MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
56
FARZAND TARBIYASIDA TAFAKKUR QUDRATINING
AHAMIYATI
Djanabaeva Aziza Alisherovna
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumani
5-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabi amaliyotchi psixologi
aziza101192@mail.com
Annotatsiya: Ushbu maqola bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi
insonlar uchun bolalarni hayotiy tajribalarga oʻrgatish uchun kerak boʻladigan
amaliy maslahatlarni oʻz ichiga oladi. Unda fikr va soʻz qudrati haqida yetarlicha
ma’lumot berilib, hayotiy misollar turli tajribalar keltiriladi.
Demak, soʻz va fikr yordamida biz nafaqat oʻzimizni, balki farzandlarimizni
ham har sohada muvaffaqiyatga, salomatlikka hamda chiroyli tarbiyaga erishtira
olamiz.
Kalit soʻzlar: Tafakkur, qat’iyat, sabotlilik, soʻz qudrati, aql, taqlid, impuls,
oqil, ijobiy ishonch.
Fikrlar bola dunyosida eng qudratli kuch hisoblanadi. Ular bola oʻsgani
sari kundan- kun uning hayotidagi hamma jabhalarga ta’sir etib boradi. Bolaning
ruhiy tarbiyasi, u tanlagan yoʻl, uning shaxsiyatiga oid chizgilar, ulgʻayganda kim
boʻlishi – hammasi uning fikrlashiga borib taqaladi. Yaqin-yaqinlargacha tafakkur
qudrati toʻgʻrisida fanga hech nima ma’lum emasdi. Baxtimizga hozir unday emas.
XXI asr boshida tafakkur qudrati millionlab odamlarning amaliyotiga aylandi.
Zamonaviy OAV (ommaviy axborot vosita)larida ommabop jurnallar, hujjatli
telefilm yoki ilmiy-ommabop nashr haqida gap boryaptimi- demak, ongni
shakllantirish texnikasiga katta e’tibor berilmoqda, deb hisoblash mumkin. Arnol’d
Shvartsenegger va Jim Kerri kabi kinoyulduzlar oʻzlarining tafakkur kuchi bilan katta
natijalarga erishganliklarini chiroyli qilib bayon etadilar. Hozir hamma sohada
natijani yaxshilash uchun doimiy fikr quvvatini oshirish muhim omil ekanini
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
57
koʻpchilik e’tirof etmoqda. Ammo tafakkur qudratiga shuncha diqqat ajratilganiga
qaramasdan jamiyatning eng asosiy qismi hisoblangan ota-onalar bu texnikaga
unchalik e’tibor berishmayapti. Tafakkur qudrati faqat kattalarga xos, yoshlar bu
usulni oʻzlashtira olmaydi, degan notoʻgʻri fikrlash mavjud. Bolalar nafaqat tafakkur
qudratiga tez moslasha oladilar, balki bundan katta naf oladilar ham.
Tafakkur kuchini oʻrgatish boʻyicha maslahatlar: Suhbat yoki
mashgʻulotlarni iloji boricha yengil va quvnoq oʻyinga oʻxshab tashkil qilishga
harakat qiling. Usullarni davomiy takrorlab turish -muvaffaqiyatlarga erishish kaliti.
Ammo ba’zi bolalar bu mashgʻulotni oʻyin sifatida emas, ish sifatida qabul qilishsa,
sizning urinishlaringiz qattiq qarshilik koʻrsatishi mumkin. Dars uchun qulay vaqt
tanlang va mshgʻulotni dam olishga aylantiring.
Oʻz nutqingizda toʻgʻri soʻzlash odatiga erishing. Esingizda boʻlsin
“Bolajonim toʻgʻri yoʻldan sekin yur!” deyishingiz uni shoshmasdan yurib borishga
undaydi, ammo “Yoʻlda yugurmagin!” deyish, aksincha, yugurish uchun turtki
boʻladi. Chunki yugurish soʻzi uning miyasida qolgan oxirgi soʻzdir.
Bolaga hamma narsa qilishga imkoniyati borligini uqtiring. Har bir keyingi
kelgan avlod oʻzidan oldingi ajdodlari yurgan yoʻlni bosib oʻtadi, bu yangi dori yoki
eng shirin sabzi navini yaratish mavzusida boʻlsa ham, farqi yoʻq. Bolalarning
imkoniyatlari bu dunyoda cheksiz.
Tafakkur qudrati usullarini avval oʻzingiz oʻzlashtiring. Bolalarni
oʻqitishning eng foyda beradigan yoʻli -oʻzingiz unga namuna, oʻrnak boʻlishingizdir.
Quyidagi texnikadan foydalanib siz oʻzingizni farzandingizga namuna boʻla
olayotganingizni yoki aksinchaligini aniqlab olishingiz mumkin:
1.
Oʻzingizga savol berib koʻring: sizning qaysidir odatlaringiz va
ishonchingiz hozirgidan koʻra yaxshiroq ota-ona boʻlib yetishishingizga xalaqit
bermayaptimi?
2.
Farzandingizda oʻzingiz koʻrishni xohlagan sifatlar roʻyhatini tuzing va
har bir boʻlim qarshisiga siz bu jihatdan bolangizga oʻrnak boʻla olasizmi yoki yoʻq,
degan ma’noda belgi qoʻyib qoʻying. Hech qanaqa oʻxshashlik yoʻqmi? Esda tuting,
bolangiz har doim sizdan oʻrnak olishga tayyor.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–5_ Январь –2025
58
Nima uchun ularga eng yaxshi namuna boʻlmasligingiz kerak ekan?
Bolangizga oʻz baxtingizni qanday qidirayotganligingizni va hayotingiz mazmunini
tasvirlab bering. Ovaqatlanish vaqtida ular bilan oʻzingiz erishgan muvaffaqiyatlar
haqida bahslashing, gap sizning ishingiz toʻgʻrisida boryaptimi, sevgan
mashgʻulotingiz haqidami yoki doʻstlar bilan munosabat toʻgʻrisidami, buning farqi
yoʻq. Bolalar faqatgina bizning oʻz hayotimizdan mamnun ekanimizni va
baxtiyorligimizni koʻrishadi, xalos. Ularga bizning ishimiz qiziqarli emas,
jamiyatdagi oʻrnimizning ham ahamiyati yoʻq, oladigan maoshimiz ham muhim
emas, balki oʻzimizni baxtiyor tutishimiz, muvaffaqiyat va qoniqishlarimizni
namoyish etishimiz muhimroq boʻladi.
Keltirilgan usullar uzoq vaqt davomida sinovdan oʻtgan, oʻzining foydali
jihatlarini koʻrsatishga ulgurgan, koʻp minglab bolalarda tajriba qilib koʻrilgan va,
albatta, u sizning farzandingizga ham yordam beradi!
Har bir yangi avlod aqliy va ruhiy jihatdan oʻzidan oldin oʻtganlardan koʻra
yuksakroq ishonch hamda inkoniyatlarga ega boʻlishi kerak. Biz farzandimizning
kelajagini oʻzimizning bugungi harakatimiz bilan ekamiz. Biz qilayotgan har bir ish,
agar aqlli ota-onalar sifatida harakat qilsak, dunyoni yaxshi tomonga oʻzgartiradi.
Bizning amalimiz faqat oʻzimizning farzandlarimiz taqdiriga ta’sir etib qolmaydi.
Balki u farzandlarimiz yoʻlida duch keladigan har bir odamga ta’sir qiladi. Bu
harakatlar ularning ham farzandlariga, nabiralariga foydasi tegadi. Keling, bizga
ishongan avlodni birgalikda tarbiyalaylik va oʻqitish jarayonida bitta bolani
oʻzgartirish orqali dunyoni oʻzgartirish mumkinligiga qoʻrqmasdan ishonaylik!
ADABIYOTLAR ROʻYHATI
1.
Jon Kexo, Nensi Fisher. Bolalar tafakkur qudrati – T.:Gʻafur Gʻulom, 2021.-
bet 3-29.
2.
Ahmedova Z. Farzand tarbiyasi: murakkab holatlarda psixolog maslahatlari –
T.: “DAVR PRESS”, 2019. – bet 7.
3.
Doʻstmuhamedova Sh.A, Nishonova Z,T, Jalilova S.X, Karimova Sh.K,
Alimbaeva Sh.T. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya – T.: 2013. – bet 210.