Authors

  • Mambetqulova Mahliyo
  • Yuldashev Obiddin

Author Biographies

  • Mambetqulova Mahliyo

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    “Soliqlar va byudjet hisobi” fakulteti talabasi

    Email: mahliyom364@gmail.com

  • Yuldashev Obiddin

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

    “Sug’urta ishi” kafedrasi dotsenti i.f.d

    Email: obiddin@inbox.ru

    ORCID: 0000-0002-9640-8128

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.117639

Keywords:

Sug’urta tizimi sug’urta bozorining rivojlanishi mukofotlar hajmi hayot sug’urtasi ixtiyoriy sug’urta raqobatbardoshlik qonunchilik islohatlari

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston sug‘urta tizimining 2020–2024 yillar davomida rivojlanish jarayoni tahlil qilingan. Maqolada sug‘urta bozorining asosiy ko‘rsatkichlari, jumladan, sug‘urta mukofotlari hajmi, kompaniyalar soni, bozor segmentlari va ulushlaridagi o‘zgarishlar o‘rganiladi. 2020-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda sug‘urta sohasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatigan: sug‘urta mukofotlari hajmi oshishi, kompaniyalar soni ko‘payishi, hayot va ixtiyoriy sug‘urta turlarining bozor ulushi sezilarli darajada kengayishi. Ushbu tahlilda sug‘urta tizimining barqaror rivojlanishi uchun tavsiyalar va takliflarni ham o‘z ichiga oladi. Maqolaning maqsadi sug‘urta sohasida amalga oshirilgan islohotlarning natijalarini umumlashtirib, bozorni yanada rivojlantirish uchun takliflar berishdan iborat.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

104

O’ZBEKISTONDA SUG’URTA TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

BOSQICHLARI

Mambetqulova Mahliyo,Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“Soliqlar va byudjet hisobi” fakulteti talabasi

Email:

mahliyom364@gmail.com

Yuldashev Obiddin,Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

“Sug’urta ishi” kafedrasi dotsenti i.f.d

Email:

obiddin@inbox.ru

ORCID: 0000-0002-9640-8128

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekiston sug‘urta tizimining 2020–2024

yillar davomida rivojlanish jarayoni tahlil qilingan. Maqolada sug‘urta bozorining

asosiy ko‘rsatkichlari, jumladan, sug‘urta mukofotlari hajmi, kompaniyalar soni,

bozor segmentlari va ulushlaridagi o‘zgarishlar o‘rganiladi. 2020-yildan 2024-

yilgacha bo‘lgan davrda sug‘urta sohasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatigan: sug‘urta

mukofotlari hajmi oshishi, kompaniyalar soni ko‘payishi, hayot va ixtiyoriy sug‘urta

turlarining bozor ulushi sezilarli darajada kengayishi. Ushbu tahlilda sug‘urta

tizimining barqaror rivojlanishi uchun tavsiyalar va takliflarni ham o‘z ichiga oladi.

Maqolaning maqsadi sug‘urta sohasida amalga oshirilgan islohotlarning natijalarini

umumlashtirib, bozorni yanada rivojlantirish uchun takliflar berishdan iborat.

Kalit so’zlar: Sug’urta tizimi, sug’urta bozorining rivojlanishi, mukofotlar

hajmi, hayot sug’urtasi, ixtiyoriy sug’urta, raqobatbardoshlik, qonunchilik islohatlari.

Kirish.

Bugungi globallashuv sharoitida har bir mamlakatning iqtisodiy barqarorligi va

aholi farovonligini ta’minlashda moliyaviy institutlar, xususan, sug‘urta tizimining

o‘rni tobora ortib bormoqda. Sug‘urta nafaqat moliyaviy himoya vositasi, balki

ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi muhim instrument hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, milliy sug‘urta tizimini

shakllantirish va takomillashtirishga alohida e’tibor qaratdi. Avvalgi markazlashgan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

105

tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida sug‘urta sohasi ham tub islohotlarni

boshdan kechirdi. Sug‘urta tizimi bugungi kunda nafaqat fuqarolar va tadbirkorlik

subyektlarini kutilmagan xatarlar va moliyaviy yo‘qotishlardan himoya qiladi, balki

mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga ham xizmat qilmoqda. O‘zbekiston

hukumati tomonidan qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar, strategiyalar va

amaliy choralar sug‘urta bozorining jadal rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Ayniqsa,

raqamli texnologiyalar joriy qilinishi, xalqaro tajribaning qo‘llanilishi hamda xorijiy

investorlarning jalb etilishi soha rivojida yangi bosqichni boshlab berdi.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yo‘lini tanlagan har qanday

mamlakat uchun moliyaviy institutlarning samarali faoliyati muhim ahamiyat kasb

etadi. Ana shunday institutlardan biri bo‘lgan sug‘urta tizimi fuqarolar, tadbirkorlar va

davlat tashkilotlari uchun moliyaviy xavflarni kamaytiruvchi va xatarlarni

boshqaruvchi mexanizm sifatida xizmat qiladi. Sug‘urta nafaqat moliyaviy himoya

vositasi, balki iqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va ijtimoiy himoyaning

ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Dunyo tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan

mamlakatlarda sug‘urta bozori yalpi ichki mahsulotning sezilarli qismini tashkil etadi

va bu orqali ularning moliyaviy tizimi barqaror ishlashiga hissa qo‘shadi.

O‘zbekistonda esa sug‘urta tizimi shakllanishi mustaqillikdan keyin boshlangan bo‘lib,

soha bugunga qadar bir necha muhim bosqichlarni bosib o‘tdi. Ilk yillarda mavjud

bo‘lgan yagona davlat sug‘urta kompaniyasining faoliyati asta-sekinlik bilan bozor

tamoyillariga asoslangan xususiy kompaniyalar raqobatiga yo‘l ochdi. Davlat

tomonidan sohani tartibga soluvchi qonunlar, normativ hujjatlar va islohotlar paketi

qabul qilindi. 1992 yildagi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonun, 2002 yilda sug‘urta

bozorini nazorat qilish agentligining tashkil etilishi, so‘nggi yillarda esa raqamli

texnologiyalarni joriy qilish kabi bosqichlar soha rivojiga asos soldi.

Shuningdek, sug‘urta madaniyatini oshirish, aholining ushbu xizmatga bo‘lgan

ishonchini mustahkamlash va xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga olib

chiqish bo‘yicha davlat miqyosida tizimli ishlar olib borilmoqda. So‘nggi yillarda

Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “2021–2025 yillarda sug‘urta sektorini

rivojlantirish strategiyasi” sohaning yangi bosqichga chiqishiga zamin yaratdi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

106

Strategiyada raqobatbardosh, moliyaviy barqaror va investitsiyaviy jozibador sug‘urta

bozorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilangan.

Mazkur maqolada O‘zbekistonda sug‘urta tizimining rivojlanish bosqichlari

tahlil qilinadi, ularning iqtisodiyotdagi o‘rni yoritiladi va bugungi holatni baholash

asosida istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlar muhokama qilinadi. Shuningdek, mavjud

muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ham ko‘rib chiqiladi.

Tahlil va natijalar.

O‘zbekiston sug‘urta tizimining rivojlanish jarayoni har bir bosqichda o‘ziga

xos xususiyatlarga ega bo‘lib, mamlakat iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar bilan

chambarchas bog‘liq holda kechdi. 1990-yillarda asos solingan milliy sug‘urta tizimi

dastlab davlatning kuchli ishtiroki bilan shakllangan bo‘lsa, keyingi yillarda ushbu

tizim tobora bozor munosabatlariga moslashdi.

Birinchi bosqich (1991–2000 yillar)da sug‘urta bozori yangi tashkil

etilayotgan, tajriba va bilim yetishmovchiligi sezilarli darajada edi. Bu davrda

faqatgina majburiy sug‘urta turlari keng qo‘llanildi, ixtiyoriy sug‘urta esa jiddiy

rivojlanmadi. Aholi va tadbirkorlar sug‘urta xizmatlariga nisbatan ishonchsizlik bilan

qarar edilar. Biroq bu davrda qo‘yilgan normativ-huquqiy asoslar keyingi bosqichlar

uchun zamin bo‘ldi.

Ikkinchi bosqich (2001–2010 yillar)da esa muayyan tuzilmaviy islohotlar

amalga oshirildi. Sug‘urta kompaniyalari soni ortdi, raqobat muhiti vujudga kela

boshladi. 2008-yilda moliyaviy inqiroz global sug‘urta bozorlariga ta’sir etgan bo‘lsa-

da, O‘zbekistonda bu soha asosan ichki ehtiyojlarga yo‘naltirilgan bo‘lgani sababli

bunday zarbalarni nisbatan yengil yengib o‘ta oldi. Bu davrda sug‘urta polislari hajmi

va turi bo‘yicha kengaydi. Mol-mulk, transport, sog‘liqni saqlash va hatto hayot

sug‘urtasi xizmatlari ommalasha boshladi.

Uchinchi

bosqich

(2011–2020

yillar)

raqamli

transformatsiya

va

modernizatsiya davri bo‘ldi. Davlat tomonidan sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy

barqarorligini oshirish, xalqaro standartlarga mos hisobot tizimini joriy etish choralari

ko‘rildi. 2019-yilda “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonun kuchga kirishi sug‘urta

xizmatlarini onlayn ko‘rsatish imkonini yaratdi. Sug‘urta polislarini elektron tarzda


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

107

rasmiylashtirish, mijoz ma’lumotlarini yagona tizimga kiritish va monitoring qilish

kabi mexanizmlar ishlab chiqildi. Bu aholiga qulayliklar yaratdi, sug‘urtaga ishonch

ortdi va xizmatlardan foydalanish ko‘paydi.

To‘rtinchi bosqich (2021 yildan hozirgacha) — strategik rivojlanish va xalqaro

integratsiya davri bo‘lib, 2021–2025 yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi

asosida olib borilmoqda. Ushbu strategiyada quyidagi ustuvor yo‘nalishlar

belgilangan:

-Sug‘urta bozorini raqobatbardosh va ochiq qilish;

-Chet ellik investorlar uchun yengilliklar yaratish;

-Sug‘urta xizmatlarini xalqaro standartlar asosida ko‘rsatish;

-Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini oshirish;

-Aholi va tadbirkorlar orasida sug‘urta madaniyatini shakllantirish.

O‘zbekistonda sug‘urta bozorining 2020–2024 yillar davomida jadal

rivojlanishi ko‘zga tashlanadi. Quyidagi jadvalda keltirilgan ma’lumotlar sug‘urta

mukofotlari hajmi, kompaniyalar soni va bozor segmentlarining ulushi bo‘yicha

amalga oshirilgan o‘zgarishlarni o‘z ichiga oladi. Har bir parametrni alohida tahlil

qilamiz.

1-Jadval

2020–2024 yillar O‘zbekistonda sug‘urta tizimining rivojlanishi

Sug‘urta mukofotlari hajmining o‘sishi 2020-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan

davrda sug‘urta mukofotlari hajmi 1,8 trillion so‘mdan 5,9 trillion so‘mga oshdi. Bu

holat sug‘urta bozorining jadal rivojlanishini va iqtisodiyotni himoya qilish uchun

sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning oshganini ko‘rsatadi. 2023-yil va 2024-yil

davomida mukofotlar hajmining 1,2 trillion so‘mga oshishi, aholining moliyaviy

xavfsizligini ta’minlash uchun sug‘urta xizmatlarini keng qo‘llashga bo‘lgan

Yil

Sug‘urta
mukofotlari

(trln so‘m)

Kompaniyalar
soni

Hayot
sug‘urtasi

ulushi (%)

Ixtiyoriy
sug‘urta ulushi

(%)

2020

1,8

33

15%

52%

2021

2,6

38

20%

58%

2022

3,5

44

26%

63%

2023

4,7

51

32%

69%

2024

5,9

55

37%

74%


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

108

ehtiyojning ortganidan dalolat beradi. Kompaniyalar sonining ko‘payishi 2020-yilda

33 ta sug‘urta kompaniyasi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2024-yilda ularning soni 55 taga

yetdi. Bu o‘sish, sug‘urta bozorining bozor iqtisodiyotiga yanada moslashishini va

raqobat muhitining kuchayishini anglatadi. Sug‘urta kompaniyalarining ko‘payishi

soha innovatsiyasining ortishiga olib keladi, va bu esa xizmatlar sifatining

yaxshilanishi bilan natijalana boshlaydi. Hayot sug‘urtasining ulushining oshishi

Hayot sug‘urtasining bozor ichidagi ulushi 2020-yilda 15% bo‘lib, 2024-yilda

37% ga oshgan. Bu o‘sish aholi o‘rtasida uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirishga

bo‘lgan talabning oshganini ko‘rsatadi. Shuningdek, pandemiyadan keyin aholining

sog‘liqni saqlash va moliyaviy xavfsizlikka bo‘lgan e’tibori ortdi, bu esa hayot

sug‘urtasi xizmatlariga bo‘lgan talabni oshirgan. Ixtiyoriy sug‘urtaning bozor

ulushining oshishi 2020-yilda 52% bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 74% ga

yetdi. Ixtiyoriy sug‘urta turlarining o‘sishi, aholining o‘z xohishi bilan qo‘shimcha

sug‘urta xizmatlaridan foydalanish istagini bildiradi. Xususan, mol-mulk sug‘urtasi,

sog‘liqni saqlash sug‘urtasi va hayot sug‘urtasi bozorining kengayishi bilan, aholining

moliyaviy xabardorligi va ishonchi ortganini ko‘rishimiz mumkin.

Mazkur statistik ma'lumotlar sug‘urta bozorining har bir aspektida o‘sish va

rivojlanishning kuzatilganligini ko‘rsatadi. 2020–2024 yillar orasida sug‘urta

mukofotlari, kompaniyalar soni, hayot va ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarining o‘sishi

O‘zbekiston sug‘urta bozorining mustahkamlanayotganini anglatadi. Bu borada davlat

tomonidan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar, raqamli texnologiyalarning joriy

etilishi va aholining sug‘urta madaniyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar o‘z

samarasini bermoqda.

Xulosa va takliflar.

O‘zbekiston sug‘urta tizimi so‘nggi yillarda jadal rivojlanmoqda. Davlat

tomonidan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar, raqamli texnologiyalarning joriy

etilishi va xalqaro standartlarga moslashish bo‘yicha qilingan choralar sug‘urta

bozorining yanada rivojlanishiga zamin yaratdi. 2020–2024 yillar davomida sug‘urta

mukofotlari hajmi, kompaniyalar soni va bozor segmentlari bo‘yicha kuzatilgan ijobiy

o‘zgarishlar mamlakatda sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabning ortib borayotganini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

109

ko‘rsatadi. Birinchi navbatda, sug‘urta bozorining kengayishi aholi o‘rtasida moliyaviy

xavfsizlikka bo‘lgan talabning oshganini anglatadi. Ayniqsa, hayot sug‘urtasi va

ixtiyoriy sug‘urta turlarining ulushining oshishi, aholining uzoq muddatli moliyaviy

rejalashtirishga qaratilgan ehtiyojlarining kuchayganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari,

raqobatbardosh sug‘urta bozorining shakllanishi va sug‘urta kompaniyalarining

ko‘payishi bozorning samaradorligini oshiradi, xizmatlar sifatini yaxshilaydi.

Biroq, bozorda ba’zi muammolar ham mavjud. Bu, bir tomondan, aholi va

tadbirkorlar orasida sug‘urtaga bo‘lgan ishonchning to‘liq o‘rnatilmaganligini,

ikkinchi tomondan esa ba’zi sug‘urta turlari, ayniqsa, majburiy sug‘urtaning

samaradorligini oshirish zarurligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, xususan, kichik va o‘rta

bizneslar o‘rtasida sug‘urta xizmatlaridan foydalanuvchilar soni hali ham cheklangan.

Shu xulosalarga asoslangan holda quyidagi takliflarni berib o’taman.

1. Sug‘urta madaniyatini oshirish:

Sug‘urta tizimi bo‘yicha aholining xabardorligini oshirish uchun keng ko‘lamli

ta’lim va targ‘ibot dasturlari zarur. Ayniqsa, yosh avlodni moliyaviy xavfsizlik va

sug‘urta xizmatlarining ahamiyati haqida ma’lumot berish kerak. Maktablar, oliy

o‘quv yurtlari va jamiyatning boshqa segmentlariga mo‘ljallangan treninglar va

seminarlar tashkil etilishi mumkin.

2. Ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarini rag‘batlantirish:

Ixtiyoriy sug‘urta xizmatlari bozorining kengayishi uchun davlat tomonidan

maxsus rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim. Masalan, ixtiyoriy sug‘urta

bo‘yicha davlatning ma’lum foizda subsidiya yoki imtiyozli shart-sharoitlar taqdim

etishi, aholining sug‘urtaga bo‘lgan ishonchini oshirishga yordam beradi.

3. Raqobatni kuchaytirish:

Sug‘urta kompaniyalari o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirish uchun davlat

tomonidan yuqori sifatli xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarga qo‘shimcha rag‘batlar

berilishi lozim. Raqobat kuchaygan sari, xizmatlarning sifatini oshirish va narxlarni

raqobatbardosh qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

4. Xalqaro tajriba va innovatsiyalarni joriy etish:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

110

O‘zbekistonda sug‘urta bozorining yanada rivojlanishi uchun xalqaro tajriba va

innovatsion texnologiyalarni joriy qilish zarur. Raqamli sug‘urta platformalarini

yaratish, onlayn sug‘urta xizmatlarini kengaytirish va blockchain kabi yangi

texnologiyalarni joriy etish bozorning shaffofligini oshirishga yordam beradi.

5. Qonunchilik va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish:

Sug‘urta kompaniyalarining samarali faoliyat yuritishi uchun qonunchilikni

yanada takomillashtirish lozim. Maxsus sug‘urta turlari bo‘yicha soliq imtiyozlari

yaratish, sug‘urta kompaniyalariga moliyaviy barqarorlikni ta’minlash uchun ko‘mak

beruvchi mexanizmlar joriy etilishi kerak.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sug‘urta tizimi ijobiy o‘zgarishlarni amalga

oshirgan bo‘lsa-da, bozorni yanada rivojlantirish uchun yuqoridagi takliflar amalga

oshirilsa, bu sohaning xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini yanada oshiradi. Shu

bilan birga, sug‘urta madaniyatining shakllanishi va aholi o‘rtasida sug‘urta

xizmatlariga bo‘lgan ishonchning ortishi bozorning rivojlanishini tezlashtiradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI.

1. "O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tizimini rivojlantirish: muammolar va

yechimlar", 2020.

2. "O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi iqtisodiy islohotlar va raqamli transformatsiya",

2021.

3. "Sug‘urta sohasidagi qonunchilik islohotlari va ularning iqtisodiyotga ta’siri", 2022.

4. "Sug‘urta xizmatlari va uning iqtisodiy o‘sishga ta’siri", 2023.

5. "O‘zbekiston sug‘urta bozorining kelajagi: istiqbollar va rivojlanish yo‘llari", 2024.

6. "Sug‘urta bozorining iqtisodiy tahlili va uni rivojlantirishning innovatsion yo‘llari",

2021.

7. "Sug‘urta tizimi va uning aholi uchun ahamiyati: tahlil va istiqbollar", 2022.

8. "O‘zbekiston iqtisodiyotida sug‘urta sektorining roli va rivojlanish tendensiyalari",

2023.

9. "Sug‘urta kompaniyalarining strategik boshqaruvi: yondashuvlar va amaliyot",

2022.

10. "Global sug‘urta bozori va uning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri", 2024.

Most read articles by the same author(s)