Authors

  • O’rinova Binafsha Erali qizi

Author Biography

  • O’rinova Binafsha Erali qizi

    Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.116879

Keywords:

intervyu o‘qib tushunish matn bilan ishlash tanqidiy fikrlash savol-javob usuli o‘quvchi faolligi dars metodikasi funksional savodxonlik.

Abstract

Mazkur maqolada o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda intervyu janridagi matnlardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada intervyu matnlarining ta’limiy salohiyati, ular bilan ishlashning samarali usullari hamda dars jarayonidagi amaliy qo‘llanishi yoritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

400

O’QUVCHILARNING O’QIB TUSHUNISH KO’NIKMASINI

SHAKLLANTIRISHDA INTERVYU MATNLARINING O’RNI

O’rinova Binafsha Erali qizi

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 3-bosqich talabasi

Annotatsiya.

Mazkur maqolada o‘quvchilarning o‘qib tushunish

ko‘nikmasini shakllantirishda intervyu janridagi matnlardan foydalanish

imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqolada intervyu matnlarining ta’limiy salohiyati,

ular bilan ishlashning samarali usullari hamda dars jarayonidagi amaliy qo‘llanishi

yoritiladi.

Kalit so‘zlar:intervyu, o‘qib tushunish, matn bilan ishlash, tanqidiy fikrlash,

savol-javob usuli, o‘quvchi faolligi, dars metodikasi, funksional savodxonlik.

Annotation:This article analyzes the possibilities of using interview-

genre texts in developing students reading comprehension skills. It highlights the

educational potential of interview texts, effective methods of working with them, and

their practical application in the classroom.

Keywords:interview, reading comprehension, working with texts, critical

thinking, question-and-answer method, student engagement, lesson methodology,

functional literacy.

Bugungi kunda o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini rivojlantirish

ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘qib tushunish – bu

nafaqat matnni anglash, balki uning mazmunini tahlil qilish, muallifning maqsadini

tushunish va asosiy g‘oyani ajratib olishni ham o‘z ichiga oladi.

O‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda turli metod va yondashuvlar

mavjud bo‘lib, ulardan biri – intervyu matnlaridan foydalanishdir. Intervyu matnlari

o‘zining jonli muloqotga asoslanganligi, turli bilimlar mujassamligi bilan

o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, savol berish, tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni

rivojlantiradi. Bu esa o‘quvchilarga matnni faqat o‘qish emas, uni chuqur anglash va

o‘z tahlillarini shakllantirish imkoniyatini beradi. Bu borada o‘quvchilarning o‘qib


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

401

tushunish ko‘nikmasini shakllantirishda intervyu matnlarining o‘rni ahamiyatlidir.

Ushbu turdagi matnlar o‘zining jonli muloqotga asoslanganligi, turli nuqtai

nazarlarlarni mujassamlashtirishi bilan o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, matnni

tahlil qilishga va asosiy mazmunni ajratib olishga o‘rgatadi.

Intervyu matnlari – bu ikki yoki undan ortiq shaxs o‘rtasidagi muloqot bo‘lib,

unda suhbatdoshlar o‘z fikrlarini erkin ifoda etadi. Bu janr o‘zining tabiati bilan

ajralib turadi. U matnlarni nafaqat o‘qishga, balki tinglashga ham imkon beradi.

Intervyu matnlari turli shaxslar o‘rtasidagi muloqotga asoslanganligi bois,

o‘quvchilarda matnni faqat so ‘zlashuv sifatida emas, o‘zaro fikr almashish jarayoni

sifatida tushunishiga yordam beradi.

O‘quvchilarda o‘qib tushunish ko‘nikmasini shakllantirish uchun intervyu

matnlari samarali vosita hamda usul hisoblanadi. Ular o‘quvchilarni matnning asosiy

mazmunini ajratib olishga, turli qarashlarni tahlil qilishga va nuqtai nazarlarni

solishtirishga o‘rgatadi. Masalan, intervyu matnida qatnashgan shaxslarning fikrlarini

solishtirish orqali o‘quvchilar o‘z nuqtai nazarlarini yaratishlari mumkin. Bu jarayon

o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash va mustaqil fikr bildirish ko‘nikmalarini oshiradi.

Intervyu matnlari bilan ishlashda quyidagi metodlar samarali hisoblanadi:

Savol-javob usuli: Intervyu matni asosida o‘quvchilarga savollar berish,

ularni matnni tahlil qilishga undaydi. Savollar orqali o‘quvchilarning matnni anglash

darajasini tekshirish mumkin.

“Endi hammasi o‘zgardi” — shaxmatchi Gulruhbegim Tohirjonova

O‘zbekiston termasiga qaytishi haqida

Gulruhbegim

Tohirjonova —

O‘zbekistonning

eng

kuchli

shaxmatchilaridan biri. U 2020-yili federatsiya bilan ziddiyat tufayli AQSh

terma jamoasiga o‘tgandi. Yaqinda esa O‘zbekiston terma jamoasiga qaytdi.

“Gazeta.uz”ning shaxmat sharhlovchisi Georgiy Shvanov u bilan eng dolzarb

va global mavzularda suhbatlashdi.

— Terma jamoaga qaytganingizdan so‘ng nimalarni his qilyapsiz?

— Juda xursandman. Qachondir bu yerga qaytaman, deb o‘ylamagandim.

Lekin ko‘p o‘zgarishlar yuz berdi, men bu haqda ko‘p gapirdim. Hissiyotlar har xil,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

402

chunki bu yangi va kutilmagan holat. Lekin men baribir qaytganimdan va yana

O‘zbekiston sharafini himoya qilishim mumkinligidan xursandman.

— Mamlakatimizda sizni qanday kutib olishdi? Balki aeroportda kutib

olishgandir?

— Aeroportda kutib olishmadi (kuladi). Matbuot anjumani bo‘ldi, jurnalistlar

bilan uchrashdik. Ularning fikrlarini eshitish qiziq edi. Lekin, umuman olganda,

uchrashuv rasmiy o‘tdi — bu hammasi men o‘zim va qaytganim haqidagi xabarni

ommaga taqdim etishim uchun tashkil etilgan edi.

— Endi O‘zbekiston uchun rasman o‘ynay olasizmi? Qandaydir muddat

ichida boshqa federatsiyada o‘ynash mumkin emas, degan talab yo‘qmi?

— Agar federatsiyani bepul o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, ikki yil kutish

va rasmiy turnirlarda o‘ynamaslikka to‘g‘ri keladi. (Ikki yil o‘tishini kutmay)

to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish qilmoqchi bo‘lsangiz, pul to‘lashingiz kerak. Lekin

bu borada muammo bo‘lmadi.

— Demak, 2025-yilgi Osiyo o‘yinlarida ham, 2026-yilgi Olimpiadada ham

terma jamoamiz safida ishtirok etasiz, shundaymi?

— Ha.

(Matndan qisqa parcha keltirilgan)

1. Sportchi nima sababdan o‘zini xursand his qilmoqda?

2. U ilgari O‘zbekistonga qaytishini o‘ylaganmi? Javobingizni matndan dalil

bilan asoslang.

Izoh: yuqoridagi savollar orqali o‘quvchilarning his qilish, matndan xulosa

chiqarish, ma’lumotlarni asoslay olish kabi jihatlarini rivojlantiradi.

Asosiy g‘oyani ajratish: O‘quvchilardan intervyu matnining asosiy

g‘oyasini ajratib olishni so‘rash, ularning muloqot va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini

rivojlantiradi.

1. Nega sportchi faqat shaxmat emas, balki o‘qishni ham tanlagan?

A) Shaxmatdan charchaganligi uchun

B) Yangi narsalarni o‘rganishni yoqtirgani uchun

C) Oilasining bosimi tufayli


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

403

D) Amerikada o‘qish majburiy bo‘lgani uchun

To‘g‘ri javob: B

Nuqtayi nazarlarni solishtirish: Intervyu matnida ishtirok etgan shaxslarning

fikrlarini solishtirish orqali o‘quvchilar turli qarashlarni tahlil qilishni o‘rganadilar.

1. Quyidagilardan qaysi biri sportchining shaxmatdagi kelajak rejalari

haqidagi pozitsiyasini aniq ifodalaydi?

A) U endi faqat ta’lim bilan shug‘ullanmoqchi, shaxmatni tark etadi.

B) U shaxmatni sevadigan, lekin katta yutuqlar haqida o‘ylamaydigan sportchi.

C) U shaxmatda yuqori cho‘qqilarni ko‘zlaydi va chempionlik ambitsiyalariga ega.

D) U shaxmatni o‘zining asosiy kasbi deb hisoblamaydi.

To‘g‘ri javob: C

Intervyu matnlarini dars jarayonida quyidagi shakllarda qo‘llash mumkin:

Darsning kirish qismida: Yangi mavzuga kirishdan oldin, mavzu bilan bog‘liq

intervyu matnini o‘qish orqali o‘quvchilarning e’tiborini jalb qilish.

Asosiy qismda: Intervyu matnini tahlil qilish, savol-javoblar orqali

o‘quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish.

Mustahkamlash bosqichida: Intervyu matni asosida test savollarini tuzish,

asosiy g‘oyani ajratish va nuqtai nazarlarni solishtirish kabi mashqlarni bajarish.

Tajriba

Yuqoridagi tajribalar Yakkasaroy tumani 144- maktabning 6-sinflarida

qo‘llanildi. Bu tajribadan foydalanish orqali o‘quvchilarda nafaqat o‘qib tushunish,

balki fikr bildirish, mulohaza yuritish kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga erishildi.

Intervyu matni asosida tashkil etilgan dars jarayonlari o‘quvchilarning ijtimoiy

faoliyatga, hayotiy voqealarga bo‘lgan qiziqishini oshirib, ular bilan ochiq muloqot

qilish imkonini berdi.

Intervyu janridagi matnlar o‘quvchilarning o‘qib tushunish ko‘nikmasini

shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Ular orqali o‘quvchilar matnni tahlil qilish,

asosiy g‘oyani anglash muallif va so‘zlovchining nuqtai nazarlarini farqlash hamda

fikr bildirish malakalarini rivojlantiradilar. Intervyu matnlari dars jarayonida

o‘quvchilarni faollikka chorlaydi, ularni mustaqil fikr yuritishga va o‘z fikrlarini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-27

Часть–1_Июнь –2025

404

asoslashga o‘rgatadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, intervyu matnlari asosida

ishlash o‘quvchilarda nafaqat o‘qib tushunish, balki fikr bildirish va muloqotga

kirishish malakasini ham shakllantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Sobirov M.Matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchi so‘z boyligini oshirish.Til va

adabiyot ta’limi.Toshkent. 1998. 1-son. 38 b.

2.Rasulov M. Matn bilan ishlash metodikasi. Toshkent.: ‘‘Ma’naviyat’’, 2021.

3.Vygotsky,L.S.(1978). Mind in society: The development of higher psychological

processes. Cambridge,MA:Harvard University Press.

4.Shonazarova D. Intervyu olishda jurnalist mahorati:maqola.Ilmiy tadqiqot va

innovatsiya. –Volume 2, Issue 1,2023.

References:

1.Sobirov M.Matn ustida ishlash jarayonida o‘quvchi so‘z boyligini oshirish.Til va

adabiyot ta’limi.Toshkent. 1998. 1-son. 38 b.

2.Rasulov M. Matn bilan ishlash metodikasi. Toshkent.: ‘‘Ma’naviyat’’, 2021.

3.Vygotsky,L.S.(1978). Mind in society: The development of higher psychological

processes. Cambridge,MA:Harvard University Press.

4.Shonazarova D. Intervyu olishda jurnalist mahorati:maqola.Ilmiy tadqiqot va

innovatsiya. –Volume 2, Issue 1,2023.