“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
74
Mustaqil so‘z turkumlaridan yasalgan kishi nomlari
Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi
Nukus davlat pedagogika instituti o’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi
talabasi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada antroponimlarning yasalishi, so‘z
turkumlaridan yasalgan ismlarning o‘zaro ma’nolari hamda anroponimlarning
vazifasida antropoindikatorlar bilan qo‘shilib kеlgan holda qarindoshlik otlari
qo‘llanilishi ochib berilgan.
Kalit so’zlar:
Antroponim, antropoindikator, ot, fe‘l, ismlar, qarindoshlik,
o‘rta asrlar, pahlavonlik ismlari.
Имена лиц, составленные из независимых частей речи
Пардабоева Адиба Шухрат кизи
Студент по направлению Узбекский язык и литература Нукусского
государственного педагогического института.
Аннотация:
В данной статье раскрывается образование антропонимов,
взаимные значения имен, образованных от словосочетаний, а также
использование существительных родства в сочетании с антропоиндикаторами
в функции антропонимов.
Ключевые слова:
Антропоним, антропоиндикатор, существительное,
глагол,
существительные,
родство,
средневековые,
призрачные
существительные.
Names of persons made from independent parts of speech
Pardaboyeva Adiba Shuxrat qizi
Student majoring in Uzbek language and literature at Nukus State
Pedagogical Institute.
Abstract:
. This article reveals the formation of anthroponyms, the mutual
meanings of names derived from phrases, and the use of kinship nouns in
conjunction with anthropoindicators in the function of anthroponyms.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
75
Keywords:
Anthroponym, anthropoindicator, noun, verb, nouns, kinship,
medieval, phantom nouns.
KIRISH
1.
Ot va sifat soʻz turkumlaridan yasalgan kishi nomlari
Antroponimlar insonlarga maʼlum bir tilaklar, maʼlum bir sifatlarga ega
boʻlsin degan maqsadda qoʻyiladi. Xalqimiz orasida chaqaloq tugʻilganda, uning
koʻzi, qoshi, rangi yoki ajdodlariga oʻxshasin degan maqsadlarda ham ismlar
qoʻyiladi. Antroponimlarning yasalishida ot soʻz turkumining oʻrni katta. Ot soʻz
turkumi kim? va nima? soʻroqlariga javob boʻladi. Ismlarni tahlil qilayotganimizda,
uni har tomonlama oʻrgansak boʻladi. Keling, hozir ot soʻz turkumi orqali yasalgan
qavm-qarindoshlik nuqtai nazaridan qoʻyilgan ismlarga eʼtibor beramiz.
Anroponimlar vazifasida antropoindikatorlar bilan qo‘shilib kеlgan holda
quyidagi qarindoshlik otlari qo‘llaniladi. Chunonchi, Akajon, Bibigul, Bibijon,
Bibinoz, Bibioy, Bibixon, Boboqul, Buvaxon, Buvjon, Dadaqul, Onajon, Onaxon,
Otabеk, Otaboy, Otaxon, Og‘abеk, Enaxon, Erbеk, Erboy, Ertoy, Erqul, O‘g‘il,
O‘g‘iloy, Qizlaroy, Qizlarxon, Qizlargul.
Qavm – qarindoshlik otlarining ismlarga qoʻshilishining albatta sababi bor. Qavm-
qarindoshlik nomlarining antroponimlar vazifasida ishlatilishi tarbiyaning muhim
omili bo‘lib, yoshlarni o‘z avlodlariga sadoqat, hurmat ruhida tarbiyalash vazifasini
o‘tagan. Buni ismlarning ma‘nolari orqali ham ko‘rib chiqsak bo‘ladi:
1. Otajon
Fors-tojikcha so‘zdan olingan bo‘lib,
otasining ismi berilgan aziz bola;
2.Og‘acha
Xonqizi, aslzodalar yoki xon xizmatkori
bo‘lgan ayol;
3.Onaman
Marhum onasining nomi berilgan, onasini
o‘rnini bosuvchi qiz;
4. Bibinor
Badanida qizil xol bilan tug‘ilgan
martabasi baland qiz;
5.Boboravshan
Bobosining ismini olgan o‘g‘ilning hayoti
nurli, saodatli bo‘lsin;
Qo‘shma antroponimlarning birinchi qismi vazifasida qarindoshlik otlaridan
quyidagilar ishlatiladi: aka-, bibi-, bobo-, buva-, dada-, jiyan-, yigit-, nabira-, ona-,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
76
ota-, og‘a-, pochcha-, singil-, tog‘a-, er-, o‘g‘il-, qiz-: Bibijamol, Bibikamol,
Bibiniso, Boboali, Boboahmad, Bobonazar, Buvamuhammad, Buvaxon,
Buvaoysha, Dadamir, Dadamirza, Dadamuhammad, Jiyanmurod, Yigitali, Nabira,
Onagul, Onaxon, Otabеk, Otayor, Otajon, Otamamat, Otamurod, Og‘abеk,
Og‘abеrdi, Tog‘ay,Boboniyoz, Bobonazar, Bobomurod,Tog ‘aymamat, Dadamat,
Dadaberdi, Dadamurod, Jiyanniyoz, Jiyannazar, Qizlarmomo, Qizlarbibi, Momoqiz,
Momoxol, Onaqiz, Onamoyva boshqalar.
Ot soʻz turkumidan yasalgan ismlar sirasiga Anora (fors-tojikcha, qizil holli,
nori bor qiz), Asalbibi (arabcha, yoqimli, suyukli, aslzoda qiz) Durniso (arabcha,
ayollarning bebahosi) Takaboy ( ustun tagiga qoʻyiladigan marmartoshdek
mustahkam yoki takadek kuchli, baquvvat bola yohud boy-badavlat boʻlsin)
Temirqul ( Allohning temirdek mustahkam, yaʼni umri uzoq bandasi) kabi ismlar
kiradi. Ismlarning yasalish asosi temir, taka, asal, anor soʻzlaridan tashkil topgan
boʻlib, nima? soʻrogʻiga javob boʻladi.
Avvallari qiz bolalarga “Tanga” degan ism ham qoʻyilgan ekan. Tanga soʻzi
ot soʻz turkumiga kiradi va nima? soʻrogʻiga javob boʻladi. Tanga ismining maʼnosi,
oʻtmishda 15 tiyin (Buxoroda), 20 tiyin (Toshkent va Fargʻonada)ga toʻgʻri keluvchi
kumush pul. Kumush tanga esa poklik ramzi ham hisoblanganligi uchun
qizlarimizga, Tangaoy, Tanga, Kumushbibi ismlari qoʻyilgan.
O‘zbek tilida shunday ismlar ham borki, ularda kishilarning o‘z farzandiga
bo‘lgan eng yaxshi tilaklari, odamlarning orzu va intilishlari, zamonaviy ideallari
o‘z yorqin ifodasini topgan. Kishilar o‘z farzandlarining dovyurak va qo‘rqmas
bo‘lib yetishishini orzu qilishi tilimizda Arslon, Botir, Mard, Sherbek, Qahramon,
Eryigit, Azamat, Kuchlik, Shijoat, Qaytmas kabi ismlarning tug‘ilishiga olib kelgan.
Oʻgʻil bolalarga ism tanlash ham aynan shu farzandning kelajakdagi koʻrinishi,
mardlilik belgilari bilan ham qoʻyilgan. Masalan, oʻgʻil bolalarni kelajakda polvon
boʻlsin deb, Bahodir, Pahlavon, Botir, Alpomish, Dovyurak, Shavvoz,
Qobil,Shiddat,Qudrat,Gʻayratli va boshqalar. Albatta, asarlarda ham eʼtibor bergan
boʻlsangiz, oʻz yurtida pahlavonlik bilan nom chiqargan insonlarga oddiy ismlar
emas, uning pahlavonlik sifatini bildirib turishi uchun Bahodir, Botir, Gʻayrat kabi
ismlar tanlanadi. Keling, shular ichidan Bahodir va Botir kabi ismlar maʼnosiga ham
toʻxtalamiz: „Bahodir“, „Botir“ –
1) Oʻrta asrlarda turk-moʻgʻul xalqlari qoʻshinida janglarda koʻrsatgan ulkan jasorati
va qahramonligi uchun beriladigan faxriy unvon. Chingiziylar davrida Chingizxon
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
77
avlodidan boʻlmagan zodagonlar, yirik lashkarboshilarga bahodir unvoni berilgan.
Keyinchalik bahodir maʼnosining ushbu ijtimoiy xususiyati yoʻqoladi va bahodir
moʻgʻul zodagonlarining tarkibiy qismiga aylanadi. Turkiyshunos olimlarning
fikricha, bahodir turkiy-moʻgulcha „botir“ soʻzining forscha shaklidir.
Odamlarning haqgo‘ylik va adolatga, bilim va maʼrifatga intilishi, o‘z bolasining
ana shunday fazilatlar egasi bo‘lishini orzu qilishi ham qadimiy va tabiiy hodisadir.
Mana shunday orzularAdolat, Odil, Oqiljon, Donoboy, Orifa,
Oqila, Fozil, Fozila, Erdona kabi nomlarning bizning davrimizga
kelib keng tarqalishiga sabab bo‘ldi. Aynan bu turdagi belgilar kishi nomlarining
sifat so‘z turkumidan yasalishiga misol bo‘la oladi. Mallagul, Mallacha, Mallabibi
ismlari rang bildiruvchi sifat yordamida yasalgan. Bu ismlarning ma‘nosi ham aynan
malla sochli, sariqchadan kelgan qizlarga qo‘yilgan.
Aziza-(arabcha) bebaho, qimmatli; yuksak martabali, hurmatga loyiq, noyob,
nodir; xudojoʻy, muqaddas maʼnolarida qoʻyilgan. Aziza ismining asosidagi “aziz”
soʻzi qanday? soʻrogʻiga javob boʻladi va qadrli, aziz boʻlgan narsa yoki shaxsga
nisbatan ishlatiladi: Aziz insonim, aziz Vatan! Aziz so‘zidan yasalgan ismlar qizlar
ismini ham (Aziza), oʻgʻil bolalar ismini (Aziz, Azizbek, Azizxon) ham hosil qiladi.
Ulugʻ so‘zi yordamida ham oʻgʻil bolalar, ham qiz bolalar ismini yasash mumkin.
Masalan, Ulugʻbek, Ulugʻoy, Ulugʻxon kabi. Ulugʻoy ismi qiz bolalarga qoʻyiladi.
Maʼnosi: ulug‘, qadr-qimmatli inson boʻlsin degani. Biz kundalik turmushda
ishlatadigan katta yoki uzun sifatlari biror narsaning hajmi, oʻlchovini bildiradi.
Aynan bu sifatlar orqali ham kishi nomlarini hosil qilishimiz mumkin: Kattakon,
Uzunoy,Kattabibi, Kattaoy, Kattamurod, Uzoqboy, Uzoqmuhammad, Uzunoy
ismlari kiradi. Uzun so‘zidan yasalgan Uzunoy nomi umri uzoq boʻlishi, yoki uzun
qabilasidan boʻlgan qizlarga qoʻyilgan.
Oqbibi, Oppoq,Oqbibish,Oqbilak, Oqbubak (oiladagi ikkinchi qizga qo‘yilgan),
Oqchaqiz, Oqgulismlari rang bildiruvchi “oq” so‘zidan yasalgan va sifat so‘z
turkumiga misol bo‘ladi. Bu ismlar qizbolalarga, pokiza, ma‘suma, toleibaland,
odobli qiz bo‘lsin ma‘nosida qo‘yilgan.Tozagul vaTozaqul ismlari bokira, toza,
hamma uchun qadrli, guldek nozik qiz, ko‘rkam qiz ma‘nosida qiz bolalarga
qo‘yilgan.
Maqoladan xulosa qilishimiz kerakki, antroponimlarning yasalishida so‘z
turkumlarining o‘rni katta. Ismlarning yuzaga kelishi va qo‘yilishiga sabab bo‘lgan
yuqorida keltirib o‘tilgan fikrlar turkiy xalqlarda azaldan uchraydi. Biroq, hozirgi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
78
o‘zbek yoshlarining ismlariga nazar solar ekanmiz,ularning ota-onalari o‘z
farzandining “ismi – jismiga monand” bo‘lishiga qanchalik e‘tibor berishlarini
payqashimiz mumkin. Antroponimlarning yasalishida son so‘z turkumining ham
o‘rni katta. Darslardan bizga ma‘lumki, son so‘z turkumi qancha?, nechta? kabi
so‘roqlarga javob bo‘ladi va miqdorni bildirib keladi.
Oltiboy, Oltimuhammad, Oltimurod ismlari “olti” sonidan hosil qilingan bo‘lib, olti
barmoqli bola, oiladagi oltinchi farzand, oiladagi oltinchi farzandni Muhammad
(s.a.v.) o‘z panohida asrasin ma‘nolarida o‘g‘il bolalarga qo‘yilgan. Beshnazar,
Beshimqul, Beshmurod, Beshmuhammad, Beshim,Beshboy ismlari oʻgʻil bolalarga,
Allohning iltifoti boʻlgan beshinchi farzand, Beshboy ismi esa begona, yot, yaʼni bu
bola bizniki emas, chaqaloqni yovuz kuchlardan asrash maqsadida shu nomlar
berilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Avezova A. O‘zbek va turk antroponimlarining leksik-semantik xususiyatlari. –
T.: O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali,2022.
2. Аблитарова, Л. Э. Формирование имен и фамилий у различных
3. Begmatov E. Nomshunosligimizning tadqiq yo‘llari//Til va adabiyot
ta’limi,1992,2-son.-B.4.
4. “Формирование имен и фамилий у различных народов, проживающих на
территории Крыма”
5. Muhamedova S. O‘zbek ismlarining lingvistik tahlili. – T.: Toshkent, 2023.
6. Nazarova N. Antroponimlarning o‘rganilishi. – T.: Internatonal Scientific
Conference,2021.
7. Odob-ahloqga oid hadis majmualari. –Т.: Fan, 1990. –B.148
8. Sirojiddin Rustamov,
9. O‘zbek tilidagi bayramlar bilan bog‘liq tasviriy usullar xususida,B.3.
10. O‘ljayev Sh. https: //www.facebook. com/groups /246149995752425 /posts
/330761413957949/
