MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
313
OGAHIY TARJIMONLIK MAHORATI NAJMIDDIN KOMILOV
TADQIQIDA
Karimova Nigina Xurshidovna
Sharof Rashidov nomidagi SamDU 401-guruh talabasi.
Annotatsiya.Ushbu maqolada atoqli adib va tarjimon Muhammad Rizo
Erniyozbek o‘g‘li Ogahiyning tarjimonlik mahorati taniqli adabiyotshunos olim
Najmiddin Komilov tadqiqotlari asosida tahlil qilinadi.Ogahiyning Sharq mumtoz
adabiyoti va tarixiy asarlarni tarjima qilishdagi uslubiy yondashuvi,tarjimada
syujet,obraz va poetik tafakkurni asliga sodiq holda yetkazishdagi mahorati tahlil
etiladi.Maqola davomida Komilovning ilmiy izlanishlari orqali Ogahiy tarjimonlik
faoliyatining dolzarb jihatlari yoritiladi.
Kalit so‘zlar:Ogahiy, tarjimonlik, Najmiddin Komilov, adabiy tarjima, syujet,
poetika, Sharq adabiyoti.
Kirish.
Tarjima madaniy aloqalarning ko‘zgusi,millatlararo tafakkur almashinuvining
eng muhim vositasidir.Ayniqsa,bu jarayonda Muhammad Rizo Ogahiyning tutgan
o‘rni beqiyosdir.Uning faoliyati haqida so‘z yuritar ekanmiz,albatta,professor
Najmiddin Komilovning izchil tadqiqotlarini e’tibordan chetda qoldirib
bo‘lmaydi.Komilov Ogahiy ijodini faqatgina tarjimon sifatida emas,balki
tarixchi,adib va ma’naviy merosni targ‘ib qiluvchi siymo sifatida ham
o‘rganadi.Ogahiy XIX asrning yirik adiblaridan biri bo‘lib,Xiva xonligi davrida
yashab ijod qilgan.U fors va turkiy tillarda yaratilgan ko‘plab tarixiy, diniy va adabiy
asarlarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan.Jumladan,she’riyat bo‘stonining ajoyib
guldastalari hisoblanmish "Ta'vezul-oshiqin" devonini va "Gulshani davlat", "Iqboli
Feruziy", "Zubdatul-tavorix", "Jomeul-voqeot",‘‘Daloyil-al-hayrot’’ kitoblarini
bizga meros qoldirgan ulug' shoir va tarixnafis Muxammad Rizo Ogahiy Sharq
adabiyoti va ilm-fanining durdonalari "Kobusnoma", "Haft paykar", "Hasht bihisht",
“Yusuf va Zulayho”, “Bahoriston”, “Ravzatus-safo”, “Zafarnoma”, “Nodirnoma”,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
314
“Axloqi Muhsiniy” kabi yigirmadan oshiq asarni o‘zbek tiliga tarjima qilib,
madaniyatimiz xazinasini boyitgan buyuk siymo hamdir.Tarjimonning o‘zi aytib
o‘tganidek,bulardan birgina ‘‘Daloyil-al-hayrot’’ usmonli turk tilidan ya’ni arab
tilidan tarjima qilingan bo‘lib,qolgan o‘n to‘qqiztasi esa fors-tojik tilidan tarjima
qilingan.Shulardan 9 tasi badiiy, 6 tasi tarixiy, 4 tasi didaktik asarlardir.Turli janr,
xilma-xil soha va mavzularga mansub bo‘lgan bu asarlarning tarkibini Ogahiy to‘la
va aniq tarjima etgan, ularning har biriga xos xususiyatlarni saqlashga, harakat
qilgan.
Ogahiy tarjima asarlariga alohida e’tibor qaratgan inson,professsor Najmiddin
Komilov bo‘lib,Ogahiy tarjimalarining asl nusxalari bilan solishtirib,uning
mahoratiga juda katta baho bergan. Najmiddin Komilov Ogahiy tarjimalarini tahlil
qilarkan o‘zining ‘‘Klassik tarjimada uslub’’ maqolasida shuni aytib o‘tadiki:‘‘Badiiy
tarjima sohasida Ogahiyning o‘ziga xos erkinliklari bor. U o'zi tarjima qilgan
asarlarning ba’zilarini goho kompozitsiyon jihatdan qisqartirgan; boblar, hikoyatlarni
tashlab ketib, asarni ixchamlashtirish yo‘lidan borgan. Qisqartirishlar har bir asarda
turli darzda: birida ozroq, boshqasida ko‘proq.. Qisqargan qismlar ham ahamiyati
jihatidan bir xil emas’’. Ogahiy tarjimalariga qaraydigan bo‘lsak,eng ko‘p
qisqartirilib
tarjima
qilingan
asar
Muslihiddin
Shayx
Sa’diyning
‘‘Guliston’’dostonidir. Ogahiy ‘‘Guliston’’ dagi 181 hikoyatdan 25 tasini tushirib
qoldirgan.Hikmatli so‘zlar va aforizmlardan tashkil topgan oxirgi bobning nasriy
qismidagi 116 hikmatdan Ogahiy faqat 30 tasini tarjima qilgan.Asardagi 1000 baytga
yaqin she’rdan tarjimada 522 baytdan ortiqrog‘i mavjud.Shuningdek,asardagi
arabcha jumla va she’rlar ham tarjima qilinmagan.Bu qisqartirishlarning sababi
shundaki,asardagi hikoyatlarga diqqat qilinsa, ularning bir qanchasi mazmun va
mavzuyi jihatidan tarjima qilingan hikoyatlarga yaqin ekanligi ma’lum bo‘ladi.Sa’diy
bir fikrni ikki-uch hikoyatda yangi-yangi tasvir va tafsilotlar bilan bayon
qilgan.Ulardan faqatgina bittasinigina tarjima qilgan.Misol qilib oladigan bo‘lsak
polvonlar
to‘g‘risida
uchta
hikoyat
mavjud.Birida
polvonning
ustoziga
hurmatsizligi,ikkinchisi gap ko‘tarmay johillik qilgani,uchinchisida qo‘rqoqligi
tasvirlanadi.Ogahiy bulardan faqat ikkitasini tarjima qilib,uchinchisini tarjima
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
315
qilmagan. ‘‘Guliston’’ asarida qisqartirishlar ko‘proq bo‘lsa,boshqalarida biroz
kamroqdir. ‘‘Qobusnoma’’ tarjimasidagi o‘zgarishlarning xususiyati ‘‘Guliston’’
tarjimasidagiga nisbatan bir oz boshqacharoq. ‘‘Qobusnoma’’da so‘z ishlatish erkin
bo‘lganligi sababli, dialoglar to‘liq bo‘lib, tarjimada ham bu aynan berilgan.Ogahiy
xuddi shunday soddalashtirishni ko‘zlagan va ayrim hikoyatlarning asosiy matniga
ham ilovalar kiritganini ko‘ramiz.Asardagi ibora va so‘z birikmalarini cho‘zibroq
tarjima qilish, arabcha so‘z va terminlarni keltirib,uni mazmuni izohlab ham
berganligini ko‘rishimiz ham mumkin.
Ogahiy tarjima qilgan asarlarning barchasi an’anaga ko‘ra hamd va na’t bilan
boshlangan.Yozuvchilar bundan keyin o‘z hukmdorlarining maqtovi, kitob
yozilishining sabablari haqida bir necha boblar qo‘shilib,keyin esa asar haqida
yozganlar.Ogahiy tarjimalarida asl nusxalarning bu tomoniga erkin munosabatda
bo‘lgan.Ayniqsa, Ogahiy barcha debocha va bag‘ishlovlarga muayyan o‘zgarishlar
kiritgan.Ogahiy tarjimalari uchun umumiy xususiyat hamd va na’t qismlarini saqlab
qolgan holda shoh va amaldorlarga atalgan boblarni o‘zgartirgan.Ogahiy asarlarini
baytma-bayt tarjima qildim deganda, qisqartirishlarni nazarda tutmagan asosiy
o‘ringa syujetga o‘zgartirish kiritmaganligi, matn mazmunini saqlaganini
aytgan.‘‘Yusuf va Zulayho’’ ning kirish va xotima qismlarini qisqartirganligi asosiy
syujetga ta’ sir qilmagan.Bu ma’lumotlar Ogahiy ‘‘Qobusnoma’’, ‘‘Yusuf va
Zulayho’’, ‘‘Shoh-u Gado’’ asarlari tarjimasida ‘‘Guliston’’ ga nisbatan
boshqacharoq
yo‘l
tutilganligini
ko‘rishimiz
mumkin.Ogahiy
tarjimonlik
mahorati,o‘tkir talantining olmos qirralari har bir asar tarjimasida alohida namoyon
bo‘ladi.
Xulosa.
Ogahiy tarjimashunoslik sohasiga katta hissa qo‘shgan buyuk tarjimondir.Ogahiy
tarjimalarining chuqur ilmiy tahlili,ayniqsa, Najmiddin Komilovning bunday
tahlillarga bergan falsafiy-badiiy baholari bugungi tarjimashunoslik sohasining
nazariy va amaliy rivojida muhim omil bo‘lib,yosh tadqiqotlar uchun metodologik
asos vazifasini o‘taydi.Shu bois ham, Ogahiy ijodini Komilov nigohi orqali o‘rganish
nafaqat adabiy merosni anglashda,balki tarjima nazariyasini chuqurlashtirishda ham
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–4_Июнь –2025
316
katta ilmiy ahamiyatga ega.Ogahiy tarjima jarayonida matnning mohiyatini, uning
estetik va g‘oyaviy qatlamlarini chuqur anglab, uni o‘zbek mumtoz adabiyoti ruhi
bilan uyg‘unlashtira olgan. Bunday yondashuv Ogahiyni oddiy tarjimon emas, balki
matn bilan ruhiy-intellektual muloqot qiluvchi ijodkor sifatida namoyon etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1.A.Abdugʻafurov. Muhammad Rizo Ogahiy. – T.: Meros, 1999.
2.S.Dolimov. Ogahiyning hayoti va ijodi. – T.: 1963.
3. N.Jumaxo‘ja. O‘zbek adabiyot tarixi - Toshkent, 2019.
4.N.Komilov. Ogahiyning tarjimonlik mahorati. – T.: 1970.
5.Q.Munirov. Xorazmda tarixnavislik. – T.: 2002.
6.Tarjima san’ati.Maqolalar to‘plami. –T.: 1973.
