Авторы

  • Gulzira Mamatova
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi Geodeziya va geoinformatika mutaxassisligi 1-kurs magistranti
  • Bekanov Kuatbay
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geodeziya, kartografiya va kadastr kafedrasi mudiri, g.f.f.d., PhD. dots, Annotatsiya

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.98666

Ключевые слова:

GAT texnologiyalari demografik karta web-karta ArcGIS Online Instant Apps Story Map

Аннотация

Ushbu maqolada demografik kartalarning ahamiyati, shuningdek, ularni yaratish bo‘yicha nazariya va amaliy masalalar keltirilgan. Tadqiqot obyekti sifatida Toshkent viloyati demografiyasi olingan bo‘lib, ularning web-kartalarini yaratishda ArcGIS Online dasturidan foydalanilgan. Natija sifatida ArcGIS Online dasturining Instant Apps va Story Map ilovalari yordamida Toshkent viloyati demografik web-kartalari taqdim etilgan.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

234




ArcGIS Online dasturida Toshkent viloyati demografik web-kartasini

yaratish masalalari

Mamatova Gulzira Mahmudovna

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Geodeziya, kartografiya

va kadastr kafedrasi

Geodeziya va geoinformatika

mutaxassisligi 1-kurs magistranti

Bekanov Kuatbay Koshkarbayevich

Mirzo Ulug‘bek nomidagi

O‘zbekiston Milliy universiteti

Geodeziya, kartografiya

va kadastr kafedrasi mudiri, g.f.f.d., PhD. dots,

Annotatsiya

Ushbu maqolada demografik kartalarning ahamiyati, shuningdek, ularni

yaratish bo‘yicha nazariya va amaliy masalalar keltirilgan. Tadqiqot obyekti sifatida
Toshkent viloyati demografiyasi olingan bo‘lib, ularning web-kartalarini yaratishda
ArcGIS Online dasturidan foydalanilgan. Natija sifatida ArcGIS Online dasturining

Instant Apps va Story Map ilovalari yordamida Toshkent viloyati demografik web-
kartalari taqdim etilgan.

Kalt so‘zlar:

GAT texnologiyalari, demografik, karta, web-karta,

ArcGIS

Online,

Instant Apps, Story Map

Kirish

Demografik kartalar dunyo miqyosida aholining soni, zichligi, yoshi, jinsi,

milliy tarkibi kabi ko‘rsatkichlarni fazoviy tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega.
Ular rejalashtirish, migratsiya jarayonlarini baholash, sog‘liqni saqlash, ta’lim va
infratuzilmani rivojlantirishda keng qo‘llaniladi. Global muammolar —
urbanizatsiya, demografik portlash, qarish jarayoni kabi holatlarni vizual tarzda
ko‘rsatadi. Demografik kartalar siyosiy va iqtisodiy qarorlar qabul qilishda asosiy


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

235




manba hisoblanadi. Shuningdek, ularning yangilanib borilishi barqaror rivojlanish
uchun zarurdir.

Demografik web-kartalarni yaratish bugungi kunda juda dolzarb

hisoblanadi, chunki ular aholiga oid ma’lumotlarni interaktiv va real vaqt rejimida
ko‘rsatish imkonini beradi. Bunday kartalar orqali foydalanuvchilar aholining soni,
zichligi, yosh-gender tarkibi kabi demografik ko‘rsatkichlarni tezkor tahlil qilishlari
mumkin. Ular rejalashtirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, ekologiya va ijtimoiy
sohalarda qarorlar qabul qilishda samarali vositadir. Shuningdek, web-kartalar
mobil va masofaviy ishlash imkoniyatlarini ham kengaytiradi.

Web-kartalar qog’oz shakldagi kartalarga qaraganda o‘zining iqtisodiy

tejamkorligi, foydalanuvchilarga qulayligi, ma’lumotlarni olish osonligi,
interaktivligi bilan ajralib turadi [3].

Web-karta – bu ma’lumotlarni taqdim qilish yoki savollarga javob berish

uchun foydalanish mumkin bo‘lgan geografik ma’lumotlarning niteraktiv holatdagi
tasviri hisoblnadi.

O‘zbekiston demografik salohiyati bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlari

orasida eng yirik davlatlardan biri hisoblanadi. Mustaqillik yillarida respublikamiz
aholisi 9,4 million kishiga yoki 45,6 foizga oshdi. Respublika aholisining oʻrtacha
yillik oʻsishi 1980-yillardagi 2,8-3,0%ga nisbatan 1,7-1,9% ni tashkil etadi. 2020-
yilda u 1,9% ni tashkil etdi, ammo umuman olganda, shahar va qishloq aholi
punktlarida demografik o‘sishning sekinlashuvi tendentsiyasi davom etmoqda [4].
Hisob-kitoblarga ko‘ra, so‘nggi besh yil ichida bu raqam yiliga o‘rtacha 1,5% ga
oshgan. Aholi o‘sishining o‘rtacha sur'atlariga o‘tish butun iqtisodiy va ijtimoiy
munosabatlar tizimidagi o‘zgarishlar bilan bog'liq bo'lib, bu aholining reproduktiv
xatti-harakatlarini o‘zgartirdi, bu esa tug‘ilishning qisqarishiga olib keldi.

Respublikamizning demografik salohiyati asosan tug‘ilish dinamikasi bilan

belgilanadi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston juda yuqori tug‘ilish ko‘rsatkichi
bilan kirib keldi: tug‘ilishning umumiy koeffitsienti (TF) 34,5 promilleni tashkil etdi
– har bir tug‘ish yoshidagi ayolga 4,19 bola to‘g‘ri keldi. 2010-yilda bu
ko‘rsatkichlar 2,6 foizga kamaydi. 2010-2020 yillarda OKB 22,2-24,6 ppm, umumiy
koeffitsient esa 2,3-2,5 ppm ni tashkil etdi. Professor Z.N. Tajieva muallifligidagi
“Aholi geografiyasi” nomli kitob ma’lumotlariga ko‘ra barcha hududlarda aholi soni
va dinamikasining ahamiyati ko‘rsatilgan: "Ishlab chiqarish jarayonida aholi barcha
moddiy va nomoddiy ne'matlarning ishlab chiqaruvchisi va shu bilan birga ishlab


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

236




chiqarilgan barcha ijtimoiy mahsulotlarning iste'molchisi ham hisobga olinadi.
Aholi butun ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining muhim tarkibiy qismi
bo'lib, uni qayta qurish kerak", degan fikrlari keltirilgan [2]. Shu sababli aholi soni
va dinamikasini hisobga olish ushbu hududlarning kelajakdagi rivojlanish
istiqbollari uchun muhim ahamiyatga ega. Respublikamiz yangi davrni qo‘lga
kiritgandan so‘ng, ya’ni bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida aholining ma’lum
davrdagi dinamika ko‘rsatkichlari, uning o‘sishi, barqarorlashuvi va kamayishi
ushbu rivojlanishning asosiy tendentsiyalarini aniqlash imkonini berdi.

Tadqiqot obyekti:

Ushbu tadqiqotda Toshkent viloyati olingan bo‘lib, viloyatning demografik

ko‘rsatkichlari bo‘yicha statistika ma’lumotlaridan foydalanilgan. 2022-yil holatiga
ko‘ra, Toshkent viloyati aholisi 2939,7 ming kishidan ortiq. Geografik joylashuvi —
respublikaning shimoli-sharqida, shimoli va shimoli-gʻarbida Qozogʻiston
Respublikasi, shimoli-sharqda Qirgʻiziston Respublikasi, sharqda Namangan
viloyati, janubda Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbda Sirdaryo viloyati bilan
chegaradosh. Aholi zichligi – 1 km² ga 193,5 nafar kishi.

Toshkent viloyati aholisining oʻsishi yoki kamayishida maʼlum hududiy

farqlar mavjud boʻlib, viloyat hududlari aholisining oʻrtacha yillik oʻsishi odatda
tabiiy, iqtisodiy va ijtimoiy sharoitga qarab bir-biridan farq qiladi. Toshkent viloyati
joylashuv sxematik kartasi 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm.

Tadqiqot obyektining joylashuv xaritasi


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

237




Tadqiqot davomida

GAT texnologiyalari asosida

demografik web-kartalarni

tuzish bo‘yicha

texnologik sxema ishlab chiqildi (2-rasm).




2.- rasm.

GAT texnologiyalari asosida demografik web-kartalarini tuzish bo‘yicha

texnologik sxemasi

GAT texnologiyalari asosida demografik web-kartalarini tuzish 6 ta

bosqichda amalga oshirildi. Birinchi ma’lumotlarni yig‘ish bosqichida quyidagi
ishlar amalga oshirildi:

- Demografik ma’lumotlar: bunda aholi ro‘yhati, sog‘liqni saqlash va ta’lim

muassalari to‘g‘isida ma’lumotlar olinadi.

- Topografik ma’lumotlar: bunda topografik kartalar, kosmik tasvirlari,

kadastr ma’lumotlari, shapefile yoki GeoJSON formatdagi ma’lumotlar olinadi.

Ikkinchi bosqichda ma’lumotlarni tayyorlash va integratsiyalashda

demografik ma’lumotlarni tuzish va formatlash ishlari olib boriladi.

Geoma’lumotlar bilan bog‘lash ishlari amalga oshirildi (ma’lumotlarni

geokodlash- misol tariqasaida tuman, shahar kesimida)

Uchinchi bosqichda GAT platformasida ishlov berishda qo‘shma

ma’lumotlar bazasini tuzish (masalan post GIS, GeoService, ArcGIS)

Ma’lumotlarni vizualizatsiya qilishda QGIS ArcGIS, Mapbox kabi

vositalardan foydalaniladi.

To‘rtinchi bosqichda web-karta interfeysini yaratishda katlamlar tuzish:

masalan aholi zichligi, yosh tarkibi, jins bo‘yicha taqsimot va h.k.

Fazoviy tahlil: ma’lumotlar o‘rtasidagi geografik aloqalarni tahlil qilish.
Beshinchi bosqichda platformaga joylash va ishga tushirishda Web- karta

interfeysini yaratish.

Frontent HTML, CSS, JavaScript (Leaflet. Js, OpenLayers, Mapbox, JL,JS)
Backent paython (Djanko, Flask), Node.js va HP kabi interfeys uslubidan

foydalaniladi

Ma’lumotlarni
tayyorlash va
integratsiyalash

Ma’lumotlar yig’ish

GAT platformasida

ishlov berish

Web-karta interfeysini

yaratish

Platformaga joylash va

ishga tushirish

Yakuniy

bosqich:monitoring va

yangilash


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

238




Yakuniy bosqich monitoring va yangilash ishlari amalga oshiriladi.

bunda ma’lumotlarni real vaqtida yuklash ishlari olib boriladi.

ArcGIS Online dasturining Story Maps ilovasida Toshkent viloyati

demografik web kartasini shaxsiy veb-karta (web-map) ilovasini yaratish bir nechta
bosqichlarda amalga oshirildi. Ushbu Story Maps ilovasi karta asosidagi hikoyalarni
vizual tarzda, multimedia elementlari bilan boyitib, foydalanuvchilarga interaktiv
karta yaratish imkonini beradi.

Bunda ArcGIS Online hisobiga kirib

Map Viewer

bo’limiga o‘tiladi.

Oldindan yaratib olingan web-xarita ochiladi (3-rasm).

3-rasm.

ArcGIS Online Map Viewer bo’limiga o‘tish

Keyingi

bosqichda

esa

ArcGIS

StoryMaps

ning quyidagi

(https://storymaps.arcgis.com)

sahifasiga o‘tiladi.

Bunda

+ New Story

tugmasi bosiladi (4-rasm).

4-rasm.

ArcGIS StoryMaps da yangi story yaratish


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

239




Ushbu oynadan esa

“Start from scratch”

buyrug’i tanlanadi yoki

shablonlardan foydalaniladi.

“Start from scratch”

buyrug’ini tanlaganimizdan

so’ng bizda quyidagicha oyna hosil bo‘ladi (5-rasm).

5-rasm.

New StoryMaps oynasi

Sarlavha va muqqadima qo‘shiladi. Bunda, kartaga nomi beriladi va karta

mazmuni haqida qisqacha ma’lumot beriladi. So’ngra

“+” tugmasini bosiladi

“Map”

tanlanadi (6-rasm).

6-rasm.

StoryMaps oynasida xarita qo’shish

Bunda oldin yaratilgan web xarita tanlanadi va xarita bilan bog’liq qisqacha

tushuntirish yoziladi. So’ngra

Save

buyrug’i bilan xarita saqlanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

240




7-rasm.

ArcGIS StoryMaps ilovasi orqali tayyorlangan web-xarita

Shu bilan birga tadqiqot davomida ArcGIS Online dasturining

Instant App ilovasidan ham foydalanildi.

Instant App

— bu Android ilovaning yengil versiyasi bo‘lib,

foydalanuvchilar uni o‘rnatmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanishlari
mumkin.

8-rasm.

ArcGIS Online dasturida tuzilgan diagrammalarni Instant Apps

ilovasiga qo’shish

Shuningdek,

Publisher

tugmasini bosgan holda ilovani silkasini olamiz va uni


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

241




QR kod bilan bog’laymiz va bizda quyidagicha QR kod hosil bo‘ladi. QR kod hosil

qilishdan maqsad ushbu yaratilgan Toshkent viloyati demografik web kartalariga
turli hil qurilmalardan kirish uchun qulaylik yaratiksh.

Instant Apps ilovasining QR kodi ArcGIS Story Maps ilovasining QR
kodi

Xulosa sifatida aytadigan bo‘lsak, GAT texnologiyasi demografik holatni chuqur va
vizual tahlil qilishda samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bu esa hududiy
rejalashtirish, ijtimoiy siyosat yuritish va resurslarni optimal taqsimlashda muhim
rol o‘ynaydi. Ushbu ilmiy ish yakunida ArcGIS Online asosida bir qator web-
kartalarni yaratish demografik ma’lumotlarni interaktiv shaklda taqdim yetish va
tahlil qilishning samarali vositasi degan xulosaga kelish mumkin. ArcGIS Online
nafaqat interaktiv xaritalarni yaratishga, turli xil ma’lumot qatlamlarini qo‘shishga,
shuningdek, ma’lumotlar bazalari va boshqalar kabi tayyor manbalardan
foydalanishga imkon beradi.

ArcGIS Online asosida bir qator web-kartalarni yaratish foydalanuvchilarga

dunyoning istalgan nuqtasidan, Internet orqali demografik ma’lumotlarga kirish,
shuningdek, ushbu ma’lumotlarni boshqa ilovalar va tizimlar bilan birlashtirish
imkonini beradi.

Biroq, ArcGIS Online asosida demografik web-kartalarni yaratish

jarayyonlarini samarali amalga oshirish uchun mos ilova shablonlarini tanlash,


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

242




kartografik ma’lumotlarni moslashtirish, axborot xavfsizligini ta’minlash va boshqa
ko‘plab jihatlarni hisobga olish zarur.

Umuman olganda, demografik web-kartalarni yaratish uchun ArcGIS Online-

dan foydalanish demografik ma’lumotlarni interaktiv shaklda taqdim yetishning
samarali va qulay usuli bo‘lib, turli xil dasturlarda demografik ma’lumotlarni
to‘plash, tahlil qilish va taqdim yetish uchun samarali vosita deb hisoblaymiz.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati

Asosiy adabiyotlar

1.

Anoxin A.A., Jitin D.V. Geografiya naseleniya s osnovami demografii:

Uchebnoe posobie. – SPb. Izd-vo SPbGU, 2013. – 307 s.

2.

Bo‘rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va

demografiya asoslari. – T.: Tafakkur, 2011. – 159 b.

3.

Tojieva Z.N. O‘zbekiston aholisi: o‘sishi va joylanishi (Monografiya).

– T.: «Fan va texnologiya», 2010. – 276 b.

4.

Abdurahmonov Q.X., Abduramanov X.X. Demografiya. O’quv

qollanma. - T.: Noshir nashriyoti. – 2011.

5.

Ata-Mirzaev O.B. Narodonaselenie Uzbekistana. – T., 2009.

6.

Tojieva Z.N. O‘zbekiston aholisi: o‘sishi va joylanishi (Monografiya).

– T.: «Fan va texnologiya», 2010. – 276 b.

7.

Берлянт А. М., Кошкарев А. В. Геоинформатика. Толковый

словарь основных терминов. М.: ГИС-Ассоциация, 1999. 204 с.

8.

Burns R.G., DeForest J.L., Marxen J. et al. Soil enzymes in changing

environment: Сurrent knowledge and future directions // Soil Biology &
Biochemistry. 2013. V. 58. № 2. - P. 215-234.

9.

Kuria D, Ngari D, Withaka E (2011) Using geographic information

systems (GIS) to determine land suitability for rice crop growing in the Tana delta.
J Geogr Reg Plan 4(9):525–532

Библиографические ссылки

Anoxin A.A., Jitin D.V. Geografiya naseleniya s osnovami demografii: Uchebnoe posobie. – SPb. Izd-vo SPbGU, 2013. – 307 s.

Bo‘rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. – T.: Tafakkur, 2011. – 159 b.

Tojieva Z.N. O‘zbekiston aholisi: o‘sishi va joylanishi (Monografiya). – T.: «Fan va texnologiya», 2010. – 276 b.

Abdurahmonov Q.X., Abduramanov X.X. Demografiya. O’quv qollanma. - T.: Noshir nashriyoti. – 2011.

Ata-Mirzaev O.B. Narodonaselenie Uzbekistana. – T., 2009.

Tojieva Z.N. O‘zbekiston aholisi: o‘sishi va joylanishi (Monografiya). – T.: «Fan va texnologiya», 2010. – 276 b.

Берлянт А. М., Кошкарев А. В. Геоинформатика. Толковый словарь основных терминов. М.: ГИС-Ассоциация, 1999. 204 с.

Burns R.G., DeForest J.L., Marxen J. et al. Soil enzymes in changing environment: Сurrent knowledge and future directions // Soil Biology & Biochemistry. 2013. V. 58. № 2. - P. 215-234.

Kuria D, Ngari D, Withaka E (2011) Using geographic information systems (GIS) to determine land suitability for rice crop growing in the Tana delta. J Geogr Reg Plan 4(9):525–532