЧЕНИЕ У ПАЦИЕНТОВ ПОСЛЕ УДАЛЕНИЯ РЕТИНИРОВАННЫХ
ТРЕТЬИХ МОЛЯРОВ. ББК 56.6 С 56 СОВРЕМЕННЫЕ ДОСТИЖЕНИЯ
СТОМАТОЛОГИИ: сборник, 37.
33. Ismatov, A. F. FORMATION OF SOCIO-CULTURAL COMPETENCE
OF FUTURE FOREIGN LANGUAGE TEACHERS DURING THE
EDUCATIONAL PROCESS OF HIGHER EDUCATION.
34. Ismatov, A. F. THE USE OF INTERACTIVE TECHNOLOGIES IN
TEACHING ENGLISH TO PART-TIME STUDENTS.
35. Хасанова, Л. Э., Исматов, Ф. А., Ибрагимов, Д. Д., & Гаффаров, У. Б.
ОЛИЙ
ТАЪЛИМ
МУАССАСАЛАРИ
ТАЛАБАЛАРИНИНГ
СТОМАТОЛОГИК
ҲОЛАТИНИНГ
ЎЗИГА
ХОС
ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫЙ
ПОДХОД
ПО
ЗАБОЛЕВАНИЯМ ОРГАНОВ ГОЛОВЫ И ШЕИ, 182.
36. Ismatov, F. A., kizi Mardonova, N. P., & Hasanov, K. S. (2022).
Morphological experiments to improve the effectiveness of postoperative
rehabilitation of cysts in maxillary bones with" prf" osteoplastic material. World
Bulletin of Social Sciences, 7, 32-34.
37. Хасанова, Л. Э., & Исматов, Ф. А. (2024). ОСОБЕННОСТИ
СТОМАТОЛОГИЧЕСКОГО СТАТУСА У СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ
УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ. Multidisciplinary Journal of Science and
Technology, 4(4), 97-105.
38. Фаррух, И. С. М. А. Т. О. В., ЖУМАЕВ, О., КАРИМОВ, Х., &
Шавкиддин, И. С. О. М. О. В. (2024). ВАЖНОСТЬ И БЕЗОПАСНОСТЬ
АНТИРЕЗОРБЦИОННЫХ
ПРЕПАРАТОВ
ДЛЯ
УСПЕШНОГО
ПРОВЕДЕНИЯ СТОМАТОЛОГИЧЕСКОЙ ИМПЛАНТОЛОГИИ У
ПАЦИЕНТОВ. SAMARALI
TA’LIM
VA
BARQAROR
INNOVATSIYALAR JURNALI, 2(3), 374-386.
39. Alimjanovich, R. J., Mukhamatisakovich, I. S., Isamiddinovich, K. A., &
Asliddinovich, I. F. (2023). BASICS OF PREDICTING FACIAL SOX
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
357
INJURIES
IN
ATHLETES
AND
CLINICAL-IMMUNOLOGICAL
PREVENTION. Novateur Publications, (12), 1-121.
40. Исматов, С. Ш., Угли, Т. Ҳ., & Асроров, М. Ю. (2019).
СОВРЕМЕННОЕ
СОСТОЯНИЕ
ОТБЕЛКИ
ХЛОПКОВОГО
МАСЛА. Экономика и социум, (1-1 (56)), 535-537.
41. Ismatov, A. F. FORMATION OF SOCIO-CULTURAL COMPETENCE
OF FUTURE FOREIGN LANGUAGE TEACHERS DURING THE
EDUCATIONAL PROCESS OF HIGHER EDUCATION.
42. Ismatov, A. F. THE USE OF INTERACTIVE TECHNOLOGIES IN
TEACHING ENGLISH TO PART-TIME STUDENTS.
43. Ismatov , F., & Umarova , Y. (2024). SOME DISCUSSIONS REGARDING
THE MACROSTRUCTURE AND OSTEOINTEGRATION OF THE JAWS
DURING DENTAL IMPLANTATION. CONFERENCE OF NATURAL AND
APPLIED SCIENCES IN SCIENTIFIC INNOVATIVE RESEARCH, 1(4),
76–82.
Retrieved
from
https://universalpublishings.com/index.php/cnassir/article/view/53855
44. Исматов Фаррух Аслидинович, & Умарова Юлдуз Аслиддиновна.
(2024). НЕКОТОРЫЕ КОММЕНТАРИИ К МЕТАБОЛИЗМУ КОСТНОЙ
ТКАНИ И ЕЕ ФАРМАКОЛОГИЧЕСКИМ СВОЙСТВАМ. Yangi
O’zbekistonda Tabiiy Va Ijtimoiy-Gumanitar Fanlar Respublika Ilmiy Amaliy
Konferensiyasi, 2(4),
250–258.
Retrieved
from
https://universalpublishings.com/index.php/gumanitar/article/view/5350
45. Исматов, Ф. (2024). ОСНОВНЫХ СТОМАТОЛОГИЧЕСКИХ
ЗАБОЛЕВАНИЙ, МЕТОДЫ И ПРОГРАММЫ ПРОФИЛАКТИКИ У ЛИЦ
МОЛОДОГО ВОЗРАСТА. Journal of Science-Innovative Research in
Uzbekistan, 2(8),
17–21.
Retrieved
from
https://universalpublishings.com/index.php/jsiru/article/view/6878
46. Исматов Фаррух Аслидинович. (2024). СОСТОЯНИЕ И МЕТОДЫ
ОБСЛЕДОВАНИЯ
СТОМАТОЛОГИЧЕСКОГО
ЗДОРОВЬЯ,
ФОРМИРОВАНИЕ
ГРУПП
И
МЕТОДЫ
ПРОФИЛАКТИКИ. SCIENTIFIC JOURNAL OF APPLIED AND
MEDICAL
SCIENCES, 3(8),
19–24.
Retrieved
from
https://sciencebox.uz/index.php/amaltibbiyot/article/view/11645
47. Ismatov, F. (2024). SOME PROBLEMS OF ORGANIZING DENTAL
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
358
CARE FOR YOUTH AND ITS IMPORTANCE. Multidisciplinary Journal of
Science
and
Technology, 4(8),
26–30.
Retrieved
from
https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/1792
48. Ismatov Farrukh Aslidinovich. (2024). Dental Health of Youth in the World
at the Current Stage. American Journal of Pediatric Medicine and Health
Sciences
(2993-2149), 2(8),
18–22.
Retrieved
from
https://grnjournal.us/index.php/AJPMHS/article/view/5612
