Authors

  • Xusnitdinova Dilrabo Donyorbek qizi
  • Egamberdiyeva Iroda Abduraximovna

Author Biographies

  • Xusnitdinova Dilrabo Donyorbek qizi

    Andijon davlat chet tillar instituti,        Filologiya tillarni o‘qitish fakulteti “arab tili” yo‘nalishi 1-bosqich talabasi.

  • Egamberdiyeva Iroda Abduraximovna

    Andijon davlat chet tillari instituti,             Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi dotsenti.

    Elektron pochta manzil: Dilraboxon.12.12.2006@gmail.com

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116695

Keywords:

frazeologizm tarjima lingvistik tafovut ekvivalentlik pragmatik moslashuv madaniy kontekst

Abstract

Ushbu maqolada frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Frazeologizmlar tilning o‘ziga xos madaniy va milliy xususiyatlarini aks ettirgani sababli, ularni boshqa tilga o‘girishda muayyan muammolar yuzaga keladi. Tarjimon frazeologik birliklarni semantik ekvivalentlik, pragmatik moslik va madaniy kontekst nuqtayi nazaridan tahlil qilishi lozim. Maqolada tarjima jarayonida qo‘llaniladigan strategiyalar va ularning samaradorligi misollar yordamida ko‘rsatib beriladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

71

FRAZEOLOGIZMLARNING TARJIMA NAZARIYASIDAGI

MUAMMOLARI

Annotatsiya: Ushbu maqolada frazeologik birliklarni tarjima qilish

jarayonida uchraydigan qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Frazeologizmlar tilning o‘ziga

xos madaniy va milliy xususiyatlarini aks ettirgani sababli, ularni boshqa tilga

o‘girishda muayyan muammolar yuzaga keladi. Tarjimon frazeologik birliklarni

semantik ekvivalentlik, pragmatik moslik va madaniy kontekst nuqtayi nazaridan

tahlil qilishi lozim. Maqolada tarjima jarayonida qo‘llaniladigan strategiyalar va

ularning samaradorligi misollar yordamida ko‘rsatib beriladi.

Kalit so‘zlar: frazeologizm, tarjima, lingvistik tafovut, ekvivalentlik,

pragmatik moslashuv, madaniy kontekst

Abstract: This article examines the challenges encountered in

translating phraseological units. Since phraseological expressions reflect the cultural

and national characteristics of a language, their translation into another language

presents specific difficulties. A translator must analyze phraseological units from the

perspectives of semantic equivalence, pragmatic adaptation, and cultural context.

The article discusses strategies used in translation and evaluates their effectiveness

through examples.

Xusnitdinova Dilrabo Donyorbek qizi, Andijon

davlat chet tillar instituti, Filologiya tillarni

o‘qitish fakulteti “arab tili” yo‘nalishi 1-bosqich

talabasi.

Egamberdiyeva Iroda Abduraximovna, Andijon

davlat chet tillari instituti, Gid hamrohligi,

madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik

kafedrasi dotsenti.

Elektron pochta manzil:

Dilraboxon.12.12.2006@gmail.com

Telefon raqam: +998 97 994 77 67


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

72

Keywords: phraseology, translation, linguistic differences, equivalence,

pragmatic adaptation, cultural context.

Аннотация: В данной статье рассматриваются проблемы

перевода фразеологических единиц. Поскольку фразеологизмы отражают

культурные и национальные особенности языка, их перевод на другой язык

вызывает определенные трудности. Переводчику необходимо учитывать

семантическую эквивалентность, прагматическую адаптацию и культурный

контекст. В статье анализируются стратегии перевода и их эффективность,

приводятся примеры.

Ключевые слова: фразеология, перевод, лингвистические различия,

эквивалентность, прагматическая адаптация, культурный контекст

KIRISH

Frazeologik birliklar har bir tilning o‘ziga xos jihatlaridan biri bo‘lib, ular

xalqning madaniyati, tarixi va turmush tarzini o‘zida aks ettiradi. Shu bois, ularni

tarjima qilish jarayonida nafaqat lingvistik, balki madaniy tafovutlar ham muhim

ahamiyat kasb etadi. Frazeologizmlarning o‘ziga xosligi ularning an’anaviy so‘z

birikmalaridan farq qilishi va ko‘pincha ko‘chma ma’noda qo‘llanishidadir.

Frazeologizmlarni boshqa tilga o‘girishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalent topish har

doim ham imkoni bo‘lgan jarayon emas. Tarjimon matnning konteksti, ifoda

etilayotgan g‘oya va frazeologik birlikning mazmunini hisobga olgan holda eng mos

variantni tanlashi kerak. Bu esa turli strategiyalarni talab etadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili

. Frazeologizmlarning tarjima

nazariyasi bo‘yicha ko‘plar tarjimashunos olimlar o‘z hissasini qo‘shgan. Ulardan:

Mona Baker – “In Other Words: A Coursebook on Translation” (1992) deb

nomlangan kitobida frazeologizmlar tarjimasida semantik ekvivalentlik va kontekstga

moslashuv muhim. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalent topish har doim ham imkoni

bo‘lmaganligi sababli, analogiya va interpretatsiya usullaridan foydalanish kerak

degan fikrni olg‘a surgan.

Eugene Nida – “Toward a Science of Translating” (1964) kitobida

dinamik ekvivalentlik nazariyasini ilgari suradi: tarjima nafaqat so‘zma-so‘z, balki


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

73

mazmun va ta’sir jihatidan mos bo‘lishi lozim. Tarjimon madaniy tafovutlarni

inobatga olishi shart deya ta’kidlaydi.

Vinogradov V. V. – “Об основных типах фразеологических единиц в

русском языке” (1947) asarida frazeologizmlarni semantik yaxlitligi va tuzilishiga

qarab uch turga ajratadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qiyin bo‘lganda, mazmuniy

ekvivalent topish kerak deya e’tirof etadi.

Komissarov V. N. – “Teoriya perevoda (lingvisticheskiye aspekty)”

(1990) kitobida pragmatik moslik va kontekstga asoslangan tarjima strategiyalarini

taqdim etadi. Ba’zi frazeologizmlar so‘zma-so‘z tarjima qilinsa, noto‘g‘ri tushunilishi

mumkin deb yozadi.

O‘zbek filologlariga yuzlanadigan bo‘lsak, ular ham bu mavzu yuzasidan

o‘z fikrlarini bildirganlar va ulardan biri Mamatov A. – “O‘zbek tilida

frazeologizmlar va ularning tarjimasi” (2010) deb nomlangan ilmiy ishida o‘zbek

tilidagi frazeologizmlarning madaniy kontekstini saqlash muhim. Tarjimada stilistik

va semantik moslikka e’tibor berish kerak degan fikrlarni yozgan.

Frazeologizmlar tarjimasi semantik ekvivalentlik, madaniy tafovutlar va

pragmatik moslik kabi muhim omillarga bog‘liq. Tarjimon so‘zma-so‘z tarjimaga

tayanmasdan, kontekst va stilistik moslikni hisobga olib ishlashi lozim.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqot frazeologizmlarning tarjima

nazariyasidagi muammolarini tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, ilmiy asoslangan

metodologiyalar qo‘llanildi. Tadqiqot davomida sifat va miqdoriy tahlil usullari,

shuningdek, taqqoslash va kuzatish metodlari ishlatildi.

Tahlil va natijalar.

Frazeologizmlarni tarjima qilishdagi asosiy

muammolar tahlili quyidagicha. Frazeologik birliklarning tarjima jarayonida duch

keladigan asosiy qiyinchiliklardan biri bevosita ekvivalentlikning yo‘qligi

hisoblanadi. Har bir til o‘ziga xos frazeologik tuzilmalarga ega bo‘lib, ularni boshqa

tilga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘girish doimo ham mumkin emas (Newmark, 1988). Peter

Newmarkning tadqiqotlariga ko‘ra, frazeologik birliklarning ma’nosi ularning

tarkibiy qismlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’nosidan farqli bo‘lganligi sababli, tarjima

jarayonida semantik moslik muhim ahamiyat kasb etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

74

Eugene Nida (1964) tomonidan ilgari surilgan dinamik ekvivalentlik

nazariyasiga ko‘ra, frazeologizmlarni tarjima qilishda faqat so‘zma-so‘z moslik emas,

balki matnning umumiy ta’siri ham muhim hisoblanadi. Bu shuni anglatadiki, tarjima

jarayonida frazeologizmlarning semantik jihatdan mos keladigan ekvivalentlarini

topish yoki madaniy moslashtirish zarur bo‘ladi.

Masalan:

O‘zbekcha: “O‘rik gullaganda”. (juda kam sodir bo‘ladigan voqea)

Inglizcha ekvivalenti: “Once in a blue moon”.

Ushbu tarjima dinamik ekvivalentlik asosida moslashtirilgan bo‘lib, u har ikki

madaniyatda ham biror voqeaning kam sodir bo‘lishi ma’nosini beradi.

Frazeologizmlarni tarjima qilish usullarining samaradorligi.

Frazeologizmlarni tarjima qilish usullarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki,

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalent orqali tarjima qilish faqat universal frazeologik

birliklarga nisbatan samarali bo‘lishi mumkin. Ammo ko‘pchilik hollarda analogik

tarjima yoki erkin tarjima kabi usullar afzal hisoblanadi (Catford, 1965).

Misol uchun:

O‘zbekcha: “Ko‘rpaga qarab oyoq uzat”.

Inglizcha ekvivalenti: “Cut your coat according to your cloth”.

Bu yerda analogik tarjima usuli qo‘llanilgan bo‘lib, u frazeologik birlikning

semantik jihatdan mos keluvchi ekvivalentini taqdim etadi.

Newmark (1988) ta’kidlaydi, agar tarjimon frazeologik birlikni

to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qila olmasa, u mazmunni kontekstga moslashtirgan holda

interpretatsiya qilishga e’tibor qaratishi kerak.

Bunga misol:

O‘zbekcha: “Kallasini ishlatmoq”.

Inglizcha erkin tarjima: “Use your brain”.

Madaniy tafovutlarning tarjima jarayoniga ta’siriga yuzlanadigan

bo‘lsak. Frazeologik birliklar milliy madaniyat bilan chambarchas bog‘langanligi

sababli, tarjima jarayonida madaniy tafovutlar muammosi muhim ahamiyat kasb etadi

(Hatim & Mason, 1997).


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

75

Jakobson (1959) esa tarjimada madaniy va semantik tafovutlarni

inobatga olish muhimligini ta’kidlaydi. Uning fikriga ko‘ra, ba’zi frazeologizmlar

faqat bitta madaniyatga xos bo‘lishi mumkin, bu esa tarjimada muayyan

qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Masalan, o‘zbek tilidagi “Bittasi qozon, bittasi cho‘mich” iborasi

madaniy jihatdan tushunarli bo‘lsa-da, ingliz tilida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ekvivalenti

mavjud emas. Bunday hollarda madaniy moslashtirish usuli qo‘llanilishi kerak:

To‘g‘ri tarjima: “They are inseparable like a pot and a ladle”.

Bu tarjima orqali frazeologik birlikning ma’nosi saqlanadi, ammo uni boshqa

madaniyat vakillari tushunishi osonlashadi.

So‘zma-so‘z tarjimaning natijalari

Frazeologik birliklarni so‘zma-so‘z tarjima qilish aksariyat hollarda semantik

xatolarga olib keladi (Jakobson, 1959; Newmark, 1988).

Misol uchun:

O‘zbekcha: “Tilda suyak yo‘q”.

Noto‘g‘ri tarjima: “There is no bone in the tongue”.

To‘g‘ri tarjima: “Words have no limits”.

Bu misolda so‘zma-so‘z tarjima frazeologik birlikning asosiy ma’nosini buzib

qo‘ygan, chunki ingliz tilida bu ibora mavjud emas. Shu sababli, semantik jihatdan

mos ekvivalent topish muhim ahamiyatga ega.

Eksperimental tahlil shuni ko‘rsatadiki, so‘zma-so‘z tarjima faqat

grammatik jihatdan mos tushadigan frazeologizmlar uchun ishlaydi, aks holda,

kontekstual va pragmatik moslikka e’tibor berish talab etiladi.

Yuqorida keltirilgan tahlillar asosida quyidagi xulosalarni olish mumkin:

1. Frazeologizmlarni tarjima qilishda ekvivalentlik muammosi muhim

ahamiyatga ega.

2. Madaniy tafovutlar tarjimada sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

3. Analogik tarjima frazeologik birliklarning eng samarali tarjima strategiyasi

hisoblanadi.

4. So‘zma-so‘z tarjima aksariyat hollarda ma’no buzilishiga olib keladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–4_Июнь –2025

76

5. Frazeologik birliklarni tarjima qilish uchun pragmatik moslashuv muhim

ahamiyatga ega.

XULOSA

Frazeologik birliklarni tarjima qilish murakkab jarayon bo‘lib, bu jarayonda

lingvistik va madaniy tafovutlarni inobatga olish lozim. Tarjimon faqatgina so‘zma-

so‘z tarjima qilish bilan cheklanmasdan, ma’no va kontekstni saqlagan holda

ekvivalent topish usullaridan foydalanishi kerak. Frazeologizmlar tarjimasi nazariy

jihatdan ham, amaliyotda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tarjimonning

kompetensiyasi va tarjima strategiyalaridan bevosita bog‘liq bo‘ladi.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

[1] Baker, M. In Other Words: A Coursebook on Translation. London: Routledge,

1992, bet 63-78.

[2] Bell, R. T. Translation and Translating: Theory and Practice. London: Longman,

1991, bet 102-105.

[3] Catford, J. C. A Linguistic Theory of Translation. Oxford: Oxford University

Press, 1965, bet 79-83.

[4] Hatim, B., & Mason, I. The Translator as Communicator. London: Routledge,

1997, bet 89-92.

[5] Jakobson, R. On Linguistic Aspects of Translation. Cambridge, MA: Harvard

University Press, 1959, bet 35-37.

[6] Komissarov, V. N. Teoriya perevoda (lingvisticheskiye aspekty). Moskva: Nauka,

1990, bet 110-115.

Most read articles by the same author(s)