Authors

  • Yuldasheva Nasiba Xudaynazarovna

Author Biography

  • Yuldasheva Nasiba Xudaynazarovna

    Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

    Pediatriya õqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.89980

Keywords:

autizm sindromi tashqi nutq monologik nutq stereotipik harakatlar ijtimoiy taʼsirlar autizm bola autizm bola hayoti oʻz olami.

Abstract

Maqola autizm spektridagi bolalar va ularning turli tasniflariga bagʻishlangan. Autizm sindromi qanday kasallik ekanligi, uning necha yoshdan maʼlum boʻlishi, bunday bolalar bilan qanday munosabatda boʻlish haqida fikr yuritiladi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

387

PEDIATRIYA YO’NALISHIDA BOLALARDA AUTIZM

BELGILARI VA TASNIFI

Yuldasheva Nasiba Xudaynazarovna

Qarshi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Pediatriya õqituvchisi

Annotatsiya: Maqola autizm spektridagi bolalar va ularning turli

tasniflariga bagʻishlangan. Autizm sindromi qanday kasallik ekanligi, uning necha

yoshdan maʼlum boʻlishi, bunday bolalar bilan qanday munosabatda boʻlish haqida

fikr yuritiladi.

Kalit soʻzlar: autizm sindromi, tashqi nutq, monologik nutq, stereotipik

harakatlar, ijtimoiy taʼsirlar, autizm bola, autizm bola hayoti, oʻz olami.

Mavzuning dolzarbligi:

"Autizm" tashxisi bugungi kunda juda koʻp

uchrayotgan kasallik boʻlib qoldi. Ammo bu atamani hamma ham tushunib

yetavermaydi va autistik tashxisli boladan nima kutishni tushunib yetavermaydilar.

Autizm spektrining buzilishi ijtimoiy oʻzaro taʼsirning yetishmasligi, boshqa odamlar

bilan aloqa qilishdagi qiyinchiliklar, muloqot paytidagi noadekvat reaksiyalar,

cheklangan qiziqish va stereotiplarga (takroriy harakatlar) moyillik bilan

tavsiflanadi.[1]

Hozirda dunyoda 6,5 milliondan ortiq autizmga chalingan shaxslar bor.

Soʻnggi paytlarda autizm bilan chalinganlar soni ortib bormoqda. Jahon sogʻliqni

saqlash tashkilotining 2019-yildagi maʼlumotiga koʻra, 150 boladan 1 tasida autizm

holati qayd etilgan. Autizm 21-asr kasalligidir.

Ilk bor "autizm" atamasi psixiatr E. Bleuler tomonidan kiritilgan boʻlib, u bu

konsepsiyani haqiqiy munosabatlarga eʼtibor bermasdan, assotsiatsiyalarni

eksperimental haqiqatdan ajratish qobiliyati deb hisoblagan. Dastlab, E. Bleuler autizm

bilan shizofreniya bilan ogʻrigan bemorlarning fikrlash oʻziga xosligini tushungan,

uning asosiy xususiyati oʻzidan va haqiqatdan chekinish edi. [1]


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

388

Bu kasallik sindromi oʻgʻil bolalarda qiz bolalarga nisbatan koʻp uchraydi.

Simptomlarning har xilligi va kasallik oʻzgaruvchanligi ushbu kasallikning

murakkabligidan dalolat beradi: sezilarsiz autistik xususiyatlardan to doimiy parvarish

talab etilishigacha.

Autizm haqiqatdan ham tashqi ogohlantirishlarga reaksiyaning yoʻqligi, oʻziga

chekinish, atrof muhit bilan aloqada juda passivlik va juda zaiflik deb hisoblanadi.

Autizmning asosiy belgilari qarashlari, yuz ifodasi va imo-ishoralari yordamida

boshqalar bilan aloqa oʻrnatishning tugʻma qobiliyatsizligida namoyon boʻladi.

Autizmli bolalar turli noqulay vaziyatlarga va taassurotlarning bezovta qiluvchi

taʼsiriga oʻziga xos tarzda munosabatda boʻlishadi. Bunday bolalarda nutq

rivojlanishining kechikishi kuzatiladi. Autizm eng aniq 3-5 yoshda kuzatiladi va

qoʻrquv, tajovuzkorlik, negativizm bilan kechadi. Keyinchalik intellektual va shaxsiy

rivojlanishdagi buzilishlar kuzatiladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Olimlarning fikricha, autizm kasalligining kelib chiqish sabablaridan biri bu –

homilaning ona qornidalik davrida maʼlum bir turdagi oqsillarning yetishmovchiligi.

Ikkinchi sababi organizmda ikki xil ogʻir metalning, qoʻrgʻoshin va simobning

koʻpayib ketishi. Uchinchi sabab atrof muhitning ekologik buzilishi va homiladorlik

paytida kuchli stress holatlarini kechirish. Anemiya hamda qon bosimining oshishi,

buyrakda bosim oshishi – bularning hammasi autizmning kelib chiqish sabablari

hisoblanadi. Bundan tashqari, autizm kasalligi belgilarining kengayishini, yaʼni

rivojlanishdan ortda qolish belgilarini Retta sindromi, Asperger sindromi va

autizmning klassik simptom komplekslarining koʻp uchrashi ham sabab boʻlishi

mumkin. Shuningdek, kasallik haqida maʼlumot koʻpaymoqda. Ilgari tortinchoq,

uyatchan, introvert va shizofreniyaga moyil bolalarni «gʻayritabiiy bolalar» deyishgan

boʻlsa, hozirgi kunga kelib bunday bolalarni autistik bolalar (autizm) deyishmoqda.

TAHLIL VA NATIJALARI

Erta bolalar autizmini O.S. Nikolskaya va K.S. Lebidinskaya 4 guruhga

ajratadilar. Ushbu tasnifning mezoni quyidagicha:

tashqi muhit bilan oʻzaro munosabatlarning taʼsirining tabiati va darajasi;


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

389

birlamchi buzilishlarning tabiati va darajasi.

Birinchi guruhga chuqur autizmga chalingan bolalar kiradi. Bu guruhdagi

autistik bolalar gapirmaydilar, boshqalar bilan aloqa qilmaydilar, odamlar va ularning

atrofidagi dunyo bilan aloqa oʻrnatmaydilar va hatto bu aloqani oʻrnatishga harakat

ham qilmaydilar. Bunday bolalarning eng katta istagi boshqalardan oʻzini ajratishdir.

Ikkinchi guruhga kiruvchi autistik bolalar toifalari atrof-muhitni faol rad

etishdir. Ushbu guruhdagi bolalarda aloqaning kamroq buzilishi kuzatiladi va

bolalarning harakati stereotipikdir. Ushbu guruhdagi bolalar yuz ifodasida tashqi

olamdan qoʻrquvni ifodalaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ijtimoiy aloqalarni

oʻrnatishi mumkin, garchi ular muloqot uchun obʼyektlarni qatʼiy tanlasalar ham,

ularning nutqi rivojlangan, faqat ehtiyojlarini ifodalash uchun foydalanadilar.

Uchinchi guruh autizmli bolalari esa qiziqishlari bilan band, boshqalarga

haddan ziyod ziddiyatda boʻladilar, bu tajovuzkor shaklda namoyon boʻladi. Bu bolalar

monolog nutqi bilan ajralib turadi, ammo bu nutq frazali, biroz gʻayritabiiy. Bu

bolalarning yana bir ajratib koʻrsatilgan tarafi turli fanlardan har xil bilimlarning

mavjudligi, ammo bu bilimlarni sezilarli darajada manipulyatsiya qilishdir.

Toʻrtinchi tur autizm sindromli bolalar bilan munosabat qilish juda qiyin, bu

bolalar juda zaifdir. Bunday holda, autizm ularda rivojlanmagan aloqa shakllariga ega

ekanligi bilan ifodalanadi. Bu bolalar muloqotga katta ehtiyoj sezadilar va ijtimoiy

muloqotga kirishishga tayyor. Ammo ular himoyalanmagan va himoyasiz, shuning

uchun agar bu bolalar muloqotda yoki qarshilikda biror toʻsiqni sezsalar, muloqot

darhol toʻxtaydi.[2]

Autizmga ega bolaning ehtiyojlarining tanqisligi, koʻz bilan aloqa oʻrnatishga

boʻlgan intilishlarining yoʻqligi, muloqotga kirishishdagi asossiz qoʻrquvlar uning

“ijtimoiy yakkaligining” yorqin koʻrinishidir. Autizmga ega bolaning qarashlari

boʻshliqqa qaratilgan boʻlib, suhbatdoshiga qaratmaydi. Koʻpincha ushbu qarash

autizmli bolaning ichki tashvishlanishlarini ifodalaydi. Goʻdaklik vaqtida hatto

onasining yuzi ham bolada qoʻrquv uygʻotishi mumkin. Autizmga ega boʻlgan

bolaning inson yuziga boʻlgan reaksiyasi shunday gʻayritabiiy-ki: bola insonning

yuziga qaramaydi, ammo uning periferik koʻruvi boshqa odam tomonidan qilingan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

390

barcha, hatto sezilar-sezilmay mayda harakatlarni sezishi mumkin. Goʻdaklik davrida

onasining yuzi "jonlanish kompleksi" oʻrniga bolada qoʻrquvni yuzaga keltirishi

mumkin. Ulgʻaya borgan sari autizmga ega boʻlgan bolaning ushbu hissiy omilga

boʻlgan munosabati oʻzgarmaydi. Odamning yuzi, yuz ifodasi juda kuchli taʼsirlovchi

boʻlib qoladi. [3].

Autizm - keng maʼnoda, odatda, aloqaga kirishmaslik, “yovvoyilik”, aloqadan

oʻzini olib qochish, oʻzining dunyosida yashash maʼnosini anglatadi. Aloqaga

kirishishdan qochish turli shaklda va sabablarga koʻra namoyon boʻlishi mumkin.

Baʼzan bu bolaning xarakteri kuchsiz boʻlsa, boshqa hollarda uning koʻrish yoki

eshitish qobiliyatining yetarlicha boʻlmasligi, aqliy rivojlanishdan orqada qolish, nutq

rivojlanishining orqada qolishi (eng avvalo, uning kommunikativ, yaʼni aloqa qilish

funksiyasining), nevrotik buzilishlar yoki ogʻir gospitalizm (bolaning ilk yoshlarida

ijtimoiy jihatdan izolyatsiya qilinishi natijasida yuzaga kelgan aloqa qilishning

surunkali taqchilligi) oqibatida kelib chiqadi. Kommunikatsiya (aloqa) qilishning

buzilishlari koʻp hollarda asosiy yetishmovchilik: aloqa qilishga boʻlgan ehtiyojning

sustligi, maʼlumotlarni idrok etish va vaziyatni tushunishning qiyinligi, ilk yoshlarda

aloqaning surunkali yetishmasligi, nutqdan foydalana olmaslik oqibati boʻladi.[4].

Autizmning asosiy belgilari bir yoshdan uch yoshgacha davrda toʻliq namoyon

boʻladi. Ota-onalar quyidagi belgilarga eʼtiborli boʻlishlari kerak:

Bolaning ota-onasi bilan boʻlishini yoqtirmaslik (qoʻliga olishi,

quchoqlashishi, oʻpishi, silashi va h.k.).

Uch yashar bola nutqining rivojlanmaganligi.

Biron bir kishi bilan boʻlishdan koʻra bir oʻzi boʻlishini yoqtirishi; ular

buyumlarni doim bir xil tartibda qoʻyib chiqadilar.

Tevarak-atrof bilan aloqada boʻlishni istamasligi; qiziqmaslik.

Odatda bola nutqi hali rivojlanmagan boʻlsa ham, u oʻz istak-xohishlarini imo-

ishora, harakat bilan bildiradi. Bola autizmida esa bu kuzatilmaydi.

Bola koʻzingizga qaramaydi.

Bolaning

harakatlari,

imo-ishoralari

hech

narsani

bildirmaydi,

asabiylashganini koʻrsatadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

391

Bola bir tonda, ifodasiz, xuddi bir yod olgan matnni ifodalayotgandek

gapiradi. Bola oʻzi yaxshi gapira olmasa ham, uning aks-sado nutqi, yaʼni exolaliya -

kimnidir ketidan qaytarish qobiliyati yaxshi boʻladi.

Odatdan tashqari idrok etish reaksiyalari (ovozga, hid, taʼm, ushlab

koʻrishlarga), masalan, ovozdan qattiq qoʻrqib tushishi, maʼlum hiddan tushkunlikka

tushishi va h.k.[4]

Quyida autizmning eng keng tarqalgan simptomlari keltirilgan:

Bola odatda ismiga eʼtibor bermaydi.

Yolgʻiz oʻynashni yoqtiradi.

Koʻzga qarashdan qochadi.

12-14 oylik davrda ham oddiy murojaat nutqini (kel, ol, ber, qoʻy kabi

soʻzlar, ishoralar) tushunmaydi.

Nimadir istaganda koʻrsatkich barmogʻini ishlatmaydi.

Aylanuvchi

jismlarga,

masalan,

mashina

baloniga

boshqa

oʻyinchoqlardan koʻproq qiziqadi.

Til imkoniyatlari jihatdan ortda qola boshlaydi.

Boshini devorga, yerga yoki qoʻli bilan uradi.

Yuqorida sanab oʻtilgan belgilarning hammasi ham va doim ham kuzatilmaydi.

Lekin ota-ona tomonidan ularning bittasi payqalgan taqdirda ham, bu shifokor qabuliga

borish uchun asos boʻla oladi. Oʻzbek ota-onalari orasida 2-3 yoshda ham biror soʻz

ayta olmaydigan bolaga nisbatan befarqlik kuzatiladi, kattalar tomonidan «bobosi ham

5 yoshida gapirgan», «hamma bola har xil boʻladi», «oʻzi koʻp multfilm koʻradi»,

«yolgʻiz katta boʻlyapti, shunga kamgap, unga uka obkelish kerak», «onasi yaxshi

qaramaydi, telefonga yopishib qolgan» kabi bahonalar tez-tez ishlatiladi. Va, afsuski,

yoʻqotilgan vaqt koʻp hollarda bolaning zarariga ishlaydi.

Autistik bolalarning oʻziga xosligi ham aynan nutqni tushunish muammolari

bilan bogʻliq boʻlib, u siz nima deyotganligingizni anglay olmaydi, shu sababli ham

gapirmaydi, muloqotga kirishmaydi. Bu muloqot uzilishi ortidan autistik bolalarda

normatipik bolalardagiga qaraganda koʻproq asabiylik, agressiya va norozilik

kuzatilishi mumkin[5].


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

392

Xulosa.

Jamiyatimizda autizm bilan bogʻliq qoʻrqinchli narrativlar yashagani

holda, aslida autizm qoʻrqinchli tushuncha emas, autizm xavfli emas, autizm hukm

emas va autistlar bugun siz va bizning oramizda yashaydi. Biz yetarli bilimga ega

emasligimiz ortidan ularni odamovi, introvert yoki boshqa qandaydir nomlar bilan

atarmiz balki. Autizm sindromli bolalarni barcha tengdoshlari kabi qabul qilishimiz,

ularga oddiy bolalardek munosabat bildirishimiz autistik bolalarni jamiyatga

moslashuvi birmuncha oson kechishiga olib keladi. Bu munosabat oiladan boshlanadi.

Ota-onalar bolalarini nuqsonli deb emas, balki barcha farzandlari kabi ularga qanday

vazifa bersa, bu bolaga ham shunday yuklamalar bilan mashgʻul qilish kerak.

Koʻpchilik oilalarda autizmni aqliy zaiflik bilan adashtirib, bolalar rivojlanishida

kechikishlarga sabab boʻladi. Autizm belgilari qancha erta payqalsa va unga tegishli

choralar, davo ishlari olib borilsa, bunday bolalar kelajakda kutilgandan ham yaxshiroq

natijalarga erishishi mumkin. Hozirda autizmga chalinib, kelajakda katta mashhurlikka

erishgan shaxslar ham koʻp. Shu vaqtgacha autizm kasalligini genetik kasallik deb

hisoblashgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, autizm kasalligi atrof-muhitdagi turli xil .

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Nuritdinovna, N. M. (2022). BOLA SHAXSINING SHAKLLANISHIDA

PSIXOLOGNING O’RNI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY

JURNALI, 2(4), 61-63.

2. Nuritdinovna, N. M., & Murtozaevna, M. M. (2022). PEDAGOGICAL

MECHANISMS OF DEVELOPING PROFESSIONAL MOBILITY OF FUTURE

MANAGERS. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 2(1.5

Pedagogical sciences).

3. Низамова, М. Н. (2022). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ

БУДУЩЕЙ

УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ

КУЛЬТУРЫ

В

РАЗВИТИИ

ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ МОБИЛЬНОСТИ. Science and innovation, 1(B3), 530-

532.

4..

Низамова,

М.

Н.

(2022).

ПРИЧИНА

ВОЗНИКНОВЕНИЯ

АУТИСТИЧЕСКОГО ДЕФЕКТА. Ученый XXI века, (5-1 (86)), 59-61.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–1_ Май –2025

393

5. Nuriddinovna, N. M. (2022). NUTQNI TO'LIQ RIVOJLANMAGANLIGINI

BARTARAF ETISHDA PEDAGOGIK KORREKSION ISHLAR TIZIMI.

INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM, 3(25), 19-22.

6. Nizamova, M. (2023). BO ‘LAJAK MENEJERLARDA AKADEMIK

MOBILLIKNI AMALGA OSHIRISH SHART SHAROITLARI. Namangan davlat

universiteti Ilmiy axborotnomasi, (6), 759-763.

7. Muyassar, N. (2023). OLIY TA’LIM TIZIMLARIDA KASBIY MOBILLIKNI

RIVOJLANTIRISH VA ULAR ASOSIDA PEDAGOGIK MEXANIZMLARNI

TAKOMILLASHTIRISH. International Journal of Contemporary Scientific and

Technical Research, 12-15.

8. Sodiqova, Y., & Nizamova, M. (2023). YOZMA NUTQ NUQSONLARI.

Академические исследования в современной науке, 2(11), 76-80.

9. Nizamova, M., & Mansurova, S. (2024). BOLAGA NECHA YOSHDAN CHET

TILLARNI

O'RGATISH

MUMKIN?

OTA-ONALARNI

QIZIQTIRGAN

SAVOLLARIGA

MUTAXSIS

JAVOBI.

Бюллетень студентов нового

Узбекистана, 2(1), 46-49.