MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
61
BOLA QOBILYATINI O‘STIRISHDA INTERAKTIV
METODLARNING O’RNI
Nurmatova Fayyoza Arslon qizi
Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumani
81-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlangʻich sinf
o‘qituvchisi.
Annotatsiya. Mazkur maqolada bola qobiliyatini rivojlantirishda interaktiv
metodlarning ahamiyati yoritilgan. Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik
yondashuvlar orqali o‘quvchilarning tafakkurini faollashtirish, bilimga bo‘lgan
qiziqishini oshirish va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari
tahlil qilingan. Interaktiv metodlarning turlari, ularning samaradorligi hamda
amaliyotdagi qo‘llanilishi misollar bilan ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: interaktiv metodlar, bola qobiliyati, ta’lim sifati, pedagogik
yondashuv, o‘quv jarayoni, faol ishtirok, kreativ fikrlash
Bugungi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion
texnologiyalar, pedogagik va axborot texnologiyalarni o‘quv jarayonida qo‘llashga
bo‘lgan qiziqish va e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo‘lishning
sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi, talabalarga faqat tayyor
bilimlar berib kelingan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan
bilimlarini o‘zlari qidirib topib, mustaqil ravishda o‘rganib va tahlil qilib, ushbu
qilingan ishlardan xulosalar keltirib chiqarishlariga undaydi. O‘qituvchi bu jarayonda
shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu
bilan birgalikda boshqaruvchilik funksiyasini bajaradi.
Bunda ta’lim beruvchilarning oldiga qo‘yilgan maqsad mustahkam fan
asoslarini o‘rganishdan tashqari ularni talabalarga etkazish yo‘llari, zamonaviy
pedagogik texnologiya bilan qurollanishi, o‘qitishda fanlarni bog‘lash orqali
tushuntirish zarur. Shu nuqtai nazardan turli fanlarning o‘qitish uslublarini ishlab
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
62
chiqish va ular bilan o‘qituvchilarni qurollantirish, boshqa fanlar haqida to‘liq
ma’lumotga ega bo‘lish zarur omillardan biridir.
Zamonaviy ta’lim jarayoni shiddat bilan o‘zgarayotgan jamiyat ehtiyojlariga
moslashmoqda. Ayniqsa, yosh avlodning intellektual, ijodiy va ijtimoiy qobiliyatlarini
shakllantirishda pedagogik metodlarning yangilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu
nuqtai nazardan qaralganda, interaktiv metodlar bola qobiliyatini rivojlantirishda
samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Interaktiv metodlar — bu o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga faol jalb etuvchi,
ularning o‘zaro fikr almashuvi, mustaqil xulosa chiqarish va muammoli vaziyatlarda
to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi yondashuvlardir. Ular orqali
bola o‘z fikrini erkin ifoda etishga, jamoa bilan ishlashga va muammolarni tahlil
qilishga o‘rganadi.
Bola qobiliyatini rivojlantirishda interaktiv metodlarning afzalliklari
1. Faol ishtirokni ta’minlaydi. Bola passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga
aylanadi.
2. Ijodiy fikrlashni rivojlantiradi. Muammoli savollar, “aqliy hujum”, “rol
o‘ynash” kabi metodlar orqali bola yangicha fikrlashga undaladi.
3. Shaxsiy yondashuvni qo‘llab-quvvatlaydi. Har bir o‘quvchining qobiliyati
va qiziqishlariga mos usullarni tanlash imkonini beradi.
4. Jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini oshiradi. Guruhiy ishlar orqali
ijtimoiylashuv kuchayadi.
1
Masalan, boshlang‘ich sinflarda "konsept xarita" tuzish orqali mavzuni
umumlashtirish, matematikada "savol-javob estafetasi", ona tili darslarida “munozara”
metodidan foydalanish bolalarning tafakkurini rivojlantiradi. Shu kabi yondashuvlar
ularning bilimni o‘zlashtirish darajasini oshiradi.
Pedagogik texnologiyalarning afzalligi shundan iboratki, unda olib borilgan
mashg‘ulotlar muvaffaqiyatli o‘tilishining 80 foizi ta’lim jarayonini to‘g‘ri
loyihalashtirish, olib borish va uni amalga oshirishdan iboratdir.
1
R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2013 y. -279 bet
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
63
Interfaol usullardan oqilona foydalanish ta’lim jarayoniga jo‘shqinlik,
izlanuvchanlik kayfiyatini baxsh etadi, o‘quvchilarda o‘z imkoniyatlariga ishonch va
o‘z mehnati natijasidan mamnunlik hissini vujudga keltiradi, bilishga oid qiziqishlarini
yanada orttiradi. Bular esa, ta’lim jarayonida o‘quvchilar shaxsi barkamollashuvining
muhim omillari bo‘lib hisoblanishi tabiiydir. O‘qituvchi va o‘quvchilarni maqsadli
natijaga erishishiga qanday texnologiyani tanlashlari ularning ixtiyorida chunki xar
ikkala tomonining asosiy maqsadi aniq bo‘lib, u natijaga erishishga qaratilgan. Bunda
o‘quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan
texnologiya tanlanadi. Natijaga erishish uchun yoki kompyuter bilan ishlash lozim yoki
film, tarqatma material, chizma va plakatlar kerak bo‘ladi.
Interaktiv metodlardan foydalanishda bir qator psixologik xususiyatlar ham
namoyon bo‘ladiki, buning oqibatida har o‘quvchilarni o‘zining shaxsiy
imkoniyatlarini namoyish eta oladi, ijtimoiy hayotda o‘zi egallagan o‘rinni
barqarorlashtiradi, o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini hosil qiladi.
Interaktiv metodlar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy
ko‘nikma va malakalaraga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki o‘quvchilarda
muayyan axloqiy, irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga yordam beradi.
Ishlab chiqarish texnologik jarayon ma’lum mahsulot uchun ishlanganidek,
yangi pedagogik texnologiya ham har qanday fan uchun o‘qitish texnologiyasining
asosiy elementlarini o‘z ichiga olgan umumiy uslubiyot asosida ishlab chiqiladi.
Pedagogik texnologiyaning afzalligi ham, ahamiyati ham shu bilan belgilanadi.
Bu ommaviy o‘qitish sharoitida, o‘quvchilarni to‘la o‘zlashtirishini ta’minlovchi
yagona to‘g‘ri yo‘ldir
Xulosa qilib aytganda, bola qobiliyatini shakllantirishda interaktiv metodlar
asosiy o‘rin tutadi. Ular nafaqat bilim berish, balki yosh avlodni mustaqil fikrlovchi,
faol, tashabbuskor shaxs sifatida kamol toptirishga xizmat qiladi. Shu bois pedagoglar
interaktiv metodlardan foydalanishni ta’lim jarayonining ajralmas qismi sifatida qabul
qilishlari lozim. Shuningdek, Bugungi kundagi zamonaviy ta’limning talabi ta’lim va
tarbiya jarayonlariga turli xildagi pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda
muammolarni mustaqil ravishda ko‘ra oladigan va ularni ijobiy hal qila oladigan,
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–1_ Май –2025
64
ijodkor, yuksak ijodiy salohiyatga ega bo‘lgan yangi avlod vakillarini yetishtirishdan
iboratdir. Ilgari esa ijtimoiy jihatdan muvaffaqiyatli shaxs bo‘lish uchun yaxshi ijrochi
bo‘lish, ma’lum bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish yetarli bo‘lgan xolos.
Interaktiv metodlar bolalarning tasavvurini, fantaziyasini rivojlantirishga
imkon beradi, atrofdan olgan ta’surotlarini yanada boyitadi, bilimlarni qiziqarli shaklda
taqdim etadi, ularning kuchli va uzoq muddatda o‘zlashtirilishi va tizimlashtirilishini
ta’minlaydi, nutqini yanada rivojlantiradi, maksimal darajada imkoniyatlarini yuzaga
chiqarishga yordam beradi, ijodkorlikning namoyon bo‘lishini rag‘batlantiradi.
Interaktiv metodlar asosida ishlaydi, bolalar va pedagoglar hamkorligi muvaffaqiyatli
sharoitlarni yaratilishi, o‘z kuchlari va imkoniyatlariga ishonch, dunyoni o‘rganishga
qiziqishini yanada oshiradi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. R.Ishmuhamedov, M.Yuldashev. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik
texnologiyalar. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2013 y. -279 bet
2. O‘.J. To‘ldoshev. Umumiy pedagogika. - T.: "Fan va texnologiya", 2017 y. 376
3. M.X. To‘xtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika. Darslik.T.:
O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010 y. -400 bet.
4. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: "Sano-
standart" nashriyoti, 2017 yil. -416 bet.
5. Sh.S. Shodmonova va boshqalar. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. - T.:
"Fan va texnologiya" 2019 y. -296 bet.