MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
214
MAHSULOT TANNARXINI REJALASHTIRISH VA TAHLIL QILISH
USULLARINI SAMARALI QO‘LLASH MASALALARI
Raimkulova Kamola Tagirovna
Bank-Moliya Akademiyasi
MBA “Biznesni boshqarish” magistranti,
"Texnopark" MCHJ iqtisodchisi,
+998993067688
ISSUES OF EFFECTIVE APPLICATION OF PRODUCT COST
PLANNING AND ANALYSIS METHODS
Raimkulova Kamola Tagirovna
Master’s student of the
MBA “Business Management”
department of the Bank-Finance Academy,
Economist of Technopark LLC,
+998993067688
Annotatsiya: Maqolada iqtisodiyot tarmoqlaridagi sanoat korxonalari
mahsulotlari tannarxi va uni rejalashtirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan.
Jumladan, tannarx tarkibidagi komponentlari va ularning to‘liq tannarxdagi salmog‘i
keltirilgan. Maqolada mahsulot tannarxining ishlab chiqarish rentabelligiga ta’sir
etuvchi omillarga ta’riflar beriladi. Mamlakat sanoat tarmoqlarida mahsulot
tannarxini rejalashtirishning zamonaviy metodlarini samarali qo‘llash masalalari
o‘rganib chiqiladi. Maqola iqtisodiy va empirik tahlillar, jarayon kuzatuvlari va soha
mutaxassislari bilan suhbatlar, savolnoma o‘tkazish usullari yordamida tayyorlandi.
o‘
Kalit so‘zlar: iqtisodiyot, mahsulot tannarxi, xarajatlar, sanoat tarmoqlari,
rejalashtirish, ishlab chiqarish, ratsional sarf, biznes
Abstract: The article covers the cost of products of industrial enterprises in
sectors of the economy and the theoretical and practical foundations of its planning.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
215
In particular, the components of the tanning structure and their oscillations in full
tanning are presented. The article provides definitions of factors affecting the
profitability of production of the cost of products. In the industrial sectors of the
country, the issues of effective application of modern methods for planning the cost of
products are studied. The article was prepared using economic and empirical analysis,
process observations and interviews with experts in the field, methods of conducting a
questionnaire.
Keywords: economics, product cost, costs, industrial sectors, planning,
production, rational spending, business
Kirish
Iqtisodiyot tarmoqlarida sanoat sohasining salmog’i yuzasidan yirik sohalar
turiga kiradi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan shug’ullanadigan ishlab chiqarish
korxonalari, doimiy ravishda daromadini maksimallashtirib, biznesini yanada
kengaytirishga intiladilar. Bu esa, o‘z navbatida, korxonalar mikrodarajada umumiy
iqtisodiy o‘sishga o‘z hissalarini qo‘shgan bo‘ladilar. Ishlab chiqarishning marjinal
daromadini oshirish uchun esa, albatta, mahsulot tannarxini samarali rejalashtirib,
xarajatlar va resurslar sarfi nazoratini to‘g’ri tahlil qilib borish katta ahamiyatga ega.
Tannarx to‘g’ridan-to‘g’ri ishlab chiqarish korxonasining foydasiga ta’sir etadigan
iqtisodiy-moliyaviy ko‘rsatkichdir. Tannarx har bir ishlab chiqarilgan bir birlik
mahsulotga sarflangan barcha xarajatlar yig’indisi va aylanma davrning yalpi
xarajatlari summasi ko‘rinishida ifodalanadi. Uning tarkibi quyidagi elementlardan
tashkil topadi: 1-rasm.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
216
1-rasm.Mahsulot tannarxi elementlari
Manba: Ma’lumotlar muallif tomonidan ilmiy tadqiqoti asosida tayyorlandi
Mahsulot tannarxini rejalashtirish - mahsulotning maqsadli narxini aniqlash,
ishlab chiqarish rentabelligini va marjasini baholash, asoslangan boshqaruv qarorlarini
qabul qilish, ishlab chiqarish jarayonidagi xarajatlarni nazorat qilish imkonini beradi.
Tannarxni tahlil qilish-xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, rezervlarini topish,
resurslardan foydalanish samaradorligini baholash, tannarxga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni aniqlash, rejadagi ko‘rsatkishlardagi farqlar bo‘yicha choralar ko‘rishga
yordam beradi. Umumiy va to‘liq tannarxni hisoblashda yillik xarajatlar smetasini
shakllantirgan holda va har bir mahsulot uchun alohida tuzilgan kalkulyatsiyadan
foydalaniladi.
Adabiyotlar sharhi
Mahsulot tannarxini rejalashtirish
keng qamrovli yo‘nalish bo‘lib, bir necha
asrlardan buyon iqtisodiy maktablar davridan rivojlanib kelgan. Adam Smit va David
Rikardo kabi olimlar qiymat nazariyasining asoslarini tuzganlar. Bu nazariya tannarx
tushunchasining bazaviy asosidir. Alfred Marshall nisbiy naflilik nazariyasini yoritib
bergan, bu nazariya tannarxni shakllanishiga
o‘z hissasini
qo‘shgan.
Iqtisodchi olimlardan A.S.Borodkin, K.F.Luchenko, A.I.Minevskiy tannarxning
nazariy va amaliy asoslari kabi ilmiy ishlar olib borishgan. Mamlakatimizda
Sh.Sh.Shodmonov, D.Sh.Bababekova, B.O.Tursunov, A.Ibragimov, U.V.G’ofurov
61%
18%
9%
1%
5%
4%
2%
Xomashyo va
materiallar
Yarimfabrikatlar
Ish haqi
Ijtimoiy soliq
Amortizatsiya
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
217
kabi iqtisodchi olimlar iqtisodiyot haqida oliy ta’lim uchun darsliklar, o‘quv
qo‘llanmalar tayyorlashgan. Darslikda va qo‘llanmalarda korxonalar iqtisodiyotini o‘z
ichiga olgan ma’lumotlar, xususan, mahsulot tannarxini rejalashtirishga doir
ma’lumotlar keltirilgan. O.K.Xonto‘rayev o‘zining “Mahsulot tannarxini hisoblashni
amalda qo‘llanilayotgan usullari tahlili” nomli maqolasida ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik yangilash va diversifikatsiya qilish, innovatsion
texnologiyalarni joriy etishning mahsulot tannarxiga ta’siri haqida tadqiqotida ko‘rib
chiqqan. X.S.Asatullayev va B.O.Tursunovning “Korxonalarni rivojlantirish
strategiyasi” kabi ilmiy ishlarida xarajatlarni tejash va samaradorligini oshirish
yo‘llari, mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish usullari va tannarxni kamaytirish
imkoniyatlari haqida tadqiqotlari bilan bu mavzuga katta hissa qo‘shganlar.
Tadqiqot metodologiyasi
Maqolada sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarish korxonalari tayyor mahsuloti
tannarxini rejalashtirishga doir usullarining hozirgi holatini o‘rganish, tahlil qilish
jarayonida kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llari o‘rganildi. Mazkur
tadqiqotni o‘tkazishda iqtisodiy va empirik tahlillardan, kuzatuv usuli va soha
mutaxassislari bilan suhbat, savolnoma kabi metodlardan foydalanildi. Horij tajribasi,
internet sahifasidagi ma’lumotlar o‘rganildi. Korxonadagi bevosita ishlab chiqarish
jarayonida tayyor mahsulotlar smeta va kalkulyatsiyalari to‘g’risida amaliy ko‘nikma
hosil qilindi. Shu bilan birga maqolani tayyorlashda adabiyotlar sharhi, ma’lumotlarni
guruhlash va taqqoslash usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar
Sanoat korxonalarida xarajatlarni rejalashtirishda va boshqaruv qarorlarini
amalga oshirishda ikki xil klassifikator guruhdan foydalaniladi: xarajatlarni
elementlariga ko‘ra turkumlash va kalkulyatsiyaviy usulga ko‘ra turkumlash.
Xarajatlarni elementlariga ko‘ra turkumlash tashqi foydalanuvchilar va investorlar
uchun, uzoq muddatli rejalashtirish maqsadida, xarajatlarni kamaytirish, biznesning
samarasini aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Kalkulyatsiyaviy usul esa, asosan, resurslarni
samarali sarflanayotganini tahlil qilish maqsadida, ichki boshqaruv qarorlari va tezkor
prognozlar uchun kerak bo‘ladi. O‘z navbatida, kalkulyatsiyaviy usulda xarajatlar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
218
ishlab chiqarish tannarxi va to‘liq/umumiy tannarxga turkumlanadi. Ishlab chiqarish
tannarxiga mahsulotni bevosita yaratish bosqichida sarflangan barcha xomashyo va
materiallar, jarayonda ishlagan ishchi-hodimlar ish haqi va ularning ish haqidan
ijtimoiy ajratmalar, jarayonda foydalanilgan asbob-uskunalar va stanoklar
amortizatsiyasi, kommunal xarajatlar: elektroenergiya, gaz va suv ta’minoti va boshqa
ishlab chiqarish bilan bo‘g’liq xarajatlar kiritiladi. Mazkur xarajatlar tasnifini yillar
kesimida iqtisodiy elementlari bo‘yicha tahliliy jadvalini quyida batafsil ko‘rish
mumkin: 1-jadval To‘liq/umumiy tannarx yuqoridagi ishlab chiqarish tannarxiga
mahsulotni sotish/realizatsiyasi bilan bo‘g’liq xarajatlar, boshqaruv-ma’muriy
xarajatlar va boshqa davriy operatsion xarajatlarni qo‘shgan holda hisoblab chiqiladi.
Qamroviga ko‘ra tannarx rejali va haqiqiy/fakt kabi ikki turga turkumlanadi. Rejali
tannarxni hisoblashda xarajatlar me’yori/ normasi va xarajatlar smetasi asos hujjat
bo‘ladi. Rejali tannarxni hisoblab chiqish, asosan, mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni
boshlanishidan avval amalga oshiriladi: 1-jadval
1-jadval
Mahsulot tannarxining iqtisodiy elementlari bo‘yicha tahlili (yillar
kesimida)
Xarajat
guruhlari
2022 yil
2023 yil
2024 yil
Summa,
mln.so‘
m
Salmog‘
i %
Summa
mln.so‘
m
Salmog‘i
, %
Summa,
mln.so‘
m
Salmog‘i
, %
Moddiy
xarajatlar,
shu
jumladan:
4 078
75
6 016
77
6 360,9
76
Xomashyo
va
materiallar
3 110
56
4 086
52
4 910
59
Yarimfabrikatla
r
968
19
1 930
25
2 450
17
Ishchilar
maoshi
350
6,4
553
7,1
530
6,3
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
219
Ijtimoiy
sug‘urta
ajratmalari
45,6
0,85
65
0.9
68,7
0.8
Amortizatsiya
ajratmalari
730
13,4
885
11,4
954
11,4
Boshqa
ishlab
chiqarish
xarajatlari
21
0,45
26
0,4
38
0,5
El.energiya
95
1,7
131
1,5
249
3
Gaz ta’minoti
69
1,3
75
1
90,1
1,1
Suv
va
kanalizatsiya
48
0,9
59
0.7
73,2
0.9
Jami
ishlab
chiqarish
tannarxi:
5 466,6
100
7 798
100
8 406,4
100
Manba: Mahsulot yalpi tannarxi hisoboti muallif taomonidan taxminiy
raqamlarda tayyorlandi
Korxonada xarajatlarning iqtisodiy elementlari bo‘yicha tarkibi va
strukturasining tahlil qilar ekanmiz, o‘z navbatida xarajatlar moddiy va boshqa doimiy
xarajatlarga bo‘linib, ularning salmog‘ini ko‘rishimiz mumkin. Bunda moddiy
xarajatlar umumiy xarajatlarning 2022 yilda 75 % va 2023 yilda 77 % ini tashkil
qilishini ko‘rishimiz mumkin. Moddiy xarajatlar o‘z navbatida xomashyo va
materiallar, yarimfabrikatlarga bo‘linadi.
2-jadval
Bir birlik tayyor mahsulotning rejali tannarxi kalkulyatsiyasi (so‘mda)
1
Muzlatkich
SAMSUNG
42D/L
1
Mahsulot tannarxi kalkulyatsiyasi taxminiy raqamlarda muallif tomonidan tayyorlandi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
220
Ko‘rsatkichlar
I
Xomashyo va materiallar:
2
890 250,00
mahalliy
1
416 222,50
import
1
474 027,50
1
Ishlab chiqarishga doir oylik maoshlar
231 220,00
2
Ijtimoiy soliq
27 746,40
3
Amortizatsiya ajratmasi (uskuna)
317 927,50
4
Kommunal to‘lovlar
101 158,75
5
Texnik xizmat va uskunalar ta'miri xarajati
52 024,50
6
Boshqa ishlab chiqarish xarajatlari
28 902,50
Ishlab chiqarish tannarxi
3
649 229,65
II
Davr xarajatlari
520 245,00
II
I
To‘liq tannarx
4
169 474,65
Foyda
2
330 525,35
I
V
Sotuv narxi (QQS dan tashqari)
6
500 000,00
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
221
Sotuv narxi (QQS bilan)
7
280 000,00
V
I
Mahalliylashtirish darajasi
60%
Haqiqiy tannarx esa aylanma davr, odatda, bir oy muddat o‘tganda korxonaning
barcha srf-xarajatlarini aniqlash uchun hisoblanadi. Bunda bir birlik mahsulot ishlab
chiqarilishidan avvalgi reja tannarxi va mahsulot ishlab chiqarilgandan so‘ng faktda
haqiqatan sarflangan xarajatlar solishtirilib, reja-fakt tahlil amalga oshiriladi. Shuning
natijasida, xarajatlarning ratsional sarflanishi ustidan nazorat olib boriladi. Mahsulot
tannarxini rejalashtirish va xarajatlarni ratsional sarflashning hozirgi kunda horij
tajribasiga nazar solib, bir qancha yangi zamonaviy metodlarining tendensiyalari
mavjudligini kuzatish mumkin: 3-jadval
3-jadval
Mahsulot tannarxini rejalashtirish va tahlil qilish usullari
Rejalashtirish
strategiyasiga ko‘ra
Metodlari
Mazmuni
Uzoq muddatli strategik
rejalashtirish:
Target Costing
Bozordagi narx va olmoqchi bo‘lgan
foydasiga asoslanib tannarxni aniqlash
Tezkor
/
operativ
rejalashtirish:
Standard
Costing
Xarajatlarga
standartlarni
belgilash
asosida, natijada fakt tannarxni standart
bilan solishtirish
ABC -Costing
Xarajatlarni faoliyatga va mahsulotga
ko‘ra taqsimlash asosida tannarxni
aniqlash
Byudjetlash
Har bir ishlab chiqarish bo‘limi uchun
xarajatlar byudjeti va limitini tuzish va
nazorat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
222
Texnologik
va
instrumental
rejalashtirish:
ERP-tizimlar
Ishlab
chiqarish,
moliya,
logistika
haqidagi
barcha
ma’lumotlar
integratsiyasi,
rejalashtirishning
avtomatizatsiyalangan jarayoni
Ma’lumotlar
tahlili tizimi
Katta hajmdagi ma’lumotlar tahlili,
xarajatlar
prognozi,
jarayonlar
optimizatsiyasi
Raqamli
modellash
Ishlab chiqarish jarayonining virtual
modelini yaratish va tahlil qilish
AI
dan
foydalanish
Xomashyo talabi va narxini prognozlash,
jarayonlarni
optimizatsiyalash,
sifat
nazoratini avtomatlashtirish
Uzluksiz mukammallik:
Kaizen
Ishlab chiqarish jarayonlarining uzluksiz
yaxshilanishi,
barcha
hodimlarni
jarayonga birlashtirish
Tejamli
mahsulot
Sarflarni minimallashtirib, unumdorlikka
erishish,
axborot
oqimini
optimallashtirish
Six Sigma
Ishlab chiqarilgan yaroqsiz mahsulot va
uni tuzatish xarajatini kamaytirish
Manba: Internet tarmoqlari ma’lumotlari asosida muallif tomonidan
tayyorlandi
Rejalashtirish va tahlil qilishning yuqoridagi metodlari bugungi kunda bozor
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilmoqda.
Bunga misol keltirib, Standard Costing, ABC-Costing, Just-in-Time kabi metodlar
AQSH va Yevropada keng tarqalgan. Target Costing, Tejamli mahsulot va Kaizen
Costing metodlari Yaponida keng qo‘llaniladi.
Xalqaro savdoda ham mahsulot tannarxi muhim faktor hisoblanadi. Tannarxni
boshqarish sanoat korxonalariga raqobatbardoshligini oshirib, xalqaro bozorga
mahsulotini eksport qilishiga katta imkoniyatlar yaratadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
223
Muhokama
Mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlardan quyidagi natijalarni berdi.
Sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini rejalashtirishdan maqsad uning xarajatlari
qiymatini pasaytirish bilan bog’liq. Korxonalar mahsulot tannarxini pasaytirishda bir
qancha muammolarga duch kelishmoqda:
Import xomashyo va materiallar narxining oshib borishi;
Valyuta kursi o‘zgarishi bilan bog’liq moliyaviy risklar;
Mahalliy xomashyo va materiallar ishlab chiqaruvchi korxonalar kamligi;
Transport va logistika xarajatlari (ham eksport, ham importda).
Ushbu masalalarning yechimi sifatida quyidagilarni taklif qilish mumkin:
1.
Mahsulotni ishlab chiqarishga sarflanadigan xomashyo va materiallarni
imkon qadar mahalliy yetkazib beruvchilardan harid qilish zarur. Bu o‘z navbatida
import qilinadigan moddiy xarajatlarni ulushini kamaytiradi, natijada valyuta kursi
bilan bog’liq risklarni pasaytirishga erishiladi. Chunki, valyuta kursi oshib borishi
oqibatida, sotib olinadigan import materiallarning narxi tobora oshib boradi va
mahsulot tannarxini bor-yo‘g’i valyuta kursining oshishi hisobiga ko‘tarilishiga sabab
bo‘ladi
2.
Xarajatlar me’yorini va smetasini qayta ko‘rib chiqish mumkin, ba’zi
materiallarni mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan holda nisbatan arzonroq
alternativ turiga almashtirish, shu bilan birga, xarajatlar me’yoridagi materiallar va
komponentlar hajmini va o‘lchamini ham qayta ko‘rib chiqib, optimal variantlarni
sinovdan o‘tkazib ko‘rish taklif etiladi.
3.
Bugungi kunda global darajada iqtisodiyotga yashil innovatsilarni va
ekotizimlarni, raqamli texnologiyalarni joriy qilishni jadal suratlar bilan boshlab
yuborilgan. Yashil innovatsiyalar ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarish
natijasida tabiiy resurslarning tejalishi, ekologiyaga zararlilik ta’sirini kamaytirish
bilan birga xarajatlarni optimallashtirishga, samaradorlik va raqobatbardoshlikni
kuchaytirishga yordam beradi. Bu tizimlarning istiqbollari va imkoniyatlarini kengroq
yoritib berish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
224
Energiya samaradorli texnologiyalar joriy etilishi elektroenergiya
iste’molini kamaytirib, mahsulot tannarxini pasayishiga ijobiy ta’sir qiladi
Quyosh va shamol energiyasidan foydalanish avvalgi an’anaviy qimmat
bo‘lgan energiya turlaridan foydalanishni kamaytiradi
Iste’molchilar hozir ko‘proq ekologik toza mahsulotlarga moyillik
ko‘rsatmoqdalar, shu sababli ham korxonada ekotizimlar joriy etilishi korxona
obro‘yiga va raqobatbardoshlikka ijobiy ta’sir etadi
Ekotizimlarni joriy etgan korxonalarga investorlar va hamkorlarni jalb
qilish oson bo‘ladi.
Xulosa
Mavzu doirasida olib borilgan tadqiqotlar natijasida xulosa qilib
aytganda, horijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, quyidagicha ilmiy takliflar va
tavsiyalar berish mumkin bo‘ldi. Kuzatuv natijasida aniqlandiki, ishlab chiqaruvchi
korxonalar yuqoridagi tizimlarni qaysidir komponentlarini jarayonga bosqichma-
bosqich joriy qilishmoqda, chunki bu tizimlarni to‘liq ishlab chiqarish jarayoniga joriy
qilinishi uchun, birinchi navbatda, katta miqdorda moliyaviy mablag’ zarur bo‘ladi.
Ikkinchidan, bu tizimlarni mahalliy ishlab chiqarishga mos kelishi sinov tariqasida
dastavval tekshiriladi, keyin tizimga o‘tiladi. Uchinchidan bunday tizimlardan
foydalana oladigan malakali mutaxassislar kerak bo‘ladi, ularni zamonaviy
innovatsion tizimlar bilan yaqindan tanishtirib, ko‘nikma hosil qildirish zarurati bor.
Bularni yo‘lga qo‘yish uchun, albatta vaqt talab qilinadi. Mazkur innovatsion
tizimlarni mamlakatimiz sanoatiga joriy qilish, mehnat unumdorligini va
samaradorligini oshishiga ko‘maklashadi. Shu bilan birga, bunday tizimlarning
afzalliklariga misol keltirib, atrof-muhitning zararlanishini kamayishi, yashil
iqtisodiyotga yangi ish joylarini yaratilishini ham ta’kidlash mumkin. Bu o‘z
navbatida, mamlakatimiz hozirgi global sharoitda aktual bo‘lgan “Industriya 5”
davriga o‘tishini prognoz qilsak bo‘ladi.. “Industriya 4” da avtomatlashtirish va
robotizatsiya jadal rivojlangan bo‘lsa, endi markazga inson kapitali chiqdi. Inson va
robot mashinalarning hamkorlikda ishlashi yo‘lga qo‘yilmoqda. Natijada,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
225
mamlakatimizda innovatsion yangi yo‘nalishlar va tizimlar: yashil iqtisodiyot,
ekotizimlar, raqamli texnologiyalar jadal rivojlana boradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YHATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sanoat ishlab chiqarishini xom ashyo
bilan uzluksiz ta'minlash uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish chora-tadbirlari
to‘g'risida»gi qarori 10.12.2020. №4919//lex.uz
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoatda ishlab chiqarish
xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori 08.01.2014. №5.//lex.uz
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat kooperatsiyasini yanada
rivojlantirish va talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori 01.05.2019. №4302//lex.uz
4.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy ishlab chiqarilgan
tovarlarni aniqlash tartibi to‘g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qarori. 28.10.2024
№712 //lex.uz
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2024 yillardagi sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarishga doir qaror va farmonlari //lex.uz
6.
Asatullayev,X. Tursunov, B. Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi, Darslik.
Toshkent T.: IQTISOD-MOLIYA, 2019.-206b
7.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining mahsulot tannarxini rejalashtirish bo‘yicha
tahliliy nashrlari va statistik ma’lumotlari
8.
Iqtisodiyot nazariyasi.Darslik.//Sh.Sh.Shodmonov.T.:LESSON PRESS,2021.-
314b
9.
Marshall,A. Iqtisodiy ilmning prinsiplari. Buyuk Britaniya. T.: Progress,1993.-
38b
10.
Rikardo, D. Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi. Buyuk Britaniya.
T.:EKONOV, 1993.-38b
11.
Smit, A. Xalqlar boyligining sabablari va tabiati haqidagi tadqiqot. Buyuk
Britaniya. T.:Eksmo, 2022. -741b
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
226
12.
Xonto‘rayev, O. Mahsulot tannarxini hisoblashni amalda qo‘llanilayotgan
usullari tahlili. Toshkent T.: Worldldy Knowledge, 2024.-214b