Authors

  • Tursunova Mushtariy Akmaljon qizi

Author Biography

  • Tursunova Mushtariy Akmaljon qizi

    Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va

    adabiyoti fakulteti 104-guruh talabasi.

    mushtariyshe@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116022

Keywords:

Raqamli texnologiyalar ta’lim o’quv jarayoni ta’lim texnologiyalari interaktiv o’qitish kelajak ta’limi

Abstract

Ushbu ilmiy maqola raqamli texnologiyalarning zamonaviy ta’lim tizimidagi o’rni, ularning afzalliklari, muammolari va kelajakdagi rivojlanish istiqbollarini tahlil qiladi. Maqolada raqamli texnologiyalarning o’quv jarayonini boyitish, o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini oshirish va ta’lim tizimini yangilashdagi roli o’rganiladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning ta’limga joriy etish yo’llari ham ko’rib chiqiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

117

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TA’LIMDAGI O’RNI:

IMKONIYATLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

Tursunova Mushtariy Akmaljon qizi

Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va

adabiyoti fakulteti 104-guruh talabasi.

mushtariyshe@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqola raqamli texnologiyalarning zamonaviy

ta’lim tizimidagi o’rni, ularning afzalliklari, muammolari va kelajakdagi rivojlanish

istiqbollarini tahlil qiladi. Maqolada raqamli texnologiyalarning o’quv jarayonini

boyitish, o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini oshirish va ta’lim tizimini

yangilashdagi roli o’rganiladi. Shuningdek, raqamli texnologiyalarning ta’limga

joriy etish yo’llari ham ko’rib chiqiladi.

Kalit so’zlar: Raqamli texnologiyalar, ta’lim , o’quv jarayoni, ta’lim

texnologiyalari, interaktiv o’qitish, kelajak ta’limi.

Kirish

XXI asrda inson hayotining barcha jabhalariga raqamli texnologiyalar

chuqur kirib keldi. Ayniqsa, ta’lim tizimida bu texnologiyalarning roli keskin oshdi.

Masofaviy ta’lim, sun’iy intellect asosidagi o’qitish tizimlari, onlayn kurslar, virtual

laboratoriyalar- bularning barchasi zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga

aylanmoqda. Ushbu maqola raqamli texnologiyalarning ta’limdagi o’rnini

o’rganishga qaratilgan.

Ta`lim tizimi bugungi kunda raqamli texnologiyalarga singib ketayotgani

shunchaki hayratlanarli emas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif

etilayotgan ko'plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos

bo'lib xizmat qiladi. So'nggi yillarda ta`limni “raqamlashtirish” muammolari, uning

shakllanishiga ta`siri bo'yicha birorbir davlat loyihasi yoki so'rovnoma asosida

tadqiqotlar o'tkazilmaganligi ham muhimdir . Shu bilan birga, Internet tizimidagi

muhitning yoshlar ongiga ta`sirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy ommaviy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

118

axborot vositalarining ma`ruzalarida, pedagogik jamoatchilik muhokamalarida,

magistrant va tadqiqotchilarning izlanishlarida ham ko'rishimiz mumkin.

Raqamli texnologiyalarning ta’limdagi imkoniyatlari:

1.Ta’limga umumiy kirish imkoniyati. Raqamli texnologiyalar orqali ta’lim

olish joy va vaqt bilan cheklanmaydi. Internetga ulangan istalgan qurilma orqali

bilim olish mumkin. Bu ayniqsa uzoq va chekka hududlarda yashovchi, jismoniy

imkoniyati cheklangan yoki doimiy ta’limga qatnasha olmaydigan shaxslar uchun

katta imkoniyat yaratdi.

2.Ta’lim jarayonining individuallashtirilishi. Raqamli texnologiyalar

yordamida har bir o’quvchining o’ziga xos o’quv rejasi tuzilishi mumkin. Sun’iy

intellektga asoslangan platformalar (masalan, Duolingo, Khan Academy)

o’quvchining bilim darajasi , o’zlashtirish tezligi, xatolari asosida tavsiya va

tuzilmalar beradi. Bu esa o’quvchini motivatsiyalashga yordam beradi.

3.O’quv resurslarining xilma-xilligi va boyligi. An’anaviy darsliklardan

tashqari, raqamli ta’lim resurslari o’quvchilarga audio, video, animatsiya, interaktiv

testlar, 3D modellar kabi vositalarni taqdim etadi. Masalan, biologiyada hujayraning

tuzilishini 3D ko’rinishida o’rganish yoki tarixiy voqealarni virtual sayohat shaklida

o’rganish bilimni mustahkamlaydi.

Raqamli texnologiyalar bilan bog’liq muammolar.

1.Raqamli tengsizlik. Texnik vositalarning (kompyuter, planshet, smartfon )

va yuqori tezlikdagi internetning mavjud emasligiko’plab o’quvchilar uchun jiddiy

to’siqqa aylanmoqda. Bu ayniqsa, iqtisodiy jihatdan rivojlanmagan hududlarda

ta’lim sifatining past bolishiga olib kelmoqda.

2. O’quvchilar e’tiborining pasayishi va chalg’ish. Raqamli qurilmalardan

noto’g’ri foydalanish masalan, dars vaqtida o’yin o’ynash, ijtimoiy tarmoqlarda vaqt

o’tkazish – ta’lim jarayonining samaradorligini kamaytiradi.

3.Pedagogik tayyorgarlik darajasining yetarli emasligi. Ko’plab

o’qituvchilar hali ham raqamli texnologiyalarni samarali qo’llash bo’yicha to’liq

tayyorgarlikka ega emaslar. Bu ularning dars jarayonini innovatsion shakllarda

tashkil etishiga to’sqinlik qiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

119

4. Psixologik va ijtimoiy muammolar. Masofaviy va raqamli ta’limda jonli

muloqatning cheklanishi o’quvchilarda yolg’izlik , depressiya, stress va ijtimoiy

ko’nikmalarni yoqotishga olib kelishi mumkin.

Raqamli ta’lim istiqbollari.

1.

Sun’iy intellect asosida ta’lim tizimlari. Kelgusida sun’iy intellect

nafaqat testlarni baholash, balki o’quvchilarning xatti-harakatlari, tushunish

darajasi, kayfiyati asosida ularning o’zlashtirishini aniqlab, mos metodikalarni

tavsiya qila oladi.

2.

2.Gibrid(blended) ta’lim modellarining kengayishi. An’anaviy sinfda

o’qitish usullari va raqamli resurslarni uyg’unlashtirilgan holda samarali gibrid

ta’lim modellari keng qo’llaniladi. Bu o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini

oshirish bilan birga , vaqt va joydan mustaqil ta’limni ham ta’minlaydi.

3.

3. Hayot davomida ta’lim olish(lifelong learning) trendining

kuchayishi. Kelgusida har bir inson o’z sohasida raqobatbardosh bo’lish uchun

doimiy bilim olib borishi talab etiladi. Raqamli texnologiyalar esa bu jarayonni

qulay va arzon qiladi.

Alohida ta`kidlash kerakki, bugungi kunda hayotimiz har jihatdan texnika va

texnologiyalar bilan bog'liq, ya`ni ertalab soat bongidan boshlab to kun rejasini

tuzish va o'qish bilan yakunlashgacha. Biz ta`lim sifatini oshirish va rivojlantirish

uchun texnologiyalardan manfaatli foydalanish imkoniyatini yaratishni istadik.

Qachonki, planshet ta`lim olishning bir elementiga aylansa, bolalar o'qish jarayoniga

katta qiziqish bilan kirishadi. Bu o'yin bilan klassik ta`limni birlashtirishga tengdir.

Natijada o'qish jarayoni yaxshilanadi, o'zlashtirish, ta`lim darajasi va kadrlarni

tayyorlash samaradorligi oshadi. Bilimli avlod, professional kadrlar - bu jamiyatning

keng miqyosda rivojlanishining garovidir.

Xulosa:

Xulosa o'rnida aytish joizki ta'limda zamonaviy texnologiyalardan

foydalanish bir tomondan muayyan qiyinchiliklar va muammolarni keltirib

chiqarsada boshqa tomondan turli yutuqlarni qo'lga kiritilishiga sabab bo'ladi. Bu

jarayon induvidial salohiyatli o'quvchilarning yanada rivojlanishi holatida yaqqol


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-28

Часть–5_Июнь –2025

120

namoyon bo'ladi. Imkoniyatlardan to’liq foydalanish uchun muayyan infratuzilma,

sifatli content, o’qituvchilarning raqam savodxonligini oshirish va psixologik

muvozanatni ta’minlash zarur. Kelajakdagi ta’lim – bu raqamli va insoniy omillar

uyg’unligiga asoslangan mukammal tizim bo’ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Qodirov.A (2022) . Zamonaviy ta’limda raqamli texnologiyalarni

qo’llashning nazariy va amaliy asoslari . Toshkent :TDPU nashriyoti.

2.

O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi(2021) .

Raqamli ta’lim konsepsiyasi.

3.

The Theory and Practice of online learning. Athabasca University Press.

Anderson.T

4.

Norboeva N Erkinovna, Khashimova D Pakhritdinovna. The role of the digital

economy in the development of information and communication technologies //

ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal .