Authors

  • Zaynobbidinov Jaloliddin
  • Komiljonova Muxabbatxon Azimjon qizi

Author Biographies

  • Zaynobbidinov Jaloliddin

    FarDU psixologiya oqituvchisi

  • Komiljonova Muxabbatxon Azimjon qizi

    FarDU 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118120

Keywords:

maktabgacha yosh o’yin faoliyati aqliy taraqqiyot kognitiv rivojlanish psixologik rivojlanish pedagogika.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy taraqqiyoti jarayonida o‘yin faoliyatining roli psixologik-pedagogik asosda tahlil qilinadi. Maqolada oyin faoliyatini bolaning intellektual rivojlanishiga korsatadigan asosiy tasir omillari korsatilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

345

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING AQLIY TARAQQIYOTIGA

O'YIN FAOLIYATINING TA’SIRI

Zaynobbidinov Jaloliddin

FarDU psixologiya o’qituvchisi

Komiljonova Muxabbatxon Azimjon qizi

FarDU 4-bosqich talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy

taraqqiyoti jarayonida o‘yin faoliyatining roli psixologik-pedagogik asosda tahlil

qilinadi. Maqolada o’yin faoliyatini bolaning intellektual rivojlanishiga ko’rsatadigan

asosiy ta’sir omillari ko’rsatilgan.

Kalit so’zlar: maktabgacha yosh, o’yin faoliyati, aqliy taraqqiyot, kognitiv

rivojlanish, psixologik rivojlanish, pedagogika.

Аннотация: В данной статье анализируется роль игровой

деятельности в процессе психического развития дошкольников на психолого-

педагогической основе. В статье приведены основные факторы влияния игровой

деятельности на интеллектуальное развитие ребенка.

Ключевые слова: дошкольный возраст, игровая деятельность,

умственное развитие, познавательное развитие, психологическое развитие,

педагогика.

Annotation: This article analyzes the role of game activity in the process of

mental development of preschool children on a psychological and pedagogical basis.

The article shows the main influence factors that indicate the activity of the game on

the intellectual development of the child.

Keywords: preschool age, game activity, mental development, cognitive

development, psychological development, pedagogy.

Maktabgacha yosh — bu bolaning psixik rivojlanishidagi eng intensiv

bosqichlardan biridir. V.V. Davydov va L.S. Vygotskiy ta’kidlaganidek, bola bu

davrda atrof-muhit bilan o’zaro ta’sirda bo’lish, ijtimoiy rollarni o’zlashtirish, muloqot


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

346

va tafakkur kabi funksiyalarni rivojlantiradi. Shu jarayonda o’yin faoliyati markaziy

o’rin tutadi. Maktabgacha yosh davri — bu bolaning tug’ilganidan maktabga borish

yoshigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Odatda bu davr bolalikdan 6-7 yoshgacha

davom etadi. Bu davr bolaning jismoniy, aqliy, ijtimoiy va hissiy rivojlanishi uchun

eng muhim bosqich hisoblanadi.

Maktabgacha yosh davrining bosqichlari:

1. Go’daklik davri (0-1 yosh):

- Bola atrof-muhitni sezgi organlari orqali idrok qiladi.

- Ona bilan emotsional aloqa muhim rol o’ynaydi.

2. Erta yosh davri (1-3 yosh):

- Mustaqil yurish, gapirish, o’zini tanib olish boshlanadi.

- “Men o’zim” davri boshlanadi — mustaqillikka intilish kuchayadi.

3. Maktabgacha yosh davri (3-6/7 yosh):

- Fantaziya rivojlanadi, rolli o’yinlar avjiga chiqadi.

- Til, fikrlash, ijtimoiy ko’nikmalar shakllanadi.

- Bu bosqichda bolalar bolalar bog’chasiga qatnay boshlaydi.

O’yin faoliyatining psixologik-pedagogik asoslari haqida L.S. Vygotskiy

o’zining madaniy-tarixiy rivojlanish nazariyasida o’yin faoliyatining “yaqin

rivojlanish zonasi” ni shakllantirishdagi rolini alohida ta’kidlagan. A.N. Leontyev,

D.B. Elkonin, P.Ya. Galperin kabi olimlar ham o’yin faoliyatini bolaning faoliyat

turlarini o’zlashtirishidagi eng asosiy shakl sifatida ko’rsatadilar. Vygotskiyning

fikriga ko’ra, o’yin — bu bolaning “yaqin rivojlanish zonasi”ni kengaytiruvchi

vositadir. “Bola o’yinda o’zining bugungi emas, balki ertangi kundagi rivojlanish

darajasida harakat qiladi,” — degan mashhur gapi mavjud. O’yin orqali bola kattalar

faoliyatini imitatsiya qiladi, ijtimoiy rollarni o’zlashtiradi. D.B. Elkonining fikriga

ko’ra, maktabgacha yosh davrida “rolli o’yin” (syujetli-rolli o‘yinlar) asosiy faoliyat

turi hisoblanadi. Bola o’yinda hayotiy vaziyatlarni, kasblarni, munosabatlarni

modellashtiradi, bu esa uni ijtimoiy jihatdan yetukroq qiladi. A.V. Zaporozhets esa

o’yin harakatlari bolada idrok, harakat koordinatsiyasi va emotsional barqarorlikni

rivojlantiradi. O’yin — bu faqat ko’ngilochar faoliyat emas, balki “sensor-motor” va


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-24

Часть–3_ Апрель –2025

347

“aqliy rivojlanish” ni ta’minlovchi jarayon. Piaje o’yinni bolaning aqliy rivojlanish

bosqichlari bilan bog’lagan. Unga ko’ra, o’yinlar bolaning idrok, fikrlash, tasavvur va

tilda rivojlanishiga xizmat qiladi. O’yinlar sensor-motor, simvolik va qoidali

bosqichlarda shakllanadi. K.D. Ushinskiy o’yin bolaga bilim berishning eng tabiiy,

tabiatan qiziqarli usulidir degan.

Aqliy rivojlanish ko’rsatkichlariga o’yinning ta’sirida empirik tadqiqotlar

shuni ko’rsatadiki, o’yin faoliyatida faol qatnashgan bolalarda tafakkur, xotira, idrok,

til va ijodiylik kabi aqliy funksiyalar rivojlanadi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar,

masalan STEAM-ta’lim, Montessori metodikasi, Reggio Emilia yondashuvi o’yin

faoliyatini asosiy metod sifatida qabul qiladi. O’yin faoliyati maktabgacha yoshdagi

bolalar uchun nafaqat psixologik ehtiyoj, balki aqliy taraqqiyotning asosiy omillaridan

biridir. Zamonaviy ta’lim jarayonida o’yin faoliyatiga ilmiy asoslangan yondashuvni

ishlab chiqish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Tursunxo‘jaeva M. X. – Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi. – Toshkent:

O‘qituvchi, 2018.

Xolmatova M. I. – Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya,

2020.

To‘xtaeva R. T. – Bolalar psixologiyasi. – Toshkent: «Yangi asr avlodi», 2019.

Jo‘rayev N. – Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitish va tarbiyalash metodikasi. –

Toshkent: TDPU nashriyoti, 2017.

Komilova G. X. – Ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirishda o‘yin faoliyatining o‘rni. –

Toshkent, 2021.

Yo‘ldosheva D. A. – Bolalarda ijodiy tafakkurni shakllantirishda o‘yin

texnologiyalarining o‘rni. – Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari,

Toshkent, 2022.

Raxmonova Z. Sh. – O‘yin faoliyati orqali bolalarning tafakkurini rivojlantirish. –

«Ta’lim va rivojlanish» jurnali, 2023.