MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
123
SUN’IY INTELLEKT YORDAMIDA O‘QITISH
SAMARADORLIGINI OSHIRISH MEXANIZIMLARI
Andijon davlat pedagogika instituti
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Matematika va Informatika yo`nalishi 3-
bosqich talabasi Odinaxon Erkinova
Anotatsiya: Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining
zamonaviy ta’lim jarayonlariga ta’siri, ayniqsa o‘qitish samaradorligini oshirishdagi
o‘rni yoritib berilgan. Sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning bilim darajasi,
qiziqishlari va o‘rganish uslublarini aniqlab, individual yondashuv asosida o‘quv
jarayonini tashkil etish imkoniyati mavjud. Maqolada AI asosida yaratilgan ta’lim
platformalari, virtual yordamchilar, avtomatlashtirilgan test
tizimlari va
o‘qituvchining ishini yengillashtiruvchi vositalar haqida misollar keltirilgan.
Shuningdek, sun’iy intellektning yurtimizdagi ta’lim tizimiga integratsiyalashuvi,
mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilingan. Maqolaning asosiy
maqsadi – sun’iy intellektdan unumli foydalanish orqali ta’lim sifatini oshirishning
real mexanizmlarini ko‘rsatishdir.
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, raqamli ta’lim, adaptiv o‘qitish, ta’lim
texnologiyalari, o‘quv jarayoni, ma’lumot tahlili, AI yordamida ta’lim
Аннотация: В данной статье рассматривается влияние технологий
искусственного интеллекта (ИИ) на современный образовательный процесс,
особенно в контексте повышения эффективности обучения. С помощью ИИ
можно выявить уровень знаний учащихся, их интересы и стили обучения, что
позволяет организовать образовательный процесс на основе индивидуального
подхода. Приводятся примеры образовательных платформ на основе ИИ,
виртуальных ассистентов, автоматизированных систем тестирования и
других инструментов, облегчающих работу преподавателя. Также
рассматриваются перспективы интеграции ИИ в систему образования
Узбекистана, существующие проблемы и направления развития. Основная цель
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
124
статьи — показать реальные механизмы повышения качества образования с
помощью эффективного использования искусственного интеллекта.
Ключевые слова:
искусственный интеллект, цифровое обучение, адаптивное обучение,
образовательные технологии, процесс обучения, анализ данных, образование с
использованием искусственного интеллекта
Abstract: This article explores the impact of artificial intelligence (AI)
technologies on modern education, particularly focusing on mechanisms that enhance
teaching efficiency. AI can assess students’ knowledge levels, interests, and learning
styles, enabling a personalized approach to instruction. The article highlights
examples of AI-powered educational platforms, virtual teaching assistants, automated
testing systems, and tools designed to support teachers. Additionally, it examines the
integration of AI into Uzbekistan's education system, discusses existing challenges, and
outlines future prospects. The primary aim of the article is to demonstrate practical
mechanisms for improving the quality of education through the effective use of
artificial intelligence.
Keywords: artificial intelligence, digital education, adaptive learning,
educational technology, educational process, information analysis, AI-assisted
learning
Kirish:
Bugugi kunda
Yevropa davlatlarida
- sun’iy intellekt
texnologiyalarining etikaviy va ijtimoiy ta’sirini oʻrganishga e’tibor qaratmoqda.
Shuningdek, Yevropa Ittifoqi sun’iy intellekt texnologiyalari uchun katta
miqdordagi grantlarni taqdim etmoqda. Boshqa mamlakatlar: Yaponiya, Janubiy
Koreya, Hindiston kabi mamlakatlar ham sun’iy intellekt sohasida faol
rivojlanishni amalga oshirmoqda. Ushbu mamlakatlar sun’iy intellekt
texnologiyalarining turli sohalarida qoʻllanilishini kengaytirishga harakat
qilmoqda.
Mamlakatimizda ham so‘nggi yillarda Sun’iy intellekt sohasida investitsiyalarni
jalb qilish, ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun bir qator
tashabbuslar amalga oshirildi. Jumladan 2024-yilning 13-avgustida Oʻzbekiston
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
125
Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Oʻzbekiston Respublikasining
raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2024
yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash. toʻgʻrisidagi qaror
loyihasini muhokama qilindi. Unda qayd etilishicha, sun’iy intellekt texnologiyalarini
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish, sun’iy intellekt texnologiyalari markazini
tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi. Prezident sun’iy intellekt texnologiyalarini
bank-moliya sohasida qoʻllashni kengaytirish, bu borada kadrlar tayyorlash va
hodimlar malakasini oshirish zarurligini ta’kidladi.
Sun’iy intellektning ta’limdagi roli oʻquv jarayonini avtomatlashtirish,
oʻquvchilarga individual yondashuvni ta’minlash, oʻquvchilarning bilim darajasini
baholash, oʻqituvchilarga yordam berish (masalan, oʻquv materiallari yaratish,
oʻquvchilarning muvaffaqiyatini kuzatish). Oʻqituvchilarning raqamli savodxonligini
oshirish, raqamli vositalardan samarali foydalanish, oʻquvchilarga raqamli
savodxonlikni oʻrgatish.muhimdir.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi:
Pedagoglarni raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan foydalanishga
tayyorlashning kelajakdagi yoʻnalishlari, yangi texnologiyalarni ta’limga qoʻllash,
pedagoglarning raqamli kompetensiyalarini yanada oshirishga qaratilgan. Sun’iy
intellekt yordamida oʻquvchilarning inividual ehtiyojlarga mos keladigan shaxsiy
oʻquv rejalari va dasturlarini yaratish masalalari: Sun’iy intellektning
shaxsiylashtirilgan oʻquvda qoʻllanishi - oʻquv materiallari tanlash, oʻquv vazifalarini
tayyorlash, oʻquv jarayonini monitoring qilish, oʻquvchilar individual yondashuvni
ta’minlash. Sun’iy intellekt yordamida oʻquvchilarning bilim darajasini oshirish,
oʻquvchilarning
motivatsiyasini
oshirish,
oʻquvchilarning
qiziqishlarini
rivojlantirishdir. Sun’iy itellekt yordamida oʻqitish samadorligini oshirish
mexanizmlari quyidagilardir:
Shaxsiylashtirilgan o‘quv rejalarini yaratish: Sun’iy intellekt o‘quvchilarning
o‘quv yutuqlarini va ehtiyojlarini tahlil qilib, har bir o‘quvchi uchun
shaxsiylashtirilgan o‘quv rejalarini yaratish imkonini beradi. Bu texnologiya
o‘quvchining avvalgi bilim darajasi, tezlik, qiziqishlari va o‘quv uslubiga qarab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
126
ta’limni moslashtiradi. Masalan, o‘quvchi qaysi mavzularda qiyinchiliklarga duch
kelayotganini aniqlash va unga o‘ziga xos qo‘llanma yoki mashqlarni taqdim etish
mumkin. Bu o‘qitish jarayonini yanada samarali va o‘quvchi uchun qiziqarli qiladi.
Avtomatik baholash va tahlil: Sun’iy intellekt yordamida o‘quvchilarning
ishlari va testlarini avtomatik ravishda baholash imkoniyati mavjud. Bu
o‘qituvchilarga o‘quvchilarning yutuqlari va kamchiliklarini tezda aniqlashga yordam
beradi va ular uchun moslashtirilgan tavsiyalarni yaratadi. Avtomatik tahlil natijasida
o‘qituvchi aniq qaysi o‘quvchilarga ko‘proq yordam berish kerakligini bilib oladi. Bu
o‘quvchilarga o‘z vaqtida va samarali javoblarni olish imkonini beradi. [3].
Virtual o‘qituvchilar va chatbotlar: Sun’iy intellekt asosidagi virtual
o‘qituvchilar va chatbotlar o‘quvchilarga o‘z vaqtida yordam berish imkonini
yaratadi.
Chatbotlar
o‘quvchilarga
savollariga
tezda
javob
berish,
tushunmovchiliklarni hal qilish va hatto o‘quv materialini tushuntirishda yordam bera
oladi. Shu bilan birga, ular o‘qituvchi bo‘lmagan vaqtlarda ham o‘quvchilarga
qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatadi. Bu mexanizm o‘quvchilarning o‘quv jarayoniga
faolligini oshiradi. Tavsiyalar va o‘quv materiallarini avtomatik tanlash: Sun’iy
intellekt yordamida o‘quvchilarga mos o‘quv materiallarini avtomatik tarzda tanlash
va tavsiya qilish mumkin. Masalan, agar o‘quvchi ma’lum bir mavzuda
qiyinchiliklarga duch kelsa, Sun’iy intellekt tizimi unga moslashtirilgan qo‘shimcha
materiallar yoki interaktiv mashqlarni tavsiya qiladi. Bu o‘quvchining o‘z vaqtida va
aniq yordam olishini ta’minlaydi, shuningdek, o‘qituvchilarga materiallar
tayyorlashda va darsni samarali tashkil etishda yordam beradi.O‘qituvchilarni
qo‘llab-quvvatlash: Sun’iy intellekt o‘qituvchilarni o‘z ishlarida qo‘llab-quvvatlash
uchun ham ishlatiladi. Masalan, o‘qituvchilarga dars tayyorlashda yordam berish,
o‘quvchilarning individual ehtiyojlariga mos o‘quv materiallarini tanlashda yordam
berish va o‘qish jarayonining samaradorligini tahlil qilish uchun avtomatik vositalar
yaratish mumkin Shu tarzda, o‘qituvchilarni ortiqcha ish yukidan ozod qilish va ularga
o‘qitish sifatini yaxshilashda yordam berish mumkin.
Sun’iy intellekt yordamida o‘yinlashtirish - oʻyin elementlariini oʻquv
jarayoniga qoʻllash, oʻquvchilarning motivatsiyasini oshirish, oʻquvchilarning
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
127
bilim va koʻnikmalarini rivojlantiradi. Simulyatsiya: Haqiqiy hayotdagi
vaziyatlarni simulyatsiya qilish, oʻquvchilarga amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish,
oʻquvchilarning xatoliklaridan saboq olish imkoniyatini beradi.
Maqsad:
Hozirgi kunda Sun’iy intellekt
yordamida oʻqitish
samaradorligini oshirish, ta’lim tizimlarini modernizatsiya qilishda muhim bir
yo‘nalishdir. Sun’iy intellekt oʻquvchilarning oʻquv jarayoniga faol ishtirok etishini
ta’minlash, oʻquvchilarning oʻzaro aloqasini rivojlantirish, oʻquvchilarning
oʻrganish uslublarini individualiatsiya qilishga yordam berishi maqsad qilib
olingan.
Asosiy qism:
Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar bir necha
metodologiyalarni o‘z ichiga oladi. Quyida Sun’iy intellekt yordamida oʻqitish
samaradorligini oshirish mexanizmlari va metodologiyasi haqida ma’lumotlar
taqdim etamiz.
Personalizatsiyalashgan
o‘qitish
:
Sun’iy
intellekt
yordamida
o‘quvchilarning individual xususiyatlari va ehtiyojlariga mos ravishda ta’lim
mazmuni va o‘qitish usullari sozlanadi. Bu jarayonning asosiy maqsadi har bir
talabaning o‘qish sur’atiga, qobiliyatlariga va qiziqishlariga mos keladigan o‘quv
dasturlarini taqdim etishdir.
Adaptiv o‘qitish tizimlari:
Adaptiv tizimlar oʻqitish jarayonini talabaning
ehtiyojlariga qarab oʻzgartiradi. Bu tizimlar talaba tomonidan bajarilgan mashqlar,
testlar va faoliyatlar asosida ta’lim materiallarini dinamik tarzda o‘zgartiradi.
Ta’limdagi robototexnika va virtual yordamchilar:
Sun’iy intellekt
asosida ishlovchi robototexnika va virtual yordamchilar oʻquvchilarga interaktiv
tarzda yordam berish, savollarga javob berish va oʻquv faoliyatlarini kuzatib
borishda qoʻllaniladi. Ular oʻqituvchilarga yordamchi rolini bajaradi va
oʻquvchilarga murakkab mavzularni oʻzlashtirishda qoʻllab-quvvatlash koʻrsatadi.
Sun’iy intellektga asoslangan baholash tizimlari
: Baholash tizimlari
oʻqish jarayonida oʻquvchilarning bilim darajasini aniqlash va ularni baholashda
Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanadi. Bu tizimlar avtomatik tarzda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
128
testlarni baholaydi, talabalar bilimini real vaqt rejimida tahlil qiladi va ular uchun
mos oʻquv materiallarini taqdim etadi.
O‘qitish samaradorligini kuzatish va tahlil qilish
: - bu oʻqish
jarayonlarini tahlil qilish va oʻqitishning samaradorligini oshirish uchun
ma’lumotlar toʻplash va ulardan foydalanish jarayonidir. Sun’iy intellekt
yordamida toʻplangan katta hajmdagi ma’lumotlar oʻqitish samaradorligini
oshirish uchun ishlatiladi. Sun’iy intellekt yordamida o‘qitishda tadqiqotlar shuni
ko‘rsatdiki, personalizatsiyalashgan o‘qitish tizimlari o‘quvchilarning o‘qish
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Masalan, Baker va Yacef (2009)
tomonidan olib borilgan tadqiqotda, personalizatsiya o‘quvchilarning o‘zlashtirish
darajasini yaxshilashga yordam bergan.
Van Lehn
(2011) tomonidan o‘tkazilgan
tadqiqotda, adaptiv tizimlar o‘quvchilarga o‘zlashtirishda yordam beradigan va
kamchiliklarni tezda bartaraf etishga imkon beradigan samarali metod sifatida
baholangan.
Popenici va Mense
(2019) tomonidan olib borilgan tadqiqotda,
robototexnika va virtual yordamchilar o‘quvchilarga real vaqtda savollarga javob
berish, tahlil qilish va natijalarga asoslangan tavsiyalar berish imkoniyatini
yaratganligi ta’kidlangan.
Shute va Ventura
(2013) tomonidan olib borilgan
tadqiqotda, sun’iy intellekt yordamida ishlovchi baholash tizimlari o‘quvchilarning
o‘rganish jarayonini samarali tahlil qilishga yordam berganligi va tahlil asosida
aniq tavsiyalar berilganligi ta’kidlangan:
Siemens
(2013) tomonidan taqdim etilgan
ma’lumotlarga ko‘ra, Learning Analytics o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini
kuzatishda samarali bo‘lib, o‘quvchilarga o‘rganishni yanada optimallashtirish
imkoniyatini yaratgan. Sun’iy intellekt yordamida o‘qitish samaradorligini
oshirishning har bir mexanizmi ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda muhim
ahamiyatga ega. O‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga olish, adaptiv
tizimlar
va
personalizatsiyalashgan
o‘qitishning
integratsiyasi
o‘qish
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Biroq, bu tizimlarni amaliyotda joriy
qilishda yuzaga keladigan texnologik, metodologik va amaliy muammolarni hal
qilish zarur.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
129
Xulosa
: o‘rnida shuni aytish mumkinki, sun’iy intellekt texnologiyalari yangi
imkoniyatlar yaratadi. Ta’limda yangi shaxsiylashtirilgan ta’limni joriy etish va
boshqa sohalarda yangiliklarni yaratish mumkin. Sun’iy intellekt texnologiyalarining
bu imkoniyatlaridan foydalanish pedagogik mahorat uchun xalqoro hamkorlik va
investitsiyalar zarur.
ADABIYOTLAR
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2024 yilning 13-
avgustidagi Oʻzbekiston Respublikasining raqamli iqtisodiyotini rivojlantirish
konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2024 yilda amalga oshiriladigan chora-
tadbirlar dasturi.
2.
The Future of learning: preparing for a world of Artificial Intelligence by the
World Economic Forum.
3.
Mitra, S.K.Pal and P.K Chatterjee. Artificial Intelligence in Education: A
Review of the Literature by.
4.
Al - Thani, A. AL-Thani.Teacher's perceptions of and Attitudes towards
Artificial Intellegence in Education by M.A
5.
B.S.Chen, S.Y.Chen and C.H.Chen.The Role of Artificial Intelligence in
Personalized Learning
6.
Baker, R. S., & Yacef, K. (2009). "The state of educational data mining in
2009: A review and future visions."
Journal of Educational Data Mining. Siemens
, G.
(2013). "Learning analytics: The Emergence of a Discipline."
American Behavioral
Scientist.
VanLehn, K. (2011). "The behavior of tutoring systems."
International Journal of
Artificial Intelligence in Education