MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
3
TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATI
Chinoz tuman 2-son Politexnikum
Tarix fani o‘qituvchisi
Hikmatillyev Namozali Hikmatilla o'g'li
Annotatsiya: ushbu maqolada Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga
kelish hamda ularning faoliyatini o’rganishga oid ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Turkiston, jadidchilik harakati, Osiyo, ilm-fan, texnika
taraqqiyoti,
Annotation: this article presents information on the emergence of the jadidism
movement in Turkestan and the study of their activities.
Keywords: Turkistan, jadidizm movement, Asia, Science, Technical
Development, intellectual layer.
19-asrning ikkinchi yarmida Osiyo, shu jumladan, Turkiston ilm-fan va texnika
taraqqiyoti bo‘yicha yevropadan ancha orqada qolib ketgan davri edi.
Qoloqlik va jaholat, o‘lka aholisining ayanchli ahvoli Turkistonning Yevropa
va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi va bunday fojiali hayotdan qutulish, erk
va ozodlikka erishish haqida o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli qatlamlarida fikr-
mulohazalar paydo bo‘la boshlagan davri bo’lgan.
XX asr boshlarida Rossiyadagi musulmon maktablarining buyuk islohotchisi
va “Tarjimon” jurnali tashkilotchisi Ismoil G‘aspiralining nomi butun Sharqqa
mashhur bo‘lib ketgan. U Bog‘chasaroyda eski maktablarning murakkab o‘qish
usuliga nisbatan yengil qiroat usuliga asoslangan yangi maktab ochib, unda o‘zi dars
bergan, darsliklar yozgan, chorizmning Sharqdagi siyosatini fosh qiluvchi asarlari
bilan Turkistondagi ilg‘or ziyolilarning dunyoqarashiga katta ta’sir ko‘rsatib borgan
edi. Qisqacha qilib aytganda u yangi usul maktablarning vujudga kelishida namuna
bo‘lgan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
4
Jadidlar chorizmning mustamlaka siyosati strategiyasiga jiddiy zaiflantiruvchi
o‘zgarishlar qilishga majbur etuvchi vatanparvar siyosiy kuch sifatida 19-asr oxiri –
20-asr boshlaridan tarix sahnasiga chiqa boshlaganlar.
Jadidlar Turkistonda 19-asr oxirida paydo bo‘lgan ilg‘or usullarni yoqlagan
ma’rifatparvarlargina bo‘lib qolmay, ayni damda turkiy-islomiy huquqiy merosning
millat ichida keng yoyilishi, xurfikrlilik, taraqqiyot va milliy istiqlol uchun ham
kurashni maqsad qilib qo‘ygan edi.
Chor mustamlakachilari O‘rta Osiyoda ochilgan yangi usul maktablariga qarshi
kurash boshlaydi, bu maktablarni «islomiyatga qarshi», «g‘ayridin maktablari» deb
tashviqot yurgizadilar, josuslik idoralarini ishga soladilar, hatto Buxoro amiriga va
Xiva xoniga ham kuchli tazyiq o‘tkazganlar. Ahvol shu darajaga borib yetganki, bu
masala bilan bog‘liq ko‘plab qurbonlar yuz beradi.
Chor ma’murlari islom diniga ham qarshi kurashni kuchaytirib yuboradilar.
Hattoki, 1903-yili podsho Turkiston aholisi uchun muborak Haj qilishni ham farmon
bilan man etib qo’yadi. Bu mahalliy musulmon aholisida kuchli norozilik uyg‘otgan.
1905-yilgi to‘ntarish harakatidan keyin Rossiya hududidagi turkiy xalqlar va ularning
Turkiya bilan qardoshlik aloqasi kuchaydi. O‘z davrida Turk dunyosi markazlaridan
biri bo‘lgan Qrim, Qozon, Istanbulda chop etilgan jadidchilik ruhidagi adabiyotlar
Turkistonga ham keng yoyila boshlandi.
Jadidchilik harakati muhitida jadidchilik adabiyoti ham yuzaga keldi va
mukammal bir shaklga kirdi. Ham nasrda, ham nazmda yangilanish, qoloqlik va
jaholatdan qutilish, rus istilosiga qarshi kurash, ma’rifat va hurriyatga erishish,
istiqlolni qo‘lga kiritish g‘oyalari bilan to‘lib-toshgan yangi bir adabiyot shakllanib
bordi. Abay bunday adabiyotning ilk namoyandalaridan biri bo’lgan.
Shundan so‘ng Shayx Ahmad Mahdum maydonga chiqqan edi. O‘rta asrlarda
shunday ulug‘ zotlarni yetishtirgan Turkiston kabi buyuk bir tabarruk zaminning
so‘nggi asrlarda jaholat va hurofot azobida inqirozga yuz tutishi, bu yerda kuchli
bo‘lgan o‘rta asrchilik va mustamlakachilik zulmlari, o‘lkadagi yangi uyg‘onish, yangi
ma’rifat va adabiyot uchun borayotgan kurash musulmon xotin-qizlar huquqini himoya
qilish haqida Ismoil Gaspirali o‘tkir publitsistik maqolalari bilan faol qatnasha
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
5
boshlagan. «Buxoro va Bog‘chasaroy», «Bog‘chasaroydan Toshkentga» (1893),
«Turkistonning yangi tarixi» (1905), «Buxoroda nimalarni ko‘rdim?» (1908),
«Turkistondan xat» va boshqalar shu jumlasiga kiradi. Uning ta’siri bilan Turkistonda
ham yangi usul maktablari uchun o‘quv qo‘llanmalari, matbuot va adabiyot namunalari
maydonga kela boshladi. Turkistonda jadidchilik harakatining yirik vakillaridan
Mahmudxo‘ja Behbudiy (1871-1919) dir. U “Turkiston jadidlarining otasi” sifatida
tarixda nom qoldirgan. Fayzulla Xo‘jayev
Behbudiy haqida: “Siyosiy, ijtimoiy faoliyati, bilimining kengligi jihatidan
o‘sha zamon Turkistonidagi jadidlar orasida unga teng kela oladigani bo‘lmasa kerak”
degan fikrni bildirgan.
Behbudiy Gapirinskiy yo‘lga qo‘ygan “usuli jadid” maktablarini Turkistonda
qaror toptirishda, ularni darslik va qo‘llanmalar bilan ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatdi.
Yangi tipdagi maktablarning milliy-madaniy taraqqiyotimizda muhim omil bo‘la olishi
mumkinligi haqida o‘nlab maqolalar yozgan. “Qisqa umumiy geografiya”, “Bolalar
maktubi”, “Islomning qisqacha tarixi”, “Amaliyoti islom”, “Aholi geografiyasiga
kirish”, “Rusiyaning qisqacha geografiyasi” kabi darsliklar yaratdi. Nashriyot tashkil
qilib, darsliklar va qo‘llanmalar, xaritalar bosib chiqargani bizgacha ma’lum bo’ldi.
Bular ilk o‘zbek maktablari uchun tuzilgan darslik va qo‘llanmalar sifatida
emas, balki til-yozuv madaniyatimiz taraqqiyoti nuqtai nazaridan ham muhim
ahamiyatga egadir. Behbudiy 1913-yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini
chiqardi. Gazeta dastlab 2, so‘ng 4 betlik bo‘lib haftada 2 marta chiqqani va moddiy
tanglik tufayli 45 sonidan keyin to‘xtagani ma’lum qilingan. «Oyina» o‘lkadagi o‘zbek
tilida chiqqan birinchi jurnal edi. U xalq orasida ancha mashhur bo‘lgan. Boshida
haftada bir, 1914-yildan esa har o‘n besh kunda chiqqandir.
Munavvar Qori Abdurashidxonov milliy matbuotning asoschilaridan biridir.
Abdulla Avloniy o‘zi ochgan maktab uchun to‘rt qismdan iborat “Birinchi muallim”,
“Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni”, “Turkiy guliston yohud ahloq” kabi darsliklar
va o‘qish kitobini yaratdi. Maktab-maorif ishlariga ko‘mak ko‘rsatuvchi “Jamiyati
hayriya” tashkil etdi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab kutubxonasi” kitob
do‘konini ochgan. U 1913-yilda tashkil etilgan professional “Turon” nomli teatr
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
6
to‘garagining tashkilotchilaridandir. Abdurauf Fitrat (1886-1938) jadidchilik
harakatining
yirik
namoyondalaridan
biridir.
U
Buxoro
jadidchilarining
tashkilotchilaridan biri sifatida xalqni ma’rifat va madaniyatdan bahramand qilish
uchun astoydil kirishadi. Fitrat adabiyotga shoir va adabiyotshunos sifatida kirib keldi.
U “Munozara” nomli drama yaratgan.
Shuningdek, “Sayxa”, “Sayyohi hindi”, “Rahbari najot”, “Tarixi islom” kabi
asarlarini 1908-1913 yillarda yaratgan. Fitrat o‘z ona diyorini ozod va hur ko‘rishni
orzu qilgan edi.
Turkistonning milliy shoiri, Andijonda jadidchilikka asos solgan Cho‘lpon
(1898-1938) shaharda «Turon kutubxonasi» va uning yonida katta bir qiroatxonani
tashkil qilgan. Xulosa qilib aytganda, rus mustamlakachilari Turkiston zamini uzra o‘z
hukmronliklarini o‘tkazgan kezlarda yurtning jonkuyar, millatsevar, erksevar
farzandalari jadidlar harakati ta’sirida milliy istiqlol uchun, mustaqil Turkiston uchun,
ekspluatatsiya, zo‘rlik va zo‘ravonlikka qarshi xalqni otlantirdilar. Faqat o‘lkada
so‘nggi asrlar davomida ishlab chiqarish kuchlari va taraqqiyotning orqada qolganligi
oqibatida, xalq ommasining ijtimoiy-siyosiy, g‘oyaviy-nazariy saviyasi ham yetarli
darajada davr talabiga monand bo‘lmaganligidan bu kurash birlashgan katta kuch
sifatida muvaffaqiyat qozonilgan. Siyosiy-ijtimoiy tarqoqlik, «o‘zingni bil, o‘zgani
qo‘y» kayfiyati milliy kayfiyatga, milliy birlikka putur yetkazdi.
Jadidchilik harakatini o‘lka xalqlari ommaviy
sur’atda qo‘llab
quvvatlamadilar. Bu harakat faqat xalq orasiga ma’rifat va madaniyat g‘oyalarini
tarqatishdan nariga o‘tmadi, o‘zining tor doirasida o‘ralib qoldi, siyosiy kurash
partiyasi darajasiga ko‘tarila olmadi hamda ommani zulm va istibdodga qarshi dasturiy
kurashga torta olmadi. Jadidlar harakatining nazariy va siyosiy barkamollik darajasiga
o‘sib yetmaganlikdan rus bolsheviklari ustalik bilan foydalandilar va ularni ikkiga
bo‘lib yubordilar. Jadidlarning bir guruhi bolsheviklarning yolg‘on va quruq
va’dalariga ishonib, ular tomoniga o‘tdilar, «Yosh buxoroliklar» va «Yosh xivaliklar»
guruhiga uyushdilar. Natijada milliy-ozodlik va istiqlol uchun kurash olib borayotgan
kuchlar kuchsizlandi va parokandalikka uchragan.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–3_ Апрель –2025
7
Uzoq tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi ijtimoiy- siyosiy to’siqlarga qaramay
Markaziy Osiyodagi boshqa xalqlar kabi, ilg’or fikr egalarini, buyuk olimlarni
yetkazdi, insoniyatga ilm-fan ma’naviyat sohasida o’lmas durdona asarlar, fikrlar
qoldirdi.
1924-yil amalga oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa
xaritasi qaytadan tuziladi. Sovet hokimiyati yillarida kommunistik partiya rahbarligida
respublikada adolatsiz milliy siyosat amalga oshirildi. Bu paytda maktablarda o’quv
tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o’zgardi. Adabiyot darslariga esa
ko’proq rus yozuvchilarining asarlari bilan tanishtirishga katta ahamiyat berildi va rus
pedagoglari darsliklaridan foydalanilib kelingan. Natijada o’zbek pedagogikasi
markscha-lenincha nazariya doirasida shakllangan soxta fanga aylanib ketdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Karimov I. Milliy mafkura - mamlakat kelajagi poydevori. “Xalq so`zi”
gazetasi, 7 aprel, 2000 yil.
2. Karimov I. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”, T.”Sharq”, 1998.
3. Karimov I. “Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard
maqsadimiz” “Ishonch” gazetasi, 25 yanvar 2000 yil.
4. O`zbekiston tarixi (qisqacha ma`lumotnoma) T. ”Sharq”, 2000.
5. O`zbekiston tarixi (1-qism), T.”Universitet”, 1997.
6. O`zbekiston tarixi (talabalar uchun qisqacha Ma`ruzalar matni), T.,
“Universitet”, 1999.