MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
410
JAZO TAYINLASHDA HISOBGA OLINADIGAN HOLATLAR
INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISHNING AYRIM MASALALARI
NormetovTohirjonXomitovich
ChirchiqOliy tank qo‘mondonlikmuhandislikbilimyurti
Gumanitarfanlarkafedrasikattao‘qituvchisi, dotsent
Annotatsiya: Ushbu maqolada jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo
tayinlashda hisobga olinishi shart bo‘lgan holatlar hamda uchraydigan ayrim
muammolar yoritilgan. Jinoyat qonunining muhim prinsiplarining buzilishi, ushbu
holatlarda xorijiy davlatlar soha mutaxassislari fikrlari, jinoyat huquqida jazo
tayinlashda hisobga olinadigan holatlar haqida fikrlar bildirilgan.
Kali so‘zlar: liberallashtirish, jinoyat, jazo, sud, qilmish, axloq, odob, ayb
shakllari, huquqiy ta’sir choralari, jinoiy faoliyat va h.k.
Аннотация. В данной статье рассматриваются обстоятельства,
которые необходимо учитывать при определении наказания лицу,
совершившему преступление, а также некоторые возникающие при этом
проблемы, нарушения важных принципов уголовного права, мнения экспертов
зарубежных стран по этим делам, а также обстоятельства, которые
учитываются при определении наказания в уголовном праве.
Ключевые слова: либерализация, преступление, наказание, суд,
поступок, мораль, этикет, формы вины, правовые меры, преступная
деятельность и т. д.
“Inson – davlat va jamiyat uchun maqsadga erishish vositasi emas, aksincha,
ana shu maqsadning bosh mazmuni va manbai hamda, eng oliy qadriyat bo‘lishi
lozim.Biz barpo etayotgan Yangi O‘zbekiston uchun «Inson qadri va xalq manfaati,
hamma narsadan ustundir! Yangilanayotgan Konstitutsiyamizda ushbu tamoyillar
aniq ifoda etilishi, o‘zining mukammal huquqiy yechimini topishi zarur”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
411
Sh.Mirziyoyev
Mamlakatimizda mustalikka erishgandan so‘ng sud-huquq sohasida amalga
oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizda inson, uning huquq va qonuniy manfaatlarini
himoya qilishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Bu borada so‘z ketganda
davlatimiz birinchi Prezidenti tomonidan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni
yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”da “shuni
alohida qayd etish lozimki, jinoiy-huquqiy sohadagi siyosatni takomillashtirishda
jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchchiligini yanada liberallashtirish va
insonpavrlarlik tamoyillariga muvofiqlashtirish eng muhim yo‘nalishga aylandi”, deb
ta’kidlanganlarini eslab o‘tish joiz.
Ma’lumki jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan jazo mahkumni axloqan
tuzatish, uning jinoiy faoliyatini davom ettirishga to‘sqinlik qilish hamda mahkum,
shuningdek boshqa shaxslar yangi jinoyat sodir etishining oldini olish maqsadida
qo‘llaniladi. O‘z navbatida jinoyat qonuninning muhim prinsiplaridan biri bo‘lib
odillik prinsipining mohiyatiga ko‘ra, jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga
nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni
jinoyatning og‘ir yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga
muvofiq bo‘lishi kerak.
O‘z-o‘zidan aynan bitta jinoyat sodir qilgan barcha shaxsga ham aynan bir xil
jazo tayinlash maqsadga muvofiq bo‘lib hisoblanmaydi. Chunki, jinoyat sodir etishda
aybning shakli, qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi, jinoyat sodir etish usuli va
sabablari, jinoyat sodir qilishda ishtirok etganlik darajasi, shuningdek jinoyat sordir
qilgan shaxsning ijtimoiy xavfliligi va boshqa qator holatlar ham mavjudki, bunday
holatlar bir xil turdagi ikkita jinoyat sodir etgan ikkita shaxsga nisbatan aynan bir jazo
tayinlash imkonini bermaydi. Bunday holatlarning jinoyat qonunida mustahkamlanishi
mazkur jinoyat qonunida qanchalik darajada odillik prinsipining ta’minlanganligidan
dalolat beradi.
Aytaylik, ikkita shaxs o‘g‘irlik jinoyati sodir qilishda ayblanayotgan, biri qimor
o‘yinida yutqazib qo‘ygan pulni to‘lash uchun, ikkinchisi muhtojlikdan – og‘ir kasal
onasiga dori sotib olish uchun o‘g‘irlik qilgan yoxud ulardan biri voyaga yetmagan,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
412
ikkinchisi xavfli retsidivist bo‘lsa, ularga nisbatan nisbatan bir xil jazo tayinlash,
qonunning adolat prinsiplariga ham, insonparvarlik prinsiplariga ham zid bo‘ladi.
Bu haqda so‘z ketganda birinchi prezidentimiz I.Karimov tomonidan to‘g‘ri
ta’kidlanganidek, jinoyatlarni belgilash qoidalarining Jinoyat kodeksimizning umumiy
yo‘nalishini tom ma’noda o‘zgartirishga va huquqiy demokratik davlat tamoyillariga
moslashtirishga imkon beradi [1-2].
Таъкидлаш жоизки, адолатли жазо тайинланиши ундан кўзланган
мақсадларга–маҳкумни ахлоқан тузатиш, маҳкум ва бошқа шахслар томонидан
янги жиноятлар содир этилишининг олдини олишга эришиш самарадорлигини
оширишга хизмаи қилади [2 45].
Шунингдек, ҳуқуқшунос олим М.Усмоналиевнинг таъкидлашича,
асоссиз равишда оғир жазо чорасини тайинлаш субъектда адолатсизликдан
норозилик, адолат ва қонунга ишончсизлик ҳиссини вужудга келтиради. Бундай
ҳолат ҳам жазонинг мақсадига эришишга тўсиқ бўлиб қолади. Энг ёмони,
Жиноят кодексида назарда тутилган одиллик принципи бузилади.[3- 13].
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga bir qator
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganiga qaramay odillik prinsipi o‘z kuchini
yo‘qotmadi, hamda jazo tayinlash bilan bog‘liq masalalarda jazo tayinlashdahisobga
olinadigan holatlar doirasini qat’iy belgilab qo‘ydi. Jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksi 54-moddasining ikkinchi qismida sud jazo tayinlashda
sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning
sababini, yetkazilgan zararning xususiyatini va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda
jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olishni
mustahkamladi.
Ta’kidlash joizki, jinoyat huquqida jazo tayinlashda hisobga olinadigan
holatlar huquqshunoslarning ilmiy doirasidagi bahsli masalalardan biri hisoblanadi.
Jazo tayinlashda hisobga olinadigan holatlarning dolzarbligi shu bilan izohlanadiki,
bugungi kunga qadar jazo tayinlashda sud tomonidan hisobga olinadigan holatlar
doirasi borasida qat’iy yagona fikr mavjud emas. Bu borada bir guruh olimlar jazo
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
413
tayinlashda hisobga olinadigan holatlar doirasini aniq belgilab berish lozim deb
hisoblaydilar.
Xorijiy davlatlar olimlarining bu boradagi qarashlarini tahlil qilar ekanmiz
ularda ham jazo tayinlashda hisobga olinadigan holatlar masalasiga yondashuv turlicha
ekanligiga guvoh bo‘lamiz.
Bunda jinoyatlar, jumladan, V.M.Lebedovning umumiy tahriri ostida chop
etilgan Rossiya Federatsiyasining Jinoyat kodeksiga sharhlarda jazo tayinlashda
hisobga olinadigan holatlarga adolatli va maqsadga muvofiq jazoning kafolati sifatida
ta’rif berishar ekan, jinoyat qonunidan kelib chiqib, jazo tayinlashda hisobga
olinadigan holatlarni alohida ajratib ko‘rsatadilar[4-67-69].
Bunda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri hisobga olinadigan
holatlarni alohida ajratib ko‘rsatadilar. Bunda jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va
xarakteri hisobga olinishini ta’kidlay borib, asosiy e’tiborni qasd yo‘naltirilgan
ijtimoiy munosabatga qaratadilar hamda bunda sodir etilgan jinoyatlarning usuli,
motivi, aybning shakli kvalifikatsiyalovchi belgilari, ijtimoiy munosabatlarning
ijtimoiy ahamiyati muhim ahamiyatga egaligini qayd etadilar. Ijtitmoiy xavflilik
darajasining ahamiyati haqida so‘z ketganda olimlar mazkur kategoriyani har bir
shaxsning jinoyat sodir etishdagi rolini aniqlash, jinoyat ishtirokchilarining
ishtirokchilik shaklini belgilash bilan bog‘liqligini qayd etib, ijtimoiy xavflilik
darajasini ham jazo tayinlashda hisobga olinadigan holatlardan biri ekanligini
ta’kidlaydilar.
Shuningdek, olimlar jazo tayinlashda hisobga olinadigan holatlar qatoriga
jinoyat sodir etish bosqichi, jinoyat sodir qilgan jinoyatchining shaxsini o‘rganish,
uning ilgari sudlanganligi, og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarining
mavjudligi bilan birga jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsning oilaviy
sharoiti ham hisobga olinishini ta’kidlab o‘tadilar.
Rossiyalik huquqshunos olimlar, jazo tayinlashda hisobga olinadigan holatlarni
tahlil qilar ekan, jazo tayinlashda hisobga olinadigan holatlar zaruratini quyidagi ikki
omil bilan asoslaydilar:
birinchidan, ta’sir choralarini tanlashning qonuniy chegarasini aniqlashtirish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
414
ikkinchidan, sud jazo tayinlashda inkor eta olmaydigan omillarni aniqlash.
Yuqoridagi omillardan kelib chiqib, mazkur guruhdagi omillar jazo tayinlashda
hisobga olinadigan holatlar sifatida quyidagilarni sanab o‘tadilar.
-jinoyatning ijtimoiy xavflilik xarakteri va darajasi;
- aybdorning shaxsi, uning psixologik va biologik xususiyatlari, sudlanganligi,
jinoyat sodir qilgan holatda alkogol ichimliklar ta’sirida bo‘lganligi, jamoat tartibini
buzishi;
-jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlari;
-mahkumning oilaviy sharoiti, ya’ni bunda mahkumning oilada yagona
boquvchi ekanligi, uning qaramog‘idagi keska ota-onasi va voyaga yetmagan bolalari
borligi;
-sodir etilgan jinoyatning yakuniga yetkazilganligi yoki jinoyat sodir etgan
shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra jinoyatning tugallanmay qolganligi[4- 74-
77].
Huquqshunos V.K.Duyunov ma’sul muharrirligida tayyorlangan Rossiya
Federatsiyasining Jinoyat kodeksiga sharhlarda esa, yana bir guruh olimlar jazo
tayinlashning umumiy asoslariga sud tomonidan har bir sudlanuvchiga jazo
tayinlashda majburiy amal qilishi lozim bo‘lgan qonunda belgilangan asosiy talablar
sifatida ta’rif berib o‘tar ekanlar, bunda jazo tayinlashning umumiy asoslari qonuniylik,
jazoning odilligi va individualligi tan olinishini ta’kidlab o‘tadilar [5- 52-55].
O‘z navbatida esa, jazo tayinlashning umumiy asoslari sifatida quyidagi
holatlarni sanab o‘tadilar:
-jazoning maksimal muddati muayyan jinoyat uchun belgilangan chegaradan
o‘tmasligi;
-jazoning individuallashtirilganligini ayni paytda ushbu guruhga mansub
olimlar mazkur holatlarga sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va
xarakterini, aybdorning shaxsini, shuningdek, barcha ijtimoiy xususiyatlarni, barcha
og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlarni, aybdor shaxsning oilaviy
sharoitlarini [6-456-467].
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
415
Yana bir huquqshunos A.V.Naumovningqayd etishicha, jazo eng avvalo,
jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteridan kelib chiqib, ilgari sudlanganligi,
og‘irlantiruvchi va yengillashtiruvchi holatlar, oilaviy ahvoli jazo tayinlashning
umumiy asoslari sifatida keltirib o‘tadi [7- 125].
Xorijiy mamlakatlar jinoyat qonunchiligidagi jazo tayinlashda hisobga
olinadigan holatlarni kuzatar ekanmiz, ular doirasi turlicha ekanligiga guvoh bo‘lamiz.
Jumladan, RF jinoyat kodeksining 60-moddasida jazo tayinlashning umumiy qoidalari
belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra sud jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakteri
aybdorning shaxsi, shu jumladan jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi
holatlarni, shuningdek mahkumning oilaviy hayotini e’tiborga olib jazo tayinlaydi.
Gruziya Jinoyat kodeksining 53-moddasida jazo tayinlashning umumiy
qoidalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra jazo tayinlashda jazoning og‘irlashtiruvchi va
yengillashtiruvchi holatlari,sodir etilgan jinoyatning motivi va maqsadlari, aniqlangan
huquqqa qarshi iroda aybdorning jabrlanuvchi bilan yarashganligi, birinchi navbatda
yetkazilgan zararni qoplanganligi, aybdorning sodir etgan qilmishidan keyingi xulqi,
aybdorning oldingi hayotidagi shaxsiy va iqtisodiy sharoiti, majburiyatlarini buzilishi
chorralari va xarakteri, turlari usullari va huquqqa qarshi harakatni amalga oshirish
natijasi e’tiborga olinishi belgilangan.
Ukraina Jinoyat kodeksining 65-moddasiga binoan, jazo tayinlashda sodir
etilgan jinoyatning og‘irlik darajasi, aybdorning shaxsi va jazoni og‘irlashtiruvchi va
yengillashtiruvchi holatlari hisobga olinsa, Belarus Respublikasi Jinoyat kodeksining
62-moddasida esa, sud jazo tayinlashda jazoni individuallashtirish prinsipidan kelib
chiqib, ya’ni sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi va xarakateri,
qilmishning motivi va maqsadi, aybdorning shaxsi, yetkazilgan zarar miqdori, jazoni
og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlari, ish bo‘yicha jabrlanuvchining
ayblanuvchi haqidagi shaxsiy fikri hisobga olinib, hukmda tanlangan jazo chorasi
asoslanibberiladi.
Turkmaniston Respublikasi Jinoyat kodeksining 56-moddasiga binoan, jazo
tayinlashda jinoyatning og‘irligi va xarakteri, qilmishning motivi va maqsadi, oqibati,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
416
aybdorning shaxsi, jazo og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlari, shuningdek
oilaviy ahvoli va tayinlanadigan jazoning ta’siri hisobga olinishi belgilangan.
Ozarbayjon
Respublikasi
Jinoyat
kodeksining
58-moddasida
jazo
tayinlashdajinoyatning ijtimoiy xavlilik darajasi va xarakteri, aybdorning shaxsi, shu
jumladan jazoni og‘irlashtiruvchi va yengillashtiruvchi holatlari, shuningdek
mahkumning tuzatishda tayinlanadigan jazoni ta’siri va oilaviy hayoti hisobga olinishi
mustahkamlangan.
Endi o‘zimizda, ya’ni O‘zbekischton Respublikasi Jinoyat kodeksining 54-
moddasida sud sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini,
qilmishning sababini, yetkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning
shaxsini hamda jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga olgan
holda jazo tayinlanishi belgilangan.
Demak, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 54-moddasida jazo
tayinlashning umumiy asoslari belgilangan bo‘lib, unga muvofiq sud tomonidan jazo
tayinlashda quyidagilar hisobga olinadi:
-sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi;
-qilmishning sababi;
-yetkazilgan zararning xususiyati va miqdori;
-jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlar.
Ayni paytda ta’kidlab o‘tish joizki, Oliy sud Plenumining qarorlarida ushbu
holatlar izohlanar ekan, jazo tayinlashda inobatga olinadigan har bir holatni batafsil
yoritib bergan.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki Oliy sudPlenumining “Sudlar
tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”giqarorida sudlar
tomonidan jinoyat uchun jazoning to‘g‘ri tayinlanishi odil sudlovni amalga
oshirishning muhim kafolati ekanligi ta’kidlanib, bunda asosiy e’tibor mahkumni
axloqan tuzatish, mahkum va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyatlar sodir
etilishining oldini olishga erishish samaradorligini oshirishga qaratilishi belgilangan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
I.Karimov. Adolat- qonun ustivorligida. “Xalq so‘zi”, 2001 yil 30 avgust.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
417
2.
O‘zbekistong Respublikasi Oliy sudi Axborotnomasi. Т.: 2023й В 46
3.
M. Usmonaliyev. Jazo tayinlash. –T.: Yangi asr avlodi, 2003.- B.13.
4.
Коментарий к Уголовному кодексу Российской Федерации / Отв.ред.
В.М.Лебедев-3 -е изд.2004.-С 67-69.
5.
Коментарий
к
Уголовному
кодексу
Российской
Федерации
(постатейный). В.К.Дуюнов и др,2005.-С 52-55.
6.
Коментарий к Уголовному кодексу Российской Федерации -2-е изд. 2004.
- С 53.
7.
Наумов В.А. Практика применения Уголовного кодекса Российской
Федерации: коментарий судебной практике и доктриналоьное толкование. 2005.-
С 125.