Authors

  • Arslanbekov S.M.
  • Imamova L.A

Author Biographies

  • Arslanbekov S.M.

    TDTU, t.f.n. , dotsenti

  • Imamova L.A

    talaba

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.89970

Keywords:

investitsiya iqtisodiyot milliy boylik real investitslar investitsiyalarni baxolash..

Abstract

O‘zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga ega. Lekin bu degani O‘zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha ishlar qilib bo‘lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.       


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

444

XORIJIY INVESTITSIYALARNI IQTISODIYOTGA TASIR QILISH

XUSIYATLARI

Arslanbekov S.M.

TDTU, t.f.n. , dotsenti, Imamova L.A. , talaba

Tayach so’zlar: investitsiya, iqtisodiyot, milliy boylik, real investitslar,

investitsiyalarni baxolash..

Annotatsiya: O‘zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul

qiluvchi mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy

asoslarga ega. Lekin bu degani O‘zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun

barcha ishlar qilib bo‘lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan

holda investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari

turadi.

O‘zbekiston bugungi kunda yirik xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi

mamlakatlar qatoriga kirish uchun barcha iqtisodiy, siyosiy va huquqiy asoslarga

ega. Lekin bu degani O‘zbekistonda xorijiy investorlarni jalb qilish uchun barcha

ishlar qilib bo‘lindi, degani emas. Endigi navbatda bu asoslarga tayangan holda

investitsiyalar jalb etishning mexanizmlarini takomillashtirish masalalari turadi.

Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, strategik investorlar ko‘p miqdordagi

mablag‘larni, birinchi navbatda, iqtisodiyoti o‘z ichki imkoniyatlari asosida barqaror

va izchil ravishda rivojlanayotgan mamlakatga yo‘naltiradi. Aynan shunday

mamlakatlardagina qo‘yilgan mablag‘lar saqlanishi va barqaror foyda olishga

mo‘ljal qilsa bo‘ladi. Ichki va chet el investorlarini, birinchi navbatda, minimal

darajadagi soliq imtiyozlari emas, balki biznesdagi keyingi qulay va maqbul

istiqbollar qiziqtiradi. MDH davlatlarining paydo bo‘lishi bilan xorijiy

investorlarning investitsion faoliyatlarini amalga oshirishdagi yangi imkoniyatlar

maydoni paydo bo‘ldi. Shuni aytish kerakki, xorijiy investorlar bu masalada katta

tajribaga ega. Albatta, bu masalaning bir tomoni bo‘lsa, ikkinchi tomoni


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

445

investitsiyalar qabul qiluvchi (MDH) davlatlar uchun zamonaviy ishlab chiqarish

vositalarini qabul qilishdagi investitson tanlov imkoniyati yaratildi. Bunga oddiy hol

deb qarash kerak emas, chunki investitsiyalar – iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi,

uni olg‘a siljituvchi kuch. Mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida

investitsiyalarning, jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir.

Ma’lumki, har qanday davlat dunyodan ajralgan holda jahon tajribalarini

o‘rganmasdan, dunyoning yetakchi davlatlari ilm, fan va texnika sohasida erishgan

yutuqlarini qabul qilmasdan rivojlanishi mumkin emas. O‘zbekiston iqtisodiyotida

chuqur iqtisodiy islohotlar, tarkibiy o‘zgarishlar amalga oshirilar ekan, xorijiy

investitsiyalar rivojisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Globallashuv jarayoniga qo‘shilish

dunyoning yetakchi davlatlari bilan hamkorlikda bo‘lish, ijtimoiy-iqtisodiy va

siyosiy sohadagi davlat siyosatining o‘zaro manfaatli asosda bu davlatlar siyosatiga

mos kelishidir. Zamonaviy jahon iqtisodiyoti uchun investitsiya faolligi va jahon

iqtisodiyoti globallashuvining kuchayishi muhim ahamiyat kasb etadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlar va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrini boshidan

kechirayotgan davlatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi roli ortib borayotganligi

ham unga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, globallashuv jarayoniga iqtisodiyotni

erkinlashtirish, fan-texnika taraqqiyotining tezlashishi, raqobatning kuchayishi va

boshqa bir qator omillar ham xosdir

1

Ma’lumki, milliy boylikning muhim tarkibiy qismini korxona va

tashkilotlardagi, xalq xo’jaligi tarmoqlaridagi asosiy fondlar tashkil qiladi.

Uzoq muddat (bir yildan ortiq vaqt) mobaynida moddiy ishlab chiqarish

sohasida, noishlab chiqarish sohasida ham amal qiladigan, shuningdek, ijaraga berish

uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar asosiy vositalar hisoblanadi. Asosiy

vositalarga imoratlar, inshootlar, o’tkazuvchi moslamalar, mashina va uskunalar,

transport vositalari, o’lchov asboblari, hisoblash texnikasi, ishlab chiqarish va xo’jalik

inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko’p yillik daraxtlar, erning meliorativ

holatini yaxshilash uchun sarf qilingan kapital qo’yilmalar va boshqalar kiradi. O’z

navbatida, ko’p yillik daraxtlar, (mevali va manzarali), mahsuldor hayvonlar,

1

11. Tursunova M.R. Xalqaro menejment. Darslik. – T.: Iqtisodiyot dunyosi, 2022


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

446

kutubxona fondlari, oddiy qishloq xo’jaligi texnikalari xizmat muddati va qiymatidan

qat’iy nazar, asosiy vositalar tarkibiga kiritiladi. Shu bilan birga, yer ham asosiy

vositalar tarkibida hisobga olinadi.

Mamlakatimizda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq asosiy

vositalar – korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda

mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yohud

ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish

uchun tutib turiladigan moddiy aktivlarni ifodalaydi. Asosiy vositalar tarkibiga

quyidagi mezonlarga javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi: bir yildan ortiq xizmat

qilish muddati; bir birlik (to’plam) uchun qiymati eng kam oylik ish haqi miqdorining

ellik baravaridan ortiq bo’lgan buyumlar.

Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati shundaki, moddiy-mulkiy qiymatlik

ko’rinishidagi asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish jarayonida mehnat vositasi

sifatida ko’p marotaba ishlatiladi (foydalaniladi) va ularning qiymati asta-sekin

qismlarga bo’lingan holda tovar (mahsulot) bahosiga o’tib boradi. Asosiy fondlarning

muhim xususiyati mehnat vositasi sifatida amal qilishi, ishlab chiqarish tsiklida ko’p

marotaba ishlatilishi va ular qiymatining mahsulot bahosiga ko’chib o’tishi bilan

tavsiflanadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, asosiy fondlarni shakllantirishda kapital

qo’yilmalar muhim o’rin egallab, bu muhimlik kapital qo’yilmalarning tarkibiy

tuzilishidan kelib chiqadi. Kapital qo’yilmalarning tarkibiy tuzilishi quyidagilarni

qamrab oladi: kapital qo’yilmalarning texnologik tuzilishi; kapital qo’yilmalarning

takror ishlab chiqarish tuzilishi; kapital qo’yilmalarning tarmoq va hududiy tuzilishi.

Real investitsiyalarni iqtisodiyot tarmoqlari bo’yicha taqsimlash va

o’zlashtirish mamlakat iqtisodiyotida muhim o’rin tutadi. Kapital qo’yilmalarning

iqtisodiy samaradorligi ularning tarmoqlar va hududlar bo’yicha tarkibiy tuzilishiga

bog’liq bo’ladi.

Kapital qo’yilmalarning tarmoq tuzilishi (tarkibi) deganda kapital

qo’yilmalarning butunlay iqtisodiyot va sanoat tarmoqlariga nisbati va taqsimlanishi

tushuniladi. Uni takomillashtirish, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

447

proportsional ravishda rivojlantirish bilan bog’liq bo’ladi.

So’nggi yillarda iqtisodiyotga jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalarning

tarmoq tarkibida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya

qilish sharoitida iqtisodiyotga yo’naltirilgan xorijiy investitsiyalar tarkibida sanoat

ulushi etakchi o’rinni saqlab qolgani holda pasayish tendentsiyasiga ega. Qishloq

xo’jaligi tarmog’ini rivojlantirishga qaratilgan hukumatning sa’yi-harakatlariga

qaramasdan qishloq xo’jaligiga yo’naltirilgan investitsiyalar ulushi tarmoq ehtiyojiga

nisbatan pastroq darajada saqlanib turibdi.

Aytish mumkinki, investitsiyalarning tarmoq tuzilishini rejalashtirish –

mamlakat iqtisodiyotining kelgusi holatini rejalashtirish bilan tenglashtiriladi va buni

hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim. Davlat byudjet mablag’lari va boshqa

dastaklar yordamida investitsiyalarning tarmoq tuzilishining o’zgarish tendentsiyasiga

sezilarli darajada ta’sir ko’rsatish mumkin.

Iqtisodiyotda kapital qo’yilmalarning roli, asosan, quyidagilar bilan

xususiyatlanadi:

kapital qo’yilmalar asosiy fondlarni barpo etish, amaldagi korxonalarni

ta’mirlash va kengaytirish, korxonalarni texnik qayta qurollantirishning muhim va

bosh omilidir;

kapital qo’yilmalar yordamida iqtisodiyot tarmoqlari va alohida ishlab

chiqarishdagi asosiy fondlarning rivojlanish sur’atlarini tartibga solish amalga

oshiriladi;

kapital qo’yilmalar yordamida ijtimoiy xarakterdagi muammolar (uy-joy,

ta’lim muassasalari, sog’liqni saqlash, madaniyat ob’ektlari qurilishi) bartaraf etiladi;

kapital qo’yilmalar yordamida mamlakatning barcha iqtisodiy

hududlarining rivojlanishi tartibga solinadi va boshq.

Investitsiyalarning o’sish sur’atlari ko’p omillarga bog’liq. Avvalambor

investitsiyalar hajmi olingan daromadni iste’mol va jamg’armaga taqsimlanishiga

bog’liq. Aholini o’rtacha daromadi past bo’lgan holda ularning asosiy qismi (70-80%)

iste’molga sarflanadi. Aholi daromadlarini o’sib borishi jamg’arishga yuboriladigan

qismni ortib borishiga sabab bo’ladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

448

Umumiy daromadda jamg’arish ulushining ortib borishi investitsiyalar hajmini

o’sishiga olib keladi, va aksincha. Ammo bu shart aholini davlatga ishonchi yuqori

bo’lganda, davlat fuqarolarning investitsion faolligini ta’minlaganda va kafolatlaganda

bajariladi.

Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan daromad normasi ham ta’sir ko’rsatadi,

chunki ko’rilayotgan foyda investitsiyalashga undaydi. Kutilayotgan foyda normasi

qanchalik yuqori bo’lsa, investitsiyalash hajmi shunchalik yuqori bo’ladi, va aksincha.

Investitsiyalar hajmiga ssuda foizi stavkasi katta ta’sir ko’rsatadi, chunki

investitsiyalash jarayonida qarzga olingan mablag’laridan ham foydalaniladi. Agar

kutilayotgan sof foyda normasi o’rtacha ssuda foizi stavkasidan yuqori bo’lsa bu

qo’yilmalar investor uchun daromadlidir. Shuning uchun o’rtacha foiz stavkasini

o’sishi investitsiyalash jarayonini susayishiga olib keladi.

Investitsiyalar hajmiga kutilayotgan inflyatsiya sur’atlari ham o’z ta’sirini

o’tkazadi. Bu ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa investorning kelajakdagi foydasi

shunchalik qadrsizlanadi va investitsiyalarni rag’batlantiruvchi omillar qisqarib boradi.

Ma’lumki, iqtisodchi-olimlar jamg’armani investitsiyalashning asosi, deb

qarashadi. Bu mutlaqo to’g’ri, chunki investitsiya qilish uchun, eng avvalo, pul kapitali

bo’lishi kerak. Resurslar (shu qatori pul mablag’lari ham) cheklangan. Asosiy

muammo mablag’ topish masalasidir. Ayniqsa, investitsiya uzoq muddatni ko’zlashi

va tez natija bermasligi bilan ajralib turadi.

Jamg’arish – bu joriy davrdagi qayta ishlashning moddiy asosini kengaytirish

orqali kelajakda aholi iste’molini oshirishga yo’naltirilgan jarayon. Jamg’arishning

asosiy funktsiyasi – takror ishlab chiqarish jarayonining pirovard maqsadiga erishishga

ko’maklashishdir. Takror ishlab chiqarish jarayonining maqsadi aholining o’sib va

o’zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdan iborat.

Iqtisodiy nazariyada milliy daromad bir qismining asosiy va aylanma

kapitallarni, shuningdek, ehtiyoj zaxiralarini ko’paytirish uchun sarflanishi

jamg’armani tavsiflaydi. Jamg’arma, odatda, investitsiya sifatida iqtisodiyotga

kiritiladi, ya’ni jamg’armaning iqtisodiyotga ijobiy ta’siri investitsiyaga

aylangandagina yuz beradi. Jamg’arma deyilganda aholi, korxona va davlat joriy


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

449

daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va daromad olish maqsadlarida

to’planib borishi tushuniladi. Uning hajmi barcha xo’jaliklar daromadidan iste’mol

sarflarini ayirib tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Daromad tarkibida iste’mol sarflari

ulushi qanchalik yuqori bo’lsa, jamg’arma hajmi shunchalik kam bo’ladi. Bunday holat

investitsiya faoliyati taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatmaydi. Jamg’armaning o’sishi

iqtisodiy ma’noda mablag’larning iste’mol buyumlar xarid qilishdan investitsiya

tovarlari xarid qilishga yo’naltirilishini bildiradi. Shunga ko’ra, muddat jihatdan

kechiktirilgan iste’mol jamg’armani anglatadi.

Ammo, jamiyat oldida doimo bugungi va ertangi iste’molning qancha

bo’lishini echish muammosi turadi. Jamiyat bugun qancha ko’p investitsiya qilsa,

ertaga boyroq bo’ladi, aksincha, ko’proq iste’mol qilinsa, keyinchalik ko’proq iste’mol

qilish imkoniyati shuncha kamayadi.

Yalpi xarajatlarda investitsiyalar hissasi nisbatan uncha ko’p bo’lmasa-da,

aynan, investitsiyalar tufayli asosiy makroiqtisodiy siljishlarga erishiladi. Shu bilan

birga, jamg’arish bilan investitsiya o’rtasidagi muvozanat makroiqtisodiy

muvozanatga erishishning eng muhim shartidir. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo

oson kechmaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi va jamg’arma darajasining boshqa-

boshqa jarayon va holatlarga bog’liqligidir.

Ma’lumki,

hukumat

mamlakatdagi

investitsiya

shart-sharoitlarini

takomillashtirib, makroiqtisodiy holatni yaxshilaydi, iqtisodiy barqarorlikka erishishga

harakat qiladi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. Bu esa, nafaqat, xorijiy investorlar

uchun investitsiya muhitining jozibadorligini ta’minlaydi, balki ichki investitsiya

jarayonlarini faollashtiradi.

Adabiyotlar.

1.

Mirziyoev Sh.M. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

murojaatnomasi 20 dekabr 2022 y. – T: O‘zbekiston, 2022

2.

Vaxobov A.V., Xojibakiev Sh.X., Mo’minov N.G. “Xorijiy investitsiyalar”. O’quv

qo’llanma.- T.: Moliya, 2010.-328 b.

3.

Arslanbekov S.M.

Х alqaro investitsiyalarni jalb qilish omillari

Monografiya

TDTrU, 2023. 201-b.