Authors

  • Maxmudova Nodira Abduvoxit qizi
  • Rahmonov G’ulomjon Rahimjon o’g’li

Author Biographies

  • Maxmudova Nodira Abduvoxit qizi

    magistr, yetakchi mutaxassis
    O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

  • Rahmonov G’ulomjon Rahimjon o’g’li

    mutaxassis
    O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116671

Keywords:

“Boburnoma” Mirzo Bobur tabiat Hindiston fitonim Farg‘ona vodiysi ekologiya jug‘rofiya tarix.

Abstract

Ilm-fan olamida har bir manba o‘z o‘rniga ega. “Boburnoma” asarida ham tabiiy fanlar uchun qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bu asarda, ayniqsa, Mirzo Bobur yashab o‘tgan va hayoti davomida sayohat qilgan hududlarning botanika, jug‘rofiya, ma’danshunoslik, ekologiya kabi fanlarga aloqador ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ularni tadqiq etish kelajakda tabiiy fanlar sohasida ilmiy izlanish olib boradigan olimlar uchun muhim ahamiyatga ega.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

213

“BOBURNOMA” ASARIDA TABIAT TASVIRINING ILMIY

AHAMIYATI

SCIENTIFIC SIGNIFICANCE OF THE DESCRIPTION OF NATURE IN

“BABURNAME”

Maxmudova Nodira Abduvoxit qizi, magistr, yetakchi mutaxassis

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

Rahmonov G’ulomjon Rahimjon o’g’li, mutaxassis

O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi

Annotatsiya: Ilm-fan olamida har bir manba o‘z o‘rniga ega.

“Boburnoma” asarida ham tabiiy fanlar uchun qimmatli ma’lumotlar mavjud. Bu

asarda, ayniqsa, Mirzo Bobur yashab o‘tgan va hayoti davomida sayohat qilgan

hududlarning botanika, jug‘rofiya, ma’danshunoslik, ekologiya kabi fanlarga

aloqador ma’lumotlar mavjud bo‘lib, ularni tadqiq etish kelajakda tabiiy fanlar

sohasida ilmiy izlanish olib boradigan olimlar uchun muhim ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: “Boburnoma”, Mirzo Bobur, tabiat, Hindiston, fitonim,

Farg‘ona vodiysi, ekologiya, jug‘rofiya, tarix.

Annotation: In the world of Science, each source has its own place. The work

“The Boburname” also contains valuable information for the Natural Sciences. The

work contains information related to disciplines such as botany, geography, mining,

ecology, especially those of the regions where Mirzo Babur lived and traveled

throughout his life, the research of which is important for scientists who will

conduct scientific research in the field of Natural Sciences in the future.

Kalit so‘zlar: “The Boburname”, Mirzo Bobur, nature, India, phytonym,

Fergana valley, ecology, geography, history.

“Boburnoma” taxminan, 1518-1519-yillardan boshlab 1530-yilgacha

yozilgan jahon adabiyotining muhim va noyob durdonasi. Davlat arbobi, shoir,

tarixchi va tabiatshunos sifatida mashhur bo‘lgan Zahiriddin Muhammad Bobur


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

214

tomonidan o‘zbek (chig‘atoy) tilida yozilgan o‘zbek adabiyotining ilk nasriy

memuarlaridan biri. Ushbu asar

“Boburiya”, “Voqeoti Bobur”, “Voqeanoma”,

“Tuzuki Boburiy”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tavorixi Boburiy” kabi nomlar bilan ham

mashhur. Unda muallifning O‘rta Osiyo, Afg‘oniston va Hindistonda yashagan

davrlarida sodir bo‘lgan tarixiy-siyosiy voqealar, hududlarning tabiat olami, hamda

muallif hayoti va siyosaiy faoliyati xronologik tarzda o‘ta aniqlik bilan bayon

etilgan. Boburnoma asarida, ijtimoiy-tabiiy fanlar, tabiatshunoslik, jugʻrofiya,

maʼdanshunoslik, tarix, falsafa, fiqh, din taʼlimoti, tilshunoslik, dehqonchilik,

bogʻdorchilik va boshqalarga oid aniq va hali-hanuz oʻz tarixiy va ilmiy

ahamiyatini yoʻqotmagan maʼlumotlar, ilmiy asoslangan xulosalar keltirilgan.

Mirzo Bobur o‘zining sayohatlari, janglari va turli mamlakatlarga qilgan

safarlari davomida o‘zining atrofidagi tabiiy muhitni har taraflama o‘rgangan va

tasvirlagan. “Boburnoma” dagi tabiiy tasvirlar nafaqat tarixiy asar sifatida, balki

ekologiya, geografiya va tabiatshunoslik fanlarida ham ilmiy ahamiyatga ega.

Ushbu maqolada, “Boburnoma”da keltirilgan tabiiy tasvirlarning ilmiy ahamiyati

va ularning bugungi kunda qanday ilmiy tadqiqotlar uchun foydali ekanligi tahlil

qilinadi. Bobur tabiat shaydosi edi, u bog‘lar barpo etish, Hindistonda ham shirin

qovunlar yetishtirish, uzumzorlarni bunyod etishni orzu qilardi, chunki bunday

ne’matlar Hindistonda mavjud emas edi [D.Muhammadiyeva, 2025].

Ma’lumki, – “Boburnoma” chig‘atoy-turkiy tilida yozilgan va unda arab,

fors va hind tillaridan ham keng foydalanilgan. Ushbu tarixiy-madaniy meros

XIV–XVI asrlar davri tarixini o‘rganishda muhim manba sifatida xizmat qiladi va

uni har tomonlama tadqiq qilish, chuqur o‘rganish zarurligi O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarorida ham o‘z aksini topgan

[A.Sharipov, 2024; Мирзиёев Ш.М., 2017].

Bobur o‘z asarida yashab o‘tgan hududlarining tabiati va iqlimining ilmiy

tasvirini keltirgan. Ya’ni, hududlaridagi iqlimni, o‘zgaruvchan ob-havo

sharoitlarini va ularning hayotga ta’sirini chuqur tahlil qilgan. Masalan, Bobur

o‘zining Hindistonga qilgan safarida, mamlakatning issiq iqlimi, yillik yomg‘irlar,

va turli fasllardagi o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumotlar keltiradi. U


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

215

Hindistonning tropik iqlimi, musson yomg‘irlari, va bu iqlimning aholining

kundalik hayoti va qishloq xo‘jaligiga ta’sirini aniq tasvirlagan. Bobur bu hududda

yashovchi odamlar va ularning hayot tarziga tabiiy sharoitlarning qanday ta'sir

qilishini ham o‘z kuzatishlari asosida ifodalagan.

“Boburnoma” ning iqlim haqidagi tasvirlari bugungi ekologiya va

iqlimshunoslik uchun qimmatli tarixiy manba hisoblanadi. Boburning kuzatishlari

va ularning ta’sirini ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilish, iqlim o‘zgarishlari va inson

faoliyatining ekologiyaga bo‘lgan ta’siri haqida muhim bilimlarni kashf qilishga

yordam beradi.

Mirzo Bobur jug‘rofiya ilmiga ham xissa qo‘shgan. U o‘zining safarlari

davomida ko‘plab geografik hududlarni o‘rganib, ularning tabiiy landshaftlari

haqida tasvirlar yaratgan. “Boburnoma” da, masalan, Afg‘onistonning tog‘li

hududlari, Hindistonning keng o‘rmonlari va dalalari, va boshqa o‘lkalar

o‘rtasidagi tabiiy farqlar haqida aniq tavsiflar mavjud. Bobur bu joylarning

geografik xususiyatlari, tuproq turi, o‘simlik va hayvonot dunyosi haqida

ma’lumotlar beradi.

Bundan tashqari, Bobur geografik joylashuvlarning inson hayoti va iqtisodiy

faoliyatiga qanday ta'sir qilishini ham o‘rganib, bu haqda batafsil fikrlar bildirgan.

Uning geografiya va tabiiy landshaftlarni tasvirlash usuli, o‘z vaqtida, butun O‘rta

Osiyo va Hindiston mintaqalarini o‘rganish uchun muhim manba bo‘lgan. Bugungi

kunda, “Boburnoma” dagi geografik tasvirlar, tabiiy resurslar va landshaftlar

haqidagi ma’lumotlar, geologiya, geografiya va ekologiya sohalarida ilmiy

tadqiqotlar olib boorish uchun foydalaniladi.

Bobur asarda botanika fani uchun o‘ta qimmatli ma’lumotlar qoldirgan.

Asarda ko‘plab o‘simliklar, daraxtlar va hayvonot dunyosi haqida ko‘plab

m’lumotlar beradi. Bobur Hindiston va Afg‘onistonning tabiiy boyliklari,

o‘simliklarning turlari va ularning inson hayoti uchun ahamiyati haqida batafsil

ma’lumotlar keltirilgan. Misol uchun, asarda ko‘plab dorivor o‘simliklarning

xususiyatlari bayon etilgan, ayrimlarining xattoki tibbiyotda qo‘llanilishi ham

tasvirlangan. Bunday qimmatli ma’lumotlar o‘simliklar va ularning tibbiy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

216

xususiyatlarini o‘rganadigan botanik va dorishunos olimlar uchun foydali manba

bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Shu bilan birga, Bobur o‘zining bayonlarida ekologik muvozanat va tabiiy

resurslarning o‘zaro bog‘liqligiga ham urg‘u berib o‘tgan. O‘simliklar va hayvonot

dunyosi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni tushunish, tabiiy muhitni asrash va

ekologiya

fanini

o‘rganish

uchun

beqiyos

ilmiy

ahamiyatga

ega.

Mirzo Bobur asarida hayvonot va nabobot olamini chuqur ilmiy izohlar bilan

keltirib

o‘tgan.

Hindistonda

o‘sadigan

ayrim

fitonimlar

ilk

bor – “Boburnoma” asarida keltirilgan. Asarda keltirilgan fitonimlar orasida daraxt

nomlari eng ko‘pchilikni tashkil qiladi. Bu esa biologiya sohasi uchun juda

qimmatli va o‘z qiymatini hech qachon yo‘qotmaydigan ma’lumot. Asarda

keltirilgan daraxt nomlarini o‘z navbatida quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1.

Mevali daraxt nomlari

: anjir: …mevasi daraxtining tanasidin chiqar,

anjirga uxshar. Gular g‘arib bemaza mevadur [С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов,

2008]; funduk (yang‘oq): ...ichida fundukdek-fundukdek donalari bor; tut: ...bori

yafroqlardin tut yafrog‘i va qaroyig‘och yafrog‘i otqa sazvorroq emish

[С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов, 2008]; olma (Sebi Samarqand, qizil olma

navlari): ...sardseriy mevalardin uzum va anor va o‘ruk va olma va bixi va amrud

va shaftolu va olu va sanjid va bodom va yang‘oq ko‘ptur, Vale ikki meva

Samarqandtin mashhurdur: sebi Samarqand va sohibiyi Samarqand (“Boburnoma”,

Yana paniyaladur, oluchadin ulug‗roqtur, qizil olmaning g‘o‘rasiga shabihdur,

turshkina mazasi bor, yaxshiginadur [С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов, 2008]; uzum

(obi angur, Kobul uzumi, G‘azni uzumi, qora uzum, husayni uzum, kishmish kabi

uzum navlari): Bir nav’ uzum bulur, obi angur derlar, xeyli yaxshi uzumdir. Mast

chog‘irlari bo‘lur. Xuroson 307 navohisining noranjiga hech nisbati yo‘qtur.

Nozuklugidindurkim, Lamg‘onottin Kobulgachakim, o‘n uch-o‘n to‘rt yig‘och

bo‘lgay, kelturguncha ba’zi noranjlar xarob bo‘lur. Astrobod noranjini

Samarqanddakim, ikki yuz yetmish-ikki yuz sekson yig‘och bo‘lgay, eltarlar,

terisining qalinligidin va kamoblig‘idin oncha xarob bo‘lmas. Bajavr

noranjlarining ulug‘ligi bihicha bo‘lur, suvi ko‘ptur va o‘zga noranjlarning suvidin


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

217

turshroqtur. Yana bir jins o‘ruk bo‘lurkim, donasini olib, ichiga mag‘z solib

quruturlar, «subhoniy» derlar, bisyor lazizdur [С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов,

2008]; anba: Hinduston maxsusidur, biri anbadur [С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов,

2008]; limu (galgal limu, uluq limu kabi navlari): Yana noranj mushobahati

mevalardin uluq limudurkim, Hindustonda galgal limu deydurlar [С.Хасанов,

2002; В.Раҳмонов, 2008];

2

.

Mevasiz, maishiy hayotda foydalaniladigan daraxt nomlari

: balut,

bodomcha: …o‘tunlari xanjaq va balut va bodomcha va qarqanddur [С.Хасанов,

2002; В.Раҳмонов, 2008]; chinor: Chashmaning o‘rtasida qalin chinor

daraxtlaridur, latif soyasi bordur [С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов, 2008]; tol:

Sufaning girdida tamom tol daraxtlari ekildi [С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов,

2008]; terak: andin Feruza darvozasig‘acha xiyobon kilib, ikki tarafida terak

yig‘ochlari ekturubtur [С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов, 2008];

3. Manzarali daraxt nomlari

: norvan, sarv: Chorbog‘da ham

martabamartaba

yerlarni siyok bila tuzatib, yaxshi norvanlar va sarv va safedorlar tikibturlar, xeyli

saromad manzilidur [С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов, 2008]; archa: Andarob va

Xost va Badaxshon tog‘lari tamom archalik, qalin chashmalik, yumshoq pushtalik

tog‘lardur [С.Хасанов, 2002; В.Раҳмонов, 2008].

4. Buta va butasimon daraxt nomlari

: bodom: …musmir daraxtisi

bisyordur, vale bog‘chalarida aksar bodom daraxtidur [С.Хасанов, 2002;

В.Раҳмонов, 2008]; jika: Yana karundadur, bizning viloyatning jikasi yo‘sunliq,

buta-buta bo‘ladur. Jika tog‘larda bo‘lur. Bu dashtlarda bo‘ladur [С.Хасанов, 2002;

В.Раҳмонов, 2008]. Fitonimlarni o‘rganishda – “Boburnoma” asarining o‘rni

beqiyos. Boburning ekologiya haqida yozganlarini oʻqisangiz, hozirgi davrda

yashaydi, deb oʻylaysiz. Darhaqiqat, ―Boburnoma‖ni oʻqiganda unda bayon

qilingan joylarning ekologik holati, yaʼni oʻsha diyorning oʻsimlik dunyosi,

hayvonot olami, qushlari, yeri, obi-hayoti, iqlimi, giyohlari, meva-chevasi xususida

tarixiy va ekologik nuqtainazardan bugungi kun uchun ham ahamiyati qimmatli

boʻlgan aniq maʼlumotlarga ega boʻlamiz. Xususan, – Boburnoma‖ni nabobat


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

218

olamiga oid sermazmun asar deyish oʻrinlidir [G.Rasulova 2024; С.Хасанов, 2002;

В.Раҳмонов, 2008]. “Boburnoma”da Farg‘ona vodiysining boy, sermahsul tabiati

hamda ekologiyasiga juda katta ta‘rif berilgan. Unda ko‘rsatilishicha – Farg‘ona

viloyati beshinchi iqlimdindur. Ma’muraning kanorasida voqe bo‘lubtur. Sharqi

Koshg‘ar, g‘arbi Samarqand, janubi Badaxshonning sarhadi tog‘lar, shimolida

agarchi burun shahrlar bor ekandur, misli: Olmoliq va Olmotu va Yangi kim,

kutublarda Tarozkent bitirlar, mo‘g‘ul va o‘zbek jihatdin bu tarixda buzulubtur, aslo

ma’mura qolmabdur. Muxtasar viloyattur, oshliq va mevasi farovon. Girdogirdi tog‘

voqe bo‘lubtur. Gʻarbiy tarafidakim, Samarqand va Xo‘jand bo‘lg‘ay, tog‘ yo‘qtur.

Ushbu jonibtin o‘zga hech jonibtin qish yog‘iy kela olmas. Sayhun daryosikim,

Xo‘jand suyig‘a mashhurdur, sharq va shimoliy tarafidin kelib, bu viloyatning ichi

birla o‘tub, g‘arb sori oqar, Xo‘jandning shimoli Fanokatning janubiy tarafidinkim,

holo Shohruxiyag‘a mashhurdur, o‘tub yana shimolg‘a mayl qilib, Turkiston sori

borur. Turkistondin xeyli quyiroq bu daryo tamom qumg‘a singar, hech daryog‘a

qotilmas [Mirziyoyev Sh., 2017; Zahiriddin Muhammad Bobur, 1989; Zahiriddin

Muhammad Bobur, 2015].

“Boburnoma”da jug‘rofik joylar ekologiyasi va ularning tabiati to‘g‘risida

fikr yuritilib, vodiy aholisi yashash sharoitlariga qarab viloyat, o‘rchin, qasaba,

kent, qo‘rg‘on, mahalla tarzida ifodalanadi. Viloyatlar sifatida Farg‘ona, O‘sh,

Isfara va Qorategin tilga olinadi. O‘rchin atamasi viloyatdan kichik, qasabadan

kattaroq hududga nisbatan qo‘llanib, asarda Raboti Sarxang, Rabatak, O‘ratepa,

Xo‘qon, Olayluq singari o‘rchinlar qayd qilingan. Bobur Farg‘ona vodiysidagi

asosiy shaharlarni qasaba deb atagan. Qasabalar, ya’ni shaharlar yettita bo‘lib,

ulardan beshtasi: Andijon, Marg‗inon, Isfara, Xo‘jand, Kandibodom Sirdaryoning

janub tomonida, ikkitasi Axsi va Koson daryosining shimol tomonida joylashgan.

“Boburnoma” da bu joylarning tabiati, havosi, suvlari, hayvonoti va o‘simliklariga

ajoyib ta‘rif berilgan [A.Mamajonov, 2024].

“Boburnoma”dagi tabiiy tasvirlar faqat tabiatni tasvirlash bilan

cheklanmaydi, balki tabiat va inson o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni chuqur tahlil

etadi. Bobur, o‘z asarida, tabiiy muhitning inson hayoti va faoliyatiga qanday ta’sir


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

219

qilishini, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlar bilan qanday bog‘liqligini ko‘rsatadi. U,

masalan, iqlimning qishloq xo‘jaligiga ta’siri, o‘simliklarning ozuqaviy qiymati, va

tabiiy resurslarning mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shgan hissasini tasvirlaydi.

Bu tasvirlar ekologik va ijtimoiy tahlil uchun muhimdir. Tabiatning inson

hayotiga ta’siri va uning qanday o‘zgarishi haqida Boburning yozganlari ekologik

siyosat va barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan ilmiy tahlil qilish uchun qimmatli

ma’lumot manbalaridan biridir.

Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari faqat tarixiy va

adabiy ahamiyatga ega bo‘lib qolmay, balki tabiat olami va uning inson hayotiga

ta’siri haqidagi ilmiy izlanishlar uchun ham noyob manba hisoblanadi. Bobur o‘z

asarida tabiatni, iqlimni, geografiyani, o‘simliklar va hayvonot dunyosini ilmiy

nuqtai nazardan tasvirlab, ekologiya, geografiya, botanika va boshqa ilmiy

sohalarda tadqiqotlar olib borishga katta hissa qo‘shgan. Shuning uchun,

“Boburnoma” bugungi kunda ham ilmiy tadqiqotlar uchun qimmatli manba sifatida

o‘rganilishi davom etmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. A. Mamajonov, G.Axmedova, A.Alisherov, “Boburnoma”da O‘sh qasabasi

ekologik holatining ta’rifi «Бабурнамэ»де Ош шаарынын экологиялык

абалынын сүрөттөлүшү // Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq

davlatchiligi va madaniyati rivojida tutgan o‘rni, uluslararo ilmiy-nazariy

konferansi materiallari: Toshkent – 2024 – 201-206 b.

2. A.Sharipov, “Boburnoma” da Panjob viloyatining tarixiy geografiyasi /

“Boburnoma” of the Punjab region historical geography // Zahiriddin

Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati rivojida

tutgan o‘rni, uluslararo ilmiy-nazariy konferansi materiallari: Toshkent –

2024 – 221-238 b.

3. D.Muhammadiyeva, N.O‘ktamova, Boburiylar imperiyasida fan va san’at

taraqqiyoti // The Development of Science and Art in the Mughal Empire,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

220

ilmiy electron jurnal / ASSN: 3030-3451 – 2/2025 – 535-541 b.

4. G. Rasulova, “Boburnoma” asarida uchraydigan daraxt nomini anglatuvchi

fitonimlar Phytonyms meaning the name of a tree found in “Boburnoma” //

Zahiriddin Muhammad Bobur merosining Sharq davlatchiligi va madaniyati

rivojida tutgan o‘rni, uluslararo ilmiy-nazariy konferansi materiallari:

Toshkent – 2024 – 305-308 b.

5. Mirziyoyev, Sh. 2017.Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom

ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: ― O‘zbekiston.

6. Zahirddin Muhammad Bobur. 1989. Boburnoma. –Toshkent: –Yulduzcha.8

7. Zahiriddin Muhammad Bobur. 2015. Boburnoma. –Toshkent: –Yangi asr

avlodi.

8. Бобур, Заҳириддин Муҳаммад. 2002. Бобурнома. Нашрга тайѐрловчи

Саидбек Ҳасанов. – Тошкент: Шарқ

9. Бобур, Заҳириддин Муҳаммад. 2008. «Бобурнома» Нашрга тайѐрловчи

В.Раҳмонов. – Тошкент.

10. Мирзиёев Ш.М. Жисмоний ва маънавий етук ёшлар – Эзгу

мақсадларимизга етишда таянчимиз ва суянчимиздир. – “Камолот”

ёшлар ижтимоий ҳаракатининг IV қурултойидаги нутқи. Халқ сўзи //

2017:1 июл.

Most read articles by the same author(s)