MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
74
OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKLARNI, MATEMATIKA
OʻQITUVCHILARINI TAYYORLASHDA
Muhammadiyev Soxibnazar Shovkat o’g’li
Qarshi Davlat Texnika Universiteti talabasi.
Annotatsiya: Oliy ta'lim muassasalarida matematika fanlar uchun umumiy
boʻlgan tushunchalar, operasiyalar, tafakkur shakllari, matematik faoliyat usullari
ta'lim soʻnggida umumiy tushunchalar haqida integrativ bilimlarni hosil qilish uchun
ularni oʻzaro aloqadorligi, ilmiy fanlararo aloqalarning faktlar darajasidagi aloqalar
va fanlararo tushunchaviy aloqalar turlari, modellashtirish va shu sababli
matematikani oʻqitish jarayonidagi uzviylikni taminlash haqida so’z boradi
Kalit so’zlar: Modellashtirish, dialektik, komponent, elementlar, perspektiv,
reproduktiv, xronologik, kategoriya, pedagogik, fundamental, kompetensiya, metodik,
Prizedentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 7 may 2020 yildagi “Matematika
sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4708-son Qarorida “Ta’lim berishning onlayn platformasini yaratish
va amaliyotga tatbiq etish, masofadan o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish,
baholash tizimining shaffofligini ta’minlash mexanizmlarini joriy qilish, matematika
sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash,
amaliy matematikani rivojlantirish va iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni
modellashtirish asosida matematik yechimlarni ishlab chiqish” ustuvor vazifalar etib
belgilangan [1].
Oliy ta'lim muassasalarida matematiklarni, matematika oʻqituvchilarini
tayyorlashda “Matematik analiz”, “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Geometriya”kabi
an'anaviy fanlar oʻqitiladi. Bu fanlar uchun umumiy boʻlgan tushunchalar,
operasiyalar, tafakkur shakllari, matematik faoliyat usullari ta'lim soʻnggida umumiy
tushunchalar haqida integrativ bilimlarni hosil qilish uchun ularni oʻzaro aloqadorlikda
oʻqitishni taqozo qiladi. Bunda tushunchalar, nazariyalarning uzviyligi, fanlararo
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
75
aloqalarni bilish muhimdir. Shu sababli matematikani oʻqitish jarayonidagi
uzviylikning yaqqol namoyon boʻlishini koʻrish uchun fan dasturlari asosida fanlararo
aloqalarni tahlil qilish zarurati tugʻiladi [2].
Uzviylik tushunchasini birinchi boʻlib nemis faylasufi Gegel dialektik asosda
tahlil qilib bergan. Gegel uzviylikni inkorni inkor qonunining muhim elementi sifatida
qarab chiqdi. Uzviylik falsafiy kategoriya sifatida koʻp qirralidir. Olimlar bu
tushunchaning turli qirralarini tadqiq etishadi hamda uzviylikka turlicha ta'rif beradilar.
«Uzviylik butunning tizim sifatida bir holatdan boshqa holatga oʻtishidagi u
yoki bu elementlarning (butunning) yoki alohida tomonlarining saqlanib qolishini
ifodalovchi borliqning, shuningdek, bilishning turli xil taraqqiyot bosqichlari
oʻrtasidagi aloqadorlikdir. Hozirni oʻtmish va kelajak bilan bogʻlab, uzviylik
butunning barqarorligini ta'minlaydi»[3]..
Uzviylik bu jamiyat, tabiat, bilishning turli etaplari va bosqichlari orasidagi
aloqa boʻlib, uning mohiyati butunning tizim sifatida oʻzgarganda yangida eskining
elementlarini sifat nuqtai nazardan yangi, qayta ishlangan holda ushlab qolishdan,
tizimning rivojlanish mexanizmi, dinamikasi va yoʻnalishini ochib berishdan iborat.
Shu tarzda uzviylik hozirni oʻtmish va kelajak bilan bogʻlab, butunning rivojlanishi va
turgʻunligini ta'minlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan uzviylikning ilmiy bilimlar rivojlanishiga ham xosligi
kelib chiqadi. Masalan, fizikada uzviylik moslik tamoyili, matematikada permanentlik
(lotincha permanens, per va manere – uzluksiz, doimiy, bitta holatda qoluvchi)
tamoyiliga mos keladi.
Pedagogik lugʻatda «Pedagogik jihatdan uzviylik - bu didaktik tamoyil (oʻquv
jarayonining mazmuni, tashkiliy usul va shakllarini belgilab beruvchi asosiy qoida),
sharoit (ta'lim jarayonini samarali tashkil etishga koʻmaklashuvchi holatlar), harakatga
keltiruvchi kuch (ta'lim jarayonini amalga oshirishga yordam beruvchi omil), ta'lim,
rivojlanish va tarbiya jarayonida majburiy bajarilishi kerak boʻlgan talab sifatida
izohlanadi»[4].
Boʻlgʻusi matematika oʻqituvchilariga oʻqitiladigan fundamental matematika
(“Matematik analiz”, “Algebra va sonlar nazariyasi”, “Geometriya”) fanlari
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
76
aloqalarini yaxlit xolda oʻrganish, oʻzaro aloqadorlik asosida oʻqitishda talabalarning
matematik kompetensiyalarni shakllantirishdagi ahamiyatini ochib berishga qaratildi.
Oliy ta'limdagi matematika oʻqituvchisi xronologik nuqtai nazardan uchta
turdagi fanlararo aloqalar bilan ish koʻradi: reproduktiv (oldingi), yoʻldosh va
istiqboldagi (perspektiv)[5].
Reproduktiv
fanlararo
aloqalarda
talabalarning
boshqa
matematika
turkumidagi fanlardan egallagan bilimlariga tayanilgan xolda biror matematika
fanining u yoki bu moduli yoki mavzusi oʻrganiladi.
Yoʻldosh aloqalar – turli matematika fanlarining bir vaqtda oʻrganiladigan
tushunchalari orasidagi aloqalardir.
Istiqboldagi (perspektiv) aloqada ikkinchi fanning kelajakda oʻqitiladigan
tushunchalaridan birinchi fan tushunchalarini oʻqitishda foydalaniladi.
Mazmun jihatdan ilmiy, falsafiy, gʻoyaviy fanlararo aloqalar mavjud, ushbu
tadqiqotda ilmiy fanlararo aloqalar bilan cheklanamiz. Ilmiy fanlararo aloqalarning
faktlar darajasidagi aloqalar va fanlararo tushunchaviy aloqalar turlari mavjud[6].Turli
fanlarda oʻqitiladigan (oʻrganiladigan) faktlarning oʻxshashligini, turdoshligini
(yaqinligini) oʻrnatadigan, umumiy gʻoya va nazariyani tasdiqlovchi va ochib
beradigan aloqalarfaktlar darajasidagi aloqalar turiga kiritiladi. Talabalarning biluv
faoliyati faktik aloqalarda yodda saqlab qolish va faktik materiallarni dolzarblashtirish
jarayoniga asoslanadi. Bu jarayonda muayyan darajada bilimlarni koʻchib oʻtishi va
umumlashtirish roʻy beradi, analiz va sintez jarayoni amalga oshadi, fanlardagi
umumiy tushunchalar rivojlanishida faktlar jamlanadigan bosqich shakllanadi.
Talabalarda faktlarni har tomonlama tahlil qilish, ularni taqqoslash, umumlashtirish,
umumilmiy gʻoyalar asosida tushuntirish, turli fanlardagi faktlarni dunyo haqidagi
bilimlar tizimiga kiritish koʻnikmasi shakllanadi.
Fanlararo tushunchaviy aloqalarda oʻquv fanlaridagi tushunchalarining
alomatlari kengaytiriladi va chuqurlashtiriladi hamda ular uchun umumiy boʻlgan
tushunchalar shakllantirib boriladi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
77
Hozirgi sharoitda fanlararo nazariy aloqalar turdosh fanlardan olgan
bilimlardan umumilmiy nazariyaning yangi komponentlarini elementlar boʻyicha
oʻstirib borishdan iborat.
Tajriba hamda fan oʻqituvchilari bilan oʻtkazilgan suhbatlarda matematika
turkumidagi fanlarni oʻqitishda yuqorida koʻrsatilgan fanlararo aloqalardan
foydalanish zarurligi ta'kidlansa ham, uni samarali tashkil etish boʻyicha yosh
oʻqituvchilar uchun maxsus metodik koʻrsatmalarning mavjud emasligi ma'lum boʻldi.
“Matematik analiz”, “Geometriya” hamda “Algebra va sonlar nazariyasi”
fanlari orasidagi aloqalarni aniqlash maqsadida bu fanlarning ishchi fan dasturlari
ketma-ketlikda tahlil qilindi, bunda bitta fandagi modulning oʻrganish vaqti va u bilan
aloqadorlikda boʻlgan fanlar modullari, ularni oʻqitish vaqti aniqlandi. Modullarni
oʻqitish vaqti hamda ularning mazmunini tahlil qilgan holda aloqa turi (xronologik va
mazmun jihatdan) oydinlashtirildi. Shuningdek fanlararo aloqani amalga oshirish
mazmuni aniqlashtirildi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak matematika fanlarini oʻzaro aloqadorlikdagi
uzviylik funksiyalari, bilimlar rivojlanishida uzviylik namoyon boʻlish turlari va
shakllari ochib berishdir. Fanlararo aloqalar tavsiflandi va uni amalga oshirishda
muhim boʻlgan omillar aniqlashtirildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 maydagi PQ-4708-son
qarori.
2.
Тураев. С.Ж., Одилов. Ё.Ж. Маълумотлар базасини шакллантириш орқали
графиклар ҳосил қилишда Borland Delphi7 дастурлаш тилидан фойдаланиш. //
«Олий таълим муассасаларида фанларни ўқитишда замонавий педагогик ва
ахборот технологияларидан фойдаланишнинг долзарб муаммолари» Республика
илмий-амалий анжумани. – ҚДУ: Қарши, 2017.Б 239-241..
3.
Yo.J.Odilov. //Fizika fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish // Namangan davlat universiteti ilmiy axboroti. – Namangan, 2021. – №
11. – B. 22-24 (13.00.02. № 30).
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
78
4.
Odilov Yo.J. Metodы ispolzovaniya yazikov programmirovaniya v obuchenii
fizike // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.
VOLUME 1. ISSUE 9. ISSN 2181-1784. Scientific Journal Impact Factor. – Toshkent,
2021. – R. 436-441.
5.
Odilov Yo.J. Fizikadan taʼlim berish asosida talabalarni kasbiy faoliyatga
tayyorlash metodikasi // Taʼlim va innovatsion tadqiqotlar. – Toshkent, 2021. – № 5.
ISSN 2181-1709. – B. 238-244.
6.
Odilov Yo.J. //
Methods of preparing students for professional activity on the
// O ‘zbekiston Milliy Universiteti Xabarlari 2021. - № 1 (11).
7.
Одилов Ё.Ж. //
Чизиқли вa визуaл дacтурлaш acocидa физикa ўқитиш
метoдикacини тaкoмиллaштириш” диccертaция.//
Чирчиқ-2022.
8.
Odilov Yo.J. //
Informatsionno-kommunikatsionniye texnologii (ikt) v
obrazovanii. Ikt kompetentnost v professionalnom razvitii kadrov
.// Scienceweb
academic papers collection, 2181-1784.b