MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
392
ADABIY TA’LIMGA INNOVATSION YONDASHUV
“University of economics and pedagogy “NOTM
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim kafedrasi
o’qituvchisi Qanoatova Nazokatxon Sotvoldi qizi
Andijon iqtisodiyot va pedagogika universiteti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 1-kurs 06-guruh
talabasi Kenjaboyeva Sevara Mirzaorif qizi
Annotatsiya: Mazkur maqolada adabiy ta’limga innovatsion yondashuv davr
talabi ekanligi haqida so‘z yuritiladi.
Kalit so‘zlar: global ta’lim,xalqaro standart,konseptual yondashuv,uzluksiz
ta’lim.
Аннотация: В данной статье рассматривается, что инновационный
подход к литературному образованию является требованием времени.
Ключевые слова: глобальное образование, международные стандарты,
концептуальный подход, непрерывное образование.
Annotation: This article discusses how an innovative approach to literary
education is a demand of the times.
Keywords: global education, international standards, conceptual approach,
lifelong learning.
Bugungi kunda ta’lim oldida turgan eng muhim vazifalardan biri
o`quvchilarni mustaqil fikrlay oladigan qilib tarbiyalashdan iborat.Xususan, yoshlarda
ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish, mavjud imkoniyatlardan eng qulay va serunumini
tanlay olish ko`nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish, ularni milliy
qadriyatlarimiz, udum va an`analarimiz ruhida tarbiyalashda o‘zbek adabiyoti fanining
tutgan o`rni va imkoniyatlari benihoya kattadir.Bugun yurtimizda kichik bir sohadan
tortib xalq turmushi farovonligi uchun muhim bo‘lgan yo‘nalishlardagi o‘zgarishlar,
islohotlar shiddat bilan amalga oshirilayotirki, shu Vatanga qondosh har qanday millat
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
393
kishisi bunday tarixiy o‘zgarishlarga loqayd qarab turolmaydi.Davlatimiz rahbari
istiqboldagi taraqqiyotning kafolati ilm ahli va ziyolilar faoliyati bilan chambarchas
bog‘liq ekanini har bir uchrashuv, murojaatlarida ta’kidlab, uning rivojlanishi, taraqqiy
etishi uchun bir qancha qaror va farmonlarni qabul qildi.Ta’lim va o‘qitish sifatini
baholashning xalqaro standartlarini joriy etish,ta’lim sohasidagi innovatsiya
yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlari belgilab berildi. Bunday
islohotlar, ayniqsa yoshlarning maqsadli harakatlariga rag‘bat berish barobarida o‘z
kuchiga ishonishni uyg‘otdi.
Bugungi globallashuv va raqamli texnologiyalar asrida ta’lim tizimi oldida
yangi talablar paydo bo‘lmoqda. Ayniqsa, adabiy ta’limga innovatsion yondashuv —
yosh avlodni zamonaviy fikrlovchi, estetik didga ega, ijtimoiy faol shaxs sifatida
shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. An’anaviy usullar bilan birga, bugungi kun
adabiyoti darslarida yangicha, kreativ va interaktiv yondashuvlar zarur.
Innovatsion yondashuvning mazmuni
Innovatsion yondashuv deganda — ta’lim jarayonini yangilash,
o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, darslarni interaktiv
shaklda tashkil etish tushuniladi. Adabiy ta’limda bu:
Matnni tahlil qilishda kreativ metodlardan foydalanish,
O‘quvchilarning shaxsiy fikrini shakllantirish,
Adabiy obrazlarni chuqur o‘rganish orqali axloqiy-estetik tushunchalarni
singdirish,
Zamonaviy texnologiyalardan (multimedia, veb-ilovalar, platformalar)
foydalanish orqali amalga oshiriladi.
Adabiy ta’limda qo‘llaniladigan innovatsion metodlar
1. “B-B-B” usuli (Bilaman – Bilmoqchiman – Bildim):
Darsni boshlashdan oldin o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha oldindan bilganlari
aniqlanadi, dars davomida bilmoqchi bo‘lgan savollar yuzaga keladi va oxirida
o‘zlashtirilgan bilimlar tahlil qilinadi.
2. Klaster usuli:
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
394
Asar qahramonlari, g‘oyalari yoki syujet tarmoqlari asosida klasterlar tuzilib,
o‘zaro bog‘liqlikda tahlil qilinadi.
3. Rolga kirish (dramatizatsiya):
Asar qahramonlari rolida chiqish qilish orqali o‘quvchi obrazlarni chuqur
anglaydi, ifoda ko‘nikmasi rivojlanadi.
4. AKT vositalaridan foydalanish:
1.
Slaydlar, video roliklar,
2.
QR-kodli testlar,
3.
Onlayn viktorinalar (Kahoot, Quizizz) orqali o‘quvchilarning darsga
qiziqishi oshiriladi.
5. “Aqliy hujum” usuli:
O‘quvchilardan fikr va savollar yig‘iladi, ularning ijodiy salohiyati
rag‘batlantiriladi.
Innovatsion yondashuvning afzalliklari
Darslar samaradorligi oshadi – interaktiv vositalar orqali bilim
mustahkam bo‘ladi.
Ijodiy fikrlash rivojlanadi – o‘quvchi o‘z nuqtai nazarini erkin ifoda qiladi.
O‘quvchi markazga chiqadi – faqat o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi ham
darsda faol ishtirok etadi.
Estetik tarbiya beriladi – adabiyot orqali axloqiy va madaniy qadriyatlar
singdiriladi.
Bugun boshqa sohalar qatorida adabiy ta’limda uzoq yillar samara bergan
metod va usullar, an’anaviy yondashuvlarni saqlagan yoki rivojlantirgan holda global
ta’lim metodlaridan milliy strategik maqsadlarimizga moslarini tanlab, ularni
bosqichma-bosqich joriy qilish orqali adabiyot o‘qitish metodikasini yangi taraqqiyot
bosqichiga olib chiqish vaqti keldi.Professor S.Matjonning «Kitob o‘qishni bilasizmi»
nomli kitobida kitobxonlik madaniyati haqida so‘z yuritiladi:
«Siz darsliklardan hayot va uning qonuniyatlari haqidagi bilimlar bilan tanishasiz,
ulami aql kuchi bilan qabul qilasiz,xotirangizda qayd etasiz.Ammo bu bilim va
xulosalar hissiyotingizga zarracha ta ’sir ко ‘rsatmaydi.Badiiy asami о ‘qiganda sizdagi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
395
bu «loqaydlik» faol munosabatga almashinadi. Qalbingiz cheksiz shodlikga
chulg‘anadi - ruhlanasiz, g‘azablanasiz,iztirob chekasiz.Chunki и qalb dardi tufayli
yaratilgan, dard esa suhbatdoshni befarq qoldirmaydi”.
Professorning ushbu fikrlariga tayangan holda, adabiy ta’limga o‘zgacha
yondashish lozim.
Bugungi kunda adabiyot fanini o‘qitishning juda ko‘p usullari mavjud.Bu
usullardan o‘quvchilarning yoshi,psixologik xususiyatlari,bilim darajasiga qarab
foydalanish
mumkin.VVI-VIIsinflarda
“Aqliy
hujum”,”Kichik
guruhlarda
ishlash”,”Sinkveyn” “B.B.B”usuli,”Menga oxirgi so‘zni bering”,”Test” usullaridan
foydalanish yuqori samara beradi.Yuqori sinflarda ushbu usullar bilan birga “Tanqidiy
tafakkur”,”Debatlar”,”Nuqtai
nazarin
bo‘lsin”,”Har
kim
har
kimga
o‘rgatadi”,”Kubiklar”,“Insert” usullaridan o‘rinli foyadalanish dars sifatining yuqori
bo‘lishi bilan birga, o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishida,har qanday sharoitda
ham o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan,erkin fikrlovchi inson bo‘lishida katta yordam
beradi. Bugungi o‘quvchi dunyoqarashi, fikrlashi, voqelikka munosabati nuqtayi
nazari kechagidan farq qiladi. Tezkor axborot almashish zamonida, virtual olamda
ulg‘ayayotgan o‘quvchi bugun adabiy ta’limning qolipga solingan, stereotip fikrlar,
hokim qarashlar, o‘zlariga tanish ma’lumotlarni qayta bayon qilib berishdek eskicha,
qolipga solingan yondashuvlari bilan murosa qilolmaydi. Agar adabiyot o‘quvchilar
tasavvurida ularning hayotiy ehtiyojlari o‘laroq tasavvur hosil qilmas ekan, u zerikarli
va quruq g‘oyalar majmui bo‘lib qolaveradi.Holbuki, bugun umumiy o‘rta ta’lim
tizimidagi adabiyot darslari aksar holatlarda o‘quvchining hayotiy ehtiyojini qondirish,
uni hayotga tayyorlash, o‘z tafakkuri, tasavvuri, didi, saviyasi, umuman, ma’naviy
qarashlarini yuksaltirish emas, balki oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun bo‘ladigan
test sinovlariga tayyorgarlik nuqtai nazaridan o‘qitilayotgani hech kimga sir emas.
Modomiki, bugungi murakkab globallashuv sharoitida ma’naviyatimizni izdan
chiqarish maqsadida xorijdan o‘zanini yo‘qotgan, selday oqib kelayotgan zararli
g‘oyalarga qarshi faqat milliy badiiy adabiyotgina immunitet hosil qila olishi mumkin
ekan, shuning uchun bolada adabiyotga muhabbatni juda erta yoshdan singdirish lozim.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
396
Adabiyot o‘quvchilarni hayotga tayyorlashi jihatidan o‘zga fanlardan tubdan farq
qilgani uchun fan sifatida emas, balki shaxsni shakllantirishdan iborat vazifasining
birlamchi omil ekanligini dalillovchi konseptual yondashuvlar asosida o‘rgatilishi
lozim. Dars metodi ta’limning ichki mazmun va mohiyatini belgilasa, uning tashkiliy
shakllari didaktik kategoriya sifatida tashqi mazmunini anglatadi:
- o‘quvchilarni individual xususiyatlari hamda bilim darajalariga muvofiq
guruhlarga bo‘lish yoki o‘quvchi bilan yakka tartibda mashg‘ulotlar olib borish;
- o‘quvchilarning diqqatini tayanch tushuncha va iboralarga qaratish lozim. Yakuniy
xulosalarni ana shu tayanch tushunchalar atrofida umumlashtirish;
- dars maqsadiga muvofiq interfaol metod, usul va vositalarni tanlash va
ulardan unumli foydalanish;
- o‘rtaga tashlanadigan har bir savolning ilmiyligi, mantiqiyligi va didaktik
talablarga javob berishiga e’tiborni qaratish;
- vaqt taqsimoti masalasiga qat’iy amal qilish. 40-45 daqiqaga mo‘ljallangan
darslarda o‘quvchining mustaqil bilim olishiga bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish.
Qisqa vaqtdan unumli foydalangan holda izlanuvchanlik,ijodkorlik, hozirjavoblik va
topqirlik masalasiga asosiy e’tiborni qaratish;
- ijodiy muhit yaratish asosida o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish va
boshqalar;
Dars o‘qituvchining ilmiy va ilmiy- pedagogik mahoratini belgilovchi asosiy
mezondir.Bir soatlik dars mashg‘ulotlarini yirik san’at asariga qiyoslashning mohiyati
ham shunda.Interfaol usullar umumiy o‘rta ta’limdagi adabiyot darslarini yangi
o‘zanga burishda, ham shakl, ham mazmun jihatidan yuqori bosqichga olib chiqishda
o ‘ziga xos manba bo‘lib xizmat qiladi.
Adabiy ta’limni tubdan yangilashda uning milliy-tarixiy ildizi,milliy
qadriyatlar va estetik asoslarga tayanish lozim.Hulosa qilib aytganda, zamonaviy
ta’lim jarayonida adabiy ta’limga innovatsion yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi.
An’anaviy metodlar bilan cheklanib qolmasdan, yangi pedagogik texnologiyalar,
interfaol metodlar va raqamli vositalardan foydalanish o‘quvchilarning adabiy-estetik
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-26
Часть–4_ Май –2025
397
didini shakllantirishda, tanqidiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda
muhim rol o‘ynaydi.
Innovatsion yondashuvlar o‘quvchilarda faollik, mustaqil fikrlash va tahlil
qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Adabiy asarlarni zamonaviy kontekstda tahlil
qilish, ular orqali universal qadriyatlarni ochib berish, multimediya va AKT (axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari) asosida darslarni boyitish — bularning barchasi
ta’lim samaradorligini oshiradi.
Shuningdek, xalqaro standartlarga mos keluvchi konseptual yondashuvlar
adabiy ta’limni global ta’lim tizimiga integratsiya qilish imkonini beradi. Bu esa
nafaqat bilim berish, balki tarbiyaviy, madaniy-ma’naviy, axloqiy jihatdan o‘quvchini
har tomonlama kamol toptirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, adabiy ta’limda innovatsion yondashuvni joriy etish — bu
zamon talabi bo‘lib, u o‘quvchilarni hayotga tayyorlashda, ularning shaxsiy va ijtimoiy
kompetensiyalarini shakllantirishda muhim omil sanaladi. Shu bois bu yo‘nalishda
izchil tadqiqotlar olib borish, metodik baza va o‘quv dasturlarini yangilab borish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. K.Usmonova.”Adabiy ta’limda ilg‘or pedagogik texnologiyalar”,Toshkent-2004.
2. ”Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi,(O‘qitish met-si),Toshkent-2020.
3. M.Ochilov,”Yangi pedagogik texnologiya”Qarshi,”Nasaf”-2000-yil.