Authors

  • O.A.Shodiyev
  • I.Sh.Oydinov
  • D.R. Saidov

Author Biographies

  • O.A.Shodiyev

    TDTU Olmaliq filiali

  • I.Sh.Oydinov

    TDTU Olmaliq filiali

  • D.R. Saidov

    TDTU Olmaliq filiali

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.102970

Abstract

Ushbu maqolada noishlab chiqarish binolarida energiya sarfini kamaytirish masalasi yoritilgan. Yoritish, isitish-sovutish, ventilyatsiya va ofis uskunalari kabi sohalarda energiya samaradorligini oshirish choralari, jumladan LED texnologiyasi, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, issiqlik izolyatsiyasi, quyosh panellari va “aqlli bino” texnologiyalari tavsiflangan. Energiya tejamkorligi ekologik barqarorlik va iqtisodiy foyda nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Maqolada ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks texnik va boshqaruv yechimlari ko‘rib chiqiladi.

background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

15

NOISHLAB CHIQARISH BINOLARIDA ENERGIYA

TEJAMKORLIGI

O.A.Shodiyev; I.Sh.Oydinov; D.R. Saidov.

TDTU Olmaliq filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada noishlab chiqarish binolarida energiya sarfini

kamaytirish masalasi yoritilgan. Yoritish, isitish-sovutish, ventilyatsiya va ofis

uskunalari kabi sohalarda energiya samaradorligini oshirish choralari, jumladan

LED texnologiyasi, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, issiqlik izolyatsiyasi,

quyosh panellari va “aqlli bino” texnologiyalari tavsiflangan. Energiya tejamkorligi

ekologik barqarorlik va iqtisodiy foyda nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega

ekani ta’kidlangan. Maqolada ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan

kompleks texnik va boshqaruv yechimlari ko‘rib chiqiladi.

Annotation: This article addresses the issue of reducing energy consumption

in non-industrial buildings such as offices, schools, hospitals, and shopping centers.

It outlines practical energy-saving solutions in key areas like lighting, HVAC systems,

and appliances, including the use of LED technology, automated control systems,

thermal insulation, solar panels, and smart building technologies. The article

emphasizes the importance of energy efficiency not only for economic benefits but

also for environmental sustainability. It presents an integrated approach combining

engineering, technology, and management for a more energy-resilient future.

Kirish.

Hozirgi kunda global miqyosda energiya resurslarining tejab-tergab

ishlatilishi dolzarb muammo sanaladi. Aholi sonining ortishi, urbanizatsiyaning

kuchayishi va turmush sharoitlarining yaxshilanishi bilan noishlab chiqarish

binolarida (ya’ni, ofislar, maktablar, kasalxonalar, savdo markazlari va boshqa

xizmat ko‘rsatish obyektlarida) energiya iste’moli sezilarli darajada oshmoqda. Bu

esa energiya tejamkorlik choralarini ko‘rishni muhimlashtir moqda. Yoritish, isitish-

sovutish, ventilyatsiya va ofis uskunalari kabi sohalarda energiya samaradorligini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

16

oshirish choralari, jumladan LED texnologiyasi, avtomatlashtirilgan boshqaruv

tizimlari, issiqlik izolyatsiyasi, quyosh panellari va “aqlli bino” texnologiyalari

tavsiflangan. Energiya tejamkorligi ekologik barqarorlik va iqtisodiy foyda nuqtai

nazaridan muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan. Maqolada ushbu yo‘nalishda

amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kompleks texnik va boshqaruv yechimlarini ko’rib

chiqish eng maqbul yechim hisoblanadi

Asosiy qism.

Noishlab chiqarish binolarida energiya asosan quyidagi yo‘nalishlarda

sarflanadi:

Yoritish tizimlari

Sovutish va isitish tizimlari

Maishiy texnika va ofis uskunalari

Lift va eskalatorlar

Ventilyatsiya tizimlari

Bu obyektlarda energiyaning katta qismi yoritish va havoni boshqarish

tizimlariga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun energiyani tejash choralari ham ko‘proq shu

sohalarda samarali bo‘ladi.

Noishlab chiqarish binolarida energiyani tejash uchun quyidagi chora-

tadbirlar muhim hisoblanadi: LED texnologiyasiga o‘tish: An’anaviy lyuminessent

yoki volfram yoritgichlar o‘rniga LED lampalardan foydalanish orqali 60–80%

energiya tejash mumkin. Avtomatik yoritish boshqaruvi: Harakat datchiklari,

yorug‘lik sensori va vaqtga asoslangan boshqaruv orqali keraksiz yoritishni

kamaytirish. Issiqlik izolyatsiyasi: Binolarni sifatli issiqlik izolyatsiyasi bilan

jihozlash orqali isitish va sovitish xarajatlarini kamaytirish. Energiya auditi o‘tkazish:

Binoning energiya iste’molini tahlil qilish orqali zaif nuqtalarni aniqlash va ularga

mos yechimlar ishlab chiqish. “Aqlli binolar” tizimlari: Smart texnologiyalari asosida

ishlaydigan tizimlar orqali barcha energiya sarfi real vaqtda monitoring qilinib,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

17

optimallashtiriladi. Quyosh panellaridan foydalanish: Binoning tom qismiga yoki

ochiq maydonlarga quyosh panellari o‘rnatish orqali tashqi tarmoqqa bog‘liqlikni

kamaytirish. Quyosh panellarining samaradorligini oshiruvchi yechimlar ishlab

chiqish: Quyosh panellaridagi yuzaga keladigan changlanish, shikastlanish holatlarini

aniqlab ularni bartaraf etish choralarini ko’rish.

Energiya tejamkorlikning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyati

Energiyani tejash nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki ekologik jihatdan

ham muhim rol o‘ynaydi. Elektr energiyasining asosiy qismi issiqlik elektr

stansiyalarida ishlab chiqariladi, bu esa atmosfera havosining ifloslanishiga olib

keladi. Energiya sarfini kamaytirish orqali karbonat angidrid chiqindilarini

pasaytirish mumkin. Bundan tashqari:

Bino egalari uchun kommunal to‘lovlar kamayadi

Binoning umumiy qulaylik darajasi ortadi

Milliy energetika tizimiga tushadigan yuk kamayadi

Xulosa

Noishlab chiqarish binolarida energiya tejamkorligini ta’minlash —

zamonaviy muhandislik, texnologiya va boshqaruv vositalarini o‘zaro

uyg‘unlashtirishni talab qiluvchi kompleks vazifadir. Bu nafaqat iqtisodiy, balki

ekologik barqarorlikni ta’minlashga ham xizmat qiladi. Har bir tashkilot, muassasa

va foydalanuvchi o‘z energiya iste’molini tahlil qilib, ushbu yo‘nalishda amaliy

choralar ko‘rsa, barqaror energiya kelajagiga hissa qo‘shgan bo‘ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Yo’lchi Yusupovich Shoyimov, Komila Norqobil qizi Qudratova, & Oqiljon

Abdurashit o’g’li Shodiyev. (2023). KONVEYER QURILMASIDAGI TEZLIKNI

ROSTLOVCHI RELE.

Journal of New Century Innovations

,

41

(2), 45–51. Retrieved

from https://newjournal.org/index.php/new/article/view/9650


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

18

2.

Jasur Tashpulatovich Uralov, Oqiljon Abdurshit o’g’li Shodiyev, & Komila

Norqobil qizi Qudratova. (2024). O’ZGARMAS TOK MOTORLARINING TEZLIK

ROSTLASH USULLARI TAHLILI . Journal of New Century Innovations, 43(2),

39–41.

Retrieved

from

https://www.newjournal.org/index.php/new/article/view/10478

3.

Shodiyev , O. A., Yuldashev , E. U., Yuldasheva, M. A., & Jalolov , I. S. (2022).

KONVEYER TRANSPORTINI ELEKTR YURITMASINI TESKARI ALOQALI

DATCHIKLARI VOSITASIDA BOSHQARISH. Academic Research in Educational

Sciences, 3(10), 660–664. https://doi.org/

4.

Oqiljon Abdurashit o’g’li Shodiyev, Mohinur Abduhakim qizi Yuldasheva,

Shoxrux Baxriddin o’g’li Xudayberdiyev, & Komila Norqobil qizi Qudratova.

(2024). O’ZGARUVCHAN TOK DVIGATELLARINING TEZLIK ROSTLASH

USULLARINING TAHLILI .

Journal of New Century Innovations

,

43

(2), 35–38.

Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/new/article/view/10477

5.

Oqiljon Abdurashit O’G’Li Shodiyev, Elmurod Umaraliyevich Yuldashev,

Jasurbek Tashpulatovich Uralov, Abbos Bahodir Ogli Nomonov KONVEYER

TRANSPORTINING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI

VA TEXNIK YECHIMLARINI ISHLAB CHIQISH // Academic research in

educational sciences. 2023. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/konveyer-

transportining-energiya-samaradorligini-oshirish-usullari-va-texnik-yechimlarini-

ishlab-chiqish.

6.

Shodiyev Oqiljon Abdurashit o’gli, FILTR KOMPENSATSIYALOVCHI

QURILMA (ФКУ) // YANGI O‘ZBEKISTON, YANGI TADQIQOTLAR

JURNALI

Vol.

1

No.

3

(2024)

https://phoenixpublication.net/index.php/TTVAL/article/view/59

7.

qizi

Qudratova

K.

N.

et

al.

ZAMONAVIY

SHAMOL

GENERATORLARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI //Journal of

new century innovations. – 2023. – Т. 25. – №. 1. – С. 16-19.

Most read articles by the same author(s)