MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
358
QADIMGI JAMIYATLAR SIYOSIY TUZILMALARINING
ETNOGRAFIK TAHLILI
ЭТНОГРАФИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПОЛИТИЧЕСКИХ СТРУКТУР
ДРЕВНИХ ОБЩЕСТВ
ETHNOGRAPHIC ANALYSIS OF THE POLITICAL STRUCTURES
OF ANCIENT SOCIETIES
Muallif: O’zJOKU Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-gumanitar fanlar
fakulteti, Siyosatshunoslik ta’lim yo`nalishi, 38-24 guruh talabasi Yorbekov Og`abek
Автор: студент группы 38-24 направления «Политология» факультета
международных отношений и социально-гуманитарных наук УЖМКУз -
Ёрбеков Огабек
Author: UzJMCU Faculty of International Relations and Social-
Humanitarian Sciences Student of the Political Science , Group 38-24
Yorbekov Ogabek
Annotatsiya. Insoniyat tarixida jamiyatlar o’z taraqqiyoti davomida siyosiy
tuzilmalarini o‘zgartirgan va bu jarayon davriy ravishda murakkablashib borgan.
Siyosiy tuzilmalar dastavval sodda va o’z davri uchun mukammal bo’lgan bo’lsa,
keyinchalik o’zida ba’zi sifatlarni aks ettirgan. Siyosiy tizimlar ibtidosida oddiy urug`
va qabila boshqaruvi shaklida namoyon bo`ldi va vaqt o`tishi bilan ular jamoa,
jamiyat, shahar-davlat va davlat shaklida takomillashib bordi. Bu jarayonni bevosita
tahlil qilish uchun mavjud siyosiy tizimlarni etnografik yondashuv asosida tahlil qilish
ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ushbu maqolada qadimgi
jamiyatlarning siyosiy tuzilmalari va ularning shakllanish jarayoni etnografik
yondashuv asosida tahlil qilingan.
Аннотация. В истории человечества общества на протяжении своего
развития изменяли свои политические структуры, и этот процесс со временем
становился всё более сложным. Политические структуры изначально были
простыми и для своего времени считались совершенными, но со временем они
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
359
начали отражать определённые качественные характеристики. В начале
своего формирования политические системы проявлялись в виде простого
родоплеменного управления, а со временем совершенствовались, превращаясь в
общины, общества, город-государства и государства. Для непосредственного
анализа этого процесса важно рассматривать существующие политические
системы с этнографическим подходом. Поэтому в данной статье
политические структуры древних обществ и процесс их формирования
рассматриваются на основе этнографического анализа.
Abstract. Throughout human history, societies have altered their political
structures during the course of their development, and this process has progressively
become more complex over time. Political structures were initially simple and
considered perfect for their era, but later began to reflect certain qualitative features.
At the early stage of their formation, political systems were expressed in the form of
simple clan and tribal governance, and over time they evolved into communities,
societies, city-states, and fully-fledged states. In order to directly analyze this process,
it is important to study existing political systems from an ethnographic perspective.
Therefore, this article analyzes the political structures of ancient societies and their
formation process based on an ethnographic approach.
Kalit so`zlar: qadimgi jamiyat, siyosiy tizim, siyosiy tuzilma, etnografiya,
urug`-qabila, shahar-davlat, davlat.
Ключевые слова: древнее общество, политическая система,
политическая структура, этнография, род-племя, город-государство,
государство.
Keywords: ancient society, political system, political structure, ethnography,
clan-tribe, city-state, state.
Qadimgi jamiyatlarda siyosiy boshqaruvning dastlabki shakli urug‘ va qabila
tizimiga asoslangan bo‘lib, bu tizim o‘zining sodda va tabiiy tuzilishi bilan ajralib
turgan. Urug‘ va qabilalar ijtimoiy barqarorlikni saqlash, resurslarni taqsimlash,
nizolarni hal etish va tashqi tahdidlarga qarshi himoya qilish kabi funksiyalarni
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
360
bajargan. Etnografik tadqiqotlarda qayd etilishicha, ushbu jamiyatlarda hokimiyat
ko‘proq ma’naviy, tajriba va jasoratga asoslangan bo‘lgan. Oqsoqollar kengashi, urug‘
sardori yoki harbiy yetakchi qabila ichida muhim siyosiy mavqega ega bo‘lgan
(To‘xtashev, 2011).
Bu paytdagi siyosiy tizimda shaxs, uning avtoriteti, kelib chiqishi kabi omillar
muhim rol o`ynagan. Urug‘-qabila tuzilmasi rivojlanishi bilan patriarxal boshqaruv
shakllana boshladi. Bu bosqichda hokimiyat nasldan-naslga o‘tuvchi tarzda, oilaning
erkak vakili — patriarx tomonidan amalga oshirilgan. Mulkchilik tushunchasi
shakllana boshlashi bilan siyosiy boshqaruvda iqtisodiy manfaatlar asosiy o‘ringa
chiqdi (Morgan L.G. (1935).). Tarixdan ma’lumki, kishilik jamiyatida erkaklarning
ro`li ortib borishi bilan, ularning boshqaruvdagi hissasi ham mutanosib ravishda oshib
borgan. Oldinlari qabilaga obro`-e’tiborli ayol boshchilik qilgan bo`lsa, madaniy,
iqtisodiy va qisman siyosiy rivojlanish natijasida holat asta-sekin o’zgargan. Endilikda
urug` ham ota tomonidan belgilanib, siyosiy tizimdagi muhim bo`lgan barcha ishlar
erkaklar zimmasiga tushgan. Shu orqali erkaklar qabila himoyasi, uning moddiy
ta’minoti kabi ishlarga javobgar bo’lgan. Hokimiyatning bu shakli keyinchalik
dastlabki davlatlarning paydo bo’lishiga asos bo’lgan. Dastlabki davlatlar shakllanishi
jamiyatdagi siyosiy va ijtimoiy iyerarxiyaning murakkablashuvi bilan bog‘liq.
Qadimgi Mesopotamiya, Misr sivilizatsiyalarida siyosiy tizimlar markazlashgan
hokimiyat asosida tashkil etilgan. Davlat hokimiyati shoh, podshoh yoki monarx
qo‘lida jamlangan, qonunlar yozma shaklda mustahkamlangan (Klyashtornıy S. G.,
Sultanov T. I. (2001). Qadimgi Yunonistonda esa holat birmuncha farq qilib, ilk
bosqichda monarxiya, so’ngra aristokratiya, oligarxiya va demokratiya kabi siyosiy
tizimlar faoliyat yuritgan.
Dastavval qadimgi Mesopotamiya siyosiy tizimlarini tahlil qiladigan bo’lsak,
jamiyat asosan podshoh va zodagonlar, erkin fuqarolar va qullarga bo’lingan. Bu
tizimda har bir tabaqa o‘zining huquqlari va majburiyatlari bilan ajralib turar, qonunlar
bu huquqlarni aniq belgilab qo‘ygan. Davlatdagi yozma qonun “Xammurapi
qonunlari” bu siyosiy tizimning asosi bo’lgan. Mesopotamiya jamiyatida hokimiyat
shakli asosan shahar-davlatlar ko‘rinishida tashkil topgan bo‘lib, har bir shahar o‘ziga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
361
xos mustaqil siyosiy birlik sanalgan. Har bir shaharning o‘z hukmdori, qo‘shini, sud
tizimi va diniy rahbarlari mavjud edi (Kramer, S. N. (1963). Shaharlarni boshqaruvchi
shaxslar asosan "lugal" va "ensi" deb atalgan. "Lugal" so‘zi so‘zma-so‘z "katta odam"
yoki "hukmdor" degan ma’noni anglatib, bu shaxs siyosiy, harbiy va diniy hokimiyatni
o‘z qo‘lida jamlagan bo‘lgan. "Ensi" esa ko‘proq diniy lavozim sifatida shakllangan
bo‘lib, shahar xudosi nomidan hokimiyatni amalga oshiruvchi rahbar sanalgan
(Bottero, J. 2001). Mesopotamiyada hokimiyat va din bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan. Har bir shahar o‘zining homiy xudosiga ega bo‘lib, hukmdorlar
o‘zlarini ana shu xudolarning yer yuzidagi vakili sifatida ko‘rsatishgan. Xudolar
ishonchi va roziligisiz hokimiyat qonuniy hisoblanmagan. Shaharlarning asosiy
maqbaralari hukmdorlar tomonidan qurilgan, diniy marosimlar esa hokimiyat obro‘sini
mustahkamlovchi vosita sifatida xizmat qilgan. Jamiyat diniy jihatdan politeistik
bo’lib, ular tabiat hodisalari va ijtimoiy tartibotlarni ilohiylashtirish orqali jamiyat
barqarorligini saqlashga intilgan. Hokimiyat harbiy kuch orqali qo‘llab-quvvatlangan.
Shaharlar ko‘pincha o‘zaro urush olib borishgan va bu jarayonda hukmdorlar armiya
bosh qo‘mondoni sifatida faol ishtirok etganlar. Harbiy kuch va zaxiralar davlat
hokimiyatining barqarorligini ta’minlagan asosiy omillardan biri hisoblangan.
Mesopotamiyada hokimiyat iqtisodiy boshqaruv bilan ham chambarchas bog‘liq edi.
Daryolar toshqini natijasida sug‘orish tizimlari va yerlarni boshqarish hukmdorning
bevosita nazorati ostida bo‘lgan. Bu esa hokimiyatni yanada mustahkamlab,
shaharlarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan Aholining
qonunlarga og`ishmasdan bo`ysunishining asosiy sababi shunda ediki, qonunlar
shunchaki majburiyat emas, balki xudoning xohish-irodasi sifatida talqin etilgan.
Mesopotamiya aholisi kuchli markazlashgan hokimiyat davrida turli ommaviy ishlarga
ham safarbar qilingan. Asosan qullar va kamdan-kam hollarda fuqarolar bu ishlarga
jalb qilingan. Bu orqali shuni bilishimiz mumkinki qadimgi Mesopotamiyada davlat
markaziy apparati kuchliligi va majburlash kuchiga ega ekanligidir. Boshqaruvning bu
shakli tiranlik, qisman despotik mayllarni o’zida mujassam etganiga qaramasdan,
davlat boshqaruvi sifatida o’zini oqlay olgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
362
Qadimgi Misr siyosiy tuzilmalari o`zida diniy munosabatlarni ko`proq qamrab
olganligi bilan boshqalaridan farq qiladi. Qadimgi Misr sivilizatsiyasi insoniyat
tarixidagi eng qadimiy va rivojlangan jamiyatlardan biri hisoblanadi. Uning geografik
joylashuvi — Nil daryosi atrofida barpo bo‘lgan bu jamiyat, o‘zining siyosiy
boshqaruvi, diniy marosimlari, ijtimoiy tuzilishi va iqtisodiy hayoti bilan o‘ziga xos
etnografik xususiyatlarga ega edi. Qadimgi Misr jamiyatida hokimiyat shakli teokratik
monarxiya edi. Davlat boshida fir’avn turardi. Fir’avn qadimgi misrliklar tasavvurida
nafaqat siyosiy hokimiyatni, balki diniy hokimiyatni ham o‘z qo‘lida jamlagan mutlaq
hukmdor bo‘lgan. U xudoning yerdagi vakili sifatida e’tirof etilgan va butun jamiyat
unga sig‘ingan. Fir’avnning boshqaruv tizimi vertikal iyerarxiya shaklida tashkil
qilingan bo‘lib, uning asosida fir’avndan keyin vazirlar, nomlar boshliqlari, harbiy
qo‘mondonlar va ruhoniylar turardi. Oddiy aholi, dehqonlar va qullar esa jamiyatning
asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlari hisoblangan. Qadimgi Misr jamiyatining ijtimoiy
tuzilmasi qat’iy tabaqalashtirilgan edi. Jamiyatning eng yuqori pog‘onasida fir’avn
turar, undan keyin zodagonlar va ruhoniylar, keyingi bosqichda hunarmandlar,
savdogarlar va dehqonlar, eng quyi tabaqada esa qullar joylashgan edi. Bu tabaqaviy
tuzilma jamiyatdagi har bir guruhning huquq va majburiyatlarini aniq belgilab bergan.
Ruhoniylar diniy marosimlarni tashkil qilgan, fir’avn esa siyosiy va diniy barqarorlikni
saqlash vazifasini bajargan. Fir’avn qadimgi Misr jamiyatida ilohiy shaxs sifatida
e’tirof etilgan. U Horus xudosining yer yuzidagi timsoli va xudolarning erdagi vakili
deb hisoblangan. Shuning uchun fir’avn hukmronligi faqat siyosiy emas, balki diniy
hokimiyat bilan ham mustahkamlangan. Fir’avn xudolarga atab maqbaralar qurdirgan
va o‘zi ham ibodatlarning asosiy ishtirokchisi bo‘lgan (Bredli P. 2003).
Misr jamiyatida din hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan edi.
Misrliklarning e’tiqodlari ularning kundalik hayoti, siyosati, san’ati va hatto iqtisodiy
faoliyatiga ham chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Ularning diniy qarashlari ko‘pxudolik asosiga
qurilgan bo‘lib, har bir xudo va ma’buda tabiat hodisalari, inson hayoti va jamiyatdagi
turli jarayonlarni boshqaradi deb ishonilgan. Diniy e’tiqod nafaqat marosimlar va
ibodatlarda, balki jamiyat tartibida, qonunlarda va siyosiy hokimiyatda ham asosiy
o‘rin tutgan. Qadimgi Misr diniy amaliyotlari kundalik hayotning ajralmas qismi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
363
bo‘lgan. Har bir xudo uchun maxsus ibodatxonalar qurilgan va har kuni ruhoniylar
tomonidan xudolarni xursand qilish uchun marosimlar o‘tkazilgan. Xususan,
qurbonliklar, fotiha va duolar o‘qish, marhumlarni mumiyolash va ularni abadiy
hayotga tayyorlash qadimgi misrliklar uchun hayotning ajralmas qismi edi. Ruhoniylar
jamiyatda katta hurmat va hokimiyatga ega bo‘lgan, ular diniy marosimlarni
boshqarish, kalendar asosida yil tartibini belgilash va diniy kitoblarni yozish bilan
shug‘ullanganlar (I.V. Kuzishin 2001). Qadimgi Misrliklarning diniy qarashida o‘lim
— hayotning yakuni emas, balki uning yangi bosqichi sifatida qaralgan. Ular marhum
ruhining abadiy hayotga o‘tishi uchun maxsus tayyorgarlik ko‘rishgan. Misrliklar
siyosiy tiziming asosiy jihati – din hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi
hisoblanadi.
Qadimgi Yunoniston siyosiy tizimi esa nisbatan murakkab shaklga ega bo’lib,
insoniyat sivilizatsiyasi tarixida muhim o‘rin egallagan qadimiy jamiyatlardan biri
sanaladi. Bu jamiyat taxminan miloddan avvalgi II mingyillikdan boshlab shakllanib,
milodiy I asrga qadar davom etgan. Yunoniston jamiyati o‘zining murakkab siyosiy,
ijtimoiy va madaniy tuzilishi bilan ajralib turgan. Uning rivojlanishi etnografik jihatdan
ko‘plab qirralarga ega bo‘lib, jamiyatning turmush tarzi, qadriyatlari, diniy e’tiqodi va
ijtimoiy tuzilishi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Qadimgi Yunoniston jamiyati
murakkab va qatlamli ijtimoiy tizimga ega bo‘lgan. Bu jamiyat asosida erkinlik,
fuqarolik burchi va ijtimoiy tengsizlik tamoyillari bir vaqtning o‘zida mavjud edi.
Yunon jamiyatining eng muhim va nufuzli qatlamini erkin fuqarolar tashkil etgan.
Faqat shu toifadagi kishilar siyosiy huquqlarga ega bo‘lib, shahar-davlatning qarorlar
qabul qilish jarayonida ishtirok eta olganlar. Erkin fuqarolar orasida ham tabaqalanish
mavjud bo`lib, Aristokratlar — qadimdan hukmronlik qilgan, yer va mulkka ega
bo‘lgan boy qatlam. Ular ko‘pincha siyosiy lavozimlarni egallagan va harbiy xizmatda
yuksak mansablarga ko‘tarilgan. O`rta sinf fuqarolar — hunarmandlar, dehqonlar,
savdogarlar, kemasozlar va dengizchilardan iborat qatlam. Ular o‘z mehnati bilan
yashagan, lekin siyosiy ta’siri aristokratlarga nisbatan cheklangan.
Pastki sinf erkin fuqarolar — ko‘proq dehqonchilik, kichik hunarmandchilik va
ijarachilik bilan shug‘ullanib, o‘z mulkiga ega bo‘lmagan, lekin fuqarolik maqomiga
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
364
ega bo‘lganlar. Erkin fuqarolar harbiy xizmat, soliq to‘lash, siyosiy hayotda qatnashish
va jamoat ishlari bilan shug‘ullanish majburiyatiga ega edi. Yunon polislarida
yashagan, lekin u yerdagi fuqaro maqomiga ega bo‘lmagan boshqa shahar yoki
davlatlardan kelgan aholi meteklar deb atalgan. Ular asosan hunarmandchilik, savdo
va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullangan. Meteklar jamiyatning iqtisodiy hayotida
muhim rol o‘ynagan bo‘lsa-da, siyosiy huquqlardan mahrum bo‘lganlar. Ularga shahar
majlisida ovoz berish, yer sotib olish va davlat lavozimlarini egallash taqiqlangan edi.
Meteklar o‘zining himoyasi uchun maxsus homiy tanlashga majbur bo‘lgan,
soliq to‘lagan va harbiy xizmatga chaqirilgan. Qadimgi Yunoniston jamiyatining eng
quyi va ko‘p sonli qatlamini qullar tashkil etgan. Qullar asosan urush asirlari,
qarzdorlik tufayli qullikka tushgan shaxslar yoki tug‘ma qullardan iborat edi. Ular
yerda ishlash, uy xo‘jaligi, konlarda mehnat qilish, ustaxonalarda va davlat
qurilishlarida og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganlar.
Qullar jamiyat hayotining barcha sohalarida mehnat qilgan bo‘lsa-da, ularning
hech qanday siyosiy, huquqiy va shaxsiy erkinligi bo‘lmagan. Shu bilan birga, ba’zi
hollarda qullarga erkinlik berish amaliyoti ham mavjud bo‘lib, ular erkinlikka chiqqach
metek maqomini olganlar. Davlat boshqaruvi ham jamiyat tarkibiga mos bo’lgan holda
murakkab tashkil topgan. Qadimgi Yunoniston tarixida hokimiyat tizimi ko‘p
bosqichli va murakkab shakllarda rivojlangan. Bu hudud yagona davlat sifatida emas,
balki mustaqil va alohida shahar-davlatlar - “polislar” ko‘rinishida tashkil topgan edi.
Har bir polis o‘ziga xos siyosiy boshqaruv shakliga, qonunlarga va hokimiyat
organlariga ega bo‘lgan. Hokimiyat shakli polislarning tarixiy rivojlanishi, iqtisodiy va
ijtimoiy tuzilmasiga qarab farq qilgan (
). Yunon polislarining
ilk rivojlanish davrida monarxiya keng tarqalgan edi. Bu tizimda hokimiyat bir shaxs
— shoh qo‘lida to‘liq to‘plangan bo‘lgan. Shoh diniy, harbiy va siyosiy rahbar sifatida
davlatni boshqargan. Monarxiya asosan miloddan avvalgi VIII–VII asrlarda
Yunonistonning ko‘plab polislarida hukmron bo‘lgan. Monarxiyadan so‘ng hokimiyat
boy va nufuzli zodagonlar qo‘liga o‘tdi. Bu davrda hokimiyat aristokratlar — ya’ni,
yirik yer egalari, qadimiy sulolalar vakillari qo‘lida to‘plangan. Aristokratiya davrida
siyosiy qarorlar aristokratik kengashlar tomonidan qabul qilingan, oddiy xalq siyosiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
365
hayotdan chetda qolgan. Ba’zi polislarda aristokratiya va demokratiya o‘rtasidagi
o‘tish davrida hokimiyat oz sonli boy fuqarolar — savdogarlar va yer egalari qo‘lida
to‘plangan. Bu tizim oligarxiya deb atalgan. Oligarxik boshqaruvda hokimiyat faqat
iqtisodiy jihatdan qudratli kichik guruh manfaatlariga xizmat qilgan. Miloddan avvalgi
VII–VI asrlarda ko‘plab yunon polislarida siyosiy inqiroz va ijtimoiy qarama-
qarshiliklar natijasida hokimiyatni ko‘pincha harbiy kuch bilan egallagan shaxslar —
tiranlar qo‘lga kiritgan. Tiranlar boshqaruvi ko‘pincha avtoritar xarakterga ega
bo‘lgan. Ba’zi tiranlar xalqning manfaatlarini himoya qilgan, lekin ko‘pchiligi o‘z
hokimiyatini mustahkamlash uchun kuch ishlatgan.
Qadimgi Yunonistonning eng yuksak siyosiy shakllaridan biri demokratiyadir.
Ayniqsa, Afina polisida o‘ziga xos to`laqonli demokratiya shakllangan. Afinadagi
demokratiya ko‘plab yunon polislaridan farq qilgan va xalqni boshqarishda katta
o‘zgarishlarga olib kelgan. Bu tizimda, erkin fuqarolar o‘z huquqlariga ega bo‘lib,
siyosiy qarorlar qabul qilishda qatnashgan. Jarayonda bevosita fuqarolar uchun
yaratilgan shart-sharoitlar ham muhim sanalib, davlat boshqaruvchilari bo’lgan
strateglar ham bunga katta ahamiyat bergan.
Qadimgi jamiyatlarning siyosiy tuzilmalarini etnografik tahlil qilish
natijasida aniqlanishicha, bu davrlar davlat boshqaruvi, ijtimoiy qatlamlashuv va diniy
e’tiqodlar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan. Har bir qadimgi sivilizatsiya o‘ziga xos
boshqaruv shakllariga ega bo‘lsa-da, ularning asosiy maqsadi jamiyatda tartib va
barqarorlikni saqlash, ijtimoiy rollarni taqsimlash va hukmdor hokimiyatini
mustahkamlashdan iborat edi. Qadimgi Misrdagi hokimiyat va fir’avnlik instituti,
Mesopotamiyadagi shahar-davlat siyosiy tuzilmasi va Qadimgi Yunonistondagi,
ayniqsa Afinadagi demokratiya shaklidagi davlat boshqaruvi singari siyosiy
tuzilmalarda fuqaro va xalqlarning bevosita yoki bilvosita ishtiroki jamiyatning rivoji,
farovonligi va siyosiy o’sish uchun xizmat qilgan. Shu tarzda, qadimgi jamiyatlarning
siyosiy tuzilmalari nafaqat ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlardan, balki madaniy
qadriyatlar, diniy e’tiqodlar va etnik xususiyatlardan ham kelib chiqqan. Etnografik
tahlil shuni ko‘rsatadiki, qadimgi sivilizatsiyalar o‘zlarining tarixiy rivojlanishida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
366
hukmron qatlam va oddiy aholi o‘rtasidagi ijtimoiy va siyosiy chegaralarni aniq
belgilab, siyosiy barqarorlik va ijtimoiy tartibni saqlab turishga intilganlar.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. To‘xtashev Sh. S. (2011).
Etnografiya asoslari
. Toshkent: O‘zbekiston Milliy
Ensiklopediyasi.
2. Klyashtornıy S. G., Sultanov T. I. (2001). Yevroosiyo dashtlarining davlatlari va
xalqlari. Sankt-Peterburg: Peterburg Sharqshunoslik nashriyoti.
3. Morgan L. G. (1935). Qadimgi jamiyat. Moskva: Sotsekgiz nashriyoti.
4. Kramer, S. N. (1963). Qadimgi Mesopotamiyada tarix shunday boshlandi. London:
University of Chicago Press.
5. Bottero, J. (2001). Mesopotamiya: Qadimgi Sharq madaniyati.
6. Bredli P. (2003). Qadimgi Misr sivilizatsiyasi. Moskva: Veche nashriyoti.
7. I.V. Kuzishin (2001). Qadimgi Sharq tarixi. Moskva: Oliy maktab nashriyoti.
9.
Stanford
Encyclopedia
of
Philosophy: