MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
84
SARATON KASALLIGI: SABABLARI, ALOMATLARI VA
DAVOLASH USULLARI
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
Email:Rayxonaziyatova1@gmail.com
Tel: +998886223105
Ziyatova Rayhona Baxriddin qizi
Anotatsiya: Saraton – bu hujayralarning normal o’sishi va reproduktsiya
jarayonining buzilishi natijasida yuzaga keladigan murakkab kasallikdir. Ushbu
maqola saratonning turli jihatlarini keng qamrovda yaratadi, shu jumladan uning
asosiy
sabablari,
patofiziologiyasi
va
rivojlanish
mexanizmlari.
Hujayra
genetikasi,muhit ta’siri va hayot tarzi saratonning paydo bo’lishida qanday ro’l
o’ynashi lozimligi ko’rib chiqiladi. Maqola saratonning turli xil turlarini, shu
jumladan, ko’krak, o’pka, jigar, ichak, teri va boshqa onkologik kasalliklar haqida
batafsil ma’lumot beradi. Har bir saraton turning o’ziga xos belgilari va simptomlari,
diagnostika usullari, shuningdek, davolash usullari – kimoterapiya , radioterapiya,
immunoterapiya va yangi, zamonaviy yondashuvlar haqida muhokama qilinadi.
Kalit
so’zlar:
Saraton,
onkologiya,
patofiziologiya,
diagnostika,
kimyoterapiya, immunoterapiya, stresni boshqarish, statistik ko’rsatkichlar,
bemorning psixologik xolati, hayot tarsi, zamonaviy tadqiqotlar, kurash strategiyalari
Saraton sabablari va xavflari haqida
Saraton – organizmda nazoratdan chetga chiqadigan hujayra o’sishi natijasida
yuzaga keladigan, jiddiy va ko’p hollarda o’limga olib kelishi mumkin bo’lgan bir
xastalikdir. Saraton hujayralari sog’lom hujayralardan farqli ravishda organism
ehtiyojidan tashqari ko’payadiva boshqa organlarga tarqalib, ularning funksiyasini
izdan chiqaradi. O’zbekiston va butun dunyoda bu kasallikning keng tarqalgan
shakllari orasida o’pka, sut bezlari, yo’g’on ichak, prostata va jigar saratonlari mavjud.
Saratonning kelib chiqish sabablari.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
85
Saratonning aniq sababi hali to’liq aniqlanmagan bo’lsa-da, bir qancha
omillar mavjud bo’lib, ular bu kasallikni keng tarqalgan shakllari orasida o’pka, sut
bezlari, yo’g’on ichak, prostate va jigar saratonlari mavjud .
1.Genetik moyillik – Agar yaqin qarindoshlar orasida saraton bilan
kasallanganlar bo’lsa, bu xavf oshadi.
2.Tashqi muhit omillari – Havo ifloslanishi, kimyoviy moddalarga ta’sir,
radiatsiya.
3.Noto'g'ri ovqatlanish – Yog'li, qizil go’shtga boy yoki meva va
sabzavotlardan kam foydalanish
4. Chekish va alkagol istemoli – Ishqoriy moddalar va alkagol istemoli saraton
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.
5. Infeksiya – Ba’zi viruslar, masalan, HPV (humon papilloma virus) va HBV
(hepatit B virus) saraton rivojlanishida sabab bo’lishi mumkin.
Asosiy alomatlar
Saraton kasalligi dastlabki bosqichlarda hech qanday belgilar bermasligi
mumkin, bu esa tashxisni kechiktiradi. Ammo quyidagi umumiy alomatlarga e’tibor
berish lozim:
-Tez charchash, ishtahaning yo’qolishi
-Og’irlikning sababsiz kamayishi
-Uzoq muddatli yo’tal, ovozning bo’g’ilishi
-Teridagi o’zgarishlar, yallig’lanish, yara bitmasligi
-Ichak yoki siydik chiqarishdagi o’zgarishlar
-Qon ajralishi (masalan, siydikda yoki axlatda)
Saratonning turlari
Saratonning ko’plab turlari mavjud, ularning ba’zilari:
1.Karsinomalar – epithelial to’qimalardan (terida va ichki organlarda) kelib
chiqadigan saratonlar.
2.Sarkomalar – mushak yog’ va boshqa to’qimalarda kelib chiqadigan
saratonlar.
3.Leukemiyalar – qon va suyuq to’qimalarda yuzaga keladigan saratonlar.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
86
4.Limfomalar – limfa to’qimalarida paydo bo’ladigan saraton turlari.
O’pka saratoni
O’pka saratoni, ilmiy nom bilan aytganda, bronxogen karsinoma,
dunyoda eng keng tarqalgan va xavflio’sma turlaridan biridir. O’pka saratoni asosan
chekish bilan bog’liq bo’lib, bu kasallik nafaqat chekuvchilar, balki passiv
chekuvchilar orasida ham tez-tez uchraydi. O’pka saratonining o’ziga xosligi shundaki,
u tez rivojlanadi va tez boshqa organlarga tarqalishi mumkin, ya’ni metastaz beradi.
Shuningdek, kasallikning dastlabki bosqichlarida aniq simptomlar bo’lmasligi
mumkin, bu esa tashxisni kechiktiradi.
O’pka saratonining ikki asosiy turi mavjud: kichik hujayrali o’pka
saratoni(SCLC) va kichik bo’lmagan hujayrali o’pka saratoni (NSCLC) NSCLC o’pka
saratonining eng keng tarqalgan turi bo’lib, u o’z ichiga adenokarsinoma, skuamoz
karsinoma va katta hujayrali karsinoma kabi turlarni oladi. Kichik hujayrali o’pka
saratoni esa juda agressiv bo’lib, tezda o’sib, boshqa organlarga tarqalishi
mumkin.O’pka saratonining asosiy xavf omillari orasida chekish, havo ifloslanishi,
radon gazining ta’siri, kimyoviy moddalar bilan uzoq muddatli kontakt va irsiyat
keltiriladi. Ushbu omillar o’pka to’qimalardagi hujayraning mutatsiyasiga olib keladi,
bu esa o’smaning rivojlanishiga sabab bo’ladi.
Tashxislash usullari
Zamonaviy tibbiyotda saratonni erta aniqlash quyidagi usullar keng
qo’llaniladi:
-Laborator tekshiruvlar (qon, siydik, biokimyo)
- Instrumental tekshiruvlar: Kompyuter tomografiyasi (KT), Magnit-rezonans
tomografiya (MRT)
-Biopsiya – o’simtadan namuna olib, mikroskopda tekshirish.
-Onkomarkerlar – maxsus laborator indikatorlar orqali saraton mavjudligini
aniqlash.
Davolah usullari
Saratonning turiga, bosqichiga, bemorning umumiy holatiga qarab
davolash yo’li tanlandi:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
87
Xirurgik yo’l - o’simtani operatsiya orqali olib tashlash.
Kimyoterapiya – maxsus dorilar yordamida saraton hujayralarini yo’q qilish.
Radioterapiya - nurlanish orqali o’simtani yo’q qilish.
Immunoterapiya – organizmning o’z immun tizimini faollashtirish.
Maqsadli terapiya – faqat saraton hujayralariga ta’sir qiluvchi maxsus
preparatlar.
Profilaktika va erta oldini olish
Saratonning oldini olishda sog’lom turmush tarziga amal qilish juda
muhim. Bunga quyidagilar kiradi:
*Chekish va alkogoldan butunlay voz kechish
*Sog’lom ovqatlanish, sabzavot va mevalarni ko’p iste’mol qilish
*Doimiy jismoniy faollik
*Stressni kamaytirish, psixologik barqarorlik
*Profilaktik tekshiruvlardan o’z vaqtida o’tib turish (skrining)
*Virusli infeksiyalardan himoyalanish (emlash)
Xulosa:
Saraton kasalligi tibbiyotda eng muhim va murakkab muammolardan biri
bo’lib, uni erta aniqlash va davolsh orqali o’lim holatlari kamaytirilishi mumkin. Har
bir inson o’z salomatligiga mas’uliyat bilan qarashi, xavf omillaridan xabardor bo’lishi
va muntazam tekshiruvlardan o’tishi zarur. Ilm-fanning yutuqlari va zamonaviy
davolash texnologiyalariyordamida saratonga qarshi kurashda ijobiy natijalarga
erishish mumkin. Saratonga bo’lgan munosabatlar turli xil mavzu va qiziqishlarni o’z
ichiga oladi. Har bir insonning hayoti va talqini shaxsiy tajribalarga tayangan holda
shakllanadi. Bu jarayonda, sanoat va ilm fanlar bi-birini to’ldirib, yangi imkoniyatlar
yaratadi. Saratonga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan tadqiqotlar va
innovatsiyalar, yangi umidalar va dasturlarni taqdim etadi.Shunday qilib, saraton
kasalligi bilan kurashishda hamkorlik va umumiy xulq –atvorni rivojlantirish, etkazib
berish tizimlarini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Kelajakda bu yo’lda erishilgan
natijalar, umuman olganda, insoniyatning sog’liq va farovonligini ta’minlashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Xulosa qilib aytganda, saraton kasalligi zarbalarga qarshi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-24
Часть–2_ Апрель –2025
88
birgalikda kurashish zaruriyati, yangi g’oyalar va yondashuvlarni izlashda davom
etishimizni talab etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.”Cancer: Principles and Practice of Oncology”- Vincent T. DeVita, Jr. va Lawrence
S. Engel.
2.”The Biology of Cancer” – Robert A. Weinberg.
3.”Cancer Epidemiology and Prevention” – David Schottenfeld va Joseph F. Fraumeni,
Jr.
4.”Advances in Cancer Research” – Haroldo De Oliveira.
5.”Cancer Research”
6.World Helath Organizations (WHO0) – Cancer Fact Sheets
7. O’zbekiston sog’liqni saqlash vazirlihi ma’lumotlari
8.American Cancer Society – Cancer Basics.