Authors

  • Mallayev Azamxon Jalolovich
  • G’ofurova Fayyoza Baxtiyor qizi

Author Biographies

  • Mallayev Azamxon Jalolovich

    Shahrisabz shahar Qunduzak masjidi imom xatibi

  • G’ofurova Fayyoza Baxtiyor qizi

    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika

    fakulteti pedagogika yo‘nalishi 2-kurs  talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.91694

Keywords:

xalq pedagogikasi urf-odat an’ana udum milliy tarbiya xalq og‘zaki ijodi qadriyatlar ma’naviyat.

Abstract

Ushbu  maqolada   xalq pedagogikasi tizimida milliy urf-odatlar, an’analar va udumlarning tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola zamonaviy ta’lim tizimida xalq pedagogikasi vositalaridan foydalanishning dolzarbligini ilmiy-nazariy asosda yoritadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

122

XALQ PEDAGOGIKASIDA MILLIY URF-ODATLAR, AN’ANALAR

VA UDUMLAR

Shahrisabz shahar Qunduzak masjidi imom xatibi

Mallayev Azamxon Jalolovich

Shahrisabz davlat pedagogika instituti Pedagogika

fakulteti pedagogika yo‘nalishi 2-kurs talabasi

G’ofurova Fayyoza Baxtiyor qizi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xalq pedagogikasi tizimida milliy urf-odatlar,

an’analar va udumlarning tarbiyaviy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola zamonaviy

ta’lim tizimida xalq pedagogikasi vositalaridan foydalanishning dolzarbligini ilmiy-

nazariy asosda yoritadi.

Kalit so‘zlar: xalq pedagogikasi, urf-odat, an’ana, udum, milliy tarbiya, xalq

og‘zaki ijodi, qadriyatlar, ma’naviyat.

Абстрактный. В статье анализируется воспитательный потенциал

национальных обычаев, традиций и практик в системе народной педагогики. В

статье на научно-теоретической основе подчеркивается актуальность

использования средств народной педагогики в современной системе

образования.

Ключевые слова: народная педагогика, обычаи, традиции, нравы,

народное воспитание, народное устное творчество, ценности, духовность.

KIRISH

Xalq pedagogikasi – bu xalq hayot tajribasiga tayanuvchi, ma’naviy va axloqiy

me’yorlarni avloddan avlodga uzatib keluvchi noyob tarbiya tizimidir. O‘zbek

xalqining boy tarixi, urf-odatlari, an’analari va udumlari yosh avlodni tarbiyalashda

muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular orqaligina bolalar ongiga ezgulik, odob,

vatanparvarlik, halollik kabi tushunchalar singdiriladi. Milliy urf-odatlar – millatning

turmush-tarziga singib ketgan, uning shakllanishi va rivojiga xizmat qiladigan ijtimoiy

madaniy hayotida oʻz aksini topgan, doim takrorlanib turadigan xatti-harakat,


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

123

koʻpchilik tomonidan qabul qilingan xulq-atvor qoidalari va koʻnikmalar koʻrinishidir.

[1]

Milliy urf-odatlar bizning xalqimizda oʻziga xos oʻzbekona tarixiy

xususiyatlarga ega boʻlib, anʼanaviy va zamonaviy koʻrinishlarda namoyon

boʻladi. Milliy urf-odatlar va anʼanalar har bir millatda oʻziga xos tizimni tashkil etadi,

xalq tomonidan turmush tarzining zaruriy sharti deb qabul qilinadi. Milliy urf-

odatlarga befarqlik kishini, millatni oʻzligidan uzoqlashtiradi. Milliy urf-odatlarda

vatanga, millatga boʻlgan hurmat-eʼtibor va sadoqat tajassum topadi. Mamlakatimizda

istiqlol tufayli 130 dan ortiq millat va elat vakillari urf-odat va anʼanalarini asrab

avaylash, takomillashtirish uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Bu hol millatlararo

munosabatlarning rivoji, oʻzaro doʻstlik va totuvlik rishtalarining mustahkamlanishiga

xizmat

qiladi.

1.

Milliy urf-odatlar va ularning tarbiyadagi o‘rni

Urf-odatlar – bu xalq hayotining muhim jihatlaridan biri bo‘lib, ularning

madaniyati, turmush tarzi, dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘liqdir. Masalan,

“Navro‘z” bayrami nafaqat tabiat uyg‘onishining ramzi, balki yoshlarni mehnatga,

tabiatga mehr-muhabbat bilan qarashga o‘rgatadi. “Beshik to‘yi”, “Sunnat to‘yi”,

“Nikoh to‘yi” kabi marosimlar orqali esa insoniy qadriyatlar, oila ahamiyati, ota-ona

hurmati yosh avlodga singdiriladi. Urf-odatlar – bu ijtimoiy hayotda shakllangan,

jamiyat tomonidan qabul qilingan qadriyatlar va marosimlardir. Xalq pedagogikasida

bu odatlar shaxsning ma’naviy shakllanishiga xizmat qiladi.

Masalan: Beshik to‘yi – bolaning dunyoga kelganini e’tirof etish bilan birga,

oilaning jamiyat oldidagi mas’uliyatini kuchaytiradi.

Sunnat to‘yi esa bolani jamoa a’zosi sifatida tan olish, uni axloqiy me’yorlarga

tayyorlash bosqichidir.

Nikoh va kelin salom – oilaning muqaddasligi, er-xotin o‘rtasidagi hurmat,

sabr-toqat, o‘zaro mas’uliyat g‘oyalarini yosh avlod ongiga singdiradi.

Bu urf-odatlar orqali oila, jamiyat, yurt, ota-onaga hurmat kabi fazilatlar xalq

ongida mustahkamlanadi[2]. Bunday urf-odatlar orqali xalq bolalarga milliy

qadriyatlarni o‘ziga xos shaklda singdiradi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

124

2. An’analar – avlodlar davomiyligini ta’minlovchi vosita

An’analar – bu avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan qadriyatlardir. Masalan,

mehmonnavozlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, qo‘shnichilik rishtalari o‘zbek

xalqining an’anaviy tarbiyaviy fazilatlaridandir. Bu kabi an’analar oilaviy va ijtimoiy

hayotda muhim o‘rin tutib, farzandlar ongiga axloqiy me’yorlarni singdirishda

samarali vosita bo‘lib xizmat qiladi[3].

Mehmonnavozlik an’anasi – bolaning ochiqko‘ngil, muruvvatli bo‘lishini

ta’minlaydi.

Kattalarga hurmat – har bir yosh avlodga “katta kishi” timsoli orqali andoza

beriladi. Bolalar doimo katta kishilar oldida hurmatda bo‘lish, ularning so‘zlariga

quloq tutish, o‘zini tutish madaniyatiga ega bo‘ladi.

Qo‘shnichilik rishtalari – har bir insonning o‘z muhitiga nisbatan mas’uliyatli

bo‘lishini ta’minlaydi. O‘zbek an’analarida qo‘shniga yordam berish, shodlikda

sherik, g‘amda hamdard bo‘lish madaniyati mujassam. An’analar xalqning axloqiy

madaniyatini, ijtimoiy munosabatlarini shakllantiradi va yosh avlod ongiga singdiradi.

3. Udumlar – xalq hayotining ko‘zgusi

Udumlar – urf-odat va an’analar bilan yaqin bo‘lsa-da, ko‘proq marosimlar,

liboslar, ovqatlar, xalq amaliy san’atida namoyon bo‘ladi. Masalan, milliy kiyimlar –

atlas, adras, do‘ppi kiyish orqali ham yoshlar milliy g‘urur, o‘zligiga sadoqat ruhida

tarbiyalanadi. O‘zbek xalqining “qaynona kelinini o‘rgatar”, “kuyov salom beradi”

kabi udumlari orqali esa ijtimoiy me’yorlar mustahkamlanadiUdumlar xalq turmush

tarzining estetik jihatini namoyon etadi. Xalq pedagogikasida udumlar orqali bolaga

nafaqat ma’naviyat, balki did, estetik qarashlar ham singdiriladi. Milliy kiyimlar, xalq

musiqa asboblari, xalq o‘yinlari, marosimlar – bular estetik, ruhan boy shaxsni

tarbiyalaydi. Masalan, Navro‘z bayramida yoshlar tabiatga mehr, mehr-oqibat,

shukronalik ruhida tarbiyalanadi

Milliy kiyimlar (atlas, adras, do‘ppi) – yoshlar ongida o‘ziga xoslik, iftixor,

estetik did tarbiyasini shakllantiradi.

Xalq o‘yinlari va ashulalari – bolalarda jismoniy va aqliy faoliyatni

rivojlantiradi, mushohadali fikrlashga, hamkorlikda ishlashga o‘rgatadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

125

Bayramlar (Navro‘z, Hayit, Hosil bayrami) – bolalarning tabiatga mehr bilan

qarashiga, mehnatni qadrlashga, tinchlik, totuvlik g‘oyalarini tushunishiga yordam

beradi. Udumlar orqali xalq o‘z madaniyatini avlodlarga yetkazadi, shaxs

shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

XULOSA

Xalq pedagogikasi o‘zining tabiiyligi, milliyligi, uzviyligi bilan zamonaviy

tarbiya tizimi uchun beqiyos manbadir. Milliy urf-odatlar, an’analar va udumlar yosh

avlodni shaxs sifatida kamol toptirishda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Ular orqali milliy

o‘zlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, ma’naviy poklik kabi fazilatlar yosh ongiga

singadi. Shu bois, hozirgi globallashuv davrida milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish,

ularni zamonaviy ta’lim tizimi bilan uyg‘unlashtirish dolzarb masalalardan biridir. Bu

borada har bir ustoz, har bir ota-ona xalq pedagogikasining boy tajribasiga tayanib,

yoshlarni barkamol inson qilib voyaga yetkazishda faol bo‘lishi zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Mirziyoyev SH.M. “Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan

birga quramiz”. “O‘zbekiston”, 2017

2.

Xoldorova, Z. (2019). O‘zbek xalq pedagogikasi asoslari. Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti.

3.

Karimova, M. (2020). “An’anaviy marosimlar va tarbiyaning uyg‘unligi”.

Pedagogika va psixologiya, 4(2), 45–49.

4.

Normurodov, A. (2021). Milliy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. Samarqand:

Registon.

5.

Shomurodova, S. (2018). “Navro‘z an’analarining estetik va tarbiyaviy

ahamiyati”. Ma’naviyat, 3(1), 33–37.

6.

Mutalipova M.J. Xalq pedagogikasi – T.: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston

milliy kutubxonasi nashriyoti, 2011 y.

7.

Joyce, B., Calhoun, E., Hopkins, D “Pedagogy, Teaching Practices”

2004,Pedagogy, Curriculum, Teaching Practices and Teacher Education in Developing

Countries.e


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-26

Часть–4_ Май –2025

126

8.

Xusniddin, Milinorov, and Mavlonova Malika. "Bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy-

pedagogik tayyorlash jarayonida kommunikativ kompetentsiyalarini rivojlantirish

metodikasi."

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

7 (2024): 296-304.

9.

Хushmatovich, Milinorov Xusniddin. "Pedagogik faoliyat jarayonida bo ‘lajak

pedagoglarni

raqamli

texnologiyalardan

foydalanish

samaradorligini

oshirish."

Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi

7 (2024): 305-312.

10.

Милиноров, Хусниддин Хушматович, and П. М. Жалолова. "ПРОЦЕСС

ОРГАНИЗАЦИИ

РАЗВИТИЯ

КОМПЕТЕНЦИЙ

В

ВЫСШЕЙ

ШКОЛЕ."

Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific

Studies

. Vol. 3. No. 5. 2024.

11.

Anatolyevna, Boyarkina Yulia, Sokhibov Akram Rustamovich, and Milinorov

Khusniddin Khushmatovich. "EDUCATIONAL TOURISM AS A POTENTIAL FOR

THE DEVELOPMENT OF THE REGION."

Web of Teachers: Inderscience

Research

2.6 (2024): 185-189.

12.

Milinorov, XX va DN Eshmuratova. “O’ZBEK URNAVALARI,

MAROSIMLARI VA ODAMLARINI SHAXS TARBIYoTIDAGI O’RNI”.

Web of

Teachers: Inderscience Research

2.5 (2024): 205-209.

13.

Djamalov A. Raqamli pedagogika asoslari. – Toshkent: “Innovatsiya”, 2023

Most read articles by the same author(s)