MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
426
BAHOR, MUHABBAT VA SADOQAT KUYCHISI
Mualliflar: Shodiyeva Sarvinoz
Vaxobjonova Guljaxon
Abduraimova Sabina
Sotivoldiyeva Nilufar
Annotatsiya: Maqolada buyuk shoira Zulfiyaning hayoti, ijodi va faoliyati
yoritilgan bo’lib, o’zbek adabiyotidagi o’rni atroflicha tahlil qilingan. Zulfiya
she’rlaridagi insonparvarlik, muhabbat va sadoqat kabi tushunchalar ochib berilgan.
Аннотация: В статье освещаются жизнь, творчество и
деятельность великой поэтессы Зульфии, подробно анализируется ее роль в
узбекской литературе. Раскрываются такие понятия, как человечность,
любовь и верность в стихах Зульфии.
Annotation: The life, work and activities of the great poetess Zulfiya are
covered in the article, and her role in Uzbek literature is analyzed in detail. Concepts
such as humanity, love and loyalty in Zulfiya's poems are revealed.
Tayanch so’zlar: Shoira, bahor, iqtidor, ijod, vatanparvar, mexnatsevar,
fidoiylik, sadoqat, hushmuomila, xalqaro.
Ключевые слова: Поэт, весна, талант, творчество, патриот,
трудолюбивый, самоотверженный, верный, вежливый, интернациональный.
Key words: Poet, spring, talent, creativity, patriot, hard-working, dedication,
loyalty, courtesy, international.
Zulfiya siymosi – o‘zbek she’riyatida bahor, muhabbat va sadoqat kuychisi,
deb bejiz aytilmaydi. Zero, shoiraning hayoti har bir o‘zbek ayoliga ibrat bo‘ladigan
namunadir. Zulfiyaning butun ijodi – O‘zbekiston diyorining ilhom madhiyasi, inson
mehnati, sevgi va yerdagi adolat madhiyasidir. O‘zbek xalqining sevimli shoirasi,
taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilova 1915-yil 1-mart kuni Toshkentda hunarmand
oilasida tug‘ilgan. Shoira xotin-qizlar bilim yurtida o‘qigan vaqtlaridayoq adabiy
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
427
to‘garaklarda she’rlar mashq qila boshladi. 1935-1938- yillarda O‘zbekiston Fanlar
akademiyasining Til va adabiyot instituti aspiranturasida tahsil oldi. So‘ngra 1938-
1948-yillarda Bolalar nashriyotida muharrir, O‘zbekiston Davlat nashriyotida bo‘lim
boshlig‘i, 1950-1953-yillarda esa «O‘zbekiston xotin-qizlari» («Saodat») jurnalida
bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi. 1953-1980-yillarda esa bosh muharrir
bo‘lib ishladi. Zulfiya 17 yoshida yozgan «Xayot varaqlari» birinchi she’rlar to‘plami
bilan Oydin, Muzayyana Alaviya, Xosiyat Tillaxonovalar safiga kirib keldi.
Zulfiyaning ijodiy kamolotida o‘zbek va rus mumtoz adabiyoti, xalq og‘zaki ijodiyoti
va jahon adabiyoti an’analarining roli benihoya bo‘ldi. Shoira «She’rlar» va «Qizlar
qo‘shig‘i» kabi poetik asarlarini ona-Vatan va uning dala, cho‘llarida mehnat
qilayotgan paxtakorlar, mexanik, traktorchi qizlarning qaynoq hayotlariga
bag‘ishlaydi. Ayni chog‘da mazkur to‘plamlardagi she’rlari shoiraning she’riy
mahorat sirlarini egallayotgan davrini xarakterlovchi asarlar sifatida ham muhim edi.
Urush davrida shoiraning «Uni Farhod der edilar» (1943), «Hijron kunlarida» (1944)
kabi to‘plamlarining nashr etilishi Zulfiyaning peshqadam shoirlar qatoriga dadil
kirib kelayotganligidan nishona edi. To‘plamdagi she’rlar Vatanga muhabbat,
dushmanga nafrat va g‘alabaga ishonch ruhida yaratilganligi bilan xarakterlidir.
Zulfiyaning «Mening Vatanim», «Qo‘limda qurolu ustimda shinel», «Bizni kut» kabi
umidbaxsh she’rlari urush davri o‘zbek she’riyatining jangovar ruhini ifodalovchi
asarlar qatoridan o‘rin olgan. Shoiraning urushdan so‘nggi yillarda yozilgan «Dalada
bir kun», «Tong qo‘shig‘i» kabi bir qator she’rlar turkumi, «Men tongni kuylayman»,
«Yuragimga yaqin kishilar», «Kuylarim sizga» to‘plamlarida Vatan madhi, mehnat
jarayonida fidokorlik ko‘rsatayotgan kishilar hayoti jo‘shib kuylanadi. Uni
«So‘roqlaydi shoirni she’rim», «Oydin», «Quyoshli qalam» kabi ocherk va dostonlari
H.Hakimzoda, Oybek, Oydin, Hamid Olimjon kabi ustozlarning yorqin xotiralariga
bag‘ishlangan. Zulfiya Hamid Olimjonning «Semurg‘», «Zaynab va Omon»
dostonlari asosida pyesa va opera librettosini ham yaratgan. Zulfiya «Uylar»,
«Shalola» kabi she’riy majmualari uchun Hamza nomidagi respublika Davlat
mukofoti sovrindori bo‘lgan. Hind mavzuidagi she’rlari uchun Javoharlal Neru
nomidagi xalqaro sovrin, tinchlik va do‘stlikni tarannum etuvchi asarlari hamda
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-18
Часть–8_ Январь –2025
428
taraqqiyparvar Osiyo va Afrika yozuvchilari harakatidagi faol ishtiroki uchun xalqaro
«Nilufar» mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning she’rlari rus, ingliz, nemis, hind,
bolgar, xitoy, arab, fors va boshqa tillarga tarjima qilingan. Shoira Nekrasov,
Lermontov, V.Inber, Lesya Ukrainka, Edi Ognesvet, M.Dilboziy, Amrita Pritam
asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan tarjima qilgan. Afsonaviy o‘zbek shoiri Hamid
Olimjonning turmush o‘rtog‘i, hassos she’riyati bilan millionlab chin so‘z sehriga
shaydo qalblarni maftun etgan shoira 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi. 2004-yilda
mamlakatimizda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilgan. Ushbu mukofot
adabiyot, san’at, ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalarida muvaffaqiyatga erishgan
qizlarga har yili 8-mart bayrami arafasida taqdim etiladi. Bugungi kunga kelib,
izdoshlarining safi tobora kengayib borayotgani esa unga bo‘lgan muhabbat va iftixor
belgisidir. Shoira ijodida o‘zbek ayolining taqdiri katta o‘rin egallaydi. Uning
mamlakat hayotidagi faol o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Shoira she’rlarida ayollik
nafosatini tarannum etishdan charchamaydi. Zulfiya she’riyati tabiatga hamda
insoniyatga bo‘lgan jo‘shqin sevgi va mehr bilan burkangan. Misralarida tabiatni och
ranglarda, yorqin bo‘yoq va timsollarda tasvirlaydi. Olijanoblik, jasorat, xalq g‘ururi,
samimiy tuyg‘ular, zangori ranglar, kutilmagan yangi timsollar bilan yo‘g‘rilgan
lirikasi, kitobxon qalbiga ajib ko‘klamiy halovat baxsh etadi, insonning ezgulikka,
poklikka bo‘lgan ishonchiga ishonch qo‘shadi. Zulfiyaxonim o‘z she’rlarida asosan
o‘zbek ayollari, qizlarining baxt va tashvishlari haqida baralla kuyladi. Uning har bir
misrasi bahor bilan hamnafas. Bularni shoiraning eng mashhur she’rlari “Hulkar”,
“Men tongni kuylayman”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Mening bahorim” kabilarda
ko‘rish mumkin. Turmush sinovlari va adabiyot osmonida kechgan shoiraning hayot
yo‘li kelgusi avlodlar uchun ham chinakam sadoqat va vafo timsoli bo‘lib qolaveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Sultonova M., Ijod sahifalari, Toshkent, 1975; Zulfiya [bibliografiya],
Toshkent, 1977; Sultonova M., Zulfiya, Toshkent, 1985; Ibrohimov M., Quyoshli
sheʼriyat ijodkori, Toshkent, 1986; Ehtirom [nashrga tayyorlovchilar: Rahima
Shomansurova, Raʼno Rahmonova], Toshkent, 1995.
2.
Qayumov L. Shoira Zulfiya. Toshkent, Oʻzadabiynashr, 1965.