MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
413
MUQOBIL ENERGIYA MANBALARI VA ULARNI ELEKTR
TARMOQLARIGA INTEGRATSIYALASH
Qarshi dizayner va texnologlarni tayyorlash texnikumi
Choriyeva Farida Azamatovna Ishlab chiqarish taʼlimi uustasi
Alimova Yulduz Tagayberdiyevna Elektr yoʻnalishi oʻqituvchisi
Annotatsiya: Maqolada so‘nggi yillarda respublikaning iqtisodiy va ijtimoiy
sohalarida elektr energiyasini tejashni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-
tadbirlar amalga oshirilmoqda, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalarini
rivojlantirish va respublikada energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha
hukumatning asosiy qarorlari, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda
ishlatiladigan asosiy yoqilg‘i tarkibida tabiiy gaz va boshqa an’anaviy uglevodorod
yoqilg‘ilari hosil bo’layotgan muammolarni yechimi sifatida quyosh stansiyalari va
shamol stansiyasilaridan umumli foydalanish kerak ekanligi taxlil qilingan.
Kalit so’zlar: energiya, quyosh, shamol, muqobil, ekologik, quvvat, energiya
tejamkorlik.
KIRISH
Insoniyat hayot tarzining asosini energiya tashkil qilishi hech kimga sir emas.
Inson tomonidan iste’mol qilinayotgan umumiy energiya miqdori tarixiy rivojlanish
bosqichlariga bog‘liq. Masalan, ibtidoiy jamoa davrida, inson tomonidan bir kunda
iste’mol qilinadigan o‘rtacha quvvat, ya’ni ularning yashashini ta’minlovchi metabolik
energiya oziq-ovqatlar hisoblangan. Uning miqdori taxminan 2,4 kVt soatdan iborat
bo‘lsa, bugungi rivojlangan g‘arb mamlakatlarining yashash darajasida bu ko‘rsatkich
ibtidoiy jamoa tuzimiga qaraganda 10 martadan ko‘p va u 250 kVt soatni tashkil
qilmoqda.
Bu ko‘rsatkich insonning nafaqat tirikligini ta’minlovchi metabolik energiyani,
balki uning barcha zamonaviy ehtiyojlari: aloqa, elektr va issiqlik energiyasi, transport
kabilarni o‘z ichiga oladi. Jahon mamlakatlari miqyosida fuqarolarning bunday
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
414
talablarini uzilishlarsiz qondirish uchun albatta katta miqdordagi energiya zarur
bo‘ladi.
Aholisi soni 10 million atrofida bo‘lgan Shvetsiya qirolligida yiliga o‘rtacha
169,9 TVt soat (teravatt-soat) elektr energiyasi ishlab chiqarilsa, aholisi 36 milliondan
ziyod bo‘lgan mamlakatimizda 70,01 TVt soat, ya’ni 2,4 marta kam elektr energiyasi
ishlab chiqariladi. Kishi boshiga to‘g‘ri keladigan elektr energiya miqdorini solishtirish
uchun jahonda yashash tarzi bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarda turadigan Shvetsiya
qirolligida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 13 480 kVt soatni, mamlakatimizda esa 1645 kVt
soat (8 marta kam)ni tashkil qiladi. Demak, mamlakatning yoki jamiyatning rivojlanish
darajasi qancha yuqori bo‘lsa, shuncha ko‘p elektr energiyasi iste’mol qilinadi.
O‘zbekiston iqtisodining katta sur’atlar bilan rivojlanishi, yangi zavod va
fabrikalarning qurilishi hamda ishga tushirilishi, transport va infrastrukturalardagi
o‘zgarishlar, aholi sonining katta tezlik bilan o‘sishi mamlakatimizda elektr
energiyasiga bo‘lgan talabning keskin ortishiga olib kelmoqda. Kelajakda O’zbekiston
Respublikasida energetik, ekologik, iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda hamda
energetika sohasini barqaror rivojlanishi uchun qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan foydalanish, shak-shubhasiz zarurdir. Kelgusi avlodlar uchun tabiiy
boyliklarni saqlab qolish va ekologiyani muhofaza qilishning zaruriy sharti qayta
tiklanadigan va muqobil energiya manbalarini o‘zlashtirish hisoblanadi.
Maishiy uskunalarini ishlab chiqarishda energiya tejamkor markirovkalarini
qo‘yish standartlari joriy etildi. Ko‘chalar, turar-joy va ijtimoiy binolarni yoritishda
energiya tejovchi lampalar hamda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish ishlari
olib borilmoqda va respublika hududida 40 Vtdan ortiq kuchlanishli lampalarni
sotilishi to‘xtatildi. Energetika sohasida zamonaviy bug‘ va gaz turbina qurilmalarini
joriy etish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan bir qatorda, qabul qilinayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mamlakat
iqtisodiyotining energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Qayta tiklanadigan
energiya manbalarini sanoat ishlab chiqarilishida jalb qilish hisobiga yoqilg‘i
energetika balansini diversifikatsiya qilish darajasi jahon tendensiyalariga mos
kelmaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda ishlatiladigan asosiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
415
yoqilg‘i tarkibida tabiiy gaz va boshqa an’anaviy uglevodorod yoqilg‘ilarining turlari
ustunlik qiladi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishining beshta
ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha harakat Strategiyasida belgilangan sohadagi ustuvor
yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishda energiya sarfini qisqartirish, mahalliy
ilmiy-texnik ishlanmalarning amaliyotda tatbiq etilishini muvofiqlashtirish va ilg‘or
xalqaro energiya tejovchi texnologiyalarni tadqiq etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bunday sharoitda shamol va quyosh energiya manbalaridan foydalanish ham
muhim ahamiyatga ega. Dunyoning rivojlangan davlatlariga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, Kosta-Rika energiyasining 98 foizini qayta tiklanadigan manbalardan ishlab
chiqaradi. Bu jarayonda gidro, geotermal, shamol, biomassa va quyosh energiyasidan
foydalaniladi. Shotlandiyada elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning 97 foizdan
ortig‘ini qayta tiklanadigan manbalarga to‘g‘ri keladi. Germaniyada esa qayta
tiklanadigan manbalar 2035 yilda 100 foizga yetishi kutilmoqda. Xitoy shamol va
quyosh energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Pekin
2025 yilga borib energiyaning uchdan bir qismini qayta tiklanadigan manbalardan
ishlab chiqarishni maqsad qilgan.
Endi yurtimizdagi imkoniyatlar va bugungi holat haqida to‘xtalsak.
O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 300 kun quyoshli bo‘lib, bu 51 000 trillion kVt/soat
energiya salohiyatiga ega. Bu salohiyatdan foydalanish orqali tabiiy gazga bo‘lgan
ehtiyojni, atrof-muhitga bo‘lgan salbiy ta’sirni kamaytirish mumkin.
Mamlakatni 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida
“yashil” energetikani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Unga ko‘ra, 2026 yilga
borib O‘zbekistonda quyosh va shamol elektr stansiyalari hajmi 8 000 MVtga
yetkaziladi. Buning natijasida yurtimizda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining
25 foizi qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini tashkil etadi. Bu yiliga qariyb 3
mlrd. kub metr tabiiy gazni tejash imkonini beradi.
TADQIQOT NATIJALARI
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
416
Prezidentimiz
Shavkat
Mirziyoyev
qayta
tiklanuvchi
energiyadan
foydalanishni kengaytirish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda bugungi kunda
yurtimizda 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasiga qo‘shimcha talab borligi,
kelgusi besh yilda esa bu ehtiyoj 10 milliard kilovatt soatga oshishi kutilayotganligini
aytib, bunday vaziyatda eng samarali yo‘l uy, korxona, bog‘cha, maktab va
shifoxonalarda muqobil energiyadan foydalanishni ko‘paytirish ekanligini ta’kidladi.
Birgina, tejalgan gaz bilan yil davomida 1 million xonadonni tabiiy gaz bilan
ta’minlash mumkin. Noan’anaviy energiya manbalaridan foydalanish mavjud gaz,
elektr, ko‘mir zaxiralaridan iloji boricha kamroq foydalanishga zamin yaratadi.
Shuning uchun energiya tejamkor texnologiyalarni takomillashtirish, ishlab chiqarish
va xalq xo‘jaligiga joriy qilish yuqori naf keltiradi.
Xususan, O‘zbekiston iqlim sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash
tizimiga ega bo‘lgan quyosh fotoelektr tizimi orqali mahalliy elektr tarmog‘i bilan
parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi ishlab chiqilgan.
Bu tizim yiliga 32 ming kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarib, 950 ta
elektromobilni zaryadlash imkoniyati yaratiladi hamda 11,2 ming kub metr tabiiy gaz
tejalib, atmosferaga 19,8 tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Quyosh energiyasidan foydalanish barobarida yangi ish o‘rinlarini kengaytirish
mumkin. Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra,
qayta tiklanadigan energiya sektori qazib olinadigan yoqilg‘i sektoriga qaraganda
ishlab chiqarilgan elektr energiyasi birligiga ko‘proq ish o‘rinlarini yaratishi mumkin.
Masalan, quyosh energiyasi har bir MVt quvvatga 11 tagacha ish o‘rni yaratsa, ko‘mir
esa har MVtga atigi 1-7 ish o‘rni yaratishi mumkin. Bu esa energiyadan foydalanish
imkoniyatini yaxshilashi, energiyaga bo‘lgan talabni qondirishi bilan birga ijtimoiy va
iqtisodiy rivojlanishni yaxshilashi mumkinligini bildiradi.
O‘zbekistonning g‘arbiy hududlari shamolli hudud ekanligini inobatga olib,
respublikamiz uchun ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir muqobil energiya manbasi bu
shamol energiyasidir. Global shamol energetikasi kengashi (GWYeC) ma’lumotlariga
ko‘ra, shamol energetikasi quvvati ham jahon miqyosida o‘sib bormoqda, bunda Xitoy,
AQSh va Germaniya kabi davlatlar yetakchilik qiladi. Jahon statistikasi shuni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
417
ko‘rsatadiki, shamol energiyasi quvvati 2020 yilda 93 GVt ga oshgan bo‘lsa, 2026
yilga borib 1123 GVtga yetishi kutilmoqda. Shamol energiyasi ham ish o‘rinlari
yaratishi va mahalliy iqtisodiyotni oshirish imkonini beradi.
O‘zbekiston dunyodagi energiya mustaqilligiga ega bo‘lgan kamsonli
mamlakatlardan biridir. Bizda elektr energiya ishlab chiqarishda resurslarning asosini
tabiiy gaz va neft mahsulotlari tashkil qiladi. Uglevodorod resurslarini tejashda,
mamlakatning energiya xavfsizligini ta’minlashda qayta tiklanuvchi energiya
manbalarining
muhimligini,
shuningdek
(qTEM)
markazlashgan
energiya
manbalaridan (elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq suv) uzoqda yashaydigan aholini, toh
va
cho‘llarda
istiqomat
qiluvchi
aholini,
mavsumiy
ishdagilar
yoki
ekspeditsiyadagilarni elektr energiyasiga, issiqlik va ichimlik suvga bo‘lgan talablarini
qondirishda hal qiluvchi ahamiyatga egaligini hisobga olgan holda bu yo‘nalishni
rivojlantirishga ko‘proq ahamiyat berilmoqda.
Hozirgi vaqtda bu sohada yetarlicha tajriba to‘plangan. qayta tiklanuvchi
energiya manbalarining ko‘pgina qurilmalaridan foydalanish bo‘yicha o‘tkazilgan
tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ularga boshlanhich nisbatan katta mablah sarflansada,
iqtisodiy jihatdan ular o‘zlarini oqlaydilar. Birlamchi energiya tashuvchilar
narxlarining oshib ketishi (geologorazvedka, qazib olish, yetkazib berish) va ikkinchi
tomondan qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalarining rivojlanishi bilan bu
energiya tobora raqobatdosh bo‘lib bormoqda.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalliklaridan biri elektroenergiya
ishlab chiqarishda uglevodorodli energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatini
kamaytiradi va ularni neft-kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatish uchun saqlab
qolish imkonini beradi.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, odatda yetarlicha katta bo‘lgan aholi
yashash joylarini, yirik sanoat korxonalari va muassasalarni energiya bilan to‘la
taminlash imkoniga ega emas. Mamlakatimizda, xususan ekologik jihatdan noqulay
hududlarda qayta tiklanuvchi ekologik toza energiya manbalarini qo‘llash katta
istiqbolga ega va bu ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy samaralar beradi.
MUHOKAMA
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
418
Bugungi kunda O’zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan amaliy
foydalanish bo‘yicha ishlar izchillik bilan olib borilayapti. Nega deganda, neft, gaz
kabi an’anaviy energiya manbalarining zaxirasi cheklangan. Qolaversa, ularning
tabiatga zarari ham ko‘p. Shu bois rivojlangan davlatlar “yashil” energetikaga
o‘tmoqda. Bunday sa’y-harakatlar nafaqat bugun, balki kelajak uchun juda muhim.
Mamlakatimiz suv oqimlari, quyosh nuri, shamol, biomassa va geotermal
resurslar kabi ne’matlardan foydalanish bo‘yicha qulay imkoniyatlarga ega. Ularni
o‘zlashtirish respublikada tabiiy resurslarni kelgusi avlodlar uchun asrab qolgan holda,
energetikani barqaror rivojlantirishni ta’minlashning zarur sharti hisoblanadi.
Prezidentimiz raisligida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish va
sohani rivojlantirish masalalari muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda bu
borada qilinishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Xususan, 2022-2024 yillarda 3 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar hisobiga, jami quvvati qariyb 3 ming megavattli 10 ta quyosh va shamol
elektr stansiyalarini barpo etish rejalashtirilgan.
Xulosa
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida
elektr energiyasini tejashni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
chora-tadbirlarni tahlil qildi. Maqolada qayta tiklanadigan energiya manbalarini
rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hukumatning asosiy
qarorlari ko‘rib chiqildi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda tabiiy gaz va
an’anaviy uglevodorod yoqilg‘ilarining ustunligi bilan bog‘liq muammolarni hal
etishda quyosh va shamol stansiyalaridan keng foydalanish zarurligi asoslab berildi.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, O‘zbekistonning quyoshli kunlarining
ko‘pligi va shamolli hududlarining mavjudligi muqobil energiya manbalaridan
foydalanish uchun katta salohiyatni taqdim etadi. Qayta tiklanadigan energiya
manbalariga o‘tish nafaqat tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishga va atrof-
muhitga salbiy ta’sirni susaytirishga yordam beradi, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish
va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish imkoniyatini ham beradi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
419
Maqolada Prezident Shavkat Mirziyoyevning qayta tiklanuvchi energiyadan
foydalanishni kengaytirish bo‘yicha olib borayotgan siyosati va bu boradagi istiqbolli
rejalar ta’kidlandi. Xususan, quyosh va shamol elektr stansiyalarining quvvatini
oshirish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish va xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar mamlakatning energetik xavfsizligini ta’minlash
va barqaror rivojlanishga erishish yo‘lida muhim qadamlardir.
Xulosa qilib aytganda, muqobil energiya manbalarini o‘zlashtirish O‘zbekiston
iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, energiya tejamkorligini oshirish, ekologik
barqarorlikni ta’minlash va kelajak avlodlar uchun tabiiy resurslarni saqlab qolishning
muhim garovidir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1) Kazuo Matsuda, Yasuki Kansha, Chihiro Fushimo, Atsushi Tsutsumi, Akira
Kishimoto. Advanced Energy Saving and its Applications in Industry. Japan -
«Springer», 2013. -
2Алласв К.Р. Электроэнергетика Узбекистана и
мира, - T.: Fan va texnologiya, 2009. - 463 c.
[3) Алласв К.Р. Энергетика мира и Узбекистана, .: Moliya, 2007. -388 c.
[4]| Elcktr tarmoqlari va sistemalari: uslubiy qo' llanma/
O'2R O O'MTV; Rasulov .N., Taslimov A.D.,