“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
462
Adabiyot fanida “Savol qani?”, “Teskari alifbo” metodlarini qo‘llashning
afzalliklari
Uchtepa tumani 238-maktabning
ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Matkurbanova Dilfuza
Tel.: 97-443-26-09
Annotatsiya:
Ushbu maqolada adabiyot fanida “Savol qani?”, “Teskari
alifbo” kabi metodlarni qo‘llashning afzalliklari aytib o‘tilgan. Ayniqsa,
o‘quvchilarni fanga qiziqtirishning har xil yo‘llari ko‘rsatib berilgan hamda
rag‘batlantirish usullari haqida gap boradi.
Kalit so‘zlar:
adabiyot fani, “Savol qani?”, “Teskari alifbo” metodlari,
rag‘batlantirish usullari, “Eng chaqqon o‘quvchi”, “Eng zukko o‘quvchi”, “Eng
bilimdon o‘quvchi” kabi kartochkalar.
Adabiyot fanini o‘qitishda har xil usullardan unumli foydalanish zarur.
Ayniqsa, 5-sinf o‘quvchilariga turli xil metodlarni qo‘llash kerak. Chunki yosh
qalblarning ko‘ngliga adabiyotni oshno qilish ham biz o‘qituvchilarning burch va
vazifasidir. O‘quvchilarni 5-sinf paytidan adabiyotga qiziqtirsak, nur ustiga a’lo
nurdir. Ular fanni sevib o‘qisa, topshiriqlarni to‘liq ado etsa, shundagina biz darsda
oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishgan bo‘lamiz. Buning uchun esa o‘qituvchi
pedagogik mahoratga ega bo‘lishi, o‘quvchilarni faniga qiziqtira olishi lozim. Bunda
turli xil metodlarni qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Shunday metodlardan biri “Savol
qani?” metodidir. Ushbu metod o‘quvchilarni zukkolikka chorlab, ularning fikrlash
qobiliyatini o‘stiradi. Javob tayyor bo‘lgach, savol tuzish ular uchun oson tuyuladi,
lekin savollarni har kim har xil har tuzishi mumkin. Savol tuzish ham o‘quvchining
bilim doirasidan, fikrlash qobiliyatidan kelib chiqadi. Ushbu metodni qo‘llaganda
darsda faol bo‘lmagan o‘quvchi ham faol qatnashadi. Sababi o‘qituvchi tomonidan
“Qani kim tez savol tuzadi?”, “Kim birinchi bo‘lib javoblarga savol topadi?” kabi
jumlalar aytiladi. Yoki hammaga birdek topshiriq beriladi. Ya’ni javoblar yozilgan
tarqatmalar tarqatiladi. Hamma o‘quvchilar tezda topshiriqlarni bajarishadi. Bu
usulning yana bir jihati shundaki, aynan dars boshida, “Yangi mavzu bayoni”
qismida qo‘llanadi. O‘quvchi ham yangi mavzuni o‘zlashtiradi, ham topshiriq
bajaradi va shunga yarasha rag‘batlantiriladi. Bu usul orqali o‘quvchilarning fanga
qiziqishi ortib boradi. Rag‘batlantirish uchun har xil kartochkalar berishimiz
mumkin. Masalan, eng birinchi va tez bajarib bo‘lgan o‘quvchilarga “Eng chaqqon
o‘quvchi”, “Eng zukko o‘quvchi”, “Eng bilimdon o‘quvchi” kabi kartochkalarni
berish mumkin. Bu narsa o‘quvchilarda ko‘tarinki kayfiyatni yuzaga keltiradi. Yana
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
463
bu usulning ahamiyatli tomoni shundaki, sinfni guruhlarga bo‘lib va bo‘lmasdan har
biriga alohida bajartirib ham qo‘llash mumkin. Guruhlarga bo‘lganda ham
o‘quvchilar jamoasi uchun tez harakat qilishadi. Alohida qo‘llashning ham har xil
usulidan foydalanish mumkin. Masalan, “Tez yurar” o‘yinini o‘tkazamiz deb,
birinchi qatordagi barcha o‘quvchilar o‘rnidan turg‘iziladi. Men javob aytaman,
sizlar savol tuzasizlar, topshiriqni bajargan joyiga o‘tiradi, bajara olmagan o‘quvchi
turgan holatda qoladi, deb har bir o‘quvchiga bittadan javob aytiladi. Keyin ikkinchi
va uchinchi qatordagilarga ham xuddi shu tarzda davom ettiriladi. Buning natijasida,
o‘quvchilarning ham eshitish, ham og‘zaki nutq ko‘nikmasi shakllanadi, ham darsni
to‘liq o‘zlashtiradi. Buni yana boshqacha tarzda qo‘llashimiz mumkin. Ya’ni har bir
o‘quvchiga javoblar yozilgan tarqatma tarqatilib, yozma tarzda bajarish uqtiriladi.
Bu usul orqali o‘quvchining yozma nutqi ham rivojlanadi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan
topshiriqqa 1 balldan qo‘yiladi. Guruhlarga bo‘lingan bo‘lsa, har bir guruhning
umumiy to‘plagan ballari aytiladi va qaysi guruh g‘olib bo‘lsa, shu guruhga rag‘bat
kartochkalari beriladi. Agar alohida berilgan bo‘lsa, har bir o‘quvchiniki alohida
baholanadi, to‘liq va to‘g‘ri bajarganiga qarab, ball beriladi va rag‘batlantiriladi. Bu
usulning yaxshi tomoni shuki, o‘qimaydigan o‘quvchini harakatga keltiradi. Savol
tuzish uchun esa, albatta, javoblarni o‘qish muhimdir. Shuning uchun ham bu juda
samarali metoddir. Javobni o‘qish kitobni, mavzuni o‘qishdir. Sababi javoblar aynan
darslikdan olingan. Bu metodda bemalol darslikdan tashqari ma’lumot ham
berishingiz mumkin, lekin vaqtni ham rejalashtirish kerak. Ushbu metodni 5-sinf
adabiyot darsligida berilgan Bobur. Ruboiylar (1-3-ruboiylar: “Yod etmas emish..”,
“Tole yo‘qi…”, “Ko‘pdin berikim…”) mavzusi bo‘yicha quyidagicha qo‘llash
mumkin.
“Savol qani?” metodi
t/r Javoblar
Savollar
1
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-
yil 14-fevralda Andijonda tug‘ilgan.
2
Bobur 12 yoshida podshoh bo‘lgan.
3
U
yoshligidan
shijoatliligi
va
dovyurakligi
sabab
“Bobur”
(yo‘lbars) laqabini olgan.
4
Saltanat uchun kurashlar natijasida
yosh Bobur vatanini tark etishga
majbur bo‘ladi.
5
U Hindistonda Boburiylar saltanatiga
asos soladi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
464
6
Boburning devonlaridan tashqari
“Boburnoma” asari ham juda
mashhur va qimmatli manba bo‘lib,
dunyoning ko‘plab tillariga tarjima
qilingan.
7
Boburning otasi Umarshayx Mirzo
Farg‘ona
hokimi
bo‘lgan,
u
kutilmaganda vafot etgan.
8
Zahiriddin Muhammad Bobur 1530-
yilning 26-dekabrida Agrada vafot
etgan.
9
Keyinroq uning xoki, vasiyatiga
muvofiq, Kobulga ko‘chiriladi.
10 Bobur ijodida ruboiy janri muhim
o‘rin tutadi.
11 Shoir ruboiylarining aksariyatida
hasbi
hol
(boshidan
o‘tgan
voqealar)ni, ko‘nglidan kechirgan
his-tuyg‘ularni o‘quvchiga lo‘nda,
mazmunli
va
ta’sirli
tarzda
yetkazishga erishgan.
12 Ruboiy
arabchada
“to‘rtlik”
ma’nosiga ega.
13 Ruboiy to‘rt misradan iborat bo‘lgan
kichik she’riy janr.
14 Ko‘pincha
birinchi,
ikkinchi,
to‘rtinchi satrlari qofiyalanib (a-a-b-a
shaklida) keladi.
15 Ba’zan to‘rt satri ham qofiyalanishi
(a-a-a-a) mumkin.
16 Qofiya – misra oxiridagi ohangdosh
so‘z.
17 Radif – misra oxirida, qofiyadan
keyin takrorlanuvchi so‘z.
18 “Yod etmas emish...” ruboiysida
g‘urbatta, mehnatta, albatta so‘zlari
qofiyadir.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
465
19 Yod etmas emish kishini g‘urbatta
kishi,
Shod
etmas
emish
ko‘ngulni
mehnatta kishi.
Ko‘nglum bu
g‘aribliqda shod
o‘lmadi, oh,
G‘urbatta sevunmas ermish, albatta,
kishi. Boburning ushbu ruboiysida
kishi so‘zi radif bo‘lib kelgan.
20 Ushbu ruboiydagi g‘urbat so‘zi
musofirlik, o‘z vatanidan uzoqda
qolish ma’nosini anglatadi.
21 Mehnat
so‘zi
esa
mashaqqat
ma’nosini bildiradi.
22 G‘aribliq – musofirlik degani.
23 Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim – xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori
yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘
bo‘ldi?.. Ushbu ruboiyda balolig‘,
xatolig‘, qarolig‘ so‘zlari qofiyadir.
24 “Tole yo‘qi…” ruboiysidagi bo‘ldi
so‘zi radif bo‘lib kelgan.
25 Tole - baxt.
26 Ruboiydagi sori so‘zi sari, tomon
ma’nosini bildiradi.
27 Ko‘pdin berikim, yor-u diyorim
yo‘qtur,
Bir lahza-yu bir nafas qarorim
yo‘qtur.
Keldim bu sori o‘z ixtiyorim birla,
Lekin borurimda ixtiyorim yo‘qtur.
Ushbu ruboiyda diyorim, qarorim,
ixtiyorim
so‘zlari
qofiyadosh
so‘zlardir.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
466
28 “Ko‘pdin berikim…” ruboiysida
yo‘qtur so‘zi radif bo‘lib kelgan.
29 Bobur
hayotiga
bag‘ishlangan
“Zahiriddin Muhammad Bobur.
Yo‘lbars izidan” hujjatli filmi bor.
30 Ushbu
film
O‘zbekiston
kinematografiya agentligi tomonidan
2021-yilda ishlangan.
Yuqorida berilgan “Savol qani?” metodining yana bir qulayligi
o‘quvchilarning javoblarga bergan savollari har xil bo‘ladi. Masalan, 1- “Zahiriddin
Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tug‘ilgan” degan javobga
quyidagicha savollar berishadi: Bobur qachon tug‘ilgan? Yoki 1483-yil kim
tug‘ilgan? Yoki Zahiriddin Muhammad Bobur qachon va qayerda tug‘ilgan?
Bunday turli savollar boshqa javoblarga ham berilishi tabiiy. Sababi o‘quvchilarning
fikrlashi bir-biridan farq qiladi. Aynan mana shu har xillik ham o‘quvchilarning so‘z
boyligini oshiradi, fikrlash qobiliyatini, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini
rivojlantiradi. Bu metodning yana bir samarali tomoni o‘quvchilar nazariy
ma’lumotlarni ham o‘zlashtiradilar. Eng asosiysi, fanga qiziqmaydigan o‘quvchi
ham topshiriqni bajaradi. Mavzuni hamma baravar o‘zlashtiradi.
Adabiyot fanini o‘qitishda foydali metodlardan yana biri “Teskari alifbo”
metodidir. Ushbu metodni qo‘llash ham o‘quvchilarning fikrlash doirasini
kengaytirib, ularni mulohaza yuritishga chorlaydi va lug‘at boyligini rivojlantiradi.
Ayniqsa, adiblarning she’rlarini o‘tganda ham qo‘l keladi. Sababi o‘quvchilar
she’rni diqqat bilan o‘qishga harakat qilishadi. Ushbu metodni darsning
“Mustahkamlash” qismida qo‘llash joiz. Bu metod she’rdagi so‘zlarni topish,
savollarga javob berishda ham o‘quvchilarni o‘ylashga, fikrlashga undaydi. Bundan
tashqari, she’rning mazmuni ularning xotirasida to‘liq saqlanadi. Bu metodni ham
har xil usulda qo‘llash mumkin. Masalan, sinfdagi o‘quvchilarni uchta guruhga
ajratib, yoki juftlikda bajartirib, yoki individual, ya’ni har bir o‘quvchiga bittadan
savol berib, berilgan javoblari to‘g‘ri bo‘lsa, 1 balldan, noto‘g‘ri bo‘lsa, 0 balldan
qo‘yilib boriladi. Topshiriq bajarilgach, ballar e’lon qilinadi. Shunga qarab,
o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. Yana bir foydali tomoni shundaki, boshqa fanlar bilan
ham integratsiya qilinadi. Masalan, “V” harfiga qarasak, ona tili fani bilan
bog‘langan. Bundan tashqari lug‘atlardan ham foydalanilgan bo‘lib,
o‘quvchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. Yozma
berilganda topshiriqlarni bajarib bo‘lgach, o‘qituvchining o‘zi javoblarning to‘g‘ri
yoki noto‘g‘i ekanligini aytib, izohlab ketishi kerak. Shunda xato qilganlar ham
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
467
to‘g‘ri javobni bilib olishadi. Bu usulda dars o‘tish o‘quvchilar uchun juda qiziqarli.
5-sinf adabiyot darsligida berilgan “Erkin Vohidov. “Tandir haqida ertak” she’ri”
mavzusini “Mustahkamlash” uchun “Teskari alifbo” metodini qo‘llash maqsadga
muvofiqdir.
Erkin Vohidov. “Tandir haqida ertak” she’ri
“Teskari alifbo” metodi
1. Paqir nima? Ch___________
2. “Tandir haqida ertak” asari qaysi shaklda yozilgan? Sh___________
3. Chol va kampir hovlisi buzilishini eshitib, nimaga botdi? G‘___________
4. Shoir Vatanimizning eng yuksak mukofoti - … unvoni bilan taqdirlangan.
O‘___________
5. Darslikda shoir, yozuvchilarning asarlari oldidan beriladigan ruknlardan
biri…Z______
6. Tushib qolgan so‘zni toping. Shunday … - Sokin, bezavol Y____________
7. Kampir cholni chimchilab kulsa, … cholga qilig‘i. Nuqtalar o‘rniga qo‘yiladigan
so‘zni aniqlang. X____________
8. Tandir bitdi
Va o‘sha-o‘sha
Tong yorishar chog‘ida har kun
Osmon bo‘yi tomlardan osha
Ko‘kka
o‘rlar ingichka tutun. Ushbu she’rdagi bog‘lovchini toping.
V____________
9. “Tandir haqida ertak”da nima buziladi? U________
10. Chol va kampir yangi uyga ko‘chsa ham, nima yo‘qligidan qiynalishadi?
T_________
11. Badiiy adabiyot quroli… S____________
12. … - xalq deputatlari tuman kengashining oldingi nomi. R____________
13. Erkin Vohidovning poemalaridan birining nomi… Q_____________
14. Loyiha ma’nosini bildiruvchi so‘z… P_____________
15. She’rlaridan birining nomi... O_____________
16. Poemalaridan birining nomi ... N__________
17. Kichik ma’nosini bildiruvchi so‘z…. M____________
18. Ikkovin ham tegdi tishiga
“Ammo”, “…”, “Ha”, “Albatta”lar
Xullas kalom, tandir ishiga
Aralashdi oxir kattalar. Tushib qolgan so‘zni toping . L_____________
19. Shoirning onasi fuqarolar kengashida kim bo‘lib ishlagan? K_____________
20. Shoir bolaligida nimaning poyasini shimib, tilini qonatgan? J______________
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 3, ISSUE 01, 2025. YANUARY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
468
21. Chol va kampirning nechta o‘g‘li bo‘lgan? I_____________
22. Chol va kampir nima uchun musichadek bo‘lib qoladilar? H____________
23. Oppoq vanna,
… rohat. Tushib qolgan so‘zni toping.
G____________
24. Uy ham buzilar endi,
Tan berdilar yana taqdirga.
… o‘rgangan edi
Parcha yerga, pastak tandirga. Tushib qolgan so‘zlarni toping F____________
25. -Chol pichoqni nima uchun charxlardi? E___________
26. Boshda hech kim qilmagan xayol,
Proyektga qo‘shmagan axir…”
Sabablarni tushunmadi chol,
…larga ko‘nmadi kampir. Tushib qolgan so‘zni toping. D___________
27. She’rlaridan birining nomi… B___________
28. Boshqarmaga …ga bordi chol,
Raysovetga qatnadi kampir. Nuqtalar o‘rniga qo‘yiladigan so‘zni toping.
A___________
Guruhi____________to‘plagan ball__________
Javoblar: 1. Chelak; 2. She’riy; 3. G‘amga; 4. “O‘zbekiston Qahramoni”; 5. Zavqli
mutolaa; 6. Yashar; 7. Xush keladi; 8.Va; 9. Uy; 10. Tandir; 11. So‘z; 12. Raysovet;
13. “Quyosh maskani”; 14. Proyekt; 15. “Oqsoqol”; 16. “Nido”; 17. Mo‘jaz; 18.
“Lekin”; 19.Kotiba vazifasida; 20. Jo‘xori; 21. Ikki; 22. Hovlisi buzilishini eshitib;
23. Gazxona; 24. Faqat ular; 25. Ermak uchun; 26. Dalil; 27.”Bolalik ekan-da…”;
28. Arz.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, har bir fanni o‘qitishda mavzuga mos
metodlarni qo‘llash va ulardan unumli foydalanish zarur. O‘quvchilarni faniga jalb
qila olish ham bir san’at. Mahoratli o‘qituvchi buning uddasidan chiqadi. Mahoratli
bo‘lish uchun esa o‘qituvchining o‘zi bilimli, kreativ fikrlaydigan bo‘lishi kerak.
Dars mashg‘ulotlarida har xil yangi metodlarni qo‘llashi hamda o‘quvchilarni doimo
rag‘batlantirib borishi shart. Asosiysi, o‘tilgan dars o‘quvchilarning butun umr
yodida qoladigan bo‘lishi lozim. Shundagina har bir o‘qituvchi darsda qo‘yilgan
maqsadiga erishadi.
