MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
24
YOSHLAR TA’LIM MIGRATSIYASINING JAMIYATIMIZDAGI
O‘RNI
Beknazarova Madinaxon Abdumalik qizi
Osiyo Xalqaro Universiteti magistri
Beknazarovamadina4484@gmail.com
+998881264484
Xorijiy ish beruvchilarning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlariga asosan
professional ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan kasblar ( mutaxassisliklar ) hamda
chet tillarini bilish darajasiga qo‘yilgan talablar bo‘yicha buyurtmalarni
shakllantirish; Xorijida ishlash istagi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini
ish beruvchilar tomonidan tanlab olish jarayonlarini tashkil etish; O‘quv kurslari
tashkil etiladigan professional ta’lim muassasalarini xorijiy mamlakatlarning
qonunchiligi, madaniyati va muassasalari va xorijiy ish beruvchilar o‘rtasidagi
hamkorlikni ta’minlash hamda xorijiy mutaxassislarni ta’lim ta’lim jarayoniga jalb
qilish; Kasbiy ko‘nikmalar bo‘yicha treninglar va seminarlar o‘tkazish hamda
yoshlarning xorijiy kompaniya yoki tashkilotlarda amaliyot va stajirovkalar o‘tashini
tashkil etish kabi chora-tadbirlar olib borilayotgani va masalalar qonunchilik
xujjatlari bilan belgilab qo‘yilgani, O‘zbekistonda yoshlar ta’lim migratsiyasiga katta
e’tibor berilayotganining dalilidir. Bu masalar bilan alohida markaz ham
shug‘ullanadi. Markaz o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan bevosita
Agentlik rahbarligida amalga oshiradi;
Markazning 16 shtat birligini saqlash bilan bog‘liq xarajatlar Agentlik
tomonidan ko‘rsatilgan pulli xizmatlardan tushgan mablag‘lar xisobidan amalga
oshiriladi; Markaz ushbu qarorga muvofiq tashkil etiladigan o‘quv kurslari faoliyatini
muvofiqlashtiradi.
Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq
ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi
huzuridagi “ Oila “ ilmiy-amaliy markazining O‘zbekiston yoshlar Ittifoqi Markaziy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
25
Kengashi qoshidagi Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish markazi
negizida ta’limning barcha bosqichlarida psixologik xizmat ko‘rsatuvchi
tuzilmalar uchun muloqot maydoniga aylanadigan, tegishli davlat idoralari bilan
hamkorlikda ish olib boruvchi “ Oila “ ilmiy-amaliy tadqiqot markazi qoshida
Yoshlarga ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish Respublika markazi etib qayta
tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari qullab –quvvatlandi.Xulosa qilib shuni aytish
joizki, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilari, hududlardagi yoshlar va
professional ta’lim muassasalari o‘quvchilarning kasb egallashga hamda chet
tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida turli xil say-
harakatlar olib borilmoqda. Bu esa yoshlar o‘rtasida ta’lim migratsiyasining
xususiyatlarini oshirad.
Mamlakatimiz birinchi prezidenti I.A. Karimov, oilada hukmron bo’lishi
lozim bo’lgan ma'naviy muhit va noyob udumlarimizning hosiyatlari haqida fikr
bildirib: "Bunda o’zaro hurmat va qattiq tartib bo’lmasa, oilaning barcha a'zolari o’z
burchlarini ado etmasa, bir-birlariga nisbatan ezgulik bilan mehr oqibat ko’rsatmasa,
yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas... O’zbeklarning aksariyati o’zining
shaxsiy farovonligi to’g’risida emas, balki oilasining qarindosh-urug’lari va yaqin
odamlarning, qo’shnilarining omon-esonligi to’g’risida g’amho’rlik qilishni birinchi
o’ringa qo’yadi. Bu esa eng oliy darajada ma'naviy qadriyat, inson qalbining
gavharidir"1 - deb ta'kidlaganlar. Shuni alohida ta'kidlash joizki, oilaviy munosabatlar
har doim ham bir tekisda silliq, risoladagidey kechavermaydi. Uy-ro’zg’or
yumushlarini ado etish, er-xotinlik burchlari, ota-onaning farzandlar oldidagi
majburiyatlari, farzandlarning kattalar oldidagi huquq va burchlarini ado etish
jarayonida murakkab rollararo muomala va muloqot jarayonlari kechadiki, ularning
deyarli barchasida shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar to’qnashadi, ayrim xolatlarda fikr
va
qarashlardagi
ziddiyatlar,
qaramaqarshiliklar,
kelishmovchiliklar,
anglashilmovchiliklar shaxslararo nizolar tarzida namoyon bo’ladi. Bu xolatlar
albatta farzandlar tarbiyasiga ta’sir etmay qo’ymaydi. Bu esa tarbiya jarayonida
ijtimoiy normalarni amal qilishi yoki buzilishida nomoyon bo’ladi. Ayni shu
masalalar mavzuimizning dolzarbligini belgilaydi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-23
Часть–5_ Апрель –2025
26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Alimov Sardor “Aholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit transformasiyasi.
2.G‘oziyev.E.Psixologiya ( Yosh davrlar psixologiyasi ) o‘quv qo‘llanma -Toshkent.
“O‘qituvchi” 1994.
3.“ Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha
mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga doir
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida * 2024-yil 4-apreldagi PF-59-son4.https//
parlament.gov.uz/uz events/ comminttee/
4.G‘oziyev E. Psixologiya ( Yosh davrlar psixologiyasi ) o‘quv qo‘llanma-Toshkent,
’ O‘qituvchi ‘’ 1994
5.Sh. Xalilova ‘’ Talimda boshqaruv psixologiyasi ‘’ Toshkent-2011.
Alimov Sardor ‘’ Aholi migratsiyasi ijtimoiy- axloqiy muhit transformasiyasi.