“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
332
UO‘K: 615.89 :796.015.2: 616.12-008.331.1-055.2
ARTERIAL GIPERTENZIYASI BOR O`RTA YOSHLI AYOLLARDA
XALQ TABOBATI USULLARI YORDAMIDA HARAKAT FAOLLIK
DASTURINI TAKOMILLASHTIRISH
Qudratillayeva Sadoqat Kozimjonovna
Saidrasulova Gulizebo Baxtiyorovna-Ph.D
Toshkent tibbiyot akademiyasi (Toshkent,O`zbekiston)
Annotatsiya
.Ushbu maqolada arterial gipertenziyasi bor 45-65 yosh (o`rta
yosh) oralig`idagi 100 nafar ayollarda tadqiqot eksperimental va kuzatuv usullarida
differentsial yondashuvlar yordamida jismoniy holatini yaxshilash,bemorlarda
klinik
funksional
tekshiruvlar
o`tkazish,antropometriya,tana
component
tuzilmalarini o`rganish,psixik va emotsional holatni baholash,Tay-chi gimnastika
usulini samaradorligini baholash va statistik tahlil o`tkazish bo`yicha ilmiy ishlar
olib borildi. Ishtirokchilarning qon bosimi ko`rsatkichlari,yurak urish tezligi,ruhiy-
emotsional fon dinamikasi dastur davomida tahlil qilindi.Tadqiqotning asosiy
maqsadi- harakat faollik va an`anaviy davolash usullarini uyg`unlashtirib,arterial
qon bosimini barqarorlashtirish va bundan tashqari yurak-qon tomir tizimi ishini
yaxshilash va umumiy sog`lomlashtirish samaradorligini oshirishdir.Maqolada
fizoterapevtik muolajalar,nafas mashqlari va yengil jismoniy mashg`ulotlar orqali
gipertenziyasi bor ayollarga ta`sir etish usullari bayon etilgan.Eksperimental dastur
doirasida qatnashgan ayollarda qon bosimi ko`rsatgichlari,jismoniy faolllik va
an`anaviy davolash umumiy holatiga ijobiy ta`sir ko`rsatdi.Natijalar shuni
ko`rsatdiki,xalq tabobati vositalari bilan uyg`unlashtirilgan harakat faollik dasturi
arterial gipertenziya bilan kasallangan o`rta yoshli ayollar uchun xavfsiz,iqtisodiy
jihatdan mos keluvchi va samarali yondashuv bo`lishi mumkin.
Kalit so`zlar:arterial gipertenziya,xalq tabobati,jismoniy faollik,o`rta yosh
IMPROVING A PHYSICAL ACTIVITY PROGRAM USING
TRADITIONAL MEDICINE METHODS IN MIDDLE-AGED WOMEN
WITH ARTERIAL HYPERTENSION
Qudratillayeva Sadoqat Kozimjonovna,
Saidrasulova Gulizebo Bakhtiyorovna, Ph.D
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
333
Tashkent Medical Academy (Tashkent, Uzbekistan)
Abstract
.This article presents a scientific study conducted on 100 women aged
between 45 and 65 years with arterial hypertension. The research was carried out
using experimental and observational methods with a differential approach to
improve physical condition, conduct clinical and functional examinations, assess
anthropometric and div composition parameters, as well as evaluate mental and
emotional states. The effectiveness of the Tai Chi method was also analyzed, and
statistical evaluations were performed. Participants’ blood pressure indicators, heart
rate, and psycho-emotional dynamics were monitored throughout the program.The
main aim of the research was to integrate physical activity with traditional treatment
methods in order to stabilize arterial blood pressure, improve cardiovascular system
function, and enhance general health outcomes. The article discusses the impact of
physiotherapeutic procedures, breathing exercises, and light physical activity on
women with hypertension.The experimental program showed that combining
traditional medicine with physical activity had a positive effect on blood pressure,
overall physical condition, and conventional treatment. Results demonstrated that a
physical activity program integrated with traditional medicine approaches can be a
safe, cost-effective, and efficient method for middle-aged women suffering from
arterial hypertension.
Keywords: arterial hypertension, traditional medicine, physical activity, middle
age
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ПРОГРАММЫ ФИЗИЧЕСКОЙ
АКТИВНОСТИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ МЕТОДОВ НАРОДНОЙ
МЕДИЦИНЫ У ЖЕНЩИН СРЕДНЕГО ВОЗРАСТА С
АРТЕРИАЛЬНОЙ ГИПЕРТЕНЗИЕЙ
Кудратиллаева Садокат Козимжоновна,
Саидрасулова Гулизебо Бахтияровна, Ph.D
Ташкентская медицинская академия (Ташкент, Узбекистан)
Аннотация
.В данной статье представлены результаты научного
исследования, проведенного среди 100 женщин в возрасте от 45 до 65 лет с
артериальной гипертензией. Исследование проводилось с использованием
экспериментальных и наблюдательных методов, с дифференцированным
подходом к улучшению физического состояния, проведению клинико-
функциональных обследований, антропометрии, изучению состава тела, а
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
334
также оценке психического и эмоционального состояния. Также была
проведена оценка эффективности гимнастики Тай-чи и выполнен
статистический анализ.В течение программы анализировались показатели
артериального давления, частота сердечных сокращений и динамика
психоэмоционального фона участниц.Основной целью исследования было
объединение физической активности с традиционными методами лечения для
стабилизации артериального давления, улучшения работы сердечно-
сосудистой системы и повышения общей эффективности оздоровления. В
статье изложены методы воздействия на женщин с гипертонией через
физиотерапевтические процедуры, дыхательные упражнения и легкие
физические нагрузки.Результаты экспериментальной программы показали,
что сочетание народной медицины с физической активностью положительно
влияет на показатели артериального давления и общее состояние пациенток.
Это доказывает, что интегрированная программа физической активности с
применением методов народной медицины может быть безопасным,
экономически эффективным и результативным подходом для женщин
среднего возраста с артериальной гипертензией.
Ключевые слова: артериальная гипертензия, народная медицина,
физическая активность, средний возраст
Kirish
. Hozirgi davrda yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, xususan, arterial
gipertenziya (AG) global sog‘liqni saqlash muammolaridan biri hisoblanadi
[1].Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo
bo‘yicha har uch bemorni birida arterial gipertenziya aniqlanadi, bu esa yurak
xurujlari, insult va surunkali yurak yetishmovchiligi xavfini sezilarli darajada
oshiradi [4].Ayniqsa, o‘rta yoshli (45–65 yosh) ayollar orasida bu kasallik
ko‘rsatkichlarining ortib borayotgani alohida e’tiborni talab qiladi. Klimakterik
davrga yaqin bo‘lgan organizmda gormonal muvozanat buzilishi, psixologik
yuklama va hayot tarzi omillari bu holatni yanada kuchaytiradi [9].An’anaviy dori
vositalariga qo‘shimcha sifatida, oxirgi yillarda xalq tabobati vositalari va harakat
faolligiga asoslangan asosiy yondashuvlar keng e’tibor qozonmoqda [2].Dorivor
o‘simliklar, tabiiy damlamalar, aromaterapiya, issiq muolajalar va nafas mashqlari
orqali organizmga yumshoq va xavfsiz ta’sir ko‘rsatish mumkin [5]. Shu bilan birga,
mo’tadil jismoniy mashqlar (yurish, suzish, yoga, stretching), Tay-chi gimnastikasi
qon aylanishini yaxshilaydi, yurak mushagini mustahkamlaydi, stressni kamaytiradi,
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
335
depressiyadan erta chiqishga va arterial bosimni barqarorlashtirishga yordam beradi
[6].O‘zbekiston sharoitida xalq tabobatining boy an’analari mavjud bo‘lib, ularni
zamonaviy ilmiy yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirish orqali profilaktika va
reabilitatsiya dasturlarini samarali tashkil etish mumkin[1].Biroq, xalq tabobati va
jismoniy faollikni yagona tizimli dasturga aylantirishga oid ilmiy asoslangan
tadqiqotlar hozir ham yetarli darajada emas.Mazkur tadqiqotning dolzarbligi
shundan iboratki, u o‘rta yoshli ayollar salomatligini tiklash va kasallik kechishini
yengillashtirishda tabiiy vositalar va harakatga asoslangan yondashuvning amaliy
imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan. Ushbu maqola doirasida xalq tabobatiga
asoslangan harakat faoliyati dasturining AG bilan yashovchi ayollar organizmiga
ko‘rsatadigan fiziologik va psixologik ta’sirlar o‘rganiladi, hamda mazkur
yondashuvning sog‘lomlashtiruvchi samaradorligi tahlil qilinadi.
Materiallar
va
tadqiqot
usullari
:Mazkur tadqiqotda eksperimental va
kuzatuv metodlariga asoslanib,6 oy davomida olib borildi.Tadqiqotda Toshkent
tibbiyot akademiyas ko`p tarmoqli klinikasida ro`yxatga olingan,45-65 yosh
oralig`idagi arterial gipertenziya tashxisi qo`yilgan 100 nafar ayollar ishtirok
etdi.Ular gipertenziyaning 1-2 darajalarida bo`lib,surunkali yurak yetishmovchiligi
va boshqa og`ir fondagi kasalliklariga ega emas edi.Ishtirokchilar tasodifiy tanlov
yordamida ikki guruhga ajratildi:1-guruh (asosiy guruh) xalq tabobatiga asoslangan
va harakat faoliyati dasturini bajardi,2- guruh (nazorat guruh) esa faqat standart
farmakoterapiya muolajalarini davom ettirdi.Tadqiqotda bemorlarning klinik
funksional va laborator tekshiruvlariga alohida e`tibor qaratildi. Qonning umumiy
va bioximik ko`rsatgichlari,Lipid spektri,koagulogramma,EKG,Exo ko`rsatkichlari
tekshirilib,bemordagi yaxshilanish belgisi aniqlandi.
Asosiy guruhiga haftasiga 4 marta 45 daqiqalik harakat faoliyati mashg‘ulotlari
tayinlandi. Mashg‘ulotlar quyidagilardan iborat bo`ldi:
Yengil yurish (10–15 daqiqa)
Nafas mashqlari (diafragmatik nafas, 5–7 daqiqa)
Stretching va orom olish mashqlari (5–10 daqiqa)
Xalq tabobati muolajalari: dorivor o‘simlik damlamalari (qora sedana,
momaqaymoq,zubturum), lavanda va yalpiz asosida aromaterapiya, issiq tuzli vanna
(haftasiga 1-2 marta)
Kunlik turmush tarzini sog‘lomlashtirish: tuz iste’molini kamaytirish, suyuqlik
me’yori, uyqu rejimi va stressni boshqarish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
336
Ishtirokchilarning quyidagi ko‘rsatkichlari dastur boshlanishidan oldin va har
oyda baholandi:
Sistolik va diastolik arterial bosim (mmHg)
Yurak urish soni (bpm)
Tana massasi indeksi (BMI)
Umumiy jismoniy faollik darajasi (IPAQ testi)
Psixologik holat (DASS-21 anketasi)
Natijalar va muhokama.
6 oy yakunida Asosiy guruhda quyidagi ijobiy
o‘zgarishlar kuzatildi: 100 nafar bemordan 65 tasi arterial gipertenziya 1-darajasi,15
tasi 2-daraja,20 nafar bemor esa 3-daraja deb aniqlandi[3].TMI bo`yicha 9 nafar
normal vazn,35 nafar ortiqcha vazn,50 nafar 1-daraja semizlik,5 nafar 2-daraja
semizlik, 1 nafar 3-daraja semizlik fonidagi bemor ayollar aniqlandi[4].
Laborator,antropometrik va qon bosimi ko'rsatgichlarining statistik tahlili (1-
Jadval).
Ko`rsatgichlar
Davolashdan
oldin
Davolashdan
keyin
Statistik
ahamiyat(p)
Sistolik
bosim(mmHg)
147
120
<0,001
Diastolik
bosim (mmHg)
92
80
<0,001
Yurak
urish
tezligi (bpm)
84
76
<0,001
TMI (kg\m²)
31,5
29,8
<0,001
Umumiy
xolesterin (mmol\L)
6,2
5,1
<0,001
Triglitseridlar
(mmol\L)
2,4
1,8
<0,001
HDL (mmol\L)
1,1
1,4
<0,001
LDL (mmol\L)
4,1
3,2
<0,001
Quyidagi jadval natijalariga ko`ra, tadqiqotdan oldin va keyingi natijalarni
taqqoslasak,sistlolik qon bosimi 27 mmHg ga,diastolik qon bosimi 12 mmHg
ga,yurak urish tezligi 8 martaga,TMI 1,7 kg\m² ga,Umumiy xolesterin miqdori 0,9
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
337
mmol\lga,triglitseridlar 0,6 mmol\l ga kamayganini ko`rsatdi.Bu albatta tajribani
muvaffaqiyatli ekanligini isbotlaydi.
O‘rtacha sistolik bosim 147 mmHg dan 120 mmHg ga, diastolik bosim esa 92
mmHg dan 80 mmHg ga tushdi (p<0.001).[8]
Yurak urish soni 84 bpm dan 76 bpm ga kamaydi.
Jismoniy faollik darajasi o‘rtacha 30% ga oshdi.
Stress va xavotir ko‘rsatkichlari sezilarli darajada kamaydi (DASS bo‘yicha
35% pasayish).
Ayollarning 83% i umumiy holatining yaxshilanishini, uyqu sifati va
kayfiyatining barqarorlashganini va hayot sifatini oshganligini ko`rsatdi.Nazorat
guruhida esa bunday ijobiy dinamika uncha yaqqol kuzatilmadi: qon bosimi
me’yorlashtirilgan bo‘lsa-da, jismoniy faollik va psixologik holat ko‘rsatkichlari
deyarli o‘zgarmadi. Klinik va laborator funksional tekshiruvlar esa 83 nafar
ayollarda umumiy xolesterin miqdori <5,2 mmol\l dan oshmaganligi,Triglitserid
miqdori esa < 1,7 mmol\l dan oshmaganligi aniqlandi.
Natijalar shuni ko‘rsatadiki, xalq tabobati elementlariga asoslangan harakat
faoliyati dasturi arterial gipertenziyasi bor o‘rta yoshli ayollarda nafaqat qon
bosimini me’yorlashtiradi, balki umumiy sog‘lomlashtiruvchi, stressga qarshi va
hayot sifatini yaxshilovchi omil sifatida xizmat qiladi[9].Bu yondashuvning afzalligi
— uning tabiiyligi, iqtisodiy samaradorligi va organizmga yengil ta’sir
ko‘rsatishidadir.Bu tajriba ayniqsa doriga sezuvchanligi baland bo`lgan bemorlar
uchun ham samarali va qulay hisoblanadi.
Xulosa
.O‘tkazilgan kuzatuvlar shuni ko‘rsatdiki, o‘rta yoshli ayollar orasida
arterial gipertenziya keng tarqalgan muammo bo‘lib, uni nafaqat farmakologik, balki
biologik va harakatga asoslangan usullar orqali boshqarish imkoniyati mavjud.
Tadqiqot davomida xalq tabobatida qo‘llaniladigan ayrim tabiiy vositalar (masalan,
dorivor o‘simliklar damlamalari, lavanda, arpabodiyon, sarimsoq) va muntazam
jismoniy mashqlar (yengil yurish, nafas olish texnikalari, yoga elementlari) arterial
bosimni me’yorlashtirishda ijobiy samara bergan[8].Xalq tabobati usullari yurak-
qon tomir tizimi faoliyatini normallashtirish bilan birga, ruhiy-emotsional holatni
ham yaxshilaydi. Shuningdek, bu usullar organizmga kimyoviy dorilarga nisbatan
kamroq yuk tushiradi.100 nafar bemor ustida o‘tkazilgan dasturda sistolik bosim
o‘rtacha 147 mmHg dan 120 mmHg ga, diastolik bosim esa 92 mmHg dan 80 mmHg
ga tushganligi kuzatildi. Bu esa xalq tabobati va harakat faoliyati integratsiyasi
“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN
UZBEKISTAN” JURNALI
VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY
ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869
338
gipertenziya bilan kurashishda klinik ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.Ilmiy
izlanishlarni
rivojlantirish
uchun
bir
qancha
takliflarni
xulosa
qilmoqchiman..Xususan ,Sog‘liqni saqlash muassasalarida xalq tabobati va jismoniy
faollik asosidagi kompleks dasturlar ishlab chiqish, poliklinikalarda gipertenziyaga
moyil ayollarni erta aniqlash va ularni sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga jalb qilish
tizimi yo‘lga qo‘yish, o‘rta yoshli ayollar orasida gipertenziyani nazorat qilish uchun
sog‘lom ovqatlanish, stressni kamaytirish va nafas olish mashqlari bo‘yicha
interaktiv darslar o‘tkazish kabi takliflarni bermoqchiman.Bular orqali kasallikni
oldini olish va erta aniqlash anchagina qulay va samarali bo`ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Gipertenziya
kasalligini tashxislash va davolash bo‘yicha klinik yo‘riqnomalar. Toshkent, 2021.
2. Chobanova Zh.N. Arterial gipertenziyani davolashda kompleks
yondashuvning ahamiyati. // Tibbiyotda innovatsiyalar. – 2022. – №3. – B. 41–46.
3. European Society of Hypertension (ESH) & European Society of Cardiology
(ESC). 2023 Guidelines for the management of arterial hypertension. Journal of
Hypertension, 2023; 41(4): 523–606.
4. World Health Organization. Global status report on noncommunicable
diseases. Geneva: WHO, 2021.
5. Gulyamov S.S., Mavlyanov D.R. O‘zbek xalq tabobati va dorivor
o‘simliklarning terapevtik ahamiyati. Toshkent: TTA Nashriyoti, 2020.
6. Qosimova D. M., Ergasheva M. R. Harakat faoliyati gipertenziyada
profilaktika vositasi sifatida. // Yosh olimlar ilmiy ishlari to‘plami. – Toshkent:
TTA, 2023. – B. 98–102.
7. Shifoxonalar uchun xalq tabobati amaliyoti (to‘plam). Fitoterapiya asoslari.
– Toshkent: Ibn Sino nashriyoti, 2019.
8. James PA, et al. 2014 Evidence-Based Guideline for the Management of
High Blood Pressure in Adults. JAMA, 2014; 311(5): 507–520.
9. Mamatova G.T. Ayollarda gipertenziyaning psixososial omillari. – //
Tibbiyot va hayot. – 2022. – №6. – B. 53–58.
