Authors

  • S.Y. Babajanova
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti
  • G.J Sabirova
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.98622

Keywords:

sholg‘om hosildorlik o‘g‘it ko‘chat qalinligi saqlash agrotexnika.

Abstract

Ushbu maqolada sholg‘om (Brassica rapa subsp. rapa) ekinining hosildorligiga o‘g‘it me’yori va ko‘chat qalinligining ta’siri hamda hosilni yig‘ish va saqlash texnologiyalari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida optimal o‘g‘it miqdori va ko‘chat zichligi aniqlanib, hosildorlikning ortishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Hosilni to‘g‘ri yig‘ish va saqlashning sholg‘om sifati hamda bozorbopligini saqlab qolishda ahamiyati yoritilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

22




Sholg`om navlarining hosildorligiga o`g`it meyori, ko`chat qalinligining

ta`siri hamda uning hosilini yig`ish va saqlash

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Ekologiya

va hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi dotsenti S.Y. Babajanova

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tayanch

doktoranti G.J. Sabirova


Annotatsiya:

Ushbu maqolada sholg‘om (Brassica rapa subsp. rapa) ekinining

hosildorligiga o‘g‘it me’yori va ko‘chat qalinligining ta’siri hamda hosilni yig‘ish
va saqlash texnologiyalari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida optimal o‘g‘it
miqdori va ko‘chat zichligi aniqlanib, hosildorlikning ortishiga sezilarli ta’sir
ko‘rsatishi aniqlangan. Hosilni to‘g‘ri yig‘ish va saqlashning sholg‘om sifati hamda
bozorbopligini saqlab qolishda ahamiyati yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

sholg‘om, hosildorlik, o‘g‘it, ko‘chat qalinligi, saqlash,

agrotexnika.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy

Majlisga yo`llagan Murojaatnomasida, kambag`allikni qisqartirish va qishloq
aholisi daromadlarini ko`paytirishda eng tez natija beradigan omil bu-qishloq
xo`jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish ekanligini alohida ta`kidlab
o`tganlar.

Bizga ma`lumki,qishloq xo`jalik o`simliklaridan yuqori va barqaror hosil olish

uchun muayyan o`simlik navlarining bioekologik xususiyatlarini inobatga olgan
holda agrotexnik tadbirlarni o`z muddatlarida sifatli qilib o`tkazmoq ayni muddao
hisoblanadi.Shularni hisobga olgan holda Xorazm vohasi sharoitida dehqonchilik
qilishni o`ziga xos xususiyatlarini inobatga olish zarur.

Sholg`omning “Namangan mahalliysi” va “Samarqand mahalliysi” navlarini

biz tajriba maydonlarida ikki xil ko`chat qalinligi va oralig`ida ilmiy
tadqiqotlarimizni olib borganmiz.Sholg`om navlarini urug`lari unib chiqqandan
so`ng begona otlardan tozalanib yagona qilingan.Bunda sholg`om navlarining
oralig`i 1-va 2-variantda 10 smdan, 3- va 4- variantda 15 sm dan ko`chatlar
qoldiriladi. Bunda xar bir metr kvadratda yerda 1-va 2-variantda 15 ta ko`chat, 3-va
4-variantda 20 tadan ko`chat qoldiriladi.Birinchi yagona sholg`om navlari unib
chiqqanda, ikkinchisi esa 1-2 ta barg chiqarganda o`tkaziladi. Bunda tup oralari 10-


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

23




15 sm kenglikda qoldiriladi. Bundan keyingi parvarish o`z vaqtida sug`orish,qator
oralarini yumshatish va zararkunanda hamda kasalliklarga qarshi kurashishishdan
iborat hisoblanadi. Agar sholg`om navlariga yuqori me`yorda ma`danli o`g`itlar
bilan oziqlantiriladigan bo`lsa, o`simliklarning vegetativ massasi yani barglari,
poyasi, ldizi haddan tashqari o`sib ketadi, bunday hollarda hosilga zarar
yetkazmaslik uchun o`g`itlar o`rtasidagi nisbat fosforni ko`paytirish hisobiga
o`zgartirilishi lozim. Sholg`om navlariga solinadigan o`g`itlar meyori xar bir
viloyatining tuproq xossasi, agrotexnologiyasi, rejalashtirilgan hosil miqdoriga
qarab belgilanadi (1-jadval).

1-jadval.

Sholg`om navlarining hosildorligiga o`g`it meyori va ko`chat

qalinligining ta`siri.

Sholg`om navlari

Ma`danli o`g`itlar

meyori,

kg/ga

Ko`chat

qalinligi,

m

2

/dona

Hosildorl

ik,

t/ga

1-variant Namangan mahalliysi

N

120

P

90

K

60

15

40

2-variant Samarqand mahalliysi

N

120

P

90

K

60

15

32

3-variant Namangan mahalliysi

N

120

P

90

K

60

20

30

4-variant Samarqand mahalliysi

N

120

P

90

K

60

20

24

Yuqoridagi jadvalda sholg`omning ikki xil naviga qo`llanilgan ma`danli

o`g`itlarning meyorlari, hamda qo`shqator qilib ekilganda xar bir metr kvadrat yerdagi
ko`chatlar soni va shu agrotexnik tadbirlar qo`llanilganda olingan hosildorlik ko`rsatib
o`tilgan.

Jumladan jadvalning 1-variantida sholg`omning “Namangan mahalliysi” naviga

ma`danli o`g`itlardan N

120

P

90

K

60

kg/ga me`yorda qo`llanilib, xar bir metr hisobiga

ko`chat qalinligi 15 dona bo`lganida bir gektar hisobidan olingan hosildorlik 40 tonna
bo`lgan,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

24




2-variantda esa sholg`omning “Samarqand mahalliysi” naviga ma`danli

o`g`itlardan N

120

P

90

K

60

kg/ga me`yorda qo`llanilib, xar bir metr hisobiga ko`chat

qalinligi 15 dona bo`lganida bir gektar hisobidan olingan hosildorlik 32 tonna bo`lgan.

3-variantida sholg`omning “Namangan mahalliysi” naviga ma`danli o`g`itlardan

N

120

P

90

K

60

kg/ga me`yorda qo`llanilib, xar bir metr hisobiga ko`chat qalinligi 20 dona

bo`lganida bir gektar hisobidan olingan hosildorlik 30 tonna bo`lgan, tajribaning

4-variantida esa sholg`omning “Samarqand mahalliysi” naviga ma`danli

o`g`itlardan N

120

P

90

K

60

kg/ga me`yorda qo`llanilib, xar bir metr hisobiga ko`chat

qalinligi 15 dona bo`lganida bir gektar hisobidan olingan hosildorlik 24 tonnadan
iborat bo`lgan.

Bu esa sholg`om navlaridan yuqori va sifatli hosil olishda o`g`it meyorlariga va

ko`chat qalinligiga e`tibor qaratish kerakligini bildiradi.

Sabzavot mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun oliy navlarni maqbul

texnologiya bo`yicha yetishtirish, shuningdek, ularni o`z vaqtida tashib keltirish hamda
yaxshi saqlash hisobiga erishiladi.Sholg`om va boshqa sabzavot ekinlarida hosilning
pishishi 2 xilga bo`linadi:

1. Texnik yoki xo`jalik jihatdan pishish. Bunda mahsulot sotish, saqlash,

tashish va qayta ishlashga yaroqli bo`lgan davri.

2. Biologik yoki fiziologik pishish. Bunda esa urug` to`la yetilib, o`simlik

rivojlanishi to`la o`tilib bo`lgan davr.

Sabzavot ekinlarda texnik va biologik pishishlar bir vaqtda yoki turli

muddatlarda kuzatiladi. Sholg`om navlarida biologik va texnik pishish bir vaqtda
kuzatiladi. Qishda uzoq saqlash uchun sabzavot-poliz va kartoshka hosili to`la
pishganda yig`ishtirilishi kerak, chunki pishmagan meva, piyoz, karam, ildizmeva
yaxshi saqlanmaydi. Hosilni yig`ishda ekinlarning past haroratga bardoshliligi
hisobga olinadi.Daladagi hosilini yig`ishtirib olish bo`yicha sabzavot ekinlari 3
guruhga bo`linadi:

1. Hosili bir martada butunlay yig`ishtiriladigan ekinlar (kechki karam,

ildizmevalilar, piyoz, sarimsoq, qovoq, kartoshka);

2. Bir yoki bir necha marta saralab teriladigan ekinlar (ertagi oqbosh karam,

gulkaram, qovun va tarvuz tezpishar navlari);

3. Hosili texnik pishgandan boshlab ko`p marta teriladigan ekinlar (pomidor,

qalampir, bodring, loviya kabilar).


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

25




Sabzavot ekinlar hosilini yig`ish, saralash va tashishda ehtiyot bo`lish,

shikastlanish, kesilishdan saqlash lozim. Aks holda ular chiriydi va buziladi.
Sabzavotlar hosilini yig`ishtirish ko`p mehnat talab qiladi. Umumiy mehnatning 65-
75 foizi shunga to`g`ri keladi. Hosilni yig`ib-terib olishda turli mashina va
moslamalardan foydalaniladi.Bular ichida ko`p ishlatiladiganlari URD-8, palak
o`rish mashinasi va KIR-1,5 B rotatsion maydalagich - kosilka kartoshka ildizmeva,
yem-xashak o`tlarini yig`ib olishga mo`ljallangan. OPKSH-1,4, YeM-11, LKG-1,4,
MSK-1 markali mashinalar ildizmevali, piyoz va karam hosilini yig`ishda
qo`llaniladi.

Ular

T-16,

T-25,

T-40,

Belarus

traktorlariga

agregatlanadi.Platformalardan esa POU-2, PT-3,5 keng qo`llaniladi. Sholg`om
kovlashda KTN-2B, KST-1,4 kovlagichlar MTZ-80 traktoriga osilib yoki tirkalib
ishlatiladi.Yig`ib olingan sabzavotlar hosili quritiladi va davlat standartlari (GOST)
ga muvofiq tovar mahsulotiga hamda chiqitga ajratiladi. Sholg`om sovuqqa
chidamli bo`lsada, ildiz mevalari tuproq muzlab qolmasdan oldin noyabr oyida
yig`ib olinishi kerak. Diametri o`rtacha 6-8 sm kattalikdagi sholg`omning sifati
yuqori bo`ladi. Sholg`om mevalari hosili qo`lda avval saralab yig`ishtirilib,
boylam holiga keltiriladi, so`ngra, SNU-3S, SNSh-4, SNS-2M markali
kovlagichlar bilan kavlanadi. Katta maydonlarda yetishtirilgan sholg`omlarni
maxsus texnikalar bilan yig`ib olinadi. Erta bahorda ekilgan oddiy va salatbop
sholg`om ildizmevalari diametri 5-6 sm bo`lganda yoki o`simliklar gulpoya
chiqargan paytda yoppasiga yig`ishtirib olinadi.

Barg sholg`om barglarining bo`yi 25-30 sm bo`lganda yig`ishtirish

maqsadga muvofiq. Sholg`om turpga qaraganda nozikroq bo`lganligi bois
saqlanadigan o`ralar kichikroq qilib kavlanadi. Ko`pchilik xo`jaliklarda sholg`om
uchun o`raning kengligi 65-70 sm, chuqurligi 85-90 sm va uzunligi 2,5-3,5 m
qilinadi. Sholg`om o`rasiga xas va cho`plar tushmasligi lozim. O`ra to`lgach,
ustidan 35-40 sm qalinlikda tuproq tortib ko`miladi. Ko`klamda o`ralar ochilib,
sholg`om saralanadi va yerto`lalarda qum ostida saqlanadi. Sun`iy sovutiladigan
binolarda sholg`om uchun eng maqbul saqlash harorati 0-2

0

S, xavoning nisbiy

namligi esa 86-95 % bo`lmog`i lozim.

Yerto`lada tuproqqa ko`milgan holda sholg`om navlari kuzdan bahorgacha

saqlanishi mumkin. Sovutgichlarda yuqori namlik va ventilyatsiyaning yaxshi
emasligi tufayli sholg`om bir-ikki oydan ko`p saqlanmaydi. Xona haroratidagi
qorong`i joyda bu sabzavot uzog`i bilan bir necha hafta davomida saqlanishi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

26




mumkin. Bunday sharoitda uzoq vaqt davomida saqlanganda u achchiq ta`m ola
boshlaydi.Sabzavot po`stlog`idan tozalanib, maydalangan holda muzlatgichda bir
necha oy davomida saqlanishi mumkin.

Demak sholg`omning navlaridan yuqori va sifatli hosil olish sholg`om

navlarining urug`ini ekish muddatlariga, oziqlantirish meyorlariga va ko`chat
qalinligiga bog`liq.

Bundan tashqari yetishtirilgan hosilni o`z vaqtida nes-nobud qilmasdan

yi`g`ishtirib olish va uni yil davomida aholi dasturxonida bo`lishini ta`minlash
uchun o`ralar, yerto`lalarda, sun`iy sovutiladigan binolarda eng maqbul sharoitlarda
saqlash zarur hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. X.Ch. Bo`riyev “Sabzavot ekinlari biologiyasi” T. “O`zMEDIN ”-2002y.
2.B.Zuev, Q.Qodirxo`jayev, M.M.Odilov, U.I.Akramov “Sabzavotchilik va

polizchilik” T.2009y.

3.O.Qodirxo`jayev,

V.Zuev,

A.M.Mirsaidovich,

A.U.Ikramjonovich

“Sabzavot chilik va polizchilik” Toshkent-2010y

4.G`.M. Satipov, I.Ismailova “O`simlikshunoslik ” Xiva 2020 y.



References

X.Ch. Bo`riyev “Sabzavot ekinlari biologiyasi” T. “O`zMEDIN ”-2002y.

B.Zuev, Q.Qodirxo`jayev, M.M.Odilov, U.I.Akramov “Sabzavotchilik va polizchilik” T.2009y.

O.Qodirxo`jayev, V.Zuev, A.M.Mirsaidovich, A.U.Ikramjonovich “Sabzavot chilik va polizchilik” Toshkent-2010y

G`.M. Satipov, I.Ismailova “O`simlikshunoslik ” Xiva 2020 y.