Authors

  • Mamatova Oynuraxon

Author Biography

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94078

Keywords:

Iqbol Mirzo sheʼriyati muhabbat haqidagi sheʼriy toʻplamlari muhabbat mavzusi yetakchilik qilgan sheʼrlari.

Abstract

Ushbu maqolada Iqbol mirzo sheʼriyatidagi muhabbat ohanglari yetakchilik qilgan sheʼrlari haqida soʻz boradi, ishqiy mavzudagi sheʼrlari misolida Iqbol Mirzoning ijodiy faoliyatitga nazar tashlanadi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

184

IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA ISHQ-MUHABBAT MAVZUSI

Mamatova Oynuraxon

Andijon viloyati Asaka tumani

2-son politexnikum

Telefon: +998 93 257 15 05

mamatovaoynuraxon@gmail.com

Kalit soʻzlar: Iqbol Mirzo sheʼriyati, muhabbat haqidagi sheʼriy

toʻplamlari,muhabbat mavzusi yetakchilik qilgan sheʼrlari.

Annotasiya: Ushbu maqolada Iqbol mirzo sheʼriyatidagi muhabbat ohanglari

yetakchilik qilgan sheʼrlari haqida soʻz boradi, ishqiy mavzudagi sheʼrlari misolida

Iqbol Mirzoning ijodiy faoliyatitga nazar tashlanadi.

Dunyoda hech bir narsa oʻz-oʻzidan paydo boʻlmaydi. Hattoki eng kichik

zarrachaning ham yaralishida nimadir turtki yoki taʼsir koʻrsatgan boʻlsa kerak,

hoynohoy. Bu fikrni sheʼriyatga muqoyasa qilsak, koʻngil tuygʻularining yaralishi

qalbu shuurimizni junbushga kelarli darajada hayajonga solsa, tasavvurimizni boshqa

– nomaʼlum bir olam sinoatlarining mantiqini anglashga daʼvat etsa, demak, ushbu

hodisaga shoir oʻz maqsadlarini toʻliq singdira olganligi, ayni paytda, “xos ohang”ni

tanlay bilganligi ayonlashadi. Shoir – soʻz tanlaydi. Soʻzning ruhi va kishi koʻngliga

taʼsir etuvchi jihatlari rang-barang va serjilo boʻlgandagina haqiqiy sheʼr boʻla oladi.

Negaki, sheʼr shoir anglagan, his qilgan olamning mevasi. Bu olamga kirib borish

bizni nafaqat ijodkor olamiga yaqinlashtiradi, balki dunyoning sir-sinoatlarini

tushunishga zamin hozirlaydi. Ruhiyatning cheksiz imkoniyatlari borligidan ogoh

etadi. Muhimi, uni qanday va qay tariqa ifodalay bilishda deb oʻylayman.

O‘zbek she’riyatining osmonidagi yorqin bir yulduz, o‘ziga xos ovoz egasi

Iqbol Mirzoning dastlabki she’riy to’plamlari “Yurakning shakli”, “Ko‘ngil”, “Seni

sog‘inaman” kabi ixcham to’plamlari edi. So‘ng o‘ndan ortiq kitoblari chiqdi.

Oshiqlik, ishq motivi – Iqbol ijodining ilk bosqichiga xos. Shunday she’rlarida uning


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

185

ko‘ngli, yuragining shakli, sog‘inchi namoyon bo‘ladi.

1

Inson tafakkuri tiniq, ruhi

salomat bo‘lmasa, o‘tkinchi dunyoning shafqatsiz taloto‘plari ichra izsiz yo‘qolishi,

bamisoli charxpalakdek tez aylanayotgan tirikchilik tegirmonida maydalanib ketishi

hech gapmas. Zero, ishq-muhabbatni kuylagan, shu orasta tuyg‘uni qadrlagan

she’riyat go‘zal bo‘ladi. Chunki odam farzandi “hamisha bir hisga asir ekan” (Abdulla

Oripov ta’biri). Haqiqatan, muhabbat inson vujudidagi bebaho gavhardir. Jahon

adabiyoti, umuman, insoniyat yaratilgandan to hozirgacha har kim uchun eng latif,

qiziq va eng hayajonli mavzu bu – muhabbatdir. Muhabbatdan ayro asar – kemtik,

ishqdan ayro ko‘ngil – yetim. Ishq yonida hijron, visol va sog‘inchlar ham bor.

Yelkamga yuk tashladi osmon,

Bu azoblar qo‘ygaymi omon?!

Tushun, seni sog‘indim yomon,

Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas.

Yor sog‘inchi qalbga tiriklik suvini olib kiradi; hissiz yurak tosh qotadi. Sevgi

satrlari – Iqbol she’rlarining o‘qildizi. Ayniqsa, yoshlikning qaynoq pallalarida

yozgan har bir she’rida ayni mavzu badiiy talqin etiladi. Umid va e’tiroz, o‘pkalanish

va chorlov, ikkilanish va quvonish, dadillanishu duduqlanish – bularning barchasi

ishq dardiga mubtalo odam ko‘ngil holatining kontrast sifatlari. Mavlono Abdulla

Qodiriyning nurli qahramoni Mirzo Anvar fikricha: “Ishq davomi, avom o‘ylagancha,

vasl emas – hajrdir”

2

. Zero, vasl ishq o‘tini so‘ndirguvchi, hajr esa kamolatka

erishdirguvchidir”. Iqbol Mirzo o‘sha tuyg‘uni qat’iy qilib:

Bulutlar uchrashdi chaqmoqlar otib,

Chaqmoq – sog‘inchlarning oydin gulimi?

Yomg‘ir shivirladi to‘kilayotib:

Visol – muhabbatning go‘zal o‘limi,

3

deb yozadi.

Iqbol Mirzo ijodida muhabbat mavzusidagi she`rlarning ajoyib namunalarini

uchratish mumkin. Masalan, Iqbol Mirzoning «Farishta», «Yonimga kel, yorim»,

1

Bahodir Karimov. Yoshlik jurnali.2017 9-son

2

Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”2019

3

Iqbol Mirzo.Sizni kuylayman.-Toshkent,2007.-B.72


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

186

«Seni sog’inib», «Istaysizmi-yo`qmi», «Muhabbat», «Ko`nglingda nima bor?», «Seni

bugun ko`rmasam bo`lmas» kabi she`rlarida sof-samimiy,, pokiza muhabbat, unga

intilish

va shu orqali tozargan qalb

, ruhi poklangan jism, botini harirlashgan

banda,

majoziy muhabbatdan ilohiy ruh

, ilohiy go`zallik izlagan inson tasviri

gavdalanadi. Bu she`rlarning ayrimlari qo`shiq sifatida ijro etilib xalq qalbidan joy

olishga ham ulgurgan. Hamma zamonlardagi kabi davrimiz she`riyatida ham

muhabbat mavzusi o`zining etakchilik mavqeini saqlab qoldi, yangidan yangi ijod

namunalari hisobiga kengaydi. Muhabbat mavzuidagi she`rlar zamirida yotgan

badiiy-falsafiy yuk ramziy ishora va obrazli ifodalarga boy bayon tarzi bilan yanada

teran ma`no kasb etdi. Shuningdek, mumtoz she`riyatimizda

mavjud ilohiy va

majoziy ishq

, yor jamolining Alloh jamoli tajallisi ekanligi, oshiq o`zini ma`shuqa

bilan bir deb bilishi kabi tasavvufiy g’oyalar aks etgan she`rlarining tez-tez ko`zga

tashlanib turishi ham bugungi o`zbek she`riyati uchun xos yana bir xususiyatdir.

Iqbol Mirzoning “Chorlasang” sarlavhali she’rida serjilo badiiyat va go‘zal

tashbehlar o‘z ifodasini topgan. Ushbu she’rdan o‘rin olgan “Ismimni tutmasang

qushligim bekor”, “Men bilan qo‘shilib qariydi bahor”, “Men qayga qo‘yay bu ulkan

bahorni”, “Bilaman, qismatim ko‘zingdek qaro” kabi misralar shoir qalamining

sehridan dalolat. Ijodkorning she’riy namunalarida “Sizni men o‘zimdan asradim”,

“Yuragimga egizak qiz”, “Jon saqladim sizni etib yod” kabi quyma satrlarga duch

kelamiz. Shoir “Ariqlar yuzida” sarlavhali she’rida shunday yozadi:

Muzlar quchog‘ida isindi vido,

Uzilgan tor kabi ajralishdik biz.

Siz mag‘rur ketdingiz uygacha, ammo

Nechun yig‘lab bordi etiklaringiz?...

4

Yuqorida qalamga olingan bandda shoir oshiqlarning ayrilig‘ini torning

uzilishiga qiyoslaydi. Vidodan entikib, “yig‘lab borayotgan etiklar” tasviri beixtiyor

4

Iqbol Mirzo.Sizni kuylayman.-Toshkent,2007.-B.69.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-18

Часть–8_ Январь –2025

187

ko‘nglimizda titroq uyg‘otadi. Bu ilohiy dardni o‘z qalbimizda his qilamiz.

She’riyatning asl mohiyati ham shunda emasmi? Axir she’riyat butun bir

insoniyat quvonchini, dardini, baxtini, iztirobini o‘zida mujassam etib, unga

oshno bo‘lgan har bir inson qalbida ana shu hislarni uyg‘otadi va bu bilan qalbni

poklaydi. Ijod va mutolaa, chin ma’noda, ruhiy poklanish demakdir. Iqbol Mirzo

she’riyati ham kitobxonlar qalbida yuksak tuyg‘ularga bo‘lgan cheksiz hurmat va

ehtirom tuyg‘usini shakllantirib, qalblarni poklikka undaydi

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Iqbol Mirzo.Sizni kuylayman.-Toshkent,2007.-B.69.

2.

Bahodir Karimov. Yoshlik jurnali.2017 9-son

3.

Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon” ,Sharq nashriyoti,2018