Authors

  • To’rayev Muzaffar Farmonovich

Author Biography

  • To’rayev Muzaffar Farmonovich

    Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti v.b, p.f.f.d (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.103068

Keywords:

raqamli kompetensiya media savodxonlik axborot madaniyati o‘quvchi raqamli texnologiyalar tanqidiy fikrlash.

Abstract

Ushbu maqolada raqamli kompetensiya tushunchasi, uning asosiy tarkibiy qismlari sifatida media savodxonlik va axborot madaniyatining tutgan o‘rni o‘rganilgan. Maqolada zamonaviy o‘quvchilarning raqamli muhitda mustaqil faoliyat yurita olish, axborotni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va ommaviy axborot vositalariga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish kompetensiyalarini shakllantirish zarurligi asoslab berilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

317

“MEDIA SAVODXONLIK” VA “AXBOROT MADANIYATI” – RAQAMLI

KOMPETENSIYANING TARKIBIY QISMLARI SIFATIDA

To’rayev Muzaffar Farmonovich,

Qarshi davlat texnika universiteti dotsenti v.b, p.f.f.d (PhD)

Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli kompetensiya tushunchasi, uning

asosiy tarkibiy qismlari sifatida media savodxonlik va axborot madaniyatining tutgan

o‘rni o‘rganilgan. Maqolada zamonaviy o‘quvchilarning raqamli muhitda mustaqil

faoliyat yurita olish, axborotni tahlil qilish, tanqidiy fikrlash va ommaviy axborot

vositalariga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish kompetensiyalarini shakllantirish

zarurligi asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar: raqamli kompetensiya, media savodxonlik, axborot madaniyati,

o‘quvchi, raqamli texnologiyalar, tanqidiy fikrlash.

Raqamli jamiyatda yashayotgan har bir shaxs, ayniqsa, o‘quvchilar,

texnologiyalar vositasida uzatilayotgan axborotni tahlil qila olish, ularni tanqidiy

fikrlash asosida baholash, ularni maqsadli ravishda izlab topish va xavfsiz foydalanish

ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari lozim. Shu nuqtai nazardan qaralganda, raqamli

kompetensiyaning muhim tarkibiy qismlari sifatida media savodxonlik va axborot

madaniyati alohida e’tiborga loyiqdir[2]. Ushbu maqola aynan shu ikki yo‘nalishning

o‘zaro bog‘liqligi va ularning ta’limdagi ahamiyatini tahlil etishga qaratilgan.

Zamonaviy ta’lim tizimida raqamli kompetensiyani shakllantirish nafaqat

texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni, balki axborotning ijtimoiy, ma’naviy va axloqiy

jihatlarini anglashni ham talab qiladi. Shu bois, umumta’lim maktablarida media

savodxonlikni bosqichma-bosqich shakllantirish tizimi zarur. Shuningdek, axborotni

etik ishlatish, ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyatda madaniyat va qonunchilik

me’yorlariga amal qilishga doir pedagogik mashg‘ulotlar joriy etilishi lozim[3].

Raqamli

kompetensiya

-

bu

shaxsning

axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan (AKT) ongli, xavfsiz, samarali va tanqidiy foydalanish


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

318

qobiliyatidir. U nafaqat texnik bilim va ko‘nikmalarni, balki axborotni izlash,

baholash, yaratish, ulashish va undan mas’uliyat bilan foydalanish madaniyatini ham

o‘z ichiga oladi.

Sohaga oid adabiyotlarda “Raqamli kompetensiya” tushunchasiga

quyidagicha ta’rif beriladi. “Raqamli kompetensiya – bu axborotni raqamli

texnologiyalar orqali izlash, baholash, yaratish va almashish, shuningdek, internet

muhitida xavfsiz va mas’uliyatli harakat qilish qobiliyatidir”.

Raqamli kompetensiyaning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

1.

Axborot savodxonligi

– kerakli axborotni topish, tahlil qilish va baholash

qobiliyati.

2.

Media savodxonlik

– ommaviy axborot vositalarini tushunish va ulardan

tanqidiy foydalanish.

3.

Texnologik ko‘nikmalar

– kompyuter, internet, mobil qurilmalar va

dasturiy vositalardan foydalana olish.

4.

Axborot xavfsizligi va shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash

– raqamli

muhitda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.

5.

Axborot etikasi

– internetda axloqiy me’yorlarga amal qilish, plagiatdan

saqlanish.

6.

Raqamli muloqot

– onlayn platformalarda samarali va madaniyatli aloqa

o‘rnatish.

Maktab o‘quvchilarining

raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish

bugungi kunda

dolzarb va zaruriy ehtiyoj

hisoblanadi. Quyida ushbu ehtiyojning

asosiy sabablari keltirilgan:

Bugungi raqamli dunyoda kundalik hayotda — muloqot, ta'lim olish, axborot

olish va qaror qabul qilishda — texnologiyalardan foydalanish muhim sanaladi.

O‘quvchilar zamonaviy raqamli muhitda o‘zini tutishni, axborotni ajratishni, uni

baholashni bilishi kerak. Shu sababli,

raqamli kompetensiya zamonaviy jamiyatda

yashash va faoliyat yuritish uchun zarur.

Raqamli kompetensiyalar o‘quvchilarga: mustaqil ta'lim olish, onlayn

resurslardan foydalanish, interaktiv darslarda faol ishtirok etish imkonini beradi. Bu


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

319

esa ularning

ijodkorlik, tanqidiy fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish

ko‘nikmalarini rivojlantiradi.

Demak, raqamli kompetensiya ta’lim sifatini

oshirish uchun zarur[5].

Zamonaviy kasblarning deyarli barchasi raqamli texnologiyalar bilan bog‘liq.

O‘quvchilar bugundan boshlab AKT ko‘nikmalarini egallamasalar, ertangi mehnat

bozorida raqobatbardosh bo‘la olmaydilar. Shundan kelib chiqib, raqamli

kompetensiya i

shlab chiqarish va kasbga yo‘naltirish bilan bog‘liq muammolarni

bartaraf etishga yordam beradi[4].

O‘quvchilarni raqamli xavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash,

internetdagi firibgarliklar va kiberxavflardan ogoh etish muhimdir. Raqamli

kompetensiyalar ularni

mas'uliyatli internet foydalanuvchisi

qilib tarbiyalaydi.

Ushbu kompetensiya

axborot xavfsizligini ta’minlash uchun juda muhim

hisoblanadi.

Bugungi kunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda

yolg‘on axborot, feyk

yangiliklar, manipulyativ kontentlar soni ko‘paymoqda. O‘quvchilar mustaqil

ravishda axborotni tahlil qilishni, uni tanqidiy baholashni o‘rganishlari kerak. Bundan

kelib chiqadiki, o’quvchilarning m

edia va axborot savodxonligini oshirish zarurati

tug’ilmoqda.

Yana bir muhim jihat shundan iboratki, ba’zi o‘quvchilar o’z oilasida

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniga ega

emaslar. Maktabda raqamli kompetensiyalarni shakllantirish orqali

ijtimoiy adolat

ta’minlanadi. Ya’ni bu orqali

oila, jamiyat va maktab o‘rtasidagi raqamli

tafovutni kamaytirishga erishiladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, quyidagi muhim jihatlar aniqlashtirildi:

1-jadval

“Media savodxonlik”, “axborot madaniyati” va raqamli kompetensiya”

tushunchalarining muhim jixatlari tavsifi

Komponent

Tavsifi

Media savodxonlik

Axborotni media manbalar orqali tanqidiy

baholay olish, asossiz kontentni ajrata olish.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

320

Axborot madaniyati

Axborotdan

madaniyatli,

etik,

ijtimoiy

mas’uliyatli foydalanish, plagiatdan qochish.

Raqamli kompetensiya

AKT vositalaridan samarali foydalanish, axborot

xavfsizligini ta’minlay olish.

Tadqiqotda aniqlanishicha, media savodxonlik va axborot madaniyati raqamli

kompetensiyaning bazaviy poydevorini tashkil etadi. Ular orqali o‘quvchilarda

tanqidiy fikrlash, axborotga ongli munosabat va raqamli madaniyat shakllanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, media savodxonlik va axborot madaniyati –

raqamli kompetensiyaning ajralmas tarkibiy qismlari hisoblanadi. Ularsiz

o‘quvchilarning to‘laqonli raqamli tafakkurini shakllantirish mushkul vazifa

hisoblanadi. Maktab ta’limi jarayonida bu kompetensiyalarni shakllantirish o‘quv

dasturlariga media va axborot savodxonligiga oid modullarni kiritish, AKT asosida

interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etish, o‘quvchilarda axborot xavfsizligi, shaxsiy

ma’lumotlarni himoyalashga doir ko‘nikmalarni rivojlantirish orqali amalga

oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-

sonli “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga

oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.

2.

Livingstone, S., & Helsper, E. J. (2007). Gradations in digital inclusion:

Children, young people and the digital divide. New Media & Society.

3.

Юнусова, М. Ш. Медиа саводхонликни шакллантиришда рақамли

таълим ресурсларининг ўрни. Педагогика журнали, 2022 y. №3-son.

4.

Ergashev, B. A. O‘quvchilarning raqamli kompetensiyasini shakllantirishda

zamonaviy texnologiyalardan foydalanish. Pedagogika va psixologiya muammolari

ilmiy jurnali. 2020(2), 45-50 b.

5.

Shomurodov, A. Axborot texnologiyalarini umumta’lim maktablarida

samarali qo‘llash asoslari. Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar ilmiy jurnali, 2021.1(3),

87-91 bet.