Authors

  • Amina Sayfullayeva
    UzMU magistranti
  • Rustam Rayimjanov
    Oʼzbekiston Milliy universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi katta oʼqituvchisi, g.f.n.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.99018

Keywords:

Qibray qadimiy tarix arxeologiya tabiiy go‘zalliklar madaniy meros dam olish maskanlari ekoturizm Toshkent viloyati tarixiy obidalar ekologik muhit.

Abstract

Mazkur maqolada Toshkent viloyatining qadimiy va go‘zal tumanlaridan biri bo‘lgan Qibray hududining tarixiy ildizlari, arxeologik yodgorliklari, madaniy merosi hamda tabiiy landshaftlari tahlil etiladi. Qibrayning miloddan avvalgi davrlardan boshlab aholi yashagan maskan sifatida shakllanib borishi, bu yerda topilgan qadimiy sopol buyumlar, qadimiy qishloqlar xarobalari va boshqa moddiy madaniyat namunalari asosida yoritiladi. Shu bilan birga, Qibray tumani o‘zining so‘lim tog‘ etaklari, o‘rmonzorlar, daryo va soylar, dam olish maskanlari bilan ajralib turishi, bugungi kunda turizm va ekologik rekreatsiya yo‘nalishida katta salohiyatga ega ekani ilmiy va amaliy jihatdan asoslab beriladi. Ushbu maqola Qibray tumanining madaniy-tarixiy va tabiiy-boyliklarini o‘rganish, ulardan oqilona foydalanish va saqlab qolish masalalarini ilgari suradi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

285




“QIBRAY-TARIXNING QADIM IZLARI VA TABIIY

GO’ZALLIKLAR MASKANI”

Sayfullayeva Amina

UzMU magistranti

Rustam Zakirovich Rayimjanov,

Oʼzbekiston Milliy universiteti

Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya

kafedrasi katta oʼqituvchisi, g.f.n.

E-mail:

rustam19761206@gmail.com


Annotatsiya:

Mazkur maqolada Toshkent viloyatining qadimiy va go‘zal

tumanlaridan biri bo‘lgan Qibray hududining tarixiy ildizlari, arxeologik
yodgorliklari, madaniy merosi hamda tabiiy landshaftlari tahlil etiladi. Qibrayning
miloddan avvalgi davrlardan boshlab aholi yashagan maskan sifatida shakllanib
borishi, bu yerda topilgan qadimiy sopol buyumlar, qadimiy qishloqlar xarobalari va
boshqa moddiy madaniyat namunalari asosida yoritiladi. Shu bilan birga, Qibray
tumani o‘zining so‘lim tog‘ etaklari, o‘rmonzorlar, daryo va soylar, dam olish
maskanlari bilan ajralib turishi, bugungi kunda turizm va ekologik rekreatsiya
yo‘nalishida katta salohiyatga ega ekani ilmiy va amaliy jihatdan asoslab beriladi.
Ushbu maqola Qibray tumanining madaniy-tarixiy va tabiiy-boyliklarini o‘rganish,
ulardan oqilona foydalanish va saqlab qolish masalalarini ilgari suradi.

Kalit so‘zlar:

Qibray, qadimiy tarix, arxeologiya, tabiiy go‘zalliklar, madaniy

meros, dam olish maskanlari, ekoturizm, Toshkent viloyati, tarixiy obidalar,
ekologik muhit.

Аннотация:

В данной статье рассматривается Кибрайский район

Ташкентской области как территория, обладающая богатым историческим
наследием и уникальной природной красотой. Описаны археологические
находки, свидетельствующие о древнем заселении этой местности с
доисторических времён. Также анализируется культурное значение региона,
наличие исторических памятников, традиций и обычаев. Отдельное внимание
уделено природным особенностям Кибрая: зелёным холмам, водоёмам,
лесным массивам и зонам отдыха. Автор подчёркивает туристический и


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

286




рекреационный потенциал района, а также необходимость сохранения его
культурно-природного богатства.

Ключевые слова:

Кибрай, историческое наследие, археология,

природные достопримечательности, культурные памятники, туризм, экология,
Ташкентская область, рекреация.

Abstract:

This article explores Qibray District in Tashkent Region as an area

rich in historical heritage and natural beauty. It highlights archaeological findings
that indicate human settlement in the region since ancient times. The study also
discusses the cultural importance of the district, its historical monuments, traditions,
and legacy. Special attention is given to Qibray’s natural features, including lush
hills, rivers, forests, and recreational zones. The author emphasizes the district’s
tourism and ecological potential and the importance of preserving its cultural and
environmental treasures.

Keywords:

Qibray, historical heritage, archaeology, natural beauty, cultural

monuments, tourism, ecology, Tashkent Region, recreation.

Qibray tumani- Toshkent viloyatidagi tuman bo’lib, 1933-yil 1-dekabrda

tashkil etilgan. Dastlab tuman 1933-1991-yillar oralig’ida Orjonikidze deb
nomlangan.1991-yildan buyon Qibray deb atala boshlangan. 1962-yil Kalinin
(hozirgi Zangiota ) tumani bilan birlashtirildi. 1964-yil 31-dekabrda qaytadan
tuzildi. Tumanning shakllanish bosqichi o’z tarixiga ega.

Tuman kelib chiqishi haqida turlicha ma’lumotlar uchraydi. Qibray ya’ni

shaharcha bu nom kelib chiqishiga turkiy xalqlarning dulat qabilasining bir urug’i
“qibiray

nomi bilan atalishi sabab bo’lgan. Bu urug’ vakillari afsonaviy Qibiray

botiridan tarqalgan degan rivoyat bor. [1] VI-VIII asrlarda turli etnik elat va
urug’larning o’zaro yaqinlashuvi natijasida til va lahjalari bir-biriga yaqin bo’lgan
turli guruhlar paydo bo’la boshlagan. Ularni yagona nom bilan turkiylar deb
atashgan. Yozma manbalarda mana shu “Turkiylar” deb ataluvchi 92ta elat va
qabilalarning nomlari orasida ushbu tumandagi ayrim turar joy nomlari uchrab
turadi. Bu urug’larning nomlari bilan bog’liq bo’lgan turar-joy va qarorgohlarning
hozir ham shunday atalishi, bu nomlarning juda uzoq vaqtlardan beri deyarli
o’zgarishsiz saqlanib qolganini ko’rsatadi. Lekin bular orasida bir istisno uchraydi.
U ham bo’lsa tuman va qo’rg’on nomi bo’lgan “Qibray” atamasi haqida . XVI-XIX
asr yozma manbalarning hammasida bunday atama va urug’ nomi bu ko’rinishda
uchramaydi. Ularning barchasida asosan “qiray” nomi qaytarilgan va bu nom


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

287




doimo tumandagi boshqa joy nomlari bilan birga yozib keltirilgan. “Qiray” nomi
boshqa urug’lar kabi juda qadimgi jangovar turkiy qabilalardan bo’lib, bu nom
boshqa yerlarda ham hozirgacha uchrab turadi. Masalan, bunday elat nomi Shimoliy
Qozog’istonning To’rg’ay viloyatida Tengiz ko’liga quyiladigan daryo va Buryatiya
Respublikasining shimolidagi Bratsk GESiga quyiladigan Iya daryosining bir
o’zanida saqlanib qolgan. Demak, tuman nomi qadimgi “qiray” urug’i nomi bilan
bog’liq bo’lib, keyinchalik bu so’zga “b” harfining kirib qolishi ruscha talaffuzni
osonlashtirish natijasida bo’lishi mumkin degan fikr mulohazalar mvajud [2].

Qibray tumani o’zining musaffo havosi. Ajoyib tabiati, so’lim va ko’rkam

bog’lari bilan azaldan tilga tushgan. O’nlab dam olish maskanlari, sanatoriy va
oromgohlarning aynan shu yerda joylashganligi ham bejiz emas. Tuman
respublikamiz yozuvchi va shoirlari, kinochilari, matbaachilari uchun qulay ijod
maskani hisoblanadi. Mashhur Do’rmon yozuvchilar uyi, kinochilar uyi, “Sharq”
nashriyot -matbaa aksiyadorlik kompaniyasi sihatgohi, taniqli ijodkorlarning o’nlab
dala hovlilari tumanda joylashgan, O’zbek adabiyotida keying o’n yilliklar davrida
yaratilgan eng sara asarlar shu zaminda tug’ilgan desak also mubolag’a bo’lmaydi.
Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, xalqimizning eng faxrli maskanlaridan biri
bo’lgan, dunyo nazarida turgan, O’zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom
Karimovning “Do’rmon”qarorgohi ham tumanning eng xushmanzara yeriga
joylashgan. Bu qarorgohda oliy darajadagi uchrashuvlar, muloqotlar bo’lib o’tgan,
tarixiy, davlatlararo jahon ahamiyatiga molik hujjatlarga imzo chekilgan maskan
deb e’tirof etiladi.

Ayrim qo’lyozmalarda ba’zi urug’ nomlarining kelib chiqishi haqida ham

ma’lumotlar bor. Masalan, 1663-1664 yillarda Abulg’oziy Baxodirxon tomonidan
yozilgan “Shajarai turk” asarida Do’rmon elining paydo bo’lishi va shakllanishi
haqida quyidagi rivoyat keltirilgan. Unda yozilishicha, mog’ullarning Bichinqiyon
degan podshohning besh o’g’li bo’lgan. Otasi o’zidan keyin eng kenja o’g’lini o’z
o’rniga taxt vorisi bo’lishini vasiyat qilgan bo’ladi. Ammo to’rt o’g’il bunga qarshi
bo’lib, arazlab o’z yurtidan bosh olib, uzoq yurtlarga ketib qoladilar. Yot elda
bularga “do’rmonlar” deb nom qo’yilgan bo’ladi, chunki mo’g’ullar to’rtni do’rmon
der ekanlar. Bu to’rt o’g’il vafot etganidan so’ng ulardan tarqalgan avlodlar o’z
qarindosh-urug’lari huzuriga qaytib kelib ular bilan birga yashay boshlaganlar.
SHunday qilib tuman tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi. Hozirgi kunda bu yerda


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

288




yashayotgan mahalliy aholi o’z vaqtida O’rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy va
madaniy hayotiga katta hissa qo’shgan buyuk xalqlarning avlodlari hisoblanadi.

Qibray tumanini ko’pgina buyuk shaxslarning vatani deb aytishimiz mumkin.

Shunday buyuk shaxslardan, koinotni zabt etgan o’zbek limoni asoschisi,
O’zbekistonda sitrus mevachilik maktabining asoschisi, xalq seleksioneri,
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan agronom, O’zbekiston Fanlar akademiyasi faxriy
akademik Zayniddin Faxriddinovni (1922-2000) e’tirof etishimiz mumkin.

Akademik 1965-1995 yillarda Qibray tumani hududida 70gektarlik issiqxona

bunyod etib, limonzor yaratilishiga hissa qo’shdi. Uning har gektaridan 30 tonnadan
hosil olishga erishilgan. U nafaqat respublikamiz aholi dasturxoniga tortiq etilgan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

289




balki, eksport ham qilingan. Hozirgi kunda 1200 gektar yerga limon ko’chatlari
ekilib, 60000 tonna hosil olinadi. Bundan 2400 tonnasi eksport qilinadi. Eng qizigi,
ilk bor issiqxonadagi limon gullaridan asal olishga erishilgan. Xalq seleksioneri
Zayniddin Faxriddinov tomonidan “F-2 Yubileyniy”, “Zolotoye yabloko”, “F-1
Toshkent”, “Meyer” singari mahalliy navlar yaratildi. Seleksioner “Novogruzin”
naviga “Meyer” navini ulash orqali yangi “F-1 Toshkent” navini yaratishga
muvaffaq bo’ldi. 1967-yilda O’zbekiston iqlimiga mos keladigan limon ko’chati
meva berdi. Limon mevasi tarkibida 4 foizgacha limon kislotasi bo’lib, po’sti bilan
iste’mol qilsa bo’ladi. Seleksionerning “F-1Toshkent”, “F2-Yalang’och”, “F3-
O’zbekiston” navlari 450 grammdan 2,5 kilogrammgacha bo’lgan. O’zbek olimi,
akademik yaratgan 10dan ortiq limon navi “O’zbekiston” apelsin navi, “Toshkent”
mandarin navi nafaqat yurtimizda bundan tashqari, chet davlatlarda ham
yetishtiriladi. Akademik ko’pgina navlarni yaratdi va bu navlarning mukammal
agrotexnikasini ishlab chiqdi. Bu navlar MDH mamlakatlarida ko’plab
issiqxonalarda sanoat usulida yetishtiriladigan asosiy navlar hisoblanadi.
Faxriddinov tashabbusi va rahbarligida O’zbekistonning ko’pgina viloyatlari
xo;jaliklarida issiqxona limonzorlari barpo etilgan. O’zbek bog’dorchilik sir-
asrorlarini dunyoga yoyishga munosib hissa qo’shgan bu zahmatkash insonning
izlanishlarini nafaqat soha vakillari, jurnalistlar, yozuvchilar, jamoat arboblari, balki
hatto fazogirlarning ham qiziqishiga sabab bo’lgan. Chunki aholining sitrus
mevalarga ehtiyoji doimo yuqori bo’lgan. Jumladan, kosmonavt-uchuvchi
V.Grechko “…Marsda kelajakda olma gullashi mumkin. Ana o’shanda ishonchim
komilki, sizning limonlaringiz ham u yerda hosil berajak. Katta rahmatim
zaminqadar ehtiromimni qabul etgaysiz” deb o’z dil izhorlarini bildiradi.
O’zbekiston Respublikasining 1-prezidenti Islom Karimov “Bu pokiza boqqa
kirsang, bahri diling ravshan bo’lur” deb aytgan.[3]

Bu bog’dagi limonning kattaligini ko’rgan chet ellik mehmonlar ham

hayratini yashira olmagan. Ayniqsa, Arabistondan kelgan mehmonlar go’zal bu
limonzordagi limon daraxtida osilib turgan har bir donasi 2-2,5 kilogramm
keladigan limonlarni ko’rib, bu qovunmi, qovun ham daraxtda o’sadimi deb
hayratini yashira olmay qolgan. Shundan so’ng akademik Arabistonga bir necha bor
safar qiladi va u yerda ham limonzor bog’ yaratib keladi.

Qibray tumanining qulay tabiiy sharoiti, iqlimi, tabiati va resurslari qishloq

xo’jaligini takomillashishiga imkon yaratib beradi. Tumanning qishloq xo’jaligiga


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

290




xos bo’lgan imkoniyatlarini uzumchilik ustasi bo’lgan O’zbekiston Fanlar
akademiyasi faxriy akademigi Rizamat Musamuhamedovning ishlarida ko’rishimiz
mumkin. Akademik 1950-yillarda O’zbekiston qishloq xo’jaligi vazirligining
uzumchilik bo’yicha bosh agronomi bo’lgan. Musamuhamedov rahbarligida O’rta
Osiyoda 3600 gektardan ortiq tokzor va bog’lar barpo etgan. Akademik o’ndan ortiq
uzum navlarini yaratgan. Olimning “ Tokchilik bo’yicha qo’llanma”, “Mo’l uzum
hosili yetishtirishdagi tajribalarim” kabi kitoblari bor. Toshkent viloyati Qibray
tumanidagi uzumchilik, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi bog’dorchilik
uzumchilik shirkat xo’jaliklariga, Toshkent shahri ko’chalaridan biriga
Musamuhamedov nomi berilgan. Shuningdek, O’zbekiston o’simlikshunoslik
institutida chiqarilgan va O’zbekiston, Tojikistonda rayonlashtirilgan serhosil tok
navi Musamuhamedov sharafiga Rizamat deb atalgan.[3]

Qibray tumani o’zining iqlimi, suv resurslariga boyligi, tabiatining go’zal va

rang barang bo’lib shakllanishiga xizmat qiladi. Tumanning tuproq qatlamining
unumdorlik holati, o’simliklarning serhosilligi va ertapishar imkoniyatlarini oshirib,
agro olamining imkoniyatlarini kengaytirib rivojlanishiga katta hissa qo’shgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Suyun Qorayev O’zbekiston viloyatlari toponimlari. “O’zbekiston milliy

ensiklopediyasi . Давлат илмий нашриети. Тошкент- 700129

2.MUSTAQILLIKNING MUNAVVAR YO’LI. Qibray tumani “Sharq”

nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Bosh tahririyati , 2001 yil.

3. https://uz.wikipedia.org.

References

Suyun Qorayev O’zbekiston viloyatlari toponimlari. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi . Давлат илмий нашриети. Тошкент- 700129

MUSTAQILLIKNING MUNAVVAR YO’LI. Qibray tumani “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi. Bosh tahririyati , 2001 yil.