Authors

  • Boboyorov Jasur Marat o‘g‘li

Author Biography

  • Boboyorov Jasur Marat o‘g‘li

    O‘zbekiston respublikasi IIV Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakulteti maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, kapitan

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.118586

Keywords:

xalqaro huquq norma konvensiya xalqaro tashkilotlar imperative mintaqa universal

Abstract

Maqolada xalqaru huquq, xalqaro huquq normalariga tushincha berilgan bo`lib, hamda O`zbekiston Respublikasining xalqaro huquq normalarini yaratishdagi ishtiroki birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqlari xalqaro huquq to`grisida bildirgan fikrlari va Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Jeneva shahrida so`zlagan nutqlari bergan taklif va rejalari hamda Oliy majlis inson huquqlari raisi Akmal Saidovning ham fikr va mulohazalari yoritilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

34

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO HUQUQ

NORMALARINI YARATISHDAGI ISHTIROKI

Boboyorov Jasur Marat o‘g‘li

O‘zbekiston respublikasi IIV Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik

fakulteti maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, kapitan

Annotatsiya. Maqolada xalqaru huquq, xalqaro huquq normalariga

tushincha berilgan bo`lib, hamda O`zbekiston Respublikasining xalqaro huquq

normalarini yaratishdagi ishtiroki birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nutqlari

xalqaro huquq to`grisida bildirgan fikrlari va Muhtaram Prezidentimiz Shavkat

Mirziyoyevning Jeneva shahrida so`zlagan nutqlari bergan taklif va rejalari hamda

Oliy majlis inson huquqlari raisi Akmal Saidovning ham fikr va mulohazalari

yoritilgan.

Kalit so`zlar: xalqaro huquq, norma , konvensiya , xalqaro tashkilotlar,

imperative, mintaqa, universal

Mamlakatimiz birinchi Prezidenti Islom Karimov O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida «Mamlakatimizda

demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish

konsepsiyasi» yuzasidan qilgan ma’ruzasida shunday degan edi: «Mamlakatimizni

demokratik yangilashning bugungi bosqichdagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri bu

– qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini

ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish va

liberallashtirishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda huquqiy davlat

asoslarini yanada takomillashtirish va aholining huquqiy ongi va madaniyatini

yuksaltirish biz uchun hal qiluvchi vazifa bo‘lib qolmoqda1 . XXI asr insoniyat

jamiyati hayotining baynalminallashuvidek tarixiy qonuniyatning kuchayish harakati

bilan ajralib turadi. Davlat chegaralarining mavjudligi va har xilligiga qaramay,

yagona xalqaro jamiyatda mamlakatlarning o‘zaro aloqalari o‘sib bormoqda. Xalqaro


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

35

munosabatlar nafaqat davlatlar hayotiga, balki har bir alohida odamga ham katta ta’sir

ko‘rsatmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimi huquqning muayyan sohasi xalqaro

huquq bilan tartibga solinadi. U ko‘p yoki oz darajada davlatlarning, jismoniy va

yuridik shaxslarning turli-tuman aloqalariga ta’sir qiladi. Xalqaro huquqning milliy

huquq va davlat ichki hayotiga ham ta’siri kuchaymoqda. Shu bois, xalqaro huquqni

bilish nafaqat xalqaro munosabatlar bilan bevosita shug‘ullanuvchi mutaxassislar,

balki jahon siyosati va iqtisodiyotida, tadbirkorlikda yo‘l topish, oddiy fuqarolar va

sayyohlar uchun ham ancha ahamiyatli bo‘lib bormoqda. Xalqaro huquq normalari

asta-sekin milliy huquqiy tizimning bir qismiga aylanib bormoqda, uning asoslarini

bilish jismoniy va yuridik shaxslarning o‘z huquqlarini mamlakat ichida himoya

qilishlari uchun zarurdir. Afsuski, xalqaro huquqiy bilimlar darajasi nihoyatda past.

Turli davlatlarning huquqni amalga oshiruvchi organlari milliy huquqiy tizimda

xalqaro normalarning yangi vazifasiga tayyor emasligini alohida ta’kidlash lozim.

Xalqaro

huquqiy

sohada

tayyorgarlikning

past

darajadaligi

aksariyat

mamlakatlarning yuristlari uchun xosdir. O‘zbekistonda ham bu muammo dolzarb

bo‘lib turibdi. Yuridik oliy o‘quv yurtlarida xalqaro huquq kursi asosan umumiy

ta’lim sifatida o‘qitilar edi. Boshqa yuridik fanlar o‘qitilayotganda, muayyan huquq

sohasining xalqaro huquq bilan bog‘liqligi amalda e’tiborga olinmas edi. Shuning

uchun milliy huquqning xalqaro huquq bilan o‘zaro aloqasi masalalarini yorituvchi

o‘quv adabiyotlarini tayyorlash hozir juda muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, asosiy

e’tiborni amaliyotchi yuristlar uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan, masalan, xalqaro

iqtisodiy huquq, xalqaro jinoyat huquqi va boshqa xalqaro huquq sohalariga qaratish

maqsadga muvofiqdir. Barcha yuristlarni juda murakkab, ko‘p sohali tizimga

aylangan xalqaro huquq bo‘yicha mutaxassisga aylantirish masalasini qo‘yish xayoliy

bo‘lib qolardi. Bugun hatto xalqaro yurist ham xalqaro huquqning hamma sohasi

bo‘yicha mutaxassis bo‘la olmaydi. Shuning uchun bizning vazifamiz shundan

iboratki, milliy huquq sohasi mutaxassislariga muayyan masalalarni hal qilishga

imkon beradigan tegishli manbalarni topishda va boshqalarda xalqaro huquq

asoslarini bilishlari uchun ko‘maklashishdir. Shuningdek, ta’kidlash zarurki, hatto

xalqaro huquqning alohida sohasini mufassal bilish ham, nazariy jihatdan asossiz


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

36

bo‘lib, uni to‘g‘ri tushunishni kafolatlamaydi. Shu bois, ushbu ma’ruzalar kursida

muayyan sohada yo‘l topish uchun zarur bo‘lgan umumiy va maxsus qismlariga

alohida e’tibor berilgan. Xalqaro huquqning o‘ziga xos tabiatini bilib olgach, uning u

yoki bu sohasini qiyinchiliksiz o‘zlashtirish, umumiy prinsiplar bilan sohaga oid

normalarning o‘zaro aloqasini hisobga olish, yangi hodisalarda yo‘l topish mumkin.

Ko‘p yillar davomida «Xalqaro huquq» kursi umumiy ta’lim xususiyatiga ega bo‘lib,

ichki huquq doirasida band bo‘lgan amaliyotchi yuristlar faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri

bog‘liq emas edi. Endilikda xalqaro huquq har qanday ixtisoslikdagi yurist uchun

alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun xalqaro huquqqa amaliy nuqtai nazardan

qarash, uni o‘rganish va o‘qitish tobora katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Nafaqat

xalqaro yurist, balki konstitutsiyaviy, ma’muriy, fuqarolik, jinoiy, oilaviy va boshqa

ichki davlat huquqi sohalarida ishlovchilarning ehtiyojini ham hisobga olish zarur.

Xalqaro huquqqa faqat kasbiy nuqtai nazardan qarash noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘lardi.

Xalqaro huquq – ko‘p asrlik baynalminal aloqaviy tajribani gavdalantiruvchi,

insoniyatning umumiy madaniy merosining, umuminsoniy madaniyatning muhim

elementidir. U baynalminal ong rivojiga, odamlarni barcha millatlarga hurmat ruhida

tarbiyalashga ko‘maklashadi. Shu yo‘nalishda xalqaro huquqiy madaniyat milliy va

etnik ziddiyatlarni bartaraf etishda katta ahamiyat kasb etadi. Xalqaro huquqni

o‘rganish shu qadar dolzarb bo‘lmoqdaki, bunga BMT ham e’tibor bermoqda.

Xalqaro huquqni o‘rganish va o‘qitishni rag‘batlantirish, uning ahamiyatini

tushunishga ko‘maklashish hamda xalqaro huquqiy bilimlar ko‘lamini kengaytirish,

BMTning xalqaro huquq o‘n yilligining (1990–1999) asosiy masalalaridan biridir.

Xalqaro huquqiy bilimlarni o‘rganish va tarqatish, o‘qitishda yordam ko‘rsatish

bo‘yicha BMTning Dasturi qabul qilingan. Ushbu ma’ruzaning yozilishida xalqaro

tashkilotlar va aksariyat davlatlar amaliyotidagi dastlabki manbalardan foydalanilgan.

Xalqaro huquqiy normalar talqinida muhim bo‘lgan BMTning Xalqaro sudi

qarorlariga alohida e’tibor berilgan. Albatta, ko‘p hollarda O‘zbekiston

Respublikasining amaliyoti hisobga olingan. Xorijiy mamlakat olimlarining eng

yangi asarlaridan foydalanilgan.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

37

«Xalqaro huquq» tushunchasini aniqlash va unga ta’rif berish xalqaro huquq

fanining eng muhim vazifalaridan biridir. Agar, davlat va huquq nazariyasi fani

davlatlarning milliy huquqiy tizimiga xos bo‘lgan hodisalarni o‘rgansa, xalqaro

huquq fani esa davlatlararo yoki kengroq ma’noda xalqaro munosabatlarga xos

bo‘lgan hodisa va jarayonlarning huquqiy xususiyatlarini ko‘rib chiqadi. Xalqaro

huquq bu – davlatlarning do‘stlik va diplomatik munosabatlarini tartibga solib

turuvchi prinsip va normalardan tashkil topgan alohida huquqiy tizimdir. Bundan

tashqari, xalqaro huquqqa bir necha ta’riflar berilgan, ularning umumiy tushunchasini

quyidagicha ifodalash mumkin: Xalqaro huquq – bu tinchlik va hamkorlikni

ta’minlash maqsadida davlatlararo munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik

me’yorlar tizimidir. Xalqaro huquq g‘oyat keng va turli tarmoqlarni o‘z ichiga oluvchi

alohida huquqlar tizimidir. Barcha milliy huquqiy tizimlarga xos bo‘lgan huquqning

asosiy xususiyatlari xalqaro huquqqa ham xosdir. U davlat idora xarakteriga ega

bo‘lib, muayyan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solib turuvchi yuridik normalar

tizimidan iborat. Bu normalarga rioya qilish zarur holatlarda davlat majburiyati orqali

ta’minlanadi. Ichki davlat subyektlari jismoniy, yuridik shaxslar va davlat

organlaridan iborat. Xalqaro huquq subyektlari esa, asosan ustidan hech qanday

hukmronlik bo‘lmagan suveren davlatlardan, xalqaro va davlatlararo tashkilotlar,

mustaqillik uchun kurash olib borayotgan millatlar va xalqlardan iborat. Xalqaro

huquq o‘z harakat predmetiga ega. Bu davlatlararo munosabatlar, umuman olganda,

xalqaro huquq tizimining barcha subyektlari o‘rtasidagi munosabatlar. Xalqaro huquq

normalari uning subyektlari tomonidan tuziladigan bitimlar orqali yaratiladi. Ichki

davlat huquqi singari xalqaro huquq ham xalqaro normalarga rioya qilishni ta’minlash

uchun davlat tomonidan majbur qilish usulining qo‘llanishini ko‘zda tutadi. Xalqaro

huquqiy me’yorlarda milliy davlatlarning o‘zaro munosabatlaridagi murakkab

jarayonlar o‘z aksini topadi. Ularning asosida shakllanayotgan, xalqlarning subyektiv

xohish-irodasiga emas, balki ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv omillariga mos

keladigan huquqiy ong xalqaro huquqda o‘z ifodasini topadi. Hozirgi zamon xalqaro

huquqi Ikkinchi jahon urushidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi

qabul qilinganidan so‘ng yuzaga kelib, rivojlangan. Shu bois, «hozirgi zamon xalqaro


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

38

huquqi» tushunchasi xalqaro munosabatlarning umum e’tirof etilgan tamoyillari va

me’yorlari rivojlanishining yangi bosqichini aks ettirgan holda, xalqaro huquq

harakatining xronologik doirasini belgilaydi. «Xalqaro huquq» atamasi xalqaro

ommaviy huquqni bildiradi, undan xalqaro xususiy huquqni farqlab olish kerak.

Xalqaro huquq normalari. Xalqaro huquq manbaalari tushunchasi.Xalqaro

odatlar. Xalqaro shartnomalar. Madaniyatli millatlar tomonidantan olingan xalqaro

huquqning

umumiy

prinsiplari.

Sud

qarorlari.

Xalqarohuquqiyta

’limot

(doktrina).Huquq sohasida shakl alohida ahamiyatga ega. Qadimgi Rimda shunday

deyilardi: forma legalis fonna essentialis (yuridik shakl muhim). Agarda xalqaro

huquqni uning tartibga solayotgan munosabatlari bilan o ‘zaro aloqasini ko‘radigan

boMsak, unda u davlatlararo munosabatlarning yuridik shakli sifatida yaqqol

namoyon bo`ladi. o‘zining nisbatan mustaqilligi imkoniyatidan kelib chiqib ushbu

shakl davlatlararo munosabatlarga tartibga soluvchi ta ’simi ko'rsatadi1. Xalqaro

huquq normasi - bu subyektlaming kelishuvi asosida yaratilgan, ular uchun huquq va

majburiyatlarni o ‘rnatuvcht rasmiy qat'iy qoida bo`lib, uni amalga oshirish yuridik

mexanizm bilan ta’minlanadi.Norma so ‘zi lotin tilidan tarjima qilinganda qoida,

yetakchi, asosiy qonun, namuna degan m a’nolami bildiradi. Norma xalqaro huquq

binosini qurish uchun ishlatiladigan bo`lib xizmat qiladi. Uning alohida jihati huquqiy

tizim elementlari ekaniigi bilan belgilanadi. Xalqaro huquq normasi deganda

davlatlar, boshqa xalqaro huquqning subyektlari tomonidan yuridik jihatdan muqarrar

sifatda tan olingan axloq (yurishturish) qoidalari tushuniladi. Xalqaro huquq

normalarini, masalan, xalqaro huquq subyekti arming o ‘zaro munosabatlari

davomida ham rioya etiladigan odatlardan farqlash lozim. Agar xalqaro huquqiy

normalar – bu yuridik jihatdan majburiy bo`lgan qoidalar bo`lsa, odatlar yuridik

majburlikdan mahrum bo`lganidir. Xalqaro huquqiy normaiami buzish xalqaro-

huquqiy javobgarlikni keltirib chiqaradi, odat normalarini buzish esa bunday

javobgarlikni keltirmaydi

1

.

1

Лукашу к ИИ. Международное право. Общая часть. Учебник для студентов юридических факультетов и вузов.

- Изд. 3-и доп. - М.: Волтере Клувср, 2005. - С. 25.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

39

Xalqaro huquq normalarining mazmuni

davlatlar, boshqa xalqaro huquqning

subyekllarining huquq va majburiyatlarini tashkil qiladi. o‘zaro munosabatlarga

kirishgan xalqaro huquqning subyektlari o ‘z huquqlarini amalga oshiradilar hamda

xalqaro huquqiy normalarda (o`rnatilgan majburiyatlarga ham ega boladilar. Xalqaro

huquqiy norma mazmun mohiyatidan kelib chiqqan holda xalqaro huquq subyektlari

o ‘zlarining xatti-harakatlari va xalqaro huquqning boshqa subyektlarining munosib

harakatlari haqida o ‘ylab ko ‘radilar. Shu bilan birga, xalqaro huquqiy normalar

xalqaro munosbatlar ishtirokchilarining xatti-harakatlarini tartibga soladi, ya’ni

subyektiarning o ‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi rolni bajaradi. Xalqaro

munosabatlar tartibga solingan xalqaro-huquqiy normalar bilan birgalikda xalqaro-

huquqiy xarakterga ega bo ‘ladi. Xalqaro huquq subyektlari u yoki bu xalqaro-

huquqiy munosabatlarda ishtirok etish bilan birga ular o‘zlarining huquq va

majburiyatlarini amalga oshiradilar. Shu bilan birga, quyidagi jihat e’tiborga molik:

shakllanayotgan butundunyo huquqiy kompleksining tarkibiy qismi bo`lgan xalqaro

huquq davlatlaming huquqiy tizimlarini, ya’ni davlatning ichki, milliy huquqiy

tizimlarini o`z ichiga oladi. Bunda shunday nuqtayi nazar ta ’kidlanadiki, xalqaro

huquqning ma’lum bir normalarining o ‘zaro muvofiqlashuv va munosabatlar

doirasida tartibga solishdagi ishtiroki albatta, davlatning huquqiy tizimi sohasida ham

bevosita qollaniladi. Mazkur masala shundan dalolat beradiki, xalqaro huquq

normalarining nafaqat davlatlararo- munosabatlar qoidalari sifatida lavsiflanadi, balki

ularning o‘z yurisdiksiyalari doirasidagi o ‘zaro kelishtiv asosida qabul qilgan eng

maqbul harakatlar qoidalari sifatida, shuningdek davlatlaming umumiy manfaatlari

asosida boshqa subyektlarning maqomi va faoliyatiga taalluqli qoidalar sifatida

tavsiflanadi.

Xalqaro huquq normalari - bu davlatlar va boshqa subyektlarning faoliyati

munosabatlarining umummajburiy qoidalari hisoblanadi. Xalqaro huquqiy

normalarning o‘ziga xos xususiyati va tizimi uning tuzilishiga bog`liq. ko‘pgina

normalar faqat dispozitsiyadan iborat, sanksiyalar esa tizim asosida belgilanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

40

Konkret sanksiya normalari qonun buzish holatlarida alohida shartnomalarda

mustahkamlanadi.

2

Malcolm D.Evans fikriga ko‘ra, an’anaviy xalqaro huquqqa asosan ikki

turdagi xalqaro huquqiy manbalar mavjud. Bular xalqaro huquqning moddiy va

rasmiy manbalaridir. Moddiy manba qoidalar aks etadigan hujjat hisoblanadi. Bularga

shartnomalar, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiyalari, Birlashgan Millatlar

Xalqaro huquq komissiyasining takliflari va boshqa shu kabi hujjatlar kiritilishi

mumkin. Xalqaro huquqning rasmiy manbasi esa davlatlar tomonidan huquqiy norma

sifatida tan olingan qoidalar hisoblanadi. Xususan, Xalqaro Sud

Statutining 38-moddasida aks etgan manbalar rasmiy manbalarga misol

bo‘la oladi. Xalqaro huquq normalari, avvalo, xalqaro huquq subyektlarining

roziligi bilan yaratiladi. Rozilikni izhor etish shakli huquqni yaratish jarayoni kabi

turlicha bo ‘lishi mumkin. Rozilik berish tinch kelishuv tarzida bo‘lishi mumkin.

Xalqaro-huquqiy normalar o‘zining mazmun va shakliga ko‘ra bir xil

emas. Ularni quyidagicha asoslarga muvofiq tasniflash mumkin:

1. Yuridik kuchi bo‘yicha:

- imperativ

aniq, tushunarli axloq (yurish-turish)

chegaralari (me’yor) ni o‘rnatadi. 1969-yilgi Xalqaro shartnomalar huquqi

to`g ‘risidagi Vena konvensiyasining 58-moddasiga muvofiq norma jus cogens

(umumiy xalqaro huquqning imperativ normasi) deb davlatlarning xalqaro

hamjamiyati tomonidan qabul qilingan va tan olingan umumiy xalqaro huquq normasi

bo‘lib, undan og‘ishga yo‘l qo‘yilmaydi, u faqatgina ushbu mazmundagi umumiy

xalqaro huquq normasi bilan o ‘zgartirilishi mumkin. Jus cogens normasining boshqa

turdagi imperative xarakterdagi normalardan farqi shundan iboratki, jus cogens

normasini har qanday tarzda rad etish davlatlarning sa’y-harakatarini ahamiyatsiz

qilib qo ‘yadi. Jus cogens normalari xalqaro aloqalarning har qanday sohasida qo

2

Международное праьо. Учебник для вузов. Ответственные редакторы — проф. Г. В. Игнатенко и проф. О.И.

Тиунов. - М.: Издательская групла НОРМА-ИНФРА. - М., 1999. - С. 10


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

41

‘llanilishi va ularga rioya etilishi zarurdir. Jus cogens normalari umumiy xalqaro

huquqning normalari va ularning asosiy prinsiplari hisoblanadi;

- dispozitiv normalar

,

davlatlar o`zaro kelishuv asosida ulardan voz

kechishi mumkin, agarda ushbu chekinish boshqa davlatlarning huquqlari

va qonuniy manfaatlariga zid bo imasa.

2. Amal qilish doirasi bo‘yicha:

-

universal

normalar, barcha davlatlar yoxud dunyodagi ko ‘pchilik davlatlar

ishtirokidagi munosabatlarni belgilaydi. Misol uchun, BMTning Nizomi, 1961-yilgi

Diplomatik aloqalar to‘g`risidagi Vena konvensiyasi;

3

- mintaqaviy

normalar, bitta geografik jihatdan joylashgan hududlardagi

davlatlar ishtirokidagi munosabatlami belgilaydi. Misol tariqasida, ushbu normalarga

1992-yildagi Yevropa kengashi to`g‘risidagi shartnoma taalluqlidir. Mintaqaviy

normalar tarixan ilgari universal tarzda namoyon bolgan va ilgarigi normalar negizida

ularning tajribasi asosida yangilari yaratilgan. Endilikda ushbu jarayon yana ham

davom etmoqda. Shu bilan birga, universal normalar mintaqaviy tizim rivojiga

ko‘maklashadi, ularga boy tajribani yetkazib beradi; lokal normalar xalqaro

huquqning ikki yoki bir nechta subyektlari ohtasidagi munosabatlami tartibga soladi.

3. Ta’sir qilish tavsifiga ko‘ra:

-taqiqlovchi;

- ruxsat beruvchi;

-vakolat beruvchi.

4. Tizimdagi funksiyasi bo‘yicha:

moddiy va protsessual: protsessual norma

xalqaro huquqni yaratish va amalga oshirish jarayonlarini tartiga soladi.

5. Manbasiga ko‘ra:

- oddiy;

- shartnomaviy;

-xalqaro tashkilotlarning qarorlari normasi.

3

The Sources o f International Law, Hugo. Thirlway. International Law. Malcolm D Evans. -Oxford University Press,

2003.-p . 118-119.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

42

Shuningdek,

havolaki

normalar ham mavjud, ular boshqa normalarda qayd

etilgan qoidalarga murojaat etishni talab qiladi. Turli xildagi bir nechta normalar

hisoblangan tashkiliy normalar ham ajratilgan. Ularning vazifasi xalqaro organlar va

tashkilotlar faoliyatini tartibga solib turadi. Shuningdek xalqaro huquq normalarining

bir qancha tasnifi mavjud.

Mavjud buyruqlarning tavsifi bo‘yicha:

-prinsiplar;

- ajrimlar;

- huquqqa egalik;

- majburiyatlar;

- taqiqlar.

Xalqaro-huquqiy tartibga solish mexanizmidagi roli bo‘yicha:

- tartibga soluvchi;

- muhofazalovchi.

Axloq qoidalarining mazmuni bo‘yicha:

-moddiy ;

-protsessual.

Amal qilish doirasi bo‘yicha:

- universal;

- mintaqaviy;

- mahalliy.

Amal qilish vaqti bo‘yicha:

- muddatli;

- muddatsiz.

Xalqaro huquq manbalari tushunchasi

Normalami amal qilishi bevosita emas, balki ular ma’lum bir manbalarda

mustahkamlangandagina amalga oshiriladi. Xuddi shu manbaalar orqali huquq

normalari subyektlarning xatti-harakatlariga ta’sir qiladi, ushbu xatti-harakatlarga

yuridik ahamiyatga ega xususiyat beradi. Xalqaro huquq normalari har doim ma’lum

bir huquqiy manbada aks ettirilgan shaklda namoyon boladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-23

Часть–2_ Март –2025

43

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1-Xalqaro huquq darsligi - Akmal Saidov

2-Лукашу к ИИ. Международное право. Общая часть. Учебник для студентов

юридических факультетов и вузов. - Изд. 3-и доп. - М.: Волтере Клувср, 2005. -

С. 25.

3-Международное праьо. Учебник для вузов. Ответственные редакторы —

проф. Г. В. Игнатенко и проф. О.И.

Тиунов. - М.: Издательская групла НОРМА-ИНФРА. - М., 1999. - С. 10

4-The Sources o f International Law, Hugo. Thirlway. International Law. Malcolm D

Evans. -Oxford University Press,

2003.-p . 118-119.

5- “Yangi O`zbekiston’’gazetasi