Authors

  • NIGINA SALOMOVA

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.100528

Keywords:

Alisher Navoiy forsiy devon ayol obrazi tasavvuf mumtoz adabiyot poetika estetik ideal.

Abstract

Ushbu maqolada Alisher Navoiy tomonidan forsiy tilida yaratilgan devonidagi ayol obrazlari tahlil qilinadi. Muallif ayol timsolining badiiy ifodasi, estetik va manaviy jihatlari, shuningdek ushbu obraz orqali ifodalangan tasavvufiy va ijtimoiy g’oyalarga etibor qaratadi. Navoiy ijodidagi ayol obrazi ideal go’zallik, sadoqat, ilohiy muhabbat timsoli sifatida yoritiladi va bu orqali shoirning g’oyaviy-estetik qarashlari namoyon bo’ladi. Maqola ayol obrazining shakllanishida Navoiyga xos poetik uslubning o’rnini ham ochib beradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

137

ALISHER NAVOIYNING FORSIY DEVONIDA AYOL OBRAZI

TALQINI

NIGINA SALOMOVA

Annotatsiya. Ushbu maqolada Alisher Navoiy tomonidan forsiy tilida

yaratilgan devonidagi ayol obrazlari tahlil qilinadi. Muallif ayol timsolining badiiy

ifodasi, estetik va manaviy jihatlari, shuningdek ushbu obraz orqali ifodalangan

tasavvufiy va ijtimoiy g’oyalarga etibor qaratadi. Navoiy ijodidagi ayol obrazi ideal

go’zallik, sadoqat, ilohiy muhabbat timsoli sifatida yoritiladi va bu orqali shoirning

g’oyaviy-estetik qarashlari namoyon bo’ladi. Maqola ayol obrazining shakllanishida

Navoiyga xos poetik uslubning o’rnini ham ochib beradi.

Kalit so’zlar. Alisher Navoiy, forsiy devon, ayol obrazi, tasavvuf, mumtoz

adabiyot, poetika, estetik ideal.

Abstract. This article analyzes the representations of women in Alisher

Navoi’s Persianal-language divan. The authorexplores the artistic expression,

aesthetic, and spiritual dimensions of the female figure, while also drawing attention

to the mystical and social ideas conveyed through these images. In Navoi’s works, the

image of a woman is portrayed as a symbol of ideal beauty, loyalty, and dvine love.

Through this portrayal, the poet’s philosophical and aesthetic views are revealed.

The article also highlights the role of Navoi’s distinctive poetic style in shaping these

representations.

Keywords. Alisher Navoiy, Persial divan, female image, Sufism, classical

literature, poetics, aesthetic ideal.

KIRISH

Alisher Navoiy-turkiy va forsiy adabiyotda chuqur iz qoldirgan mutaffakir

shoirlardan biridir. Uning ijodi nafaqat adabiy, balki falsafiy, estetik va ma’naviy

jihatdan ham yuksak ahamiyatga ega. Shoirning forsiy devonida ,xususan, g’azal va

ruboiylarida ayol obrazi ko’plab ramzlar , timsollar orqali gavdalanadi. Bu obrazlar

shunchaki lirik qahramonlarning sevgilisi emas, balki butun mavjudod, ishq, haqiqat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

138

va ilohiy go’zallikning aks-sadosi sifatida tasvirlanadi. Mazkur maqola aynan shu

ayol obrazining metoforik talqinini yoritishga qaratiladi.

Ayol obrazi Sharq she’riy an’analarida ayol obrazi ko’pincha ma’naviy

go’zallik timsoli sifatida namoyon bo’lgan. Qolaversa, ayol obrazi an’anaviy Sharq

she’riyatining ramziy - metaforik yondashuvi bilan uyg’unlashgan.[1] Hofiz, Sadiy,

Jaloliddin Rumiy singari shoirlar, ijodida ayol, ko’proq, ilohiy jamol, ruhiy oshno,

ishq manbai sifatida metoforik talqinda paydo bo’ladi. Bu obraz doimiy ravishda

murakkab ma’nolarga ega bo’lib, unda sevgi, yo’qotish, o’zlikni topish va ilohiy

haqiqat sari intilish ramzi mujassam bo’ladi. Alisher Navoiy ham forsiy devonida

ushbu an’anaviy talqinni davom ettirar ekan, unga o’ziga xos poetik teranlik va

falsafiy yondashuv bag’ishlaydi. Alisher Navoiyning forsiy devonida, xususan, g’azal

va ruboiylarida ayol obrazi ko’plab ramzlar, timsollar orqali gavdalanadi.[2] Navoiy

devonidagi ayol obrazi nafaqat tashqi go’zalligi bilan, balki ichki komilligi, sadoqati

va sabr-bardoshi bilan tasvirlanadi. Shoir she`rlarida ayol timsoli majoziy obraz

sifatida ilohiy muhabbatga eltuvchi vosita sifatida namoyon bo’ladi. Masalan:

“Har ze ruxsorat guzaram xok shavad jonam, bas

Ba-ki boshad ki bar on xok shavad jon fido?”

Ushbu baytda sevgilining yuzidan o’tish - jonning tuproqqa aylanishi bilan

barobar talqin etiladi. Bu yerda ayol obrazi ilohiy haqiqatga yetishish yo’lida

qurbonlik timsoli sifatida berilgan. Yana Navoiy ushbu devonda ayol obrazini

faqatgina jismoniy go’zallik mezonlari orqali emas, balki ruhiy komillik va ma`naviy

yuksaklik bilan uyg’un holda aks ettiradi. Shoirning poetik tasvirlarida ayol timsoli

ko’pincha komil inson, ilohiy ma`rifat sari yo’l ko’rsatuvchi sifatida namoyon

bo’ladi. Bu obrazning yuksak estetik baholanishi quyidagi misralarda yaqqol

ko’rinadi.

“Zulfat chu siyoh astu dilam xam siyohist,

Andar dilinga bahr ki yoftam, to ba kojam?”[3]

Bu yerda ayolning “zulfi” - ya’ni sochlari - tashqi go’zallik ifodasi bo’lishi

bilan birga, majoziy ravishda ruhiy iztirob, sevgi dardining chuqurligini aks ettiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–2_Июнь –2025

139

Zulflarning qora bo’lishi - dilni ham “qoraytirgan”, ya’ni u mahbubaning jilvasida

o’zini yuqotgan shoir ruhiyatini bildiradi.

Turkiy devon bilan qisqacha qiyos.Navoiy turkiy devonida ayol obrazi yanada

hayotiyroq, realist ko’rinishda gohida shikoyatli va mehr-muhabbatli holatda aks

etadi. Forsiy she’rlarda esa bu obraz ko’proq ilohiylashtirilgan, falsafiy tushunchalar

bilan uyg’unlashgan. Bu farq, ehtimoliy, tilning badiiy -falsafiy salohiyati va asar

yozilgan madaniy estetik muhit bilan bog’liqdir.

Xulosa

Navoiy forsiy asarlarida ayol obrazi an’anaviy Sharq sheriyatining ramziy-

metoforik yondashuvi bilan uyg’unlashgan holda tasvirlanadi. Bu obraz go’zallik, ish,

manaviyat, va haqiqatningramziga aylangan. Shoir ijodidagi bu metaforalar tahlili

faqat poetik zavq emas, balki falsafiy teranlikni ham ochib beradi. Ayol obrazi orqali

Navoiy insoniy komillik sari intilishning timsolini yaratadi.

Snoskalar

1.

Ergashev, S. sharq sheriyati timsollari. -Toshkent. Mumtoz so’z 2011

B.

210

2.

Mirzoyev .Z. Navoiy poetikasi va sharq adabiy an’analari.- Toshkent ; Fan 2014.

- B. 145

3.Alisher Navoiy Diwan-i-Fani. Tehran nashri 1374 h.sh.,s. 87.

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR

1.Ergashev, S. sharq sheriyati timsollari. -Toshkent. Mumtoz so’z 2011

2.Mirzoyev .Z. Navoiy poetikasi va sharq adabiy an’analari.- Toshkent ; Fan 2014.

3.Alisher Navoiy Diwan-i-Fani. Tehran nashri 1374 h.sh.,s. 87.

4.Alisher Navoiy Devoni Foni .-Toshkent G’afur G’ulom nomidagi NMIU,

1983.5.Saidov.A . Sharq adabiyoti nazariyasi . -Buxoro. BuxDU 2019.