MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
483
BOSHLANG'ICH SINFLARDA ONA TILI DARSLARINI MILLIY
JIHATLAR BILAN TASHKIL ETISH
Jizzax viloyati Zomin tumani Maktab va maktabgacha ta'limi
bo'limiga qarashli 7-umumiy o'rta ta'lim maktabining Boshlang'ich ta'lim
o'qituvchisi ANARQULOVA GULNOZA SAOTOVNA
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitishda
milliy jihatlar bilan tashkil etish va har metodlardan foydalanish haqida qisqacha
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Metodika, predmet, vosita, grammatika, texnologiya,
pedagogika.
Annotation: This article provides a brief overview of the national aspects of
mother tongue teaching and the use of different methods in primary school teaching.
Keywords: Methodology, subject, tool, grammar, technology, pedagogy.
Аннотация: В данной статье представлен краткий обзор
национальной организации и использования различных методов обучения
родному языку в начальной школе.
Ключевые слова: Методика, предмет, инструмент, грамматика,
технология, педагогика.
Boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fanining predmeti
o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish yo'llari va vositalari, ona tilini egallash, ya’ni
nutqni, o'qish va yozishni, grammatika va imloni o'zlashtirib olish to'g'risidagi ilmdir.
Boshlang`ich sinf ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng
samarali ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish eng muhim
vazifalardan biridir. Buning uchun esa, avvalo, pedagogik texnologiyaning
mohiyatini bilish va anglash zarur.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim
oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning
o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
484
oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini
orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv
materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy
hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi
matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy
mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Ona tili – nutq, o’qish va yozish sohasidagi ko’nikma va malakalar
o’quvchilar o’quv mehnatining zaruriy sharti va vositasi hisoblanadi. Bola o’qish
ko’nikmalarini egallash bilan birinchi navbatda, o’z ona tilini o’rganishi zarur.Chunki
ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir.Ona tili boshqa fanlarni o’qitish
vositasi hamdir, jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o’rganiladi.
Demak, ona tili bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini
uyg’otishda ham alohida rol o’ynaydi. Til muhim tarbiya vositasidir.Badiiy
adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o’qigan bola o’zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab
boradi.Muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang’ich sinfda asosiy o’rinni
egallar ekan, har bir o’quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalash zarur.
Bu metodlarni ona tili darslarida milliy jihatlar bilan ham tashkil etish deb
ham atashadi. Milliy jihatlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan dars
jarayonlari tushuniladi. Bu jarayonlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini
faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi.
Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda
namoyon bo‘ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
-ta’lim
oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-
quvvatlanishi;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
485
- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish
jarayonida o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirib, uni
mustahkamlab borish lozim. Albatta bu ishlarni oiladan boshlash kerak, ya’ni oilada
farzandlarimizdagi ma’naviy sifatlarni tarbiyalashdan boshlash zarur, chunki ularga
berilgan tarbiya o‘zlari bilan o‘sib takomillashib boraveradi. Shuning uchun ham
farzandlarimiz ma’naviyatini shakllantirish va uni yuksaltirishni avvalo oiladan,
keyin esa bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizimida olib boriladi.
Boshlang‘ich ta’limda ona tili darslarida milliy jihatlar bilan tashkil etishda,
dars mazmuniga Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur, an’ana va milliy qadriyatlarimizni
o‘quvchilar ongiga singdirish hamda muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish,
saranjom-sarishtalik, odobli, mehnatsevar bo‘lish kabi insoniy sifatlarni shakllantirib
borish lozim.
O’quvchilarning mustaqil , tanqidiy holda mantiqiy fikrlash
ko’nikmalarni rivijlantirishda ona tilining ifoda imkoniyatlarini o’zlashtirish jarayoni
muhim ahamiyatga ega. Bola o’z shakillanishi jarayonida atrof muhiddagi voqea
hodisalarni u yoki bu mavzuga aloqador bo’ladi. Bu aloqadorlik natijasi narsa buyum
voqea-hodisalarning nomlari va ularning hususiyatlari bilimga intiladi.
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi har bir inson uchun hayotda bilishi shart
hisoblangan to‘g‘ri so‘zlash, ifodali o‘qish, o‘z fi krini mustaqil bildira olish, og‘zaki
va yozma nutq hamda savodxonlikning imkon qadar yuqori darajasini egallashlarida
ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu ham uning zimmasidagi mas’uliyatning bir
ko‘rinishidir. O‘qituvchi xalqi shunday xalqki, u har bir o‘quvchisini o‘z farzandidek
qabul qiladi, uning yutug‘idan to‘libtoshib faxrlanadi, iztirobiga bab-baravar sherik
bo‘ladi. Ba’zi hollarda ayrim o‘quvchilarning og‘ir oilaviy sharoiti, ota-onasi
qaramog‘ida emasligi va bu uning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, ba’zan
bolalar tarbiyasi faqat maktabdagina nazorat ostida bo‘lishi, bunday o‘quvchilarning
muntazam darslarda qatnashmasligi kabilar o‘qituvchilarimiz dilini xiralashtiradigan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-27
Часть–5_Июнь –2025
486
jihatlar hisoblanadi, chunki o‘qituvchi uchun bolaning begonasi bo‘lmaydi, u
barchasini o‘z farzandidek ko‘rib yashaydi...
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI (REFERENCES):
•
К. Qosimova, S. Fuzailov, A. N e ’matova. Ona tili (2-sinf uchun darslik). —
Т.: Cho'lpon, 2005.
•
O`zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000- y.
•
M. Umarova, Sh. Hakimova. O'qish kitobi (3-sinf uchun darslik). — Т.:
Cho'lpon, 2008