Authors

  • Do’sbayeva Shaxnoza Abdurahimovna

Author Biography

  • Do’sbayeva Shaxnoza Abdurahimovna

    Namangan davlat unversiteti o’qituvchisi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.87110

Keywords:

Montessori metodikasi mantiqiy fikrlash ta'lim muhiti didaktik oʻyinlar kognitiv rivojlanish pedagogik innovasiyalar maktabgacha ta'lim mustaqil faoliyat.

Abstract

Mazkur ilmiy maqolada Mariya Montessori metodikasining pedagogik va psixologik asoslari hamda ushbu metodikaning maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishdagi o‘rni kompleks tahlil etilgan. Tadqiqotda bolalarning ongli fikrlash, tahlil qilish, taqqoslash, guruhlash kabi kognitiv jarayonlarini rivojlantirishda Montessori muhitining tuzilmasi va unga xos didaktik materiallarning ta’siri o‘rganilgan. Montessori metodikasining an’anaviy ta’lim yondashuvidan farqli jihatlari, xususan, bolaning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish, individual yondashuv va erkin tanlov imkoniyatlari orqali intellektual rivojlanishga erishish kabi afzalliklari amaliy misollar asosida ko‘rsatib berilgan. Maqolada mavjud tajriba va kuzatuv natijalari asosida Montessori yondashuvining samaradorligi asoslangan, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari ushbu metodikaning maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkurni shakllantirishda muhim vosita ekanini tasdiqlaydi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

96

MONTESSORI METODIKASI ASOSIDA MAKTABGACHA

YOSHDAGI BOLALARDA MANTIQIY FIKRLASH JARAYONINI

RIVOJLANTIRISH

Namangan davlat unversiteti o’qituvchisi.

Do’sbayeva Shaxnoza Abdurahimovna

ANNOTASIYA:

Mazkur

ilmiy

maqolada

Mariya

Montessori

metodikasining pedagogik va psixologik asoslari hamda ushbu metodikaning

maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishdagi

o‘rni kompleks tahlil etilgan. Tadqiqotda bolalarning ongli fikrlash, tahlil qilish,

taqqoslash, guruhlash kabi kognitiv jarayonlarini rivojlantirishda Montessori

muhitining tuzilmasi va unga xos didaktik materiallarning ta’siri o‘rganilgan.

Montessori metodikasining an’anaviy ta’lim yondashuvidan farqli jihatlari, xususan,

bolaning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish, individual yondashuv va erkin tanlov

imkoniyatlari orqali intellektual rivojlanishga erishish kabi afzalliklari amaliy

misollar asosida ko‘rsatib berilgan. Maqolada mavjud tajriba va kuzatuv natijalari

asosida Montessori yondashuvining samaradorligi asoslangan, shuningdek,

maktabgacha ta’lim muassasalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot

natijalari ushbu metodikaning maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy tafakkurni

shakllantirishda muhim vosita ekanini tasdiqlaydi.

KALIT SOʻZLAR: Montessori metodikasi, mantiqiy fikrlash, ta'lim muhiti,

didaktik oʻyinlar, kognitiv rivojlanish, pedagogik innovasiyalar, maktabgacha ta'lim,

mustaqil faoliyat.

АННОТАЦИЯ: В научной статье дан комплексный анализ

педагогических и психологических основ методики Марии Монтессори и роли

этой методики в развитии навыков логического мышления у детей дошкольного

возраста. В исследовании изучалось влияние структуры среды Монтессори и ее

конкретных дидактических материалов на развитие познавательных процессов

детей, таких как осознанное мышление, анализ, сравнение и группировка. На


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

97

практических примерах показаны преимущества методики Монтессори перед

традиционным подходом к образованию, в частности, поощрение

самостоятельной деятельности ребенка, достижение интеллектуального

развития через индивидуальный подход и свободный выбор. В статье

представлена эффективность Монтессори-подхода на основе имеющегося

опыта и результатов наблюдений, а также разработаны методические

рекомендации для дошкольных образовательных учреждений. Результаты

исследования подтверждают, что данная методика является важным

инструментом развития логического мышления у детей дошкольного возраста.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА: методика Монтессори, логическое мышление,

образовательная среда, дидактические игры, познавательное развитие,

педагогические инновации, дошкольное образование, самостоятельная

деятельность.

ANNOTATION: This scientific article provides a comprehensive analysis of

the pedagogical and psychological foundations of Maria Montessori's methodology

and the role of this methodology in the formation of logical thinking in preschool

children. The study studies the structure of the Montessori environment and the impact

of its specific didactic materials on the development of cognitive processes in children,

such as conscious thinking, analysis, comparison, grouping. The differences between

the Montessori methodology and the traditional educational approach, in particular,

the advantages of stimulating the child's independent activity, achieving intellectual

development through an individual approach and free choice, are shown on the basis

of practical examples. The article, based on the results of existing experience and

observations, substantiates the effectiveness of the Montessori approach, and also

develops methodological recommendations for preschool educational institutions. The

results of the study confirm that this methodology is an important tool in the formation

of logical thinking in preschool children.

KEYWORDS: Montessori methodology, logical thinking, educational

environment, didactic games, cognitive development, pedagogical innovations,

preschool education, independent activity.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

98

Kirish.

Yurtimizda maktabgacha ta’lim sohasiga boʻlgan e’tiborning amaliy

faoliyati bugungi ijtimoiy iqtisodiy faoliyatlari va hukumatimiz tomonidan mazkur

sohaga oid bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishida ko’rishimiz

mumkin. Mazkur amalga oshirilayotgan qaror va farmonlar maktabgacha ta‘lim

sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali maktabgacha

ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnik

bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlashni

maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni kengaytirish, ta'lim-

tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali

bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik va jismoniy rivojlantirish, ularni

maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari belgilab qo’yilmoqda.

Maktabgacha ta'lim davri har bir bolaning kognitiv, emotsional va ijtimoiy rivojlanishi

jarayonlaridagi muhim bosqichlardan biri hisoblanib, ayniqsa, bu yoshdagi bolalarning

mantiqiy fikrlash asoslari aynan shu davrda shakllana boshlagani uchun bu davrda bola

rivojlanishiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bolalarning bu davrdagi

rivojlanishlarini Mariya Montessori tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik metodika

orqali rivojlantirish va bolaning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, uning

tabiiy rivojlanishiga ko'maklashishga amaliy yordam berishini kuzatishimiz mumkin.

Bu esa Mariya Montessori metodikasining bola rivojlanishi uchun muhum metodik

asos vazifasini bajarishini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Ushbu maqola orqali

Montessori metodikasining pedagogik va psixologik asoslari, didaktik yondashuvi

hamda

maktabgacha

yoshdagi

bolalarda

mantiqiy

fikrlash

qobiliyatini

shakllantirishdagi samaradorligi tahlil etiladi. Montessori ta’lim tarbiya jarayonida

bolalarni ko‘pincha ikki toifaga iqtidorli va iqtidorsizga bo’lishlariga guvoh bo’ladi.

Ayrimlar buni qoida deb ham biladi. Biroq Montessori xonim har qaysi bolada

qandaydir iste’dod, iqtidor va o‘rganishga ishtiyoq bo‘lishiga astoydil ishongan va bu

jarayoni o’zining faoliyatida o’rganishga harakat qildi. Uning fikricha “Bolalar biz

kattalarga ajoyib saboq beradi — aqlimizni rivojlantirish va muayyan shaklga solish

uchun qo‘llarimizni ishlatishimiz shart ekan”, deb e’tirof etadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

99

Dastlab Maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-tizimini o’rganilganda

maktabda o‘rtacha 50−60 nafar bola qabul qilinib, ko‘pincha, 2−3 hamda 6−7 yashar

bolalar o‘qitilgan. Sinfxonalari esa juda oddiy: o‘qituvchi stoli, yozuv doskasi, mitti

stulchalar, kreslo va bolalar stoli, o‘quv materiallari uchun javondan iborat bo‘lgan.

Mashg‘ulotlarni ham ota-onalarning aksari kutganidek “mo‘jizakor”, “sehrli” emas,

balki behad sodda va botartib - kiyinish va yechinish, changlarni artish, supur-sidir,

mo‘jaz bog‘chadagi gul, nihollarni parvarishlash, mitti jonivorlarni boqish, ovqat

tayyorlash - tarzda tashkil etilgan. Bolalarga nimani qanday o‘rgatish texnikasi

va psixologiyasini o‘rgangach, darsliklarni Montessori xonimning o‘zi yozadi. Biroq

hammani hayron qoldirib, mashg‘ulotlarni xonim emas, balki yordamchi o‘qituvchilar,

murabbiyalar tashkil etar edi, direktor esa kuzatish-o‘rganish va yangiliklar kiritish

bilan cheklangan.

Montessori xonim esa pedagogikada eng avval his-tuyg‘uni rivojlantirishi zarur

degan qoidani ilgari surgan. Ehtimol, ayni shu qarashlari sababli ta’lim sistemasida

inqilobiy holatarni vujudga kelgan. U tuzgan darsliklarning bari o‘yin va harakatli

mashg‘ulot orqali bola hissiyotini tashqariga chiqarishga moslashtirilgan bo’lib,

o‘qituvchilarga ham kitobni shunchaki zerikarli ohangda o‘qish emas, bilgan-

ko‘rganini quruq gap, bayoni bilan cheklanmasdan, o‘yin va taqdimotlar orqali

ko‘rsatish, o‘rgatishga talab qo’ygan. Oradan yetti yilcha o‘tgach, nihoyat butun

dunyoga Montessori metodi sirlarini ochib berguvchi va boshqalarni ruhlantiruvchi

dastlabki kitob yozila boshlandi.

Montessori metodining eng afzal taraflaridan biri sifatida - bolaning turli

qoliplarga solinmasligi bilan e’tirof etiladi. Sinf xonasi, maktabdagi erkinlik bolajonni

darslarda faol bo‘lishga ruhlantiradi, amaliy mashg‘ulotlarga bajonidil sho‘ng‘ishga

undagan va eng muhimi, bola bevosita o‘zini o‘zi tarbiyalay oladi. Kimgadir tartibsiz

va nazoratsiz tuyulgan maktab faoliyati va uslubi vaqti kelib o’z imkoniyat mevasini

beradi. Maktab faoliyatini amalga oshirishda u o’z faoliyatida oltin qoidalariga e’tibor

bergan va ularni nazorat qilgan.

Quyuda Montessori maktabining oltin qoidalari bilan tanishib chiqsak:


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

100

Bola faol bo‘lishi muhim. Uning ulg‘ayishida kattalar ikkinchi o‘rinda

tursin, rahbar emas, ko‘makchi bo‘lsin;

Erkin harakat va bola tanlovi;

Katta bolalar o‘zidan kichiklarga bilganini o‘rgatsin. Ayni shu odat

boshqalar haqida g‘amxo‘rlik qilish ko‘nikmasini shakllantiradi;

Bola qarorni o‘zi chiqarsin;

Mashg‘ulotlar maxsus hozirlangan muhitda o‘tilishi shart;

Kattalarning burchi — bolani qiziqtira bilish. Keyin bolaning o‘zi

rivojlanib ketaveradi;

Bola ichidagi iste’dodni to‘liq ko‘rsatishi uchun unga erkin fikrlash,

harakat va tuyg‘u imkonini berish kerak, xolos;

Bolani tabiatdan bezdirish emas, do‘st qilish kifoya;

Uni tanqid qilmang, qandaydir taqiq, cheklov bilan bo‘g‘mang;

Xato qilishga har bir bolaning haqqi bor. Uni to‘g‘rilashni ham o‘ziga

qo‘yib bering.

Montessori pedagogikasida bola to'laqonli shaxs sifatida qaraladi. Unga

nisbatan hurmat, erkinlik va individual yondashuv asosiy prinsiplar sifatida

belgilanadi. Metodikaning nazariy asoslarini quyidagilar tashkil etadi:

Senzitiv davrlar nazariyasi

– bola ma'lum ko'nikma yoki qobiliyatni egallashga

tayyor bo'lgan maxsus davrlarga ega. Mantiqiy fikrlashni shakllantirish uchun 3–6

yosh oralig'i eng maqbul bosqich hisoblanadi.

Muhitning roli

– bolaning rivojida uni o'rab turgan muhit hal qiluvchi

ahamiyatga ega. Montessori metodikasida maxsus tayyorlangan, tartibli, xavfsiz va

erkinlikka asoslangan muhit yaratiladi.

Avtonomiya va mustaqillik

– bola faol tanlov qilish, xatolarini o'zi to'g'rilash

va tajriba asosida o'rganishga yo'naltiriladi. Bu yondashuv bolada tahliliy fikrlash,

sabab-oqibat bog'lanishini tushunish kabi qobiliyatlarni shakllantiradi.

Montessori metodikasida mantiqiy fikrlashni rivojlantirish vositalari

1. Didaktik materiallar orqali rivojlantirish. Montessori materiallari bolaning

mantiqiy fikr yuritishini rag'batlantiradigan shaklda yaratilgan. Sensor motorikani


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

101

rivojlantiruvchi sensorika materiallari – shakl, rang, o'lcham va og'irlikni farqlash

orqali guruhlash va solishtirish ko'nikmalarini shakllantirishga yordam beradi.

Matematik qobilyatlarini rivolantirish uchun Matematika materiallardan foydalanish –

sanash, taqqoslash, arifmetik amallarni bajarish orqali mantiqiy ketma-ketlikni

o'rgatish orqali ham rivojlantirish mumkin.

2

.

Bola rivojlanishida muammoli vaziyatlar yaratish orqali ham ularni

rivojlanish jarayonlariga tasir eta olish immoniyati mavjud

.

Tarbiya jarayonida bolaga

muammoli vazifalar taklif etiladi: "Agar bu shakl bu joyga mos kelmasa, qayerga

joylash mumkin?", "Agar senga 3 dona berilgan bo'lsa va 1 tasini bersang, nechta

qoladi?" kabi savollar bolani mulohaza yuritishga undaydi.

3. Mashg’ulotlarni tashkil etishda taqqoslash, saralash va sababiy bog'lanish

kabi o'yinlari ha masalan “Nega?”, “Nima uchun?” kabi savollar asosida olib

boriladigan turli mashg'ulotlar orqali mantiqiy fikrlashlarini faollashtirishga erishish

mumkin.

4. Bolalarni rivojlantirishda raqamli va mantiqiy rivojlantiruvchi o'yinlarga

ham Montessori alohida e’tibor berdi. U pedagogik faoliyatda o'yinlarni toifalarga

ajratish, ketma-ketlikni aniqlash, to'g'ri joylashtirish kabi jarayonlar orqali algoritmik

fikrlashni shakllantirishda ahamiyatini alohida takidlagan.

Amaliy tadqiqotlar natijalari. Mantessori tadqiqotlarini amalyotga joriy etish

va bolalarni rivojlanishiga bevosita tasir ko’rsatishda bizni respublikamizda ham bir

qator amaliy tadbirlar va muassasalar faoliyati yo’lga qo’yildi. Muhammad Rasul o’z

pedagogic faoliyatini 2024-yil may oyida O‘zbekistonga qaytgacha Dildora

Kalonxo‘jayeva bilan birgalikda Toshkent xalqaro Montessori maktabiga asos solgan.

Shu bilan birga, 2024-yil sentyabr oyida “Bambini” platformasini ishga tushirgan.

Hozirda Toshkent xalqaro Montessori maktabida asosiy strategik qarorlar va loyihalar

bilan ishaydi, u o’z so’zida faoliyatini - “Yetakchi gid sifatida sinfda bolalar bilan

ishlayman. Bundan tashqari, ota-onalar bilan doimiy muloqot, tashkilotchilik

vazifalari, bolalar qabuli va ularning moslashish jarayoni kabi mas’uliyatlar mening

bo‘ynimda. Aytish kerakki, ota-onalarning aksariyati O‘zbekistonda Montessori tizimi

haqida tasavvurga ega emas va bu tabiiy hol. Maqsadim har bir o‘zbek ota-onasi


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

102

Montessori haqida eshitishi, ularga tizim falsafasini yetkazish, uyda farzandiga inson

sifatida muomala qilishi va hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga erishishdan iborat”

1

deb ifodalaydi.

Xulosa o’rnida Mehr va muhabbatga asoslangan muhitni yaratish, xavfsiz va

sog‘lom munosabatlarni shakllantirish, bolalarni urmasdan, ularga baqirmasdan, ularni

boshqalarga solishtirmasdan, ularni kamsitmay emotsional holatiga e’tibor berib

tarbiyalash orqali yordam berish mumkin. Ushbu raqamlar Montessori

metodikasining maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini

shakllantirishdagi samaradorligini isbotlaydi. Montessori metodikasi bolaning tabiiy

rivojlanishini hisobga olgan holda, uni erkin, mustaqil va faol shaxs sifatida

tarbiyalaydi. Ayniqsa, mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda senzitiv davrda berilgan

to'g'ri ta’lim va muhit hal qiluvchi omil hisoblanadi. Amaliy tajriba shuni ko'rsatadiki,

Montessori metodikasi bilan ta’lim olgan bolalar an’anaviy ta’lim olgan tengdoshlariga

nisbatan yuqori mantiqiy salohiyatga ega bo'ladi. Ota-onalarni ushbu metodika bilan

tanishtirish va uyda qo‘llab-quvvatlash usullarini targ‘ib qilish. Montessori

metodikasining milliy ta’lim tizimiga moslashtirilgan modelini ishlab chiqish va ilmiy

asoslash.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Montessori, M. (2015).

Ilk bolalikdagi ta’lim

. Toshkent: “Yangi asr avlodi”

nashriyoti.

2.

Lillard, A. S. (2005).

Montessori: The Science Behind the Genius

. Oxford

University Press.

3.

Ziyatdinova, M. (2021). Maktabgacha yoshdagi bolalarda kognitiv

qobiliyatlarni shakllantirishda zamonaviy metodlarning o‘rni.

Pedagogika va

psixologiya

, №4, 45–50.

4.

Sharipova, D. (2020). Montessori ta’lim tizimi: pedagogik va psixologik

asoslari.

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim

, №2, 30–34.

5.

Jalilova, S., & G‘ulomova, N. (2022). Mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda

interfaol metodlardan foydalanish.

Ilm-fan va taraqqiyot

, №3, 55–59.

1

https://daryo.uz/2024/12/11/montessori-talim-tizimi-haqida-zamonaviy-ozbek-bogcha-akasidan-ikki-ogiz-soz


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

103

6.

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi. (2021).

Maktabgacha

ta’limda innovatsion yondashuvlar

. Toshkent: O‘quv-metodik markazi.

7.

Isaqulova, N. (2019). Montessori muhitining bolalar rivojiga ta’siri.

Ta’lim va

amaliyot

, №5, 22–2

8.

Asranbayeva, M. H. (2024). INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA IMKONIYAT

CHEKLANGAN O’QUVCHILARNI O’QITISHGA LINGVOPEDAGOGIK

YONDASHUV. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1),

331-336.

9.

Asranbayeva, M. (2024). MUSTAQIL TA’LIM O’QUV FAOLIYATI

SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA. Universal xalqaro ilmiy

jurnal, 1(12), 505-508.

10.

Halimjanovna, A. M. REPUTATION AND PERSONAL EXAMPLES OF

PARENTS IN SINGLE-PARENT FAMILIES.

11.

Asranbayeva, M. H. (2024). INKLYUZIV TA’LIM TIZIMIDA IMKONIYAT

CHEKLANGAN O’QUVCHILARNI O’QITISHGA LINGVOPEDAGOGIK

YONDASHUV. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1),

331-336.

12.

Asranbayeva, M. (2024). MUSTAQIL TA’LIM O’QUV FAOLIYATI

SAMARADORLIGINI OSHIRISH OMILI SIFATIDA. Universal xalqaro ilmiy

jurnal, 1(12), 505-508.

13.

Асранбоева,

М.

Х.

(2016).

СТРЕССОУСТОЙЧИВОСТЬ

ПРЕПОДАВАТЕЛЯ

КАК

КОМПОНЕНТ

ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ

СПОСОБНОСТИ. NovaInfo. Ru, 2(45), 303-305.

14.

Abduqodirov, A. A. O. G. L., & Kamolova, A. O. Q. (2025). Muzeylarning inson

ongiga ta’siri va ijtimoiy roli.

Science and Education

,

6

(3), 191-194.

15.

Ahmadjonova, D., & Kamolova, A. O. Q. (2025). Neyrografika mashg ‘ulotlari

orqali ongosti muammolarini yechish va maqsadga erishish usullari tadqiq

etish.

Science and Education

,

6

(3), 355-360.