Authors

  • Ergasheva Muxlisaxon Sirojiddin qizi

Author Biography

  • Ergasheva Muxlisaxon Sirojiddin qizi

    Bo’ston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

    Jamiyat sog’lig'ni saqlash va tibbiyot statistikasi o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116562

Abstract

 Sog’lom ona va bola haqida Prezidentimiz bunday deydilar: “Qizlarimiz timsolida biz avvalambor bo‘lg‘usi onalarni, xalqimiz, millatimizning umidi va tayanchi hisoblangan kelajak avlodni dunyoga keltirib, voyaga yetkazadigan naslimiz davomchilarini ko‘ramiz. Qiz bola sog‘lom va baxtli bo‘lsa, u quradigan oila ham, uning mevasi bo‘lmish bola ham sog‘lom va baxtli bo‘ladi. Oila sog‘lom va baxtli bo‘lsa, butun jamiyat baxtli va farovon bo‘ladi. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur”.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

36

MAVZU:ONALAR VA BOLALAR SOG’LIGINI MUXOFAZA

QILISH

Ergasheva Muxlisaxon Sirojiddin qizi

Bo’ston Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Jamiyat sog’lig'ni saqlash va tibbiyot statistikasi o’qituvchisi

Sog’lom ona va bola haqida Prezidentimiz bunday deydilar: “Qizlarimiz

timsolida biz avvalambor bo‘lg‘usi onalarni, xalqimiz, millatimizning umidi va

tayanchi hisoblangan kelajak avlodni dunyoga keltirib, voyaga yetkazadigan naslimiz

davomchilarini ko‘ramiz. Qiz bola sog‘lom va baxtli bo‘lsa, u quradigan oila ham,

uning mevasi bo‘lmish bola ham sog‘lom va baxtli bo‘ladi. Oila sog‘lom va baxtli

bo‘lsa, butun jamiyat baxtli va farovon bo‘ladi. Buni hech qachon esimizdan

chiqarmasligimiz zarur”.

Mamlakatimizda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalik

va bolalikni muhofaza qilish, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy va maʼnaviy barkamol


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

37

avlodni voyaga yetkazish sogʻliqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan

islohotlarning bosh mezoniga aylandi.

Onalar va bolalar muhofazasi – onalar va bolalar salomatligini saqlash va

mustahkamlash, sogʻlom, jismonan va aqlan barkamol bolalarni tarbiyalashga

karatilgan davlat va ijtimoiy-tibbiy tadbirlar tizimi. Oʻzbekiston Respublikasida bu

tizim ayollar, homiladorlar va emizikli onalar mehnatini muhofaza qilish

krnunchiligi, onalar va bolalarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, shuningdek,

akusherlik-ginekologiya va pediatriya yordamini koʻrsatadigan maxsus davolash-

profilaktika

muassasalari

tarmoklarini

yaratishga

asoslangan.

Mamlakat

mustaqillikka erishganidan soʻng Onalar va bolalarni muhofaza qilishga qaratilgan

keng kamrovli chora tadbirlar koʻzda tutilgan dasturlar ishlab chiqilgan. 1998-yildan

Toshkentda „Oila“ ilmiy-amaliy markazi faoliyat koʻrsata boshladi; bu markazda

Oʻzbekistonda oilani shakllantirish va demografik rivojlantirishga oid muammolar

yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.

Davlat tomonidan yosh bolali onalar ish soatlari cheklanadi, ularga toʻliqsiz

ish kuni, toʻliqsiz ish haftasi, shuningdek, zaruriyatdan kelib chiqib oʻzlariga qulay

soatlarda yoki uyda ishlash imkoniyatlari beriladi. Har bir ona va bola sogʻligʻini

kuzatish, ularga malakali tibbiy yordam koʻrsatish ham davlat zimmasida. Sogʻlom

avlodni tarbiyalash maqsadida davlat organlari, tashkilotlari va muassasalari

tomonidan maktabgacha taʼlim, maktab, internat maktab, bolalarni sogʻlomlashtirish

komplekslari kabi xilma-xil tarmokdar rivojlantirilmoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

38

Onalar va bolalarni muhofaza qilish 2 asosiy boʻlimni: akusherlik-

ginekologiya (tugʻishga yordam berish) va bolalarga davolash-profilaktika yordami

koʻrsatishni tashkil qilishni oʻz ichiga oladi. Akusherlik-ginekologiya yordamini

maxsus muassasalar, xususan, shaharda tugʻruqxonalar, shuningdek, tarkibida ayollar

maslahatxonasi boʻlgan tufuqxona komplekslari, kasalxonalarning akusherlik-

ginekologiya boʻlimlari, akusherlik va ginekologiya ilmiy tadqiqot instituti, tibbiyot

institutlari akusherlik-ginekologiya ka-fedrasi tarkibidagi shu soha boʻlimlari, ayollar

maslahatxonasi, poliklinika va ishlab chiqarish korxonalari tibbiy-sanitariya qismi

qoshidagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari amalga oshiradi. Qishloq joylarda

ayollarga akusherlik-ginekologiya yordamini viloyat, tuman kasalxonalarining

tugʻruqxona boʻlimlari, ambulatoriyasi, feldsherakusherlik punktlari va

poliklinikadagi akusherlik-ginekologiya kabinetlari koʻrsatadi.

Ayollar maslahatxonasi oʻz hududidagi poliklinika, homiladorlarni

sogʻlomlashtirish muassasalari, „Ona va bola skrining“ markazi va perinatal

markazlar, tibbiy-genetik, shuningdek, „Nikoh va oila“ maslahatxonalari, oilaviy va

bolalar poliklinikalari, koʻp tarmokli kasalxonalarning ixtisoslashtirilgan boʻlimlari

bilan uzviy bogʻliq holda faoliyat koʻrsatadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

39

Onalar va bolalar tizimida davolash-profilaktika yordamining bir nechta

bosqichlari mavjud:

1-bosqich – yoshlarni jinsiy masalalarga tayyorlash, sogʻlom oila qurish,

jinsiy hayot genetikasi va jinsiy yoʻl orqali yuqadigan ka-salliklardan boxabar etish

boʻyicha yuqori malakali tibbiy yordam koʻrsatishni „Oila va nikoh“ ilmiy

maslahatxonalari amalga oshiradi.

2-bosqich – homilani antinatal muhofazalash kompleks chora-tadbirlarini

amalga oshirish ayollar maslahatxonasi, tugʻ-ruqxona komplekslari va boshqa

faoliyatiga kiradi.

3-bosqich – tugʻishni bekamu-koʻst olib borish uchun homilani institutranatal

muxrfazalash – bu tugʻruqxonalar zimmasiga yuklatilgan.

4-bosqich – yangi tugʻilgan chaqaloq sogʻligʻini himoya etish, uni emizish,

umumiy holati, fiziologik rivojlanishini nazorat qilish va boshqa tugʻruqxonalarning

chaqalokdar boʻlimida koʻzdan kechirib boriladi.

5-bosqich – maktabgacha yoshdagi bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish. 6-

bosqich – maktab yoshidagi bolalar sogʻligʻigi himoya qilish. Bularning

hammasi Oʻzbekiston Respublikasi da yoʻlga qoʻyilgan yagona O. va boshqam.

tizimida

bosqichma-bosqich

amalga

oshiriladi.

Respublikamizda

faoliyat

koʻrsatayotgan Akusherlik va ginekologiya instituti, Pediatriya ilmiy tadqiqot

instituti, „Ona va bola“ kasalxonasi va markazlari, shuningdek, shu sohaga oid qator

davolash-profilaktika muassasalarida O. va boshqam. boʻyicha ilmiy izlanishlar olib

boriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

40

Sifatli tibbiy yordam va takomillashtirilgan sog'liqni saqlash tizimlari

yordamida ayollar va bolalar o’iminining oldini olish mumkin. Shuning uchun ham

UNICEF onalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalarning

omon qolishiga oid majburiyatlarini bajarishda davom etadi.Yangi tug'ilgan

chaqaloqlar o'limi va o'lik tug'ilishni imkon qadar tezroq kamaytirish uchun UNICEF

ona-bola salomatligini muhofaza qilish sifatini yaxshilash uchun harakat qiladi.

So‘nggi o‘n yil ichida O‘zbekistonda onalar va bolalar salomatligini

muhofaza qilish sohasida sezilarli yutuqlarga erishildi. Bugungi kunda besh

yoshgacha bolalar ko’proq omon qoladi hamda homiladorlik va tug'ish paytida

kamroq ayollar vafot etadi.

O‘zbekistonda besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi 75 foizdan ko‘proqqa

kamaydi.

Tug‘ruq vaqtida onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlar parvarishi, shuningdek,

alohida kasalliklar va tadbirlarga (immunizatsiya, pnevmoniya, diareya, bezgak, sil)

qaratilgan dasturlarga vertikal e’tibordan konkret kasalliklar va tibbiy tadbirlarga

asoslangan har tomonlama sog‘liqni saqlashni mustahkamlash yondashuvi ustivor

yo‘nalish bo’lib hisoblanadi.

0 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar salomatligi va rivojlanishiga alohida

e’tibor qaratilmoqda. Onalik va bolalikni muhofaza qilishning mavjud tizimlari

takomillashtirilib, xizmatlardan adolatli foydalanish ta’minlanmoqda.

Ushbu dastur doirasida UNICEF homilador va emizikli ayollar, 0-28 kunlik

yangi tug'ilgan chaqaloqlar va 28 kundan besh yoshgacha bo'lgan bolalar

salomatligini muhofaza qilishda ko’mak beradi.

Asosiy strategik yo‘nalishlar qatoriga sog‘liqni saqlash tizimini

mustahkamlash, ko‘p tarmoqli siyosat va strategiyalarni ishlab chiqish, barqaror

natijalarga erishish uchun jamoatchilikni jalb qilish kiradi.

Sog’lom ona va bola shiori har bir yurtning, millatning, xalqning asosiy

tashvishlaridan biri bo’lmog’i lozim. Chunki kelajak avlod har bir davlat, yurt, el,

xalqning kelajagini belgilaydigan avloddir. Ular ana shu xalq, yurt, davlat va elning

umid g’unchalaridir.Bu yorug' jahonda neki jonzot bo’lsa, barchasi bolasi uchun


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–6_Июнь –2025

41

qayg’uradi, hatto og'zida don tashib boqadi, himoyalab voyaga yetkazadi.Butun

mavjudot orasida eng ulug’, eng mukarram etib yaratilgan inson farzandi, uning baxti,

kelajagi uchun butun borlig’ini, kerak bo’lsa butun umrini bag’ishlaydi.

Har bir ota-ona o’z farzandining ham ruhiy-ma’naviy jihatdan sog’lom,

barkamol bo’lishi uchun, ham jismoniy jihatdan chiniqqan baquvvat, turli kasallik va

illatlardan sog’-salomat bo’lib ulg’ayishi uchun harakat qilmog’i lozim

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. A.T.Nikboev “Jamiyat sog‘lig‘ini saqlash va tibbiyot statistikasi”. Toshkent, “Ilm

Ziyo”, 2005 yil.

2. Irgashev Sh.B. “Valeologiya”. Toshkent 2015 yil.

3. Zokirova K.O‘, Toxtamatova D.O‘ «Hamshiralik ishi

asoslari». Toshkent, 2019 yil.

4. H.I.Shukurov, S.Q.Qanoatov Jamoada hamshiralik ishi,Toshkent, 2010 yil.

5.Inomov K.S. «Hamshiralik ishi asoslari». Toshkent, O‘zbekiston milliy nashriyoti,

2007 yil.