Authors

  • Munavvarxon Umarova
    PhD in Technical Sciences, Lecturer, Department of Light Industrial Engineering, Fergana State Technical University, Fergana, Uzbekistan
  • Xushnoza Mirzoqulova
    Student, Fergana State Technical University, Fergana, Uzbekistan
  • Dinara Yoldashaliyeva
    Student, Fergana State Technical University, Fergana, Uzbekistan
  • Maftuna Sodiqova
    Student, Fergana State Technical University, Fergana, Uzbekistan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.journal-science-innovative.99031

Keywords:

paxta ID plastik kartalar operator dispetcher KOD tizimi Brutto og‘irlik elektron tarozi namlik axborot texnologiyalari avtomatlashtirish raqamli sanoat

Abstract

Mazkur maqolada paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish borasidagi amaliy tajribalar tahlil qilinadi. Jumladan, xom ashyo qabul qilish, og‘irlikni aniqlash, namlikni baholash va tashkiliy boshqaruv bosqichlarida ID plastik kartalardan foydalanish, operator va dispetcher o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi, avtomatlashtirilgan "KOD" tizimi, "Brutto" ko‘rsatkichlarini real vaqt rejimida qayd etuvchi elektron tarozilarni qo‘llash kabi yechimlarning samaradorligi yoritilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalarni joriy etish natijasida korxonalarda mehnat unumdorligi, hisob-kitob aniqligi va inson omiliga bog‘liq xatoliklarning kamayishi holatlari muayyan misollar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda mavjud tizimning axborot xavfsizligi, operatorlar malakasini oshirish va texnik infratuzilmani takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu texnologik yondashuv paxta sanoatida raqamli transformatsiyaning muhim bosqichi sifatida baholanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

393




PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA ZAMONAVIY AXBOROT

KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHDAGI

TAJRIBALAR TAHLILI

Umarova Munavvarxon

PhD in Technical Sciences, Lecturer, Department of Light Industrial

Engineering, Fergana State Technical University, Fergana, Uzbekistan

Xushnoza Mirzoqulova

Student, Fergana State Technical University, Fergana, Uzbekistan

Dinara Yoldashaliyeva

Student, Fergana State Technical University, Fergana, Uzbekistan

Sodiqova Maftuna

Student, Fergana State Technical University, Fergana, Uzbekistan

Annotatsiya

Mazkur maqolada paxta tozalash korxonalarining ishlab chiqarish jarayoniga

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) joriy etish borasidagi
amaliy tajribalar tahlil qilinadi. Jumladan, xom ashyo qabul qilish, og‘irlikni
aniqlash, namlikni baholash va tashkiliy boshqaruv bosqichlarida ID plastik
kartalardan foydalanish, operator va dispetcher o‘rtasidagi ma’lumotlar
almashinuvi, avtomatlashtirilgan "KOD" tizimi, "Brutto" ko‘rsatkichlarini real vaqt
rejimida qayd etuvchi elektron tarozilarni qo‘llash kabi yechimlarning samaradorligi
yoritilgan. Shuningdek, mazkur texnologiyalarni joriy etish natijasida korxonalarda
mehnat unumdorligi, hisob-kitob aniqligi va inson omiliga bog‘liq xatoliklarning
kamayishi holatlari muayyan misollar asosida tahlil qilingan. Tadqiqotda mavjud
tizimning axborot xavfsizligi, operatorlar malakasini oshirish va texnik
infratuzilmani takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Ushbu texnologik
yondashuv paxta sanoatida raqamli transformatsiyaning muhim bosqichi sifatida
baholanadi.


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

394




Kalit soʻzlar:

paxta, ID plastik kartalar, operator, dispetcher, KOD tizimi,

Brutto og‘irlik, elektron tarozi, namlik, axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish,
raqamli sanoat

Kirish

Mamlakatimizda paxtachilik sohasini rivojlantirish, paxta tozalash

korxonalarini modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, ishlab chiqarish va
paxta xomashyosini qayta ishlash rentabelligini, shuningdek, ishlab chiqariladigan
mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish bо‘yicha kompleks chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda [1].

Paxta xomashyosini qabul qilish, saqlash, tashish va qayta ishlash bо‘yicha

ma’lumotlarni zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish orqali hisobga olish, hamda nazorat qilish ishlarini tashkil etish bо‘yicha
tajribalar olib borilmoqda. Bunda fermer xо‘jaliklardan qabul qilib olinadigan
paxtaning miqdori va uning sifat kо‘rsatkichlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar ID plastik
kartalarga kiritilishi. Fermerlarga berilgan ID plastik kartalarda viloyat, tuman va
paxtani qabul qiluvchi korxonaga belgilangan ”Kod”, fermer xо‘jaligining nomi,
yillik paxta topshirish rejasi, shu jumladan urug‘lik paxta rejasi, reproduksiyasi,
topshiriladigan paxtaning seleksion navi va tipi, terim turi belgilab qо‘yiladi [2].

Fermer xо‘jaliklardan paxtani tayyorlov maskanlariga qabul qilishda O‘zDSt

615, O‘zDSt 642 davlat standartlari talablari asosida uning namligi va iflosligi har
bir transport vositasi bо‘yicha instrumental, sanoat navi esa organoleptik usulda
aniqlanib, qabul qilishjarayoni 3 bosqichli tizim bо‘yicha amalga oshiriladi:

1-bosqich - namuna oluvchi keltirilgan paxtadan belgilangan tartibda namuna

olib uning sanoat navi va sinfini aniqlaydi. Laboratoriyaga paxtaning ifloslik va
namligini aniqlash uchun namuna jо‘natadi;

2-bosqich - operator keltirilgan paxtani elektron tarozida о‘lchaydi;
3-bosqich - dispetcher keltirilgan paxtani yuk xatida belgilangan g‘aramga

tushirilishini tashkil qiladi.

Bunda paxtani qabul qilish jarayoni avtomatik tarzda nazorat qilinadi (1-

rasm).


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

395




1-rasm. Paxtani qabul qilishda avtomatik nazorat qilish

Fermer xо‘jaliklardan qabul qilib olinadigan paxtaning miqdori va uning sifat

kо‘rsatkichlari tо‘g‘risidagi ma’lumotlar ID plastik kartalarda aks ettiriladi [3].

Fermerlarga berilgan ID plastik kartalarda viloyat, tuman va paxtani qabul

qiluvchi korxonaga belgilangan ”KOD”, fermer xо‘jaligining nomi, yillik paxta
topshirish rejasi, shu jumladan urug‘lik paxta rejasi, reproduksiyasi, topshiriladigan
paxtaning seleksion navi va tipi, terim turi belgilab qо‘yiladi.

ID plastik kartalar ma’lum bir sabablarga kо‘ra fermerlar tomonidan

yо‘qotilgan taqdirda dublikat plastik kartadan foydalanishi kо‘zda tutilishi lozim.

Topshirilayotgan paxtadan namuna olishda paxta tayyorlov maskanining

namuna oluvchisi, ”О‘zstandart” agentligidan bir vakil qatnashadi (boshqa
tayyorlov maskanlarida kelishmovchilik bо‘lgan hollarda ushbu vakil chaqiriladi).
Fermerlar kengashidan va topshiruvchi-fermer xо‘jaligi rahbari yoki uning nomidan
ish yurituvchi ishtirokida (kuzatuvida) keltirilgan paxta tо‘dasidan O‘zDSt-643
bо‘yicha birlashtirilgan namuna tanlab olinadi, hamda O‘zDSt-615, O‘zDSt-642
davlat standartlari va paxtani qabul qilish va saqlash bо‘yicha yо‘riqnoma talablari
va shartlariga mosligini aniqlaydi. O‘zDSt-593 standarti bо‘yicha etalon
namunalarga taqqoslab, tashqi kо‘rinishi va rangi bо‘yicha dastlabki
klassifikatsiyasini о‘tkazib sanoat navini aniqlaydi.

Paxtani sanoat navi bо‘yicha kelishmovchilik yuzaga kelgan hollarda


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

396




laboratoriya tahlil xonasida LPS-4 (ASX) asbobida pishib yetilganlik koeffitsenti
bо‘yicha sanoat navi yakuniy aniqlanadi.

Paxtadan namuna olingan transport vositasi tahlil natijasi aniqlanguncha

kutish maydonchasiga yо‘naltiriladi.

Laboratoriya tahlil natijalari aniqlanganidan sо‘ng transport vositasi

yuklangan paxta bilan elektron avtomobil tarozisiga kiritiladi.

Operator plastik kartani tarozixonada о‘rnatilgan terminalga joylaydi. Fermer

xо‘jaligi kodini lokal tarmoqqa ulangan kompyuterga kiritadi.

Operator transport vositasini yuklangan paxta bilan birgalikda о‘lchaydi.

"Brutto" massasi avtomatik xolda о‘lchanib, kompyuterga kiritiladi va markaziy
kompyuter tarmog‘iga uzatiladi hamda bu kо‘rsatkichlar fermerning plastik
kartasiga kiritiladi va elektron tabloda yoritiladi (2-rasm).

2-rasm. Paxtani elektron tarozida qabul qilish.

Paxtadan namuna olingandan sо‘ng xar bir qabul qilinayotgan tо‘da bо‘yicha

namlik va ifloslikni aniqlash uchun taxlillar о‘tkaziladi. Bu jarayonlar fermerlar
kengashi va “О‘zstandart” vakillari tomonidan fermerlar xonasiga о‘rnatilgan


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

397




kuzatuv kamerasi yordamida nazorat qilinib turiladi.

Paxta namunasining namligi, iflosligi va sanoat navini aniqlash bо‘yicha

о‘tkazilgan tahlil natijalari bо‘yicha ma’lumotlar asosida 2-XL shaklining orqa
tomoni tо‘ldirilib, laboratoriya jurnaliga tartib raqami va sanasini yozib bir nusxasi
operatorga topshiriladi, ikkinchi nusxasi bir kunlik saqlab turiladigan namunaga
solib qо‘yiladi.

P

a
x
t
a
n
i

e
l
e
k
t
r
o
n

t
a
r
o
z
i

o
r
q
a
l
i

a
v
t

Operator plastik kartani terminaldan о‘tkazib ma’lumotlar tarmog‘ini ochadi

va uning tegishli bandlariga 2-XL laboratoriya tahlil natijalari asosida aniqlangan
sifat kо‘rsatkichlarni kiritadi, hamda qabul qilinayotgan paxtaning jamlanadigan
tо‘da va g‘aramning tartib raqamini belgilaydi.

Fermer xо‘jaligining nomi, tо‘da raqami, qabul qilinayotgan tо‘daning sifat

kо‘rsatkichlari (navi, sinfi, namligi va iflosligi) monitor ekranida yoritiladi.

Shu kо‘rsatkichlarga amal qilgan holda paxtani qaysi g‘aram yoki omborga

qabul qilinishini belgilab, yuk xatining birinchi nusxasini transport vositasidagi
paxtani belgilangan g‘aramlarga jamlash bо‘yicha dispetcherga yо‘naltiriladi.

Dispetcher keltirilgan paxtani yuk xatida belgilangan joyga paxta

topshiruvchi ishtirokida tushirishni tashkil etadi. Tushirish jarayonida tо‘kilayotgan
paxtani kо‘zdan kechirib, yuk xatida kо‘rsatilgan sifat kо‘rsatkichlari va standart
talablariga mosligini kuzatib turadi.

Sifat kо‘rsatkichlari tasdiqlangan holda dispetcher paxtani qabul qilgani

haqida yuk xatiga imzo chekadi, bо‘shatilgan tirkamali transport vositasini qayta
tortish uchun operatorga qaytaradi.

Operator fermer xо‘jaligi plastik kartasini terminalga kiritadi va bо‘shagan

yoki ma’lum miqdordagi paxta bilan qaytarilgan tirkamali transport vositasi
massasini qaytadan elektron tarozida tortib, "Tara" massasi aniqlanadi va qabul
qilingan paxtaning "Netto" massasi chiqariladi. Tortish natijalari fermerning plastik
kartochkasiga kiritiladi va yuk xatiga yozib qо‘yiladi. Tortish jarayonidagi
kо‘rsatkichlar va taxlil natijalari elektron tabloda yoritilib boriladi. Tortish natijalari
markaziy tarmoqqa uzatiladi.

Paxta tayyorlov maskanida 10 ming tonnadan ziyod paxta qabul qilishda


background image

“JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN

UZBEKISTAN” JURNALI

VOLUME 03, ISSUE 05, 2025. MAY

ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869

398




yuqori tashkilotlarning ruxsati bilan ikki oqimda qabul qilishni tashkil etish mumkin.
Bunda har bir oqimga qabul qiluvchi operator boshchilik qilishi zarur. Bunday
holatda paxta tozalash korxonasi rahbariyatining kо‘rsatmasiga binoan tayyorlov
maskanida xar bir oqimga oldindan ma’lum xо‘jaliklar biriktirib qо‘yiladi.

Paxta tozalash korxonalariga zamonaviy axborot kommunikatsion

texnologiyalarni joriy etish. Yagona korporativ tarmoqni yaratish bо‘yicha amaliy
ishlar olib borilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, paxta tozalash korxonalariga zamonaviy axborot-

kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali ishlab chiqarish jarayonlarini
avtomatlashtirish, paxta xomashyosining sifatini aniq baholash, hisobga olish va
nazorat qilish tizimlarini takomillashtirish mumkin bo‘ldi. Fermer xo‘jaliklari bilan
munosabatlar shaffof elektron tizimlar orqali amalga oshirilayotgani nafaqat inson
omilini kamaytirdi, balki korrupsiya va boshqa salbiy holatlarning oldini olishga
xizmat qilmoqda. Plastik ID kartalar orqali fermerlar va tayyorlov korxonalari
o‘rtasidagi ma’lumotlar almashinuvi soddalashib, paxta qabul qilish va saqlash
tizimi zamon talablari asosida takomillashmoqda. Bu kabi ilg‘or tajribalar
paxtachilik sanoatining raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy samaradorligini
ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi

«Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari tо‘g‘risida»gi PQ-3408-sonli qarori.

2.M.Enrayt, S.Rezenfeld, P.Maskell va M.Lorensenlar “Mintaqaviy klasterlar

konsepsiyasi” 2009

3. A.Salimov “Tovarshunoslik”. T.: “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti,

191bet.

4. Paxtani qabul qilish va saqlash bо‘yicha yо‘riqnoma. T.: 2017 y.

References

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 noyabrdagi «Paxtachilik tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida»gi PQ-3408-sonli qarori.

M.Enrayt, S.Rezenfeld, P.Maskell va M.Lorensenlar “Mintaqaviy klasterlar konsepsiyasi” 2009

A.Salimov “Tovarshunoslik”. T.: “Adabiyot uchqunlari” nashriyoti, 191bet.

Paxtani qabul qilish va saqlash bо‘yicha yо‘riqnoma. T.: 2017 y.