MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
194
TA'LIMDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYASIDAN
FOYDALANISH
Abdullayeva Saodat Mengbayevna
Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti assistenti
Annotatsiya. Bugungi kunda ta’lim tizimida fanlarni o‘qitish sifatini oshirish,
ta’lim jarayoniga zamonaviy o‘qitish metodikasini joriy etish, iqtidorli talabalarni
o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni talab etadi. SHu
bois ushbu maqolada talabalarni o‘quv va hayotiy faoliyatida axborotlardan
foydalanish hamda axborotlar bilan ishlash kompetentsiyasini shakllantirishdan
iborat. Axborotlashgan jamiyatda olgan bilimlarini hayotiy faoliyatlari davomida
qo‘llay olish darajasi jamiyat rivojini belgilaydi.
Kalit so‘zlar: axborot, axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, masofaviy
ta’lim, multimedia vositalari, gamifikatsiya, interaktiv doska, kompetensiya.
Abstract. Today, the education system requires increasing the quality of
teaching subjects, introducing modern teaching methods into the educational process,
and using information technologies extensively in the process of educating gifted
students. Therefore, this article aims to develop students' competence in using
information in their educational and life activities and working with information. In an
information society, the level of ability to apply the knowledge they have acquired in
their life activities determines the development of society.
Keywords: information, information technologies, artificial intelligence,
distance learning, multimedia tools, gamification, interactive whiteboard, competence.
KIRISH.
Zamonaviy davrda axborot texnologiyalari hayotning barcha
jabhalariga chuqur kirib bormoqda. Ayniqsa, ta'lim sohasida ularning qo‘llanilishi
o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, ta'lim sifati va qulayligini ta'minlashda
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Raqamli texnologiyalar yordamida talabalarning bilim
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
195
olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, interaktiv uslublar orqali darslarni qiziqarli va
samarali tashkil qilish mumkin.
Zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning
intellektual salohiyatiga, jumladan, ta’lim sohasining rivojlanishiga bog‘liq. Ta’lim
mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda.
Dunyoning
rivojlangan
va
rivojlanayotgan
mamlakatlarida
ta’limni
axborotlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’limni rivojlantirish, uning
samaradorligini oshirish yo‘llari izlanmoqda, ta’limda yangi axborot texnologiyalarini
joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o‘rin olgan.
Zamonaviy axborot texnologiyalari muhiti, o‘zida axborot ob’ektlarini,
ularning o‘zaro aloqasini, axborotlarni yaratish, tarqatish, qayta ishlash, to‘plash
texnologiyalari va vositalarini, shuningdek axborot jarayonlarining tashkiliy va
huquqiy tarkibini mujassamlashtirgan bo‘ladi. Hozirgi kunda ta’lim tizimi
insoniyatning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. Ta’lim tizimi shaxsga
yo‘naltirilgan xarakterga ega bo‘lishi, ya’ni shaxsning har xil xususiyati va sifatiga
e’tibor qilgan holda differensiyalangan bo‘lishi kerak. Har qanday ta’lim tizimi
ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy- texnik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda
shakllanadi hamda rivojlanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy omil
sanaladi. Ilmiy-texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlarni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi mumkin. Ta’lim tizimi jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga
xizmat qiladi, chunki maktab, oliy ta’lim muassasi insonni iqtisodiyot, madaniyat,
siyosiy hayotda faol faoliyat ko‘rsatish uchun tayyorlaydi. SHuning uchun ham maktab
va oliy ta’lim muassasasi ta’limning tayanch bo‘g’ini sifatida muhim ahamiyat kasb
etadi.
Axborot texnologiyalari (AT) — bu axborotni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash
va uzatishga mo‘ljallangan texnik va dasturiy vositalar majmuasidir. Ta'lim tizimida
bu texnologiyalar asosan kompyuterlar, internet, elektron darsliklar, multimedia
vositalari, masofaviy ta’lim platformalari va boshqalar shaklida qo‘llaniladi. Ta'limda
axborot texnologiyalari quyidagi yo‘nalishlarda qo‘llaniladi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
196
Elektron darsliklar va raqamli resurslar
— O‘quv materiallarini raqamli
shaklda taqdim etish o‘quvchilarning mustaqil ishlashiga keng imkoniyat yaratadi.
Multimedia vositalari
— Video darslar, animatsiyalar, grafiklar va
simulyatsiyalar dars jarayonini yanada jonli va tushunarli qiladi.
Masofaviy ta'lim
— Internet orqali istalgan joyda va vaqtda ta’lim olish
imkonini beradi (Zoom, Moodle, Google Classroom).
Interaktiv doskalar va test tizimlari
— Bilimlarni mustahkamlashda va nazorat
qilishda qulay vositalar hisoblanadi.
Sun’iy intellekt (AI)
– AI yordamida o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi
tahlil qilinadi va shaxsiy ta’lim yo‘nalishi taklif qilinadi.
Gamifikatsiya (o‘yin elementlari)
– Kahoot, Wordwall kabi servislar
o‘quvchilarda motivatsiyani oshiradi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanishning bir qancha afzalliklari mavjud,
jumladan, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilar orasidagi
muloqotni kuchaytiradi, moslashuvchan va individual yondashuv, axborotni tezkor va
keng hajmda yetkazish imkonini beradi.
Axborot texnologiyalaridan ta’limda samarali foydalanishda bir qator
muammolar mavjud. Bular: yetarli texnik ta’minotning yo‘qligi, pedagoglarning IT
ko‘nikmalari yetarli emasligi, internet tarmog‘ining cheklanganligi (ayniqsa chekka
hududlarda).
Didaktika nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadigan, axborot
texnologiyalarini joriy etish orqali samaradorlikka erishiladigan metodik maqsadlarga:
o‘qitish jarayonini individuallashtirish va differensiyalash; teskari aloqa bilan o‘quv
faoliyati nazoratini olib borish; o‘z-o‘zini nazorat qilish; o‘quv materialini
o‘zlashtirish jarayonida mashq qilish va mustaqil tayyorgarlikni tashkil etish; o‘quv
vaqtini tejash; o‘quv axborotlarni kompyuter orqali vizuallashtirish; o‘rganilayotgan
hodisa va jarayonlarni modellashtirish; kompyuterda laboratoriya mashg‘ulotlarini
bajarish; axborot ma’lumotlar bazasini yaratish va undan foydalanish; o‘qishga
qiziqishni orttirish; talabani o‘quv materialini o‘zlashtirish strategiyasi bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
197
qurollantirish; fikrlashni rivojlantirish; optimal qaror qabul qilish malakasini
shakllantirish; talabada axborot madaniyatini shakllantirish kabilarni kiritish mumkin.
Hozirgi kunda Respublikamizda bu muammolarni bartaraf etish uchun
quyidagi ishlar olib borilmoqda, xusussan, o‘qituvchilarni muntazam IT bo‘yicha qayta
tayyorlash ishlari tashkil etilgan, maktab va universitetlarni zamonaviy texnik vositalar
bilan ta'minlash borasidagi chora-tadbirlar, ta’lim kontentlarini mahalliy sharoitga
moslashtirish borasida olib borilayotgan ishlarni nazarda tutish mumkin.
Statistik ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo‘lsak (O‘zbekiston misolida):
2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistondagi 60% maktablar zamonaviy
kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan.
2022-yilda 1 milliondan ortiq o‘quvchi va talaba Online maktab va edu.uz
platformalari orqali masofaviy ta’lim olgan.
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida 2025-yilgacha barcha
ta’lim muassasalarini to‘liq raqamlashtirish rejalashtirilgan.
Masalan, Termiz muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti Qurilish
muhandisligi fakultetida “Google Classroom” va “AutoCAD” kabi platformalar
yordamida laboratoriya mashg‘ulotlari masofadan turib tashkil etilgan. Bu esa talabalar
uchun amaliyotga yaqin tajriba bo‘lgan.
SHu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim
sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi zarur
axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo‘ya bilish va uning yechimini hal
etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va bu bilimlarni yangi masalalarni
yechishda qo‘llash uchun yo‘naltirilgan. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish - bu
talabaning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatini inobatga oluvchi, ilg‘or
pedagogik va axborot texnologiyalaridan shaxsni rivojlantirishda samarali
foydalanuvchi o‘qitishdir.
Xulosa qilib aytganda, ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanish
zamonaviy ta’limning ajralmas qismiga aylangan. U nafaqat o‘qituvchilarning ishini
yengillashtiradi, balki talabalarning ham mustaqil fikrlash, axborotni izlash va tahlil
qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Kelajakda ta’lim jarayonida raqamli vositalardan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–4_ Апрель –2025
198
foydalanish yanada kengayishi va mukammallashishi kutilmoqda. Axborot
texnologiyalarining ta’limga joriy qilinishi zamonaviy jamiyat uchun ajralmas
jarayonga aylandi. Shunday ekan, ta’lim tizimini to‘liq raqamlashtirish — mamlakat
rivojining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Abdullayeva S.M. “Ta’lim texnologiyasini yangilash - zamon talabi”. Pedagogika,
2023, 4-son.
2.Abdullayeva S.M. O‘quv faoliyatida axborot texnologiyalaridan foydalanish.
Лучшие интеллектуальные исследование международный научный электронный
журнал, ЧАСТЬ-9 ТОМ-2, Ноябрь - 2023 год
3.Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. – T.:
Fan, 2009.145 b.
4.Egamberdiyev R. O‘., M. M. Alimov va boshqalar muallifligidagi “Axborot
texnologiyalari” darslik, Toshkent, 2022.
5.M. X. Rashidov, “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asoslari” risola, 2021 y.