MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
315
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA O’YIN
FAOLIYATINING
XUSUSIYATLARI. BOLA HAYOTIDA UYINNING AHAMIYATI
Shahrisabz davlat pedagogika inistituti
pedagokika fakultiti maktabgacha talim
yo’nalishi 1-kurs 2,24-guruh talabasi
Berdimurodova E’zoza.
Abdumurodova Sevinch
Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning o’yin
faoliyati, uning rivojlanish bosqichlari va psixologik-pedagogik xususiyatlari
yoritilgan. O’yin orqali bolaning inteliktual, ijtimoiy va imotsiyalari rivojlanishiga
qanday ta’sir etilishi haqida tahliliy fikrlar berilgan. Shuningdek, o’yin faoliyatining
tarbiyaviy ahamiyati, uning bolalar shaxsiyati shakllanishidagi o’rni va turli o’yin
turlarning ta’lim jarayonidagi samaradorligi muhokama qilingan.
Kalit so’zlar: Maktabgacha ta’lim, o’yin faoliyati, psixologik rivojlanish,
didaktik o’yin rolli o’yin, bolaning shaxsiyati, tarbiya ijodkorligi.
O’yinning bolalar psixik taraqqiyotidagi g’oyat katta ahamiyatini nazarda
tutib mashhur pedagoglar va mutafakkir yozuvchilar o’zlarining bu masalaga doir
qimmatbaho fikrlarini yozib qoldirganlar. A.S.Makarenkoning fikricha bolalarning
o’yin faoliyatlari ularni jismoniy va psixik jihatdan garmonik ravishda rivojlanishlari
uchun birdan-bir vositadir. Katta odamlar uchun mehnat faoliyati qanchalik ahamiyatli
bo’lsa bolalar uchun o’yin shunchalik ahamiyatga ega. O’yin faoliyati bolalarni
insoniyatning ijtimoiy tajribayasini egallaydi, ta’lim faoliyatiga tayyorlaydi. O’yin
bolalar hayotida shunday ko’p qirrali faoliyatki unda bolalar masub bo’lgan mehnat
ham, narsalar haqida fikr yuritishi ham, san’at, xayol qilish, dam olish va
xushchaqchaqlik manbalari ham mujassamlashtirilgandur. O’yinning bolalarni maftun
etuvchi tomoni anashunda . Bolalarning haddan ziyod o’yinga berilib ketishi (xayoliy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
316
tarzda cho’pdan yasalgan otni, stulchalardan qilingan paraxodni berilib haydashi) real
voqelikdan chetga chiqib ketishi deb qaramaslik kerak. Bola o'zining voqelikka bo'lgan
cheksiz muhabbatini va undagi narsa hamda hodisalarni bilishga bo'lgan intilishini
o'zining xilma-xil o'yin faoliyatlarida ifoda etadi. Shuning uchun bola o'zining turli
variantdagi o'yinlarida hayoliy muhit yaratib, voqelikni mumkin qadar to'la va to'g'ri
aks ettirishga intiladi. Chet el psixologlaridan J.Piazi va Koffkanning fikricha, bolalar
go'yoki bir-biridan ajratilgan ikki xil dunyoda yani xayollar, afsonalar dunyosida va
real voqey dunyoda yashaydilar. Bolalar o'zlarining faoliyatlarida qanchalik xayolga
berilib ketmasinlar, har doim voqey dunyoga, undagi real narsalarga nazar tashlab
turadilar. Psixolok A.N.Leontevning fikricha bolalarning o'yin faoliyatlarida real
voqeylikdan chetga chiqib ketish darajasidagi afsonaviylik yuq. Bolalar o'yinlaridagi
turli-tuman harakatlar va narsalar voqeylikda haqiqatdan bor bo'lgan real harakat va
real voqeylik bilan, bog'liqlik bilan bo'lmagan xayoliy, afsonafiy o'yinlar yaratishning
hali uddasidan chiqa olmaydi. Bolaning hayoti qanchalik mazmundar va yashash
doirasi qanchalik keng bo'lsa uning o'yinlari ham shunchalik xilma-xil bo'ladi natijada
bola zerikib qolmaydi. Bolalarning psixik revojlanishiga o'yinchoqlarning ta'siri ham
bor. O'yinchoqning bola psixik taraqqiyotiga ta'sirini o'rganish ishlariga XIX arsga
kelib jiddiy etibor berala boshlaydi. Bu yo’nalishdagi birinchi tatqiqot ishlarini nemis
pedagogi Frebel tomonidan ilmiy tomonlama o’rganildi. Frebel o’z tatqiqotlarida
bolaning dunyoga kelgan birinchi kunlaridanoq bilish jarayonlarini rivojlantirish
zarurligini aytib o’tadi.
Bolalar o’yin faoliyatining yana bir xususiyati, uyinning umumiylik
haraktiriga ega bo’lishidir. Bola o’zining turli- tuman o’yinlarida faqat o’ziga tanish
bo’lgan yolg’iz bir kasb egasining emas umuman haydovchilarning,
millitsionerlarning, tarbiyachilarning, uchuvchilarning, katta harakatlarini aks ettiradi.
Xulosa qilib aaytganda maktabdagi yoshgacha bolalar uchun o’yin
faoliyatining ularning har tomonlama rivojlanishiga asosiy vositadur. O’yin orqali bola
hayotini o’rganadi, o’zini anglaydi, shaxs sifatida shakllanadi. Shu sababli
maktabgacha talim muassasalarida o’yin faoliyatiga asoslangan metodikalar keng
qo’llanilishi zarur.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
317
FOYDALANILADIGAN ADABIYOTLAR.
1.Makarenko.A.S. Pedagogik asarlar-Toshkent.1986
2.Leontev.A.N Faoliyat, ong va shaxs-Maskva:Pedagogika.1975
3.Piaje .J. Bolalar taffakuri va dunyo qarashi.
4.Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi.
5.Z.T.Nishonova. Nizomiy nomidagi TDPU proffessori psixologiya fanlari doktori.
6.S.T.Madaliyeva. 1 TPK psixologiya fan o’qituvchisi.
7.Pardayeva G. o’yin faoliyatining nazariy asoslari. Toshkent 2021.