Authors

  • Husanova Gulsevar Yoqubjon qizi

Author Biography

  • Husanova Gulsevar Yoqubjon qizi

    Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 3-ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi o’quvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.119517

Keywords:

Muhabbat sevgi chinakam muhabbat ruhiyat inson munosabatlar his-tuyg'ular ota-ona muhabbati do'stlik muhabbati romantik muhabbat.

Abstract

Ushbu maqola chinakam muhabbatning mohiyati, uning inson hayotidagi o'rni va ahamiyatini o'rganadi. Maqolada sevgi va muhabbat tushunchalari o'rtasidagi farq, asl muhabbatning belgilari, uning inson ruhiyatiga ta'siri, shuningdek, muhabbatning turli ko'rinishlari (ota-ona muhabbati, do'stlik muhabbati, romantik muhabbat) tahlil qilinadi. Maqola chinakam muhabbat inson hayotini boyituvchi, unga ma'no beruvchi va uni kamolot sari yetaklovchi qudratli kuch ekanligini ta'kidlaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

85

ASL MUHABBAT

Farg'ona viloyati Oltiariq tumani 3-ayrim fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat

umumta'lim maktabi o’quvchisi

Husanova Gulsevar Yoqubjon qizi

Annotatsiya: Ushbu maqola chinakam muhabbatning mohiyati, uning inson

hayotidagi o'rni va ahamiyatini o'rganadi. Maqolada sevgi va muhabbat

tushunchalari o'rtasidagi farq, asl muhabbatning belgilari, uning inson ruhiyatiga

ta'siri, shuningdek, muhabbatning turli ko'rinishlari (ota-ona muhabbati, do'stlik

muhabbati, romantik muhabbat) tahlil qilinadi. Maqola chinakam muhabbat inson

hayotini boyituvchi, unga ma'no beruvchi va uni kamolot sari yetaklovchi qudratli

kuch ekanligini ta'kidlaydi.

Kalit so'zlar: Muhabbat, sevgi, chinakam muhabbat, ruhiyat, inson,

munosabatlar, his-tuyg'ular, ota-ona muhabbati, do'stlik muhabbati, romantik

muhabbat.:

Annotatsiya:This article explores the essence of true love, its place and

significance in human life. The article analyzes the difference between the concepts

of affection and love, the signs of true love, its impact on the human psyche, as well

as various forms of love (parental love, friendship love, romantic love). The article

emphasizes that true love is a powerful force that enriches human life, gives it

meaning, and leads it to perfection.

Kalit so'zlar: Love, affection, true love, psyche, human, relationships,

emotions, parental love, friendship love, romantic love.

Quyosh nurlari iliqlashib, qushlar chugʼurlashi har tongni musiqadek

bezamoqda, chunki diyorimizga oʼz sepini yoyib yashillikka burkanadigan, tabiat

uygʼonadigan fasl- bahor fasli kirib keldi. Tong saharda shaffof shudring tomchilari

yaproqlarda yaltirab, quyosh nurlari ostida jimirlamoqda.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

86

Imona oʼn beshinchi bahorini qarshi olib ulgurgan edi. Ularning oilasi

zamonaviy oila edi. Unchalik ham dinni taniydigan oila emas di.Oilaning boshi Anvar

aka biznesmen. Ayoli Roziya xola esa uy bekasi. Bundan tashqari Iymonaning akasi

Ravshan va kichkintoy Zafar ham shu oilaning aʼzolari edi. Shu kunlarda Imonaning

otasi Anvar akaning uyga mast holda keladigan paytlari koʼpaydi. Oila aʼzolari

sababini soʼragach, kompaniyasida kamomat chiqib bankrotga uchraganini aytib

berdi. Anvar akaga qancha taskin berishmasin foydasi boʼlmadi Bora bora bu

birinchilar kopaya boshladi.Roziya xolaning tanbeh eshitmagan, kaltak yemagan kuni

u uchun baxtli kuni boʼlib qoldi...

Imona kitob mutolaasini juda ham yoqtirar edi. Koʼpincha badiiy kitoblar

mutolaasini sevib oʼqirdi. Shu sababli ham mulohazali, ogʼirbosiq, vazmin, aqlli qiz

edi.

Imona diniy kitoblarni hech ham oʼqib koʼrmagan edi. Insonlar nima uchun

ehson qilishlari, namoz oʼqishlari, haj ziyoratiga borishlari hattoki nega ismini "

Imona" qoʼyishganini ham bilmasdi. Kitob rastalarining oldidan oʼtib borar ekan

koʼzi " Iymon" nomli kitobga tushdi. Bu kitobni oʼqib koʼrgisi keldi va uni sotib olish

uchun kunlik tushlik pullarini yigʼa boshladi. Dadasidan ham onasidan ham

soʼramadi, negaki ularning hozirgi ahvollarini toʼgʼri tushungandi. Kunlar oʼtib

Imona u kitobni xarid qildi. Uyga borishi bilan darhol kitob mutolaasiga shoʼngʼib

ketdi. Bir haftaga ham bormay u kitobni tugatdi. Bu kitob uni Allohni va Rasulini

tanishga, hidoyatga boshlashga sabab boʼldi. Uning mana shu oʼn beshinchi bahorida

hayotida yangi sahifa ochilgan edi.

Kechki payt. Kuz fasli. Yengil shabboda dimogʼlarni qitiqlardi Imona

oshxonada kuymalanib bir nimalarnidir pishirayotgan paytda akasi Ravshanning

qichqirig'idan sergak tortdi. Akasi Anvar akaning avtohalokatga uchraganini aytdi va

boʼgʼziga nimadir tiqilganday boʼldi. Roziya xola, Ravshan va Imona kiyinib jon

holatda shifoxonaga yoʼl olishdi. Zafarni esa qoʼshnilari Shohida ayaga berib

ketishdi. Shifoxonaga yetib kelishdi. Roziya xola va Imona tinmay duo qilardilar.

Anvar akaga umr soʼrardilar. Bir haftada Imona otasiga umr soʼrab hatmi Qurʼon

qildi. Alloh ularning nolalarini eshitti. Anvar aka hech qancha vaqt oʼtmay oyoqqa


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

87

turdi. Ne koʼz bilan koʼringki Anvar aka umuman oʼzgargan edi. Qaytib shayton

suvini qoʼliga olmaslikka vaʼda berdi. Ayoli Roziya xoladan ham ancha kechirim

soʼradi. Bu bir yil moboynida Abdusattorovlar hayotida ancha katta burilishlar sodir

boʼldi. Avvalgi zamonaviy faqatgina nomigagina musulmon boʼlgan oiladan asar

ham qolmagan edi. Bu orada Imona qoʼlidan kelgancha ilm egalladi va oʼz kuchi bilan

Islom universitetiga Grand asosida o'qishga qabul qilindi. Uning yoshi hozirda

yigirmada. Uylaridan sovchining keti uzilmaydi. Nihoyat unga Umar ismli qori yigit

sovchi yubordi. U hattoki Imonaning suratini ham koʼrmagan edi. Ikkovlari va

Allohga tavakkal qilib turmush qurushdi va bu uchun hech ham afsuslanishmadi. Ular

uch farzandlarining rohatlarini koʼrishdi. Qizlari Maryamni yaxshi joyga turmushga

berishdi. Ikki oʼgʼillari Abdulloh va Zubayrni qori yigit qilib tarbiyalashdi. Vaqtlar

oʼtib Umarning ota onasi birin ketin vafot etdi. Imona xolaning nazarida hojasining

tik qaddi bu fojiadan soʼng ancha choʼkib qolgandi...

Imona xola va Umar aka mazmunli umr kechirdilar. Ular birga yashagan

hayotlaridan minnatdor edilar. Farzandlari ularni oʼtgan yili Umra ziyoratiga

yubordilar. Ularning armoni qolmagan edi.

Imona xola xastalanib qoldi. Bir necha kunlardan beri tushiga chiroyli

manzalar kirayotgan ekan. Umar aka holsiz ayoliga nazar tashlar ekan sochlaridagi

oq tolani koʼrdi.Yillar bunchalar beshavqat-aaa. Imona xola Umar akaga qarab

-Hojam necha kundirki chiroyli tushlar koʼrayapman. Ketadigan paytim

boʼlganga oʼxshaydi,-dedi xoʼrsinib.

-Saodatim, nuryuzligim unday dema hali erta, hali koʼp qiyinchiliklarni birga

yengib oʼtishimiz kerak,- dedi noiloj.

-Sizdan bir narsa soʼramoqchiman, dadasi men bilan oʼtgan umringizga

rozimisiz?

-Unday dema,gulyuzligim , hali erta ,- dedi Umar aka yigʼlaguday boʼlib.

-Iltimos, ayting

- Mingdan ming roziman, Imonam.Seni eslamagan bir nafasim ham boʼlmadi.

Ishon, seni jon berar darajada sevdim, saodatim, sen menga berilgan eng oliy

ne'matim, eng goʼzal nasibimsan. Endi aytchi sen-chi? Sen ham mendan rozimisan???


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-22

Часть–1_ Март –2025

88

-Men ham dedi-da " Shahodat" kalimasini ayta, foniy dunyoga yoʼl oldi.

Imona xolani shu kuni peshin namoziga chiqarishdi. Eng koʼp Umar akaga qiyin

boʼldi Shu kuni Umar akaning uyida koʼzyoshlar mehmon boʼldi. Umar aka dod solib

yigʼlardi.Axir sen meni suyanchigʻim edingku sen yoʼqsan endi bu yelkalar kimga

suyanadi Qara, Imonam,

gʼururim tufayli hech kimga koʼrsatmayotgan koʼzyoshlarimni hamma

koʼryapti Bugun ularni hech kimdan yashirmayapman.

Umar aka ayoliga atab 3 kunda Qurʼonni hatm qildi.

Ertasi kuni Juma kuni juma namozida uni soʼngi manzilga kuzatishdi.

Umarning ukasi Yusuf aka qator qabrlarga gul ekarkan oʼyladi Aka kelinoyim siz

uzogʼi uch kun tura olar edingiz Bu hal ham ularni jannat erkaklaridan

qizgʼondingizaaa aka. Mana asl muhabbat deya qabrlardagi gullarga suv quydi

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1.

Fromm, E. (1956).

The Art of Loving

. Harper & Row.

2.

Rubin, Z. (1973).

Liking and Loving: An Invitation to Social Psychology

. Holt,

Rinehart & Winston.

3.

Sternberg, R. J. (1986).

A triangular theory of love

. Psychological Review,

93(2), 119–135.

4.

Chapman, G. (1992).

The Five Love Languages: How to Express Heartfelt

Commitment to Your Mate

. Northfield Publishing.

5.

Karimov, I. A. (1996).

O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid,

barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari

. Toshkent: "O'zbekiston"

1

nashriyoti.