Authors

  • Mo’minov Izzatilla Orifjon O’g’li

Author Biography

  • Mo’minov Izzatilla Orifjon O’g’li

    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi

    Elektron pochta: mominovizzatilla9@gmail.com

    Telefon raqami: +998972525710

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.86471

Keywords:

byudjet defitsiti davlat xarajatlari davlat qarzi soliqlar iqtisodiy barqarorlik fiskal siyosat

Abstract

Maqolada AQSH byudjetida kuzatilayotgan defitsiti, davlat qarzining o'sishi va ijtimoiy xarajatlarning oshishi kabi masalalar ko'rib chiqiladi. Ushbu muammolarni iqtisodiy dasturlar yordamida hal qilish yo’llari: soliq siyosatini yaxshilash, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish, ishsizlikni kamaytirish va davlat xarajatlarini optimallashtirish tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor uzoq muddatli yechimlarga qaratilgan bo'lib, infratuzilma investitsiyalari va soliq tizimi islohotlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, maqola iqtisodiy dasturlar AQSHning moliyaviy holatini barqarorlashtirish uchun takliflar, yangi ish o'rinlari yaratishga va ijtimoiy sharoitlarni yaxshilashga qanday yordam berishini ta'kidlaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

179

AQSH BUDJETIDAGI MUAMMOLARNI IQTISODIY DASTURLAR

YORDAMIDA BARTARAF ETISH

Mo’minov Izzatilla Orifjon O’g’li

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti talabasi

Elektron pochta:

mominovizzatilla9@gmail.com

Telefon raqami: +998972525710

Annotatsiya: Maqolada AQSH byudjetida kuzatilayotgan defitsiti, davlat

qarzining o'sishi va ijtimoiy xarajatlarning oshishi kabi masalalar ko'rib chiqiladi.

Ushbu muammolarni iqtisodiy dasturlar yordamida hal qilish yo’llari: soliq siyosatini

yaxshilash, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish, ishsizlikni kamaytirish va davlat

xarajatlarini optimallashtirish tahlil qilinadi. Asosiy e'tibor uzoq muddatli

yechimlarga qaratilgan bo'lib, infratuzilma investitsiyalari va soliq tizimi islohotlarini

o'z ichiga oladi. Shuningdek, maqola iqtisodiy dasturlar AQSHning moliyaviy holatini

barqarorlashtirish uchun takliflar, yangi ish o'rinlari yaratishga va ijtimoiy

sharoitlarni yaxshilashga qanday yordam berishini ta'kidlaydi.

Kalit so’zlar: byudjet defitsiti, davlat xarajatlari, davlat qarzi, soliqlar,

iqtisodiy barqarorlik, fiskal siyosat

ADDRESSING THE US BUDJET ISSUES THROUGH ECONOMIC

PROGRAMS

Annotation: The article examines the budgetary issues in the United States,

such as the deficit, growing national debt, and increasing social expenditures. It also

analyzes ways to address these issues through economic programs: improving tax

policy, stimulating economic growth, reducing unemployment, and optimizing

government spending. The focus is on long-term solutions, including infrastructure

investments and tax system reforms. As a result, the article highlights how economic

programs can help stabilize the financial situation in the U.S., create new jobs, and

improve social conditions.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

180

Keywords: budget deficit, government spending, public debt, taxes, economic

stability, fiscal policy

РЕШЕНИЕ БЮДЖЕТНЫХ ПРОБЛЕМ США С ПОМОЩЬЮ

ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПРОГРАММ

Аннотация: В статье рассматриваются проблемы бюджета США,

такие как дефицит, рост государственного долга и увеличение социальных

расходов. Также анализируются способы решения этих проблем через

экономические программы: улучшение налоговой политики, стимулирование

экономического

роста,

сокращение

безработицы

и

оптимизация

государственных расходов. Основное внимание уделяется долгосрочным

решениям, включая инвестиции в инфраструктуру и реформы налоговой

системы. В результате, статья подчеркивает, как экономические программы

могут помочь стабилизировать финансовое положение США, создать новые

рабочие места и улучшить социальные условия.

Ключевые слова: бюджетный дефицит, государственные расходы,

государственный долг, налоги, экономическая стабильность, фискальная

политика

KIRISH

Bugungi kunda AQSH iqtisodiyoti o'zining siyosiy beqarorlik va uzoq davom

etayotgan byudjet defitsiti davrlarini boshdan kechirmoqda. Bu holat, nafaqat global

miqyosda, balki ichki iqtisodiy tizimda ham bir qator muammolarni yuzaga keltirdi.

AQSHning budjeti so'nggi bir necha yillardan beri o'sib borayotgan defitsit va davlat

qarzining keskin ortishi bilan shug'ullanishda davom etmoqda. Shu bilan birga,

ijtimoiy xarajatlar sog'liqni saqlash, ta'lim va pensiya tizimlarida yuzaga kelgan

talablar ham davlat moliyasi ustida og'ir yuk yaratmoqda.

Pandemiya, iqtisodiy inqirozlar va global notinchliklar natijasida AQSH

hukumatining iqtisodiy siyosatlari va dasturlari uchun jiddiy sinov bo‘ldi. Davlatning

xarajatlarini samarali boshqarish, yangi soliq siyosatini ishlab chiqish va iqtisodiy

o'sishni rag'batlantirishning ahamiyati yanada oshdi. Aholining turli qatlamlariga


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

181

yordam berish va moliyaviy muammolarni hal qilish uchun iqtisodiy dasturlarni

qo'llash muhim bo'lib qolmoqda.

Bu maqolada, AQSH budjetidagi muammolarni bartaraf etish uchun kerakli

iqtisodiy dasturlar, ularning foydalari va samaradorligi tahlil qilinadi. Byudjetni

barqarorlashtirish, iqtisodiy o'sishni rag'batlantirish, yangi ish o'rinlari yaratish va

ijtimoiy farovonlikni oshirishdagi ushbu dasturlarning o'rni ko'rib chiqiladi. Ayniqsa,

soliq islohotlari, infratuzilma investitsiyalari va davlat xarajatlarini optimallashtirish

bo'yicha uzoq muddatli va barqaror yechimlar taqdim etiladi. Bugungi kunda

AQSHning iqtisodiy va moliyaviy tizimi, boshqa davlatlar bilan taqqoslaganda,

o'zining yuqori darajadagi barqarorlik va innovatsion salohiyatiga ega bo'lsa-da,

davlatning moliyaviy holatini yaxshilash uchun yangi va samarali dasturlarni ishlab

chiqish zaruriyati mavjud. Uzoq muddatda iqtisodiy o'sish va jamiyatning

farovonligini ta'minlash uchun davlat iqtisodiy siyosatini doimiy ravishda yangilab

borishi kerak. Shunday qilib, ushbu maqola AQSH budjeti muammolarini iqtisodiy

dasturlar orqali hal qilishda qo'llaniladigan yondoshuvlarning samaradorligini chuqur

tahlil qiladi va ularning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini ko'rsatadi.

ASOSIY QISM

AQSHning budjetidagi eng muhim muammolardan biri - bu o‘sib borayotgan

defitsit miqdori va davlat qarzining keskin ortishi hisoblanada. So‘nggi yillarda,

ayniqsa pandemiya va iqtisodiy inqirozlar natijasida, byudjet defitsiti va davlat qarzi

keskin oshib, milliy moliya tizimiga katta bosim o‘tkazdi. Bu holatning asosiy

sabablari sifatida, davlatning ijtimoiy xarajatlari, masalan, sog‘liqni saqlash, pensiya

tizimlari va boshqa ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga bo‘lgan talabning oshishi

hamda soliq daromadlarining kamayishi ko‘rsatiladi.

AQSH ning byudjet defitsit holati 2001-yildan beri surunkali kuzatilib

kelinayotgan bo’lsada, so’ng yillarda defitsit va unga bog’liq muammolarning kun

mavzusiga

aylanishi

2017-yildan

ovoza

bo’la

boshladi.

Xususan,

Bloomberg

1

ma'lumotlariga ko'ra, AQSh byudjeti taqchilligi 2017- moliyaviy yil

1

"Bloomberg (

www.bloomberg.com

) — bu real vaqtli moliyaviy ma'lumotlar, biznes yangiliklari va iqtisodiy tahlillarni

taqdim etuvchi, mutaxassislar va tadqiqotchilar tomonidan keng foydalaniladigan ishonchli manbadir."


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

182

davomida 80 milliard dollarga o'sdi. Tanqislikning o'sishi bu yil xarajatlarning 3 foizga

o'sishi bilan bog'liq. Moliya vazirligi buni tibbiyot va ijtimoiy dasturlarga jiddiy sarf-

xarajatlar bilan izohladi. Bundan tashqari, Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo'yicha

Federal agentlik bir nechta dovul tufayli etkazilgan zarar tufayli ko'p pul so'ragan.

AQSh moliya vaziri hozirgi ko'rsatkichlar Vashington ma'muriyati uchun uyg'onish

chaqirig'i ekanligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, soliq islohoti va byudjet

mablag'larini sarflash bo'yicha yanada malakali siyosat tufayli vaziyatni tuzatish

mumkin.

Shu bilan birga, AQSh Moliya vazirligi ma'muriyatning soliqlarni kamaytirish

rejalari tufayli byudjet taqchilligi 1.5 trln dollargacha o'sishini kutmoqda. Biroq,

Respublikachilar partiyasi ushbu chora iqtisodiy o'sishni tezlashtiradi, deb

hisoblaydi”

2

. Aytish joizki, bu taqchillik moliyaviy yilda AQSh byudjeti taqchilligi

665.7 milliard dollarga etdi, bu so'nggi to'rt yil ichida eng katta ko'rsatkich hisoblangan

va

2018-yilda esa bu ko’rsatkich 779 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu o‘sishning

sabablari odatiy hukumat amalga oshirishi kerak bo‘lgan xarajatlardan tashqari turli

iqtisodiy, siyosiy va fiskal omillar bilan bog‘liq bo‘ldi. Xususan, 2017-yilda qabul

qilingan soliq islohoti “Tax Cuts and Jobs Act” ya’ni soliq imtiyozlari va ish o‘rinlarini

yaratish to‘g‘risidagi qonun

3

va 2018-yilda qabul qilingan “Bipartisan Budget Act”

orqali harbiy xarajatlarini oshirganligini keltirish mumkin

4

. 2017-yildagi qonun bilan

soliq stavkalari pasaytirildi, ayniqsa korporatsiyalar uchun soliq stavkasi 35% dan 21%

gacha tushirildi. Buning natijasida AQSH federal byudjeti uchun daromadlar sezilarli

darajada kamaydi. Jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalari ham pasaytirildi, bu esa

davlatning daromadlarini kamayishiga olib keldi. Ushbu islohotlar, albatta, iqtisodiy

o‘sishni rag‘batlantirgan bo‘lsa-da, budjetning daromadlar qismini qisqartirdi.

Shuningdek, AQSHda ijtimoiy ta’minot, “Medicare” va “Medicaid” kabi tizimlarga

ajratmalar yildan yilga oshib bormoqda. Bu tizimlarga talabning ortishi, ayniqsa, aholi

qarishi va tibbiy xizmatlarga ehtiyojning kuchayishi sababli, federal byudjetga katta

bosim o‘tkazdi. Ijtimoiy ta’minot, pensiya tizimlari va sog‘liqni saqlash xarajatlari

2

www.rbc.ru

3

https://taxpolicycenter.org/briefing-book/how-did-tax-cuts-and-jobs-act-change-business-taxes

4

https://www.csis.org/analysis/making-sense-bipartisan-budget-act-2018-and-what-it-means-defense


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

183

yildan-yilga ko‘payganligi sababli davlat qarzi yanada oshdi va byudjet defitsitini

yanada oshirishga olib keldi. Bundan tashqari, davlat qarzining umumiy hajmi oshgan

sayin, qarz bo‘yicha to‘lanadigan foizlar ham ortdi. Federal rezervning foiz stavkalarini

ko‘tarishi, ayniqsa, davlatning qarzlari bo‘yicha to‘lovlarni oshirdi. Bu holat, o‘z

navbatida, davlatning byudjetiga qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqardi. Bu

tendensiya 2019-yilda ham davom etib, “Tax Cuts and Jobs Act” qonuniga qo’shimcha

ravishda AQSH-Xitoy savdo urishi ham AQSH iqtisodiyotiga katta zarba bo‘lgandi.

Buning sababi esa, savdo urishini tashkil etuvchi tariflar ya’ni bojlar hisoblanadi,

chunki bojlar iste’molchi uchun qo’shimcha soliq va ishlab chiqaruvchi uchun ortiqcha

xarajatlar va import-eksport qiyinchiliklari hisoblanadi. Bularning natijasida AQSH

budjeti tushumlari kamayib, defitsit raqamlari o’sib bordi.

1-

rasm. 2017–2019 yillardagi AQSHning davlat qarzi va byudjet defitsiti

5

So’ng, COVID-19 pandemiyasi va undan keyingi global inqirozlar ham AQSH

iqtisodiyoti va federal byudjetiga chuqur, keng qamrovli ta’sir ko‘rsatdi. Mamalakatda

2020-yilda boshlangan pandemiya nafaqat sog‘liqni saqlash tizimiga kuchli bosim

o‘tkazdi, balki mamlakat iqtisodiy faoliyatini ham deyarli to‘xtatdi. Ko‘plab sanoat

korxonalari yopildi, xizmat ko‘rsatish sohasi inqirozga yuz tutdi, natijada daromadlar

kamaydi va hukumat xarajatlari keskin oshdi. Bu esa oxirgi yetmish yil ichidagi eng

yuqori byudjet defisitiga olib keldi va bu ko’rsatkich garchi 2022-yilda taqriban 2

barobarga qisqargan bo’lsada, keying yillarga ham o’z ta’sirini ko‘rsatmasdan

5

https://fiscaldata.treasury.gov/


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

184

qolmadi. Federal hukumat pandemiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy barqarorlikni

saqlab qolish va fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish uchun bir nechta yirik moliyaviy

paketlarni ishga tushirdi. Jumladan, 2020-yil 27-martda kuchga kirgan "CARES Act"

(Coronavirus Aid, Relief, and Economic Security Act) orqali 2,2 trillion dollar

ajratildi

6

. Bu mablag‘lar sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlash, vaksinatsiya

ya’ni emlash ishlari, tibbiy yordam, ishsizlik nafaqalari, kichik bizneslarni

moliyalashtirish va fuqarolarga bevosita yordam ko‘rsatishga yo‘naltirildi. Bundan

tashqari, 2021-yilda "American Rescue Plan" doirasida yana 1,9 trillion dollar ajratilib,

pandemiyadan keyingi iqtisodiy tiklanishga qaratildi

7

. "Infrastructure Investment and

Jobs Act" orqali esa, infratuzilmaga sarmoyalar kiritilib, ish o‘rinlari yaratish va

iqtisodiy faollikni tiklash maqsad qilindi.

Ushbu choralar natijasida AQSH federal byudjeti defitsiti keskin oshdi: 2020-

yilda defitsit 3,1 trillion dollarni, 2021-yilda esa 2,77 trillion dollarni tashkil etdi. 2022-

yilda pandemiyaga qarshi xarajatlar qisqarishi bilan defitsit 1,4 trillion dollarga tushdi.

Biroq 2023 va 2024-yillarda davlat xarajatlarining ko‘pligi, ayniqsa ijtimoiy dasturlar

va qarz bo‘yicha foiz to‘lovlarining oshishi sababli defitsit yana ko‘paydi. 2024-yilda

u 1,7 trillion dollardan oshdi va 2025-yilda ham shunga yaqin bo‘lishi prognoz

qilinmoqda va davlat qarzi ham yuqori sur’atda o‘sdi: 2020-yil oxirida 27 trillion

dollarni tashkil qilgan qarz miqdori 2023-yilga kelib 33 trillion dollardan oshdi va

2025-yilga borib 35 trillion dollar atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

6

https://trumpwhitehouse.archives.gov/briefings-statements/remarks-president-trump-signing-h-r-748-cares-act/

7

https://www.budget.senate.gov/download/american-rescue-plan-act-summary-updated


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

185

2-

rasm. 2017–2025 yillardagi AQSHning davlat qarzi va byudjet defitsiti

8

.(2025*- 6

oylik moliya yili bo’yicha)

Yuqorida aytilgan ko’rsatkichlarga mos ravishda, 2020-yil aprelida ishsizlik

darajasi 14,8% ga yetib, bu Ikkinchi Jahon urushidan keyingi eng yuqori ko‘rsatkich

bo‘ldi. Keyingi yillarda iqtisodiyot tiklana boshladi, biroq 2021–2022 yillarda global

ta’minot zanjirlaridagi uzilishlar, energiya narxlarining oshishi va boshqa omillar

inflyatsiyani kuchaytirdi. 2022-yilda inflyatsiya darajasi 9% ga yaqinlashdi — bu

oxirgi 40 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir. Shuningdek, Ukrainadagi urush,

Yaqin Sharqdagi keskinliklar, Xitoy bilan savdo aloqalaridagi noaniqliklar va bank

sektoridagi muammolar AQSH byudjetiga qo‘shimcha bosim keltirdi. Federal Rezerv

tizimi foiz stavkalarini oshirishga majbur bo‘ldi, bu esa davlat qarzi bo‘yicha foiz

to‘lovlarining yanada ortishiga sabab bo‘lib kelmoqda.

Hozirgi kundagi “Amerika First” yoki, aytish mumkinki, AQSHning 2025-

yilda saylangan Donald J. Trumpning ikkinchi muddatidagi islohotlari ham

amerikaning kelajakdagi ba’zi maqsadlariga tahdid solibgina qo’ymay, qisqa

muddatda ham o’z ta’sirini quyi va o’rta sinf vakillariga o’tkazmoqda

9

. Jumladan, Shu

islohotlardan bir bo‘lgan regressiv siyosat esa – tariflardir. Tariflar, aytib o’tilganidek,

8

https://fiscaldata.treasury.gov/

9

https://www.cooksenwealth.com/blog/82-trump-s-second-term-how-proposed-policies-could-impact-your-

financial-future.html


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

186

iste’molchilar uchun qo’shimcha soliqdir. Tanqid ostidagi bu islohot aholi iste’molini

qisqarishiga sabab bo’ladi, bu esa ishlab chiqarishda o’z aksini topadi. Moliyaviy

jihatdan ham bojxona tariflari qisqa muddatda byudjetga qo‘shimcha tushum bo‘lsa-

da, umumiy iqtisodiy pasayish sababli soliqlar tushumi kamaydi, narxlar oshadi va

inflyatsion bosim kuchayadi. Xitoy tomoni ham javoban tariflar joriy qilganligi

sababli, AQSH eksportchilari yirik bozorlardan ayrilishi mumkin, shuningdek, bu holat

minglab ish o‘rinlari yo‘qolishiga sabab bo‘ladi. Bojxona siyosatining salbiy iqtisodiy

oqibatlari federal darajadagi iqtisodiy yordam paketlariga bo‘lgan ehtiyojni yanada

kuchaytiradi va bu aksariyat holatlarda, byudjet defitsitining o‘sishiga zamin yaratadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR: Uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlash

uchun har bir davlat, jumladan AQSH ham, puxta rejalashtirilgan strategiyalar asosida

harakat qilishi muhim. Bunday strategiyalar ichida innovatsion yondashuvlar, fiskal

intizom va makroiqtisodiy barqarorlik asosiy o‘rin tutadi. AQSH uzoq muddatli

o‘sishni rag‘batlantirish uchun soliq-budjet siyosatida muvozanatni saqlashga,

tadbirkorlik muhitini yaxshilashga va raqobatbardosh infratuzilmalarni rivojlantirishga

katta e’tibor qaratib keladi va hozir bu siyosatni mustahkamlashi kun mavzusi

hisoblandi va har qanday tarixda qilingan xatolarni o’z tanasida qayta sinab ko’rishi

kerak emas ya’ni AQSH iqtisodiyotiga va pul oqimiga bevosita va bilvosita ta’sir

ko’rsatayotgan joriy bojlar siyosatiga, turli-xil ma’muriy xarajatlarga sabab bo‘luvchi

o‘zgartirishlarga va jahonda yuz berayotgan geosiyosiy vaziyatlarga o‘zining siyosiy

va iqtisodiy intervensiyasiga barham berishi zarur.

Bundan tashqari, AQSHdagi barqaror iqtisodiy holatni qayta tiklash uchun

samarali iqtisodiy va siyosiy o‘yin-qoidalarin joriy etishi zarur. Bu yo‘lda, Soliq tizimi

— davlatning iqtisodiy siyosatida eng muhim vositalardan biri bo‘lib, uni samarali

boshqarish orqali byudjet barqarorligini ta’minlashda asosiy rollardan birini egallaydi.

AQSH bu borada soliqlarni soddalashtirish, soliq bazasini kengaytirish va firibgarlikka

qarshi kurashni kuchaytirish yo’llari orqali ijobiy natijalarga erishi mumkin. Soliq

islohotlari orqali nafaqat davlat daromadlari ortadi, balki iqtisodiy faollik ham

kuchayadi. Shuningdek, yaratuvchanlik boshqarayotgan hozirgi dunyoda innovatsion

sharoitdagi infratuzilma rivojlanishi esa uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-25

Часть–5_ Май –2025

187

harakatlantiruvchi kuchidir. Transport, energetika, telekommunikatsiya sohalariga

investitsiyalar kiritish orqali nafaqat ishlab chiqarish hajmi, balki hududlararo iqtisodiy

bog‘liqlik ham ortadi. Bunday yondashuvlar iqtisodiy faollikni rag‘batlantirib, yangi

ish o‘rinlari yaratishga xizmat qiladi va shu yo‘sinda o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash,

startaplar uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratish hamda texnologik innovatsiyalarni

rag‘batlantirish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarida

islohotlarni jadallashtirish orqali inson kapitalini rivojlantirishga alohida e’tibor

qaratish lozim. Aytish kerakki, Qonun chiqaruvchi organ va ijro hokimiyati migratsiya

siyosatini qayta ko’rib chiqishi va ba’zi AQSH hududida yashab, qonuniy ish faoliyati

olib borayotgan residentlarnini “deport” ya’ni mamlakat hududidan chiqarib yuborish

holatlariga e’tiborli bo’lishi zarur. Bundan tashqari, “Green Card” lotereyasi

kvotalarini kengaytirib, tanlov asosida qabul qilayotgan aholi miqdorini

normallashtirib turishi va sohalar uchun kerakli kadrlarni tayyorlab chiqarishi muhim

hisoblanadi.

FOYDALANILGAN MANBALAR

:

1. https://fiscaldata.treasury.gov/americas-finance-guide/national-deficit

2.

https://fiscaldata.treasury.gov/americas-finance-guide/national-debt/

3. https://www.cbo.gov/

4. https://www.usgovernmentspending.com/

5. https://en.wikipedia.org/wiki/United_States_federal_budget