Authors

  • Shahriyor Azimov
    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti bakalavr talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.98640

Keywords:

mobil texnologiyalar raqamli infratuzilma mobil aloqa internet tezligi 5G raqamli savodxonlik raqamli transformatsiya elektron xizmatlar internet narxi

Abstract

Ushbu maqolada O‘zbekistonda mobil aloqa texnologiyalarining rivojlanish jarayoni, ularning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi afzalliklari hamda duch kelinayotgan to‘siqlar tahlil qilingan. Statistikaning real ko‘rsatkichlari asosida texnologik infratuzilmaning qamrovi, xizmat sifati, internet narxlari, foydalanuvchilar soni va raqamli savodxonlik darajalari yoritilgan. Shuningdek, muammolarni bartaraf etish uchun zarur strategik takliflar berilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

126




O’zbekistonda Mobil texnologiyalarning rivojlanishi.

Azimov Shahriyor Yo’ldosh O’g’li

Abu Rayhon Beruniy nomidagi

Urganch davlat universiteti bakalavr talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada O‘zbekistonda mobil aloqa texnologiyalarining

rivojlanish jarayoni, ularning ijtimoiy va iqtisodiy hayotdagi afzalliklari hamda duch
kelinayotgan to‘siqlar tahlil qilingan. Statistikaning real ko‘rsatkichlari asosida
texnologik

infratuzilmaning

qamrovi,

xizmat

sifati,

internet

narxlari,

foydalanuvchilar soni va raqamli savodxonlik darajalari yoritilgan. Shuningdek,
muammolarni bartaraf etish uchun zarur strategik takliflar berilgan.

Kalit so’zlar.

mobil texnologiyalar,raqamli infratuzilma, mobil aloqa, internet

tezligi, 5G, raqamli savodxonlik, raqamli transformatsiya, elektron xizmatlar,
internet narxi

Аннотация:

В данной статье рассматривается процесс развития

мобильных телекоммуникационных технологий в Узбекистане, их
преимущества в социальной и экономической сферах, а также существующие
препятствия. На основе статистических данных проанализированы охват
инфраструктуры, качество услуг, стоимость мобильного интернета, уровень
цифровой грамотности и количество пользователей. Также предложены
стратегические меры для преодоления текущих проблем.

Ключевые слова

. мобильные технологии, цифровая инфраструктура,

мобильная связь, скорость интернета, 5G, цифровая грамотность, цифровая
трансформация, электронные услуги, стоимость интернета

Annotation:

This article examines the development of mobile communication

technologies in Uzbekistan, highlighting their advantages in social and economic
spheres as well as the existing challenges. Based on statistical data, the paper
analyzes network coverage, service quality, mobile internet pricing, user numbers,
and levels of digital literacy. Strategic recommendations are provided to overcome
the identified obstacles and support further technological advancement.

Key words.

mobile technologies,digital infrastructure, mobile communication,

internet speed, 5G, digital literacy, digital transformation, e-services, internet pricing


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

127




Kirish

O‘zbekiston mobil texnologiyalar sohasida izchil rivojlanish yo‘lini tutib,

raqamli iqtisodiyotning muhim tarmog‘iga aylanishga intilmoqda. Mobil aloqa va
internet xizmatlari nafaqat kommunikatsiya vositasi, balki ta’lim, sog‘liqni saqlash,
davlat xizmatlari va biznes jarayonlarining raqamlashtirilishida ham asosiy omilga
aylandi. Ushbu maqolada O‘zbekistonda mobil texnologiyalarni rivojlantirishning
hozirgi holati, statistik ko‘rsatkichlar va istiqbollarini tahlil qilamiz.

Mobil Aloqa Tarmog‘ining Rivojlanishi

Mobil aloqa tarmoqlarining rivojlanishi pandemiya davridan so’ng tezda jadallashib
bormoqda so’nggi yillarda O’zbekiston Respublikasida bu ko’rsatkichlarda barqaror
o’sishga erishib kelmoqda.2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda mobil
radiotelefon abonentlari soni 34 217,3 ming nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich
2022-yilning mos davriga nisbatan 7% ga oshganligini ko‘rsatadi.( O‘zbekiston
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2024).

Mobil aloqa abonentlari soni

bo‘yicha statistik ma’lumotlar

.

https://stat.uz

).Aloqa tarmog’ining qamrov darajasi

esa 2022-yilda O‘zbekiston bo‘yicha internet foydalanuvchilarining umumiy soni
31,1 millionga yetgan bo‘lsa, shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 29,5
millionni tashkil etdi. 2022-yilda 4,6 millionta uy xo‘jaligida internetga ulanish
imkoniyati yaratilgan. O‘tgan yili aholi maskanlarining 99 foizi 2G, 87 foizi 3G, 75
foizi 4G aloqa qamrovi bilan qoplangan . Mobil internet narxi va tezligi bo’yicha
2020-yilda 1 GB mobil internet narxi 1,34 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda
bu narx 0,37 dollarga tushdi. Mobil internet tezligi 2020-yilda 10,07 Mbit/s bo‘lsa,
2022-yilda 13,95 Mbit/s ga yetdi.( KUN.UZ. (2022).

O‘zbekistonda internet narxi

arzonlashdi, tezligi oshdi – rasmiy statistikalar

. https://kun.uz). Bu ko‘rsatkichlar

O‘zbekistonni xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarga olib chiqdi . 2023-yil mart
oyidan boshlab O‘zbekistonda mobil internet tezligi oshirilishi va mamlakat bo‘ylab
5G texnologiyasi joriy etilishi rejalashtirilgan edi. Bu texnologiya yuqori tezlikdagi
internet xizmatlarini taqdim etish va yangi raqamli xizmatlarni rivojlantirishda
muhim ahamiyatga ega .

Mobil aloqa texnologiyalarining afzalliklkari

1.Aholini keng qatlamini qamrab olish.

Mobil aloqa orqali aholining eng chekka hududlarigacha aloqa xizmatlari
yetkaziladi. 2023-yil holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining 99% qismi 2G, 87%
qismi 3G va 75% qismi 4G tarmog‘i bilan qamrab olingan.( Axborot texnologiyalari


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

128




va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. (2023).

Raqamli iqtisodiyot

konsepsiyasi va istiqbollari

.

https://mitc.uz

)

2.Tezkor ma’lumot almashinuvi
Mobil texnologiyalar tezkor aloqa, internetdan foydalanish, hujjatlarni

yuborish va olish imkoniyatlarini yaratdi. Ayniqsa, davlat xizmatlari va onlayn bank
tizimlarining rivojlanishida mobil aloqaning o‘rni katta.

3.Iqtisodiy faollikni oshirish
Mobil texnologiyalar kichik va o‘rta biznes egalari uchun yangi imkoniyatlar

yaratdi: mobil banking, onlayn savdo platformalari, raqamli marketing orqali
daromad topish imkoniyati mavjud.

4.Ta’lim va sog’liqni saqlashdagi innovatsiyalar.
Masofaviy ta’lim tizimlari, tibbiy maslahat xizmatlari (telemeditsina) va

raqamli kutubxonalar mobil aloqa orqali amalga oshirilmoqda. Bu esa bilim va
xizmatlarga teng kirishni ta’minlaydi.

5.Raqamli xukumat xizmatlarining rivojlanishi
Mobil ilovalar orqali davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati ortmoqda.

Masalan, “my.gov.uz” portali orqali 400 dan ortiq xizmatlardan mobil qurilma orqali
foydalanish mumkin.

O’zbekistonda mobil aloqa texnologiyalarining rivojlanishidagi to’siq va

muammolar.

1.Texnologik infratuzilmaning notekis rivojlanishi.
Ba’zi qishloq va tog‘li hududlarda hali ham internet sifati past, tarmoq

qamrovi cheklangan. Bu esa aholining teng imkoniyatlaridan foydalana olmasligiga
olib keladi.

2.Raqamli savodxonlikning pastligi.
Ko‘plab foydalanuvchilar, ayniqsa yoshi katta avlod, mobil ilovalar va onlayn

xizmatlardan foydalanishda qiynaladi. Bu esa texnologiyalarning imkoniyatlaridan
to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qiladi.

3.Internet narxining nisbatan yuqoriligi.
So‘nggi yillarda internet narxlari pasaygan bo‘lsa-da, qator foydalanuvchilar

uchun mobil internet xarajatlari hanuz yuqori hisoblanadi. Bu ayniqsa kam
ta’minlangan oilalar uchun muammo bo‘lib qolmoqda.

4.Xavfsizlik muammolari.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

129




Mobil texnologiyalarning keng qo‘llanilishi bilan bog‘liq xavflar, ya’ni

ma’lumotlar xavfsizligi, kibertahdidlar va firibgarlik holatlari ham ortib bormoqda.

5.Investitsiya yerishmasligi.

Mobil aloqa infratuzilmasini modernizatsiya qilish, 5G va boshqa zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish uchun katta sarmoya talab etiladi. Xususiy sektor va
xorijiy investorlar faolligi hali yetarli emas.

Xulosa.

Mobil aloqa texnologiyalari O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy

rivojlanishning muhim vositasiga aylanmoqda. Bu soha orqali aholiga xizmatlar
tezkor va keng qamrovda taqdim etilmoqda. Shunga qaramay, muammo va
to‘siqlarni bartaraf etish – infratuzilmani takomillashtirish, raqamli savodxonlikni
oshirish, xavfsizlikni ta’minlash va sarmoyalarni jalb etish orqali amalga oshiriladi.
Yakuniy maqsad – raqamli tenglikka erishish va har bir fuqaroning mobil
texnologiyalardan samarali foydalanishini ta’minlashdir.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2024). Mobil aloqa
abonentlari soni bo‘yicha statistik ma’lumotlar.

https://stat.uz

2.KUN.UZ. (2022). O‘zbekistonda internet narxi arzonlashdi, tezligi oshdi – rasmiy
statistikalar. https://kun.uz
3.Daryo.uz. (2024). O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoda 91-o‘rinni
egalladi. https://daryo.uz
4.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. (2023).
Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi va istiqbollari.

https://mitc.uz

5.CTNEWS.UZ. (2023). O‘zbekistonda 5G texnologiyasi sinovlari boshlanganligi
haqida.

https://ictnews.uz

6.World Bank. (2022). Digital Development in Central Asia: Country Overview -
Uzbekistan.

https://worldbank.org

7.United Nations E-Government Survey. (2022). Digital Government Rankings:
Uzbekistan's Progress.

https://publicadministration.un.org

8.ITU (International Telecommunication Union). (2023). Measuring digital
development: Facts and figures.

https://www.itu.int

References

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. (2024). Mobil aloqa abonentlari soni bo‘yicha statistik ma’lumotlar. https://stat.uz

KUN.UZ. (2022). O‘zbekistonda internet narxi arzonlashdi, tezligi oshdi – rasmiy statistikalar. https://kun.uz

Daryo.uz. (2024). O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoda 91-o‘rinni egalladi. https://daryo.uz

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi. (2023). Raqamli iqtisodiyot konsepsiyasi va istiqbollari. https://mitc.uz

CTNEWS.UZ. (2023). O‘zbekistonda 5G texnologiyasi sinovlari boshlanganligi haqida. https://ictnews.uz

World Bank. (2022). Digital Development in Central Asia: Country Overview - Uzbekistan. https://worldbank.org

United Nations E-Government Survey. (2022). Digital Government Rankings: Uzbekistan's Progress. https://publicadministration.un.org

ITU (International Telecommunication Union). (2023). Measuring digital development: Facts and figures. https://www.itu.int