MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
290
DORIVOR O’SIMLIKLARNING INSON SALOMATLIGIDAGI
AHAMIYATI
Mahammadiyeva Sevara Xidirboyevna
Berdiqulova Muazzam G’ulom qizi
Siyob Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi
Aannotatsiya: ushbu maqolada
dorivor o’simliklarning inson salomatligi va
tibbiyotdagi ahamiyati hamda dorivor o’simliklarning bazi xususiyatlari xususidagi
fikrlar berilgan.
Kalit so’zlar: dorivor o’simliklar, giyohlar, salomatlik, tur, muhofaza,
alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli, tinchlantiruvchi, tabiiy.
Аннотация: В этой статье дается представление о важности
лекарственных растений для здоровья человека и медицины, а также о
некоторых свойствах лекарственных растений.
Ключевые слова: лекарственные растения, травы, здоровье, тип,
защита,
алкалоидный,
гликозидный,
эфирное
масло,
витаминный,
успокаивающий, натуральный.
Aannotation: this article provides ideas on the importance of medicinal plants
in human health and medicine, as well as some properties of medicinal plants.
Keywords: medicinal plants, herbs, health, species, conservation, alkaloid,
glycosidic, essential oil, vitamin, calming, natural.
KIRISH
Dorivor oʻsimliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini
olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan
oʻsimliklar — giyohlar. Yer yuzida dorivor oʻsimliklarning 10—12 ming turi borligi
aniqlangan. 1000 dan ortiq oʻsimlik turining kimyoviy, farmakologik va is xossalari
tekshirilgan. Oʻzbekistonda dorivor oʻsimliklarning 700 dan ortiq turi mavjud.
Shulardan tabiiy sharoitda oʻsadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin oʻsimlik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
291
turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda
qoʻllaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% oʻsimlik xomashyolaridan
olinadi. Oʻsimliklar murakkab tuzilishiga ega boʻlgan jonli tabiiy kimyoviy
laboratoriya boʻlib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki
birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor oʻsimliklarning quritilgan oʻti, kurtagi,
ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, poʻstlogʻi, bargi, guli, gʻunchasi, mevasi (urug’i),
danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida
foydalaniladi.
Dorivor oʻsimliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan:
1) taʼsir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir
moyli, vitaminli va boshqalar,
2) farmakologik koʻrsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, ogʻriq
qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga taʼsir qiluvchi, markaziy nerv sistemasini
qoʻzgʻatuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor oʻsimliklarning taʼsir
etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka taʼsir etuvchi
glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq
moddalar, efir moylari, vitaminlar, boʻyoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal,
oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar,
moy hamda moy kislotalari va boshqa
birikmalar boʻlishi mumkin.
ASOSIY QISM
Dorivor oʻsimliklarning organizmga taʼsiri uning tarkibidagi kimyoviy
birikmalarning miqdoriga bogʻliq. Bu birikmalar oʻsimlikning qismlarida turli
miqdorda toʻplanadi. Dorining taʼsirchanlik quvvati hamda sifati yuqori boʻlish davri
ularning gullash hamda urugʻlash davrining boshlanishi vaqtiga toʻgʻri keladi. Dorivor
moddalar baʼzi oʻsimliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, baʼzi oʻsimliklarning guli
yoki mevasida, baʼzilarida ildizi yoki poʻstlogʻida toʻplanadi. Shuning uchun
oʻsimliklarning asosan biologik aktiv moddalari koʻp boʻlgan qismi yigʻib olinadi.
Oʻsimliklarning ildizi, ildizpoyasi, piyozi va tuganagi, odatda, oʻsimlik uyquga kirgan
davrda — kech kuzda yoki oʻsimlik uygʻonmasdan oldin — erta bahorda tayyorlanadi.
Oʻsimlikning meva va urugʻlari pishib yetilganda yigʻiladi, chunki ular bu paytda dori
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
292
moddalariga boy boʻladi. Yangi yigʻib olingan dorivor oʻsimlik mahsuloti tarkibida
(yer ustki aʼzolarida 85% gacha, ildizida 45% gacha) nam boʻladi. Bu nam
yoʻqotilmasa (quritish yoʻli bilan), oʻsimlik chirib, dori moddalari parchalanib,
yaroqsiz boʻlib qoladi.
Odamlar qadim zamonlardan tabiat neʼmatlaridan foydalana boshlaganidan
buyen dorivor oʻtlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4
ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qad. Misr mamlakatlarida shifobaxsh oʻsimliklar
haqida maʼlumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan Oʻrta Osiyo xalq
tabobatida dorivor oʻsimliklardan foydalanib davolash oʻzining qad. anʼanalariga ega.
Shifobaxsh oʻsimliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn
Sinoning „Al-qonun“ asarida 476 ga yaqin oʻsimlikning shifobaxsh xususiyatlari va
ularni ishlatish usullari toʻgʻrisida maʼlumotlar keltiriladi. Hozirgi vaqtda dorivor
oʻsimliklarning turi koʻpayib, xalq tabobati shifobaxsh oʻsimliklar bilan boyigan.
Dorivor oʻsimliklardan koʻproq, anor, achchiqmiya, bodom, doʻgʻbuy, dorivor
gulxayri, yongʻoq, jagʻ-jagʻ, zubturum, isiriq, itburun, omonqora, pista daraxti,
sachratqi, choyoʻt, shildirbosh, shirinmiya, shuvoq, yantoq, yalpiz, kiyikoʻt,
togʻrayhon, qizilcha, qoqioʻt va boshqalari tarqalgan. Achchiqmiyadan paxikarpin,
oqquraydan pesni davolashda qoʻllaniladigan psoralen, isiriqdan garmin, itsigekdan
anabazin, omonqoradan galantamin, shildirboshdan sferofizin va b. alkaloidlar olinadi.
Anor pustidan gijja haydovchi pelterin tanat va ekstrakt tayyorlanadi. Dorivor gulxayri
preparatlari balgʻam koʻchiruvchi va yumshatuvchi, jagʻ-jagʻ va lagoxilusdan
tayyorlangan dorilari qon ketishini toʻxtatuvchi, pista bujgʻuni va choyoʻtdan
tayyorlangan dorilar meʼdaichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. S.Q. Islombekov
nomidagi Toshkent farmatsevtika zdida Oʻzbekistonda oʻsadigan va ekiladigan dorivor
oʻsimliklardan turlituman dorilar tayyorlanadi. Dorivor oʻsimliklarni topish va ulardan
alkoloidlar olishda Oʻzbekistan FA Oʻsimlik moddalari kimyosi institutining xizmati
katta. Intda 4000 dan ortiq oʻsimlikning turli organlari alkoloid olish maqsadida
oʻrganilib, ulardan 1000 ga yaqin tabiiy birikmalar ajratib olingan. Shu asosda sitizin,
galantamin kabi 20 dan ortiq qimmatli preparat yaratilgan va tibbiyotga joriy qilingan.
Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti va Botanika bogʻining efir moyli,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
293
dorivor va boʻyoqli oʻsimliklar lab. ilmiy xodimlari mutaxassislar bilan hamkorlikda
Oʻrta Osiyo hududida koʻp tarqalgan yuqumli kasalliklardan eng xavflisi sariq
(gepatit)ni davolashda ekologik jihatidan toza, samaradorligi yuqori boʻlgan dorivor
oʻsimliklar xom ashyolaridan tayyorlangan „Safro haydovchi Hojimatov yigʻmasi“ni
yaratdilar va bu yigʻma ilmiy tibbiyotda qoʻllashga va ishlab chiqarishga ruxsat etildi
(1997). Shuningdek, SamDU Botanika kafedrasida, Toshkent davlat farmatsevtika
institutida dorivor oʻsimliklarni ekib yetishtirish texnologiyasi oʻrganilmoqda.
Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va
Xorazm Maʼmun akademiyasida dorivor oʻsimliklar yetishtiradigan maxsus xoʻjaliklar
bor. Yovvoyi dorivor oʻsimliklar xom ashyolari asosan „Oʻzfarmsanoat“ respublika
davlat-aksiyadorlik konserni, matlubot shirkatlari va Oʻzbekistan Qishloq va suv
xoʻjalik vazirligining „Shifobaxsh“ ishlab chiqarish birlashmasi xoʻjaliklari tomonidan
tayyorlanadi.
XULOSA
Ma’lumki,
dunyo
miqyosida
farmatsevtika
korxonalarida
ishlab
chiqarilayotgan dori vositalarirting taxminan 50% dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan
tayyorlanmoqda. Mutloq ko’pchilik mamlakatlarda, shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasida farmatsevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday
korxonalaming dorivor o ‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabni keskin ortishiga
sabab bo‘lmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, tabiiy holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar
zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalaming dorivor
o‘simliklar xom-ashyosiga bo‘lgan talabini, asosan, dorivor o‘simliklar o‘stirish
orqaligina qondirish mumkin.
Ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda farmatsevtika sanoati va
dorixonalarni o‘simliklar xom-ashyosi bilan ta’minlash maqsadida ixtisoslashgan,
fermer, o‘rmon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo‘jaliklarida eng ko‘pi bilan 42
tagacha dorivor o‘simliklar turlari o‘stiriladi. Rossiya Federatsiyasi, Ukraina,
Moidova, Misr Arab Respublikasi va bir qator mamlakatlarda dorivor o‘simliklarni
yetishtirish bilan shug’ullanish birmuncha yaxshi уo’lga qo’yilgan. Mustaqillikka
erishilgandan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika sanoati tezlik bilan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
294
rivojlana boshladi. Hozirgi vaqtda bunday korxonalarning soni 70 tadan ortiqdir. Shu
sababli ham, ushbu sanoatni dorivor o‘simliklar xomashyosi bilan yetarli darajada
ta’minlash talab etiladi.
Mamlakatimiz hududi juda katta bo‘lib, turli iqlimli tumanlarni o‘z ichiga
oladi. Shuning uchun ham mamlakatimiz o‘simliklar dunyosi - florasi turli
o‘simliklarga boy. Ularning ichida dorivorlari ham ko‘p bo‘lib, har yili ming tonnalab
dorivor o ‘simliklar mahsuloti tayyorlanadi hamda kasalliklarni davolash va oldini
olish uchun ishlatiladi. Mamlakatimizda yovvoyi holda o‘sadigan o‘simliklarning
tabiiy boyligi har qancha ko‘p bo‘lmasin, baribir ularni ham chegarasi bor. Cheksiz
miqdorda yer yuzida hech qanday boylik bo‘lmaganidek, o‘simlik dunyosining
zaxirasi ham cheksiz emas. Shuning uchun ham tabiiy holda o‘sadigan o‘simlilk
boyliklaridan to‘g‘ri foydalanilmasa bu «cheksiz boyliklar» bir vaqtlar kelib Yer
yuzida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.
ADABIYOTLAR
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
2.
Xolmatov H.X., Habibov Z. H., Farmakognoziya [Darslik], T., 1967;
3.
Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar, T., 1980;
4.
Hojimatov Q., Olloyorov M. , Oʻzbekistonning shifobaxsh usimliklari va ularni
muhofaza qilish, T., 1988;
5.
Xoliqov K., Oʻzbekiston janubidagi dorivor oʻsimliklar, T., 1992;
6.
Hojimatov Q.H., Yoʻldoshev K.Y., Shogulomov U.Sh., Hojimatov O.Q.,
Shifobaxsh giyoxlar dardlarga malham (Fitoterapiya), T., 1995;
7.
Murdoxayev Yu.M. Kultura lekarstvennix rasteniy v Oʻzbekistane, T., 1988.