MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
340
OMBOR-TRANSPORT JARAYONLARINI LOYIHALASH
Muhammadjanov Bekzod Baxtiyor o`g`li
Andijon Mashinasozlik Instituti
Transport logistikasi yo`nalishi K-102-21-guruh talabasi
Azimov Azizbek Abdusamad o`g`li
Andijon Mashinasozlik Instituti
Transport logistikasi yo`nalishi K-102-21-guruh talabasi
Toshmatov Diyorbek Baxtiyorjon o`g`li
Andijon Mashinasozlik Instituti
Transport logistikasi yo`nalishi K-102-21-guruh talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada Ombor-transport jarayonlarini loyihalash,
moddiy oqimlarni tashkil qilish, Avtomatlashtirilgan transport omborxona moddiy
oqimlarini tashkil qilish, Ombor operatsiyalarini avtomatlashtirish va ularni
rivojlantirish to`g`risida ma`lumotlar berilgan.
Kalit so`zlar: Omborxona, moddiy oqim, avtomatlashtirish, ortish-tushirish,
taqsimot, logistik funksiya.
Transport omborxona moddiy oqimlarini tashkil qilish majmualari kompleks-
mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan turlarga bo‘linadi. Kompleks
mexanizatsiyalashtirilgan majmua tarkibiga qabul qilish - foydalanish tizimchasi,
mexanizatsiyalashtirilgan tartibda yukni qayta ishlash uchun mashina va uskunalar
majmui bilan jovon moduli, yukni uzatish uchun omborxona terminali kiradi[1-3].
Avtomatlashtirilgan transport omborxona moddiy oqimlarini tashkil qilish
majmuasiga quyidagilar kiradi:
- Ko‘tarish - transport vositalari majmuasi va avtomatlashtirilgan boshqaruvning
joylashtirilgan tizimi bilan avtomatlashtirilgan jovon moduli;
- avtomatlashtirilgan tarzda faoliyat ko‘rsatuvchi ko‘tarish transport uskunalari
majmuasi bilan avtomatlashtirilgan jovon moduli.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
341
Avtomatik omborxona agregat - transport majmualariga quyidagilar kiradi:
- Ortish - tushirish va transport vositalar bilan avtomatik boshqariluvchi
omborxona majmualari;
- avtomatik boshqariluvchi omborxona majmualari, ombor - avtomatlar.
Eng ko‘p foydalanuvchi omborxona uskunalariga kiruvchi asosiy jovonlar:
- bir joyda turuvchi;
- aylanuvchi;
- elevatorli;
- konteynerli;
- harakatlanuvchi;
- gravitatsion[4].
Omborxona uskunalariga kiruvchi, sochiluvchi, suyuq va boshqa yuklarni saqlash
vositalari quyidagilarga bo‘linadi:
- yassi va qutichalardan iborat bo‘lgan bunkerlar;
- yer usti idishlari;
- yer osti idishlari.
Omborlarning o‘lchovi va dozalarga ajratuvchi uskunalar logistik tizimda texnik
ta’minotning alohida guruhini tashkil qiladi. Hozirgi vaqtda tarozilar quyidagi guruhlarga
bo‘linadi:
- platformalar uchun;
- avtomobillar uchun;
- vagonlar uchun;
- yuk kranlari uchun;
- konveyerlar uchun.
Barcha ko‘tarish - transport vositalari vazifalarini bajarishiga muvofiq besh
guruhga bo‘linishi mumkin:
- yuk kranlari;
- ko‘targichlar;
- transport vositalari;
- yukni ushlab turuvchi moslamalar;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
342
- transmanipulyatorlar[5-7].
Yuk kranlariga ko‘prikli, echkisimon, o‘zi yurar, port, minorali va konusli kranlar
kiradi.
Ko‘prikli kranlar bir balkali tirab turiladigan, bir balkali osma, ikki balkali
umumiy, ikki balkali maxsus bo‘lishi mumkin; echkisimon kranlar esa kanalli va kanalsiz
bo‘lishi mumkin. Ko‘prikli va echkisimon kranlar yengil, o‘rtacha, og‘ir rejimli, bir ilgakli
va ikki ilgaklilarga bo‘linadi.
O‘ziyurar kranlar avtomobilan yemir yo‘l va siqilgan havo bilan yuradiganlarga
bo‘linadi[8-10].
Konusli kranlar aylanuvchi va harakat qiluvchi bo‘lishi mumkin.
Transmanipulyatorlar pol ustidagi, tayanchli va osma transport va osma mexanizmlarga
bo‘linadi. Bundan tashqari pol ustidagi transmanipulyatorlar guruhiga quyidagilar kiradi:
- portlashdan himoyalangan elektr ortgichlar;
- oddiy qilib bajarilgan elektr ortgichlar;
- elektr shtabellar.
Transport vositalari o‘z ichiga transport - taqsimot vosita pol ustidagi vositalarni
oladi. Transport - taqsimot vositalariga konteynerlar va taqsimot vositalari kiradi.
Konstruktiv belgilarga muvofiq konveyerlar quyidagilarga ajraladilar: burama,
lentasimon, gordinsimon, echkisimon, osma, mahkamlangan, g‘ildirakchali, plastic[11-
13].
Yukni ushlab turuvchi moslamalar ko‘tarish - transport vositalarining alohida turi
sifatida ularning vazifasi va turiga muvofiq quyidagilarni o‘z ichiga oladi: donali yuklarni
ko‘tarish uchun; sochiladigan yuklar uchun; uzun metall prokati uchun; konteynerlar
uchun; qurilish va yog‘och yuklari uchun; ko‘p navli mahsulotlar uchun. Mavjud
turkumlashga muvofiq logistik tizim texnik ta’minlanilishi vositalarning ko‘p sonli
guruhlari yordamchi, ko‘pincha omborxona va ko‘tarish -transport uskunalari yuqori
darajada faoliyat ko‘rsatadigan uskunalardan tashkil topadi.
Omborlar bir-biridan farq qilishiga qaramay, deyarli bir xil logistik
funksiyalarni bajaradi:
-
moddiy zaxiralarni joylashtirish va saqlash;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
343
-
moddiy oqimlarni qayta ishlash;
-
logistik servis va xizmat ko‘rsatishni ta’minlash.
Har qanday ombor, kamida, uch xil moddiy oqimlarga ishlov beradi:
kiruvchi, chiquvchi va ichki[14-16].
Kirayotgan moddiy oqimlar transportdan tushiriladi, miqdori va sifati
tekshiriladi. Chiquvchi oqim esa, albatta yuklanadi. Ichki oqimlar korxona ichida bir
joydan boshqasiga ko‘chiriladi.
Moddiy oqimlarni o‘zgartirish- ularga ishlov berish orqali yangi ko‘rinishga
keltirishdir, masalan, qoplash yoki qadoqlash va hokazo.
Endi har xil omborlar bajarishi mumkin bo‘lgan vazifalarni ko‘rib
chiqaylik.
Korxonaning tayyor mahsulot omborida ular to‘planishi va taxlanishi,
saqlanishi, navlarga ajratilishi yoki qo‘shimcha ishlov berilishi, markirovka qilinishi,
ortishga tayyorlanishi va ortilishi mumkin.
Iste’molchi korxonalarning xomashyo omborlari yuklarni qabul qiladi,
navlarga ajratadi, saqlaydi va ishlab chiqarish uchastkalariga yuborishga tayyorlaydi.
Ulgurji vositachi firmalarning omborlari yuqorida sanab o‘tilgan
vazifalardan tashqari quyidagi vazifalarni ham bajaradi;
-
tovarlarning bir joyda to‘planishini ta’minlash;
-
mahsulotlarni komlektlash va tanlash;
-
kichik partiyalarda tovarlarni iste’molchi korxonalarga yetkazish va
xokazo[17].
Omborlarning logistik funksiyalari logistk operatsiyalarni bajarish
davrida namoyon bo‘ladi. Omborlar juda ko‘p turlarga ajratilganligi sababli, logistik
funksiyalari farqlanishiga qaramay, ba’zi o‘xshashliklari ham mavjud. Har qanday
omborlar quyidagi tartibda ishlaydi:
- transportdan tushirish;
- tovarni qabul qilib olish;
- joylashtirish va saqlash (taxlash);
- saqlash joyidan tovarni tanlab olish;
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–1_ Январь –2025
344
- tovarlarni butlash va qadoqlash; - yuklash va boshqalar[18].
ADABIYOTLAR
1.
Gaffarov Makhammatzokir Toshtemirovich , Nasirov Ilham Zakirovich ,
Sobirova Tursunoy Abdipatto kizi , Hakimov Mavlonbek Solijon ugli. (2023).
Recovery Of Fines From Drivers Of Foreign Vehicles.
Journal of Pharmaceutical
Negative Results
https://doi.org/10.47750/pnr.2023.14.03.446.
2.
Nasirov
Ilkham
Zakirovich-
Ph.D.,
Gaffarov
Mukhammadzokir
Toshtemirovich , Doctoral Student. (2023). Consequences Of Complete And
Undercombustion Of Fuel.
Journal of Pharmaceutical Negative Results
, 3597–3603.
https://doi.org/10.47750/pnr.2023.14.03.448.
3.
Malokhatkhon
Karimovna
KOSIMOVA,DavlatkhonKarimovna
MUQIMOVA,Ilham Zakirovich NASIROV,BahodirjonZakirovich NOSIROV.
WELDING MATERIALS USED IN THE RECOVERY OF CORRODED
DETAILS IN THE CONTACT WELDING METHOD
//
Eur. Chem. Bull.
2023,12(5),
1657-1662.
DOI:
https://doi.org/10.47750/pnr.2023.14.03.446.
https://eurchembull.com/uploads/paper/5aa8cc7f80ab74316113aca9aab7cb42.pdf.
4.
NASIROV ILXAM ZAKIROVICH, NURDINOV MURODALI
ALIJONOVICH,
GAFFAROV
MUKHAMMADZOKIR
TOSHTEMIROVICH, XAYDAROV MURODJON AKBARALIYEVICH,
TO'RABOYEV HOLMUROD RUSTAMJON O'G'LI. CONDUCTING
LESSONS IN INVENTIVE METHODS// The Seybold Report- Seybold
Publication, Box 644, 428 E. Baltimor Ave. Media, PA 19063. 227-234 p.
https://www.seyboldreport.org/issues
Nasirov Ilham Zakirovich, Nurdinov Murodali Alijonovich, Nosirov Bahodirjon,
Kuzibolaeva Dilnoza Tukhtasinovna, Obidzhonova Gulizebo Shukhratbek kizi.
EFFECT OF SYNTHESIS GAS SUPPLY ON ENGINE PERFORMANCE// MSW
MANAGEMENT -Multidisciplinary, Scientific Work and Management Journal.
ISSN: 1053-7899, Vol. 33 Issue 2, December – 2023, Pages: 125-132.
https://mswmanagementj.com/index.php/home/article/view/50