Authors

  • Qutbiddinov Muhriddin Zuhriddin o’g’li

Author Biography

  • Qutbiddinov Muhriddin Zuhriddin o’g’li

    Oltiariq sanoat va texnologiyalar texnikumi (Fargʻona viloyati, Oltiariq tumani)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117628

Keywords:

yo‘l harakati xavfsizligi huquqiy me’yor yo’l belgilari harakat qatnashchilari avtomatlashtirish svetofor tizimi videokuzatuv.

Abstract

Ushbu maqolada yo‘l harakati qoidalari fanining mazmuni, asosiy maqsad va vazifalari, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi roli, o‘quvchilarga beriladigan asosiy bilimlar, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar orqali yo‘l harakati madaniyatini oshirish masalalari keng yoritilgan. Maqola umumiy o‘rta va kasb-hunar ta'lim muassasalarida ushbu fandan dars berayotgan o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun metodik ko‘mak sifatida tavsiya etiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_Май –2025

188

YO’L HARAKATI QOIDALARI VA ULARNING ZAMONAVIY

AHAMIYATI

Mavzusidagi ilmiy-maqola.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

OLTIARIQ SANOAT VA TEXNOLOGIYALAR TEXNIKUMI

Fargʻona – 2025


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_Май –2025

189

YO’L HARAKATI QOIDALARI VA ULARNING ZAMONAVIY

AHAMIYATI

Qutbiddinov Muhriddin Zuhriddin o’g’li

Oltiariq sanoat va texnologiyalar texnikumi (Fargʻona viloyati, Oltiariq

tumani)

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada yo‘l harakati qoidalari fanining

mazmuni, asosiy maqsad va vazifalari, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashdagi roli,

o‘quvchilarga beriladigan asosiy bilimlar, shuningdek, zamonaviy texnologiyalar

orqali yo‘l harakati madaniyatini oshirish masalalari keng yoritilgan. Maqola

umumiy o‘rta va kasb-hunar ta'lim muassasalarida ushbu fandan dars berayotgan

o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun metodik ko‘mak sifatida tavsiya etiladi.

ABSTRACT:

This article extensively covers the content, main goals and

objectives of the subject of traffic rules, its role in ensuring road safety, the basic

knowledge that students should be given, as well as the issues of improving traffic

culture through modern technologies. The article is recommended as a

methodological aid for teachers and students teaching this subject in general

secondary and vocational educational institutions.

Kalit so‘zlar

: yo‘l harakati xavfsizligi, huquqiy me’yor, yo’l belgilari, harakat

qatnashchilari, avtomatlashtirish, svetofor tizimi, videokuzatuv

.

Yo‘l harakati qoidalari fanining asosiy maqsadlari:

O‘quvchilarda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni

shakllantirish;

Ularni yo‘l harakatida ishtirok etish tartiblari bilan tanishtirish;

Yo‘l harakati xavfsizligi borasida ongli munosabatni tarbiyalash;

Hayotiy vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishni o‘rgatish;

Fuqarolik javobgarligi va xavfsizlik madaniyatini mustahkamlash.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_Май –2025

190

Harakat xavfsizligi va yo‘l harakati qoidalari har bir davlatda, shuningdek,

dunyoning turli mamlakatlarida ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi. Ko‘plab

halokatlarning oldini olish va yo‘llarda xavfsiz harakatni ta’minlash maqsadida

qoidalar ishlab chiqilgan. Ushbu maqolada yo‘l harakati qoidalari va harakat

xavfsizligi haqida batafsil to‘xtalamiz, ularning hayotdagi ahamiyatini ko‘rsatib

o‘tamiz.

Avtomobil yo'llarida chorrahalar turli sathlarda kesishishi mumkin.

Rivojlangan mamlakatlarda 6-7 sathlarda kesishgan chorrahalarni ko'rishimiz

mumkin. Bugun Toshkent shahrida 3 sathli chorrahali kesishmalar mavjud bo'lib,

asosan bunday chorrahalarda transport vositalari harakatlanishda bir-biriga qisman

ta'sir qiladi. Avtomobil yo'llarining kesishish va tutashish joylarida maksimal

ravishda harakat xavfsizligini ta'minlash zarur. Bu esa ularning bir-biriga nisbatan

qulay burchak ostida joylashganiga, kesishuvchi yoki tutashuvchi yo'llardagi harakat

miqdoriga, ko'rinish masofasiga, texnik vositalar bilan jihozlanganlik darajasiga

bog'liq bo'lib, harakatni tashkil etish sxemasini tuzishda shu sanab o'tilgan omillar hal

qiluvchi o'rinni egallaydi. Kesishuvchi yoki tutashuvchi yo'llardagi harakat

miqdorining hajmiga nisbatan ular bir yoki har xil sathda joylashtirilishi mumkin.

SHNQ 2.05.02-07 tavsiyalariga ko'ra, avtomobil yo'llarining turli sathda

kesishishi va tutashishini asosan quyidagi hollarda qabul qilish zarur:

І

a

darajali yo'llarda - barcha darajali yo'llar bilan, І

b

va І

a

darajali yo'llarda II

va III darajali yo'llar bilan;

III darajali yo'llarning o'zaro kesishish joylarida kelajakdagi jami harakat

miqdori bir sutkada (ikkala kesishuvchi yoki qo'shiluvchi yo'llarda) 8000 engil

avtomobilga keltirilgan qiymatdan oshsa.

Avtomobil yo'llarida ko'pchilik hollarda tartibsiz ravishda bir sathdagi

chorrahalar va tutashmalar uchraydi. Harakatni tashkil etishda birinchi navbatda yo'l

bo'ylab joylashgan chorrahalarni (u oddiymi, qisman kanallashtirilganmi yoki

boshqacha turdagi bo'lishidan qat'iy nazar) quyidagi me'yoriy ko'rsatkichlarga

keltirish darkor. І

a

va І

b

toifali avtomobil yo'llarida kesishishlar yoki tutashishlar soni

juda kam bo'lishi kerak.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_Май –2025

191

Ushbu amaliy ishida bir sathli chorrahalarda transport vositalarining harakat

miqdorini yo'nalishlar bo'yicha o'zgarishini aniqlash vazifasi berilgan bo'lib, bunda

har bir yo'nalishda harakatlarayotgan transport vositalarining miqdori va tarkibini

aniqlab tahlil qilib chiqamiz.

1-rasm. Amir Temur – Osiyo ko‘chalari kesishmasi. N

1

, N

2

, …. N

15

, N

16

-

avtomobillar harakat jadalligi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_Май –2025

192

2-rasm. Bir sathda kesishgan chorrahadagi yo’nalishlar.

Yo‘l harakati qoidalari birinchi navbatda inson hayotini saqlashga, yo‘l

ishtirokchilari o‘rtasida tartib o‘rnatishga qaratilgan. Ular asosan ikki turga bo‘linadi:

transport vositalari uchun va piyodalar uchun belgilangan qoidalar. Har bir yo‘l

ishtirokchisi, ya’ni haydovchilar, piyodalar, velosipedchilar va boshqa transport

vositalari egalari, o‘zlarining harakatlari orqali yo‘l harakati xavfsizligini

ta’minlashga mas’uldirlar.

Haydovchilar uchun qoidalar

Haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, yo‘lni to‘g‘ri va xavfsiz

boshqarish majburiyati yuklanadi. Ular quyidagi qoidalarga amal qilishlari kerak:

Tezlikni cheklash

: Har bir yo‘l turi va ob-havo sharoitiga mos ravishda

maksimal tezlik belgilangan bo‘lib, haydovchilar bu tezlikni oshirishdan saqlanishlari

kerak. Tezlikni oshirish avtohalokat xavfini orttiradi.

Yo‘l belgilari va sinalariga rioya qilish

: Yo‘l belgilari har bir

haydovchiga qaysi yo‘lda harakatlanishni, qachon to‘xtashni, qachon burilish qilishni

ko‘rsatadi. Har qanday signal, trafik chiroqlari yoki harakatlanish yo‘nalishlari

belgilari bilan tanishish va ularga rioya qilish haydovchining burchidir.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_Май –2025

193

Yog‘ingarchilik va qishki sharoitlarda ehtiyotkorlik:

Yomg‘ir, qor yoki

muzli yo‘llarda haydashda tezlikni kamaytirish va yo‘l holatini hisobga olish

muhimdir.

Piyodalar Uchun Qoidalar

Piyodalar yo‘l harakatida muhim rol o‘ynaydi. Ular quyidagi qoidalarga amal

qilishlari kerak:

Yo‘lni kesishda e’tiborli bo‘lish

: Piyodalar faqat piyodalar yo‘lagidan

(zebra yo‘li) yoki signalizatsiya qilingan o‘tkazgichlardan o‘tishlari lozim.

Yo‘lni kesish paytida tezlikni hisobga olish:

Piyodalar yo‘lni kesishdan

oldin atrofni diqqat bilan kuzatib, tezlikni to‘g‘ri baholashlari kerak.

Harakat xavfsizligini ta’minlash

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda faqat qoidalarga rioya qilish emas,

balki yo‘l harakati ishtirokchilarining ehtiyotkorligi va ongli harakatlari ham katta

ahamiyatga ega.

Harakat xavfsizligini ta’minlashda har bir avtomobilning texnik holati va

uning to‘g‘ri ishlashi muhimdir. Haydovchining avtomobilini muntazam ravishda

texnik ko‘rikdan o‘tkazish, yoritish tizimi va tormozlarni tekshirish orqali

avariyalarning oldini olish mumkin.

Xavfsizlik kamarini taqish — haydovchilar va yo‘lovchilar uchun yo‘l

harakati xavfsizligini ta’minlashda eng muhim omillardan biridir. Statistikaga ko‘ra,

xavfsizlik kamaridan foydalanish halokatlarning oldini olishda 40% ga qadar samarali

hisoblanadi.

Haydovchilar alkogol, giyohvand moddalardan yoki ba’zi dori-darmonlardan

foydalanganda avtomobilni boshqarish qobiliyatini yo‘qotishlari mumkin. Shuning

uchun yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun haydovchilar alkogol ichimliklar

yoki giyohvand moddalar iste’mol qilmasliklari lozim.

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash uchun yo‘l infratuzilmasi ham katta rol

o‘ynaydi. Yangi yo‘llarni qurish, eski yo‘llarni yangilash, kengaytirish va

belgilarning to‘g‘ri joylashtirilishi harakat xavfsizligini oshiradi. O‘zbekiston kabi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_Май –2025

194

mamlakatlarda yo‘l tarmog‘ining kengayishi bilan yo‘l harakati qoidalarining

modernizatsiya qilinishi va rivojlantirilishi kerak.

Yo‘l harakati xavfsizligi masalalari faqat qonunlar va qoidalarga amal qilish

bilan chegaralanmaydi. Bu jamiyatning barcha qatlamlari tomonidan qo‘llab-

quvvatlanishi lozim. Xavfsiz yo‘l harakati uchun har bir fuqaro, tashkilotlar, davlat

idoralari va turli sohalar o‘rtasidagi hamkorlik juda muhimdir. Ta’lim tizimi orqali

yoshlarni harakat xavfsizligi haqida tarbiyalash, ommaviy axborot vositalaridan

foydalanish orqali keng jamoatchilikni bu borada ogoh qilish zarur.

Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi – har bir insonning hayotini

saqlashda muhim o‘rin tutadi. Haydovchilar, piyodalar va boshqa ishtirokchilar o‘z

harakatlarini ongli ravishda boshqarib, xavfsiz harakat qilishlari kerak. Yo‘l harakati

qoidalariga rioya qilish va xavfsizlikni ta’minlash orqali biz jamiyatimizda

avtohalokatlar sonini kamaytirish va har bir fuqaroning sog‘lig‘ini saqlashga

erishishimiz mumkin.

Xulosa

Yo‘l harakati qoidalari fanini chuqur o‘qitish orqali yosh avlodga xavfsizlik

madaniyatini singdirish, ular ongida mas'uliyat hissini oshirish, fuqarolik

pozitsiyasini shakllantirish mumkin. Shu bois, quyidagi tavsiyalarni berish mumkin:

Fan darslarida amaliy mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor qaratish;

Mahalliy IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda

tadbirlar o‘tkazish;

“Yo‘l harakati kuni”, viktorinalar, tanlovlar uyushtirish;

Ta’lim muassasasi atrofida yo‘l belgilarining o‘rnatilishi va ularni

o‘rgatish;

Ota-onalar ishtirokida seminar va suhbatlar o‘tkazish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni.

2.

Yo‘l harakati qoidalari (2023-yil tahriri).

3.

Maktab o‘quv dasturlari va darsliklari.

4.

Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi IIV tavsiyalari.

Most read articles by the same author(s)