MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
95
BOLA VA ONANING REZUS FAKTORINI NOMUTANOSIBLIGI
Shahlo Sharipovna
Buxoro innavatsion talim va tibbiyot unversiteti o’qituvchisi
Tulanboyeva Shohsanam
Usmonova Zuhra
Buxoro innavatsion talim va tibbiyot unversiteti talabalari
Annotatsiya: Ushbu maqolada ona va bola o'rtasidagi rezus faktor
nomutanosibligi, uning homiladorlik va yangi tug'ilgan chaqaloqqa ta'siri,
diagnostika va davolash usullari muhokama qilinadi. Rezus faktor nomutanosibligi
homiladorlik davrida onaning immuniteti tomonidan homilaning qizil qon
hujayralariga qarshi antitanalar ishlab chiqarilishi natijasida yuzaga keladi. Bu
holat homilada gemolitik kasallik, sariqlik va boshqa asoratlarga olib kelishi
mumkin. Maqolada rezus faktor nomutanosibligining oldini olish va davolashning
zamonaviy usullari, jumladan immunoprofilaktika va prenatal diagnostika haqida
ma'lumot beriladi.
Kalit so'zlar: rezus faktor, nomutanosiblik, homiladorlik, yangi tug'ilgan
chaqaloq, gemolitik kasallik, antitanalar, immunoprofilaktika, prenatal diagnostika.
Аннотация: В этой статье обсуждается дисбаланс резус-фактора
между матерью и ребенком, его влияние на беременность и новорожденного,
а также варианты диагностики и лечения. Дисбаланс резус-фактора
возникает во время беременности в результате выработки иммунной
системой матери антител против эритроцитов плода. Это состояние
может привести к гемолитической болезни, желтухе и другим осложнениям у
плода. В статье представлена информация о современных методах
профилактики
и
лечения
дисбаланса
резус-фактора,
включая
иммунопрофилактику и пренатальную диагностику.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
96
Ключевые
слова:
резус-фактор,
дисбаланс,
беременность,
новорожденный, гемолитическая болезнь, антитела, иммунопрофилактика,
пренатальная диагностика.
Annotation: this article discusses the Rhesus factor imbalance between
mother and Child, its effects on pregnancy and newborn, and diagnostic and
therapeutic methods. Rhesus factor imbalance occurs during pregnancy as a result of
the production of antibodies against the red blood cells of the fetus by the mother's
immune system. This condition can lead to hemolytic disease, jaundice and other
complications in the fetus. The article provides information on modern methods of
prevention and treatment of Rhesus factor imbalance, including immunoprophylaxis
and prenatal diagnostics.
Keywords: Rhesus factor, imbalance, pregnancy, newborn, hemolytic disease,
antibodies, immunoprophylaxis, prenatal diagnostics.
KIRISH
Rezus-faktor (Rh) — odamlar va bengal makakalari eritrotsitlarida boʻladigan
antigen. Rezus-faktor bor yoki yoʻqligiga qarab rezusmusbat (Rh+ odamlarning 85%)
va rezusmanfiy (Rh— odamlarning 15%) organizmlarga ajratiladi. Qon quyishda
Rezus-faktorning amaliy ahamiyati katta. Rezusmanfiyli odamlarga rezusmusbatli
odamlarning qoni quyilsa yoki rezusmanfiyli ayolning homilasi rezusmusbatli boʻlsa,
immun kasallik (chaqaloqlarning gemolitik kasalligi va boshqalar) vujudga kelishi
mumkin. Bunday holatlarni aniqlash va davolash hozir yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.
Tugʻruq vaqtida, shuningdek, qon quyishda qon gruppasi kabi, Rezus-faktor ham,
albatta, hisobga olinishi shart.[1]
Inson
eritrositlarining
membranasi
300
dan
ortiq
turli
antigen
determinantlarni o’z ichiga oladi, ularning molekulyar tuzilishi xromosoma
lokusining mos keladigan gen allellari tomonidan kodlangan. Bunday allel va
lokuslarning soni hozirgi kunda aniq belgilanmagan.
«Qon guruhi» atamasi AB0 tizimida, masalan, A, B va 0 («nol») kabi turli xil
allel genlarni o’z ichiga olgan ayrim lokuslar tomonidan boshqariladigan eritrosit
antigenlar tizimlarini tavsiflaydi. «Qon turi» atamasi uning antigen fenotipini (to’liq
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
97
antigen «portret» yoki antigenik profilni) aks ettiradi — qonning barcha guruhli
antigen xususiyatlarining jamlanmasi, qon guruhining barcha naslga o’tuvchi
genlarining serologik ifodasi.
Inson qoni guruhining ikkita muhim tasnifi — AB0 tizimi va rezus-tizimdir.
Shuningdek boshqa antigenlarning 46 sinfi mavjud bo’lib, ularning
ko’pchiligi AB0 va rezus omillaridan kamroq uchraydi.
Qon guruhlarining tipologiyasi
AB0 tizimi
qon guruhi - AB0 tizimi
ABO tizimi qon guruhlari uchun javobgar bo’lgan H-antigen
oligosaxaridlarining tuzilishi
1900-yilda olim Karl Landshteyner tomonidan taklif qilingan. Ushbu
tizimning allel genlarining bir nechta asosiy guruhlari ma’lum: A1, A2, B va 0. Bu
allellarning gen lokusi 9-xromosomaning uzun yelkasida joylashgan. Dastlabki uchta
genning asosiy mahsulotlari — A1, A2, B genlar, lekin 0 genniki emas —
transferazalar sinfiga tegishli maxsus glikoziltransferaza fermentlari. Ushbu
glikoziltransferazalar maxsus saxarozalar — A1, A2 tip glikoziltransferaza holatida
N-asetil-D-galaktozamin, B-tipidagi glikoziltransferaza holatida esa D-galaktozani
tashiydi. Bu holda, uch turdagi glikoziltransferazalarning barchasi tashiydigan
uglevod radikalini kalta oligosaxarid zanjirining alfa-bog’lovchi halqasiga biriktiradi.
Ushbu glikoziltransferazalar uchun glikozilatsiyalash substratlari, xususan va
ayniqsa, eritrositlar membranasining glikoproteidlari va glikolipidlarining uglevodli
qismlari, juda kam darajada — organizmning boshqa to’qimalari va tizimlarining
glikoproteid va glikolipidlari hisoblanadi. Aynan A yoki B glikoziltransferaza
tomonidan eritrosit sirt antigenlaridan biri — agglyutinogenlarning u yoki bu
saxaroza (N-asetil-D-galaktozamin yoki D-galaktoza) bilan glikozilatsiyalanishi A
yoki B spetsifik agglyutinogenni hosil qiladi.
Inson qon plazmasida α и β agglyutininlar, eritrotsitlarda — A va B
agglyutinogen mavjud bo’lishi mumkin, muhim tomoni, qonda A va α oqsillardan
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
98
bittasi va faqat bittasigina mavjud bo’ladi, huddi shu narsa B va β oqsillari uchun ham
tegishli.
Shunday qilib, to’rtta mumkin kombinatsiya mavjud; ularning qay biri
ma’lum bir shaxsga xosligi kishining qon guruhini belgilaydi:
α va β: birinchi qon guruhi (0);
A va β: ikkinchi qon guruhi (A);
B va α: uchinchi qon guruhi (B);
A va B: to’rtinchi qon guruhi (AB).
Rh tizimi (rezus-tizim)
Qon rezusi — qizil qon hujayralari (eritrotsitlar) yuzasida joylashgan antigen
(oqsil). U 1940-yilda Karl Landshteyner va A. Veyner tomonidan kashf etilgan.
Yevropaliklarning 85 foizi (hindu va osiyoliklarning 99 foizi) rezusga ega, shuning
uchun ular rezus-musbatdir (Rh+). Rezusi bo’lmagan qolgan 15% (afrikaliklarning 7
foizi) kishilar rezus-manfiy (Rh—) hisoblanadi. Qon rezusi immunizatsiyalangan ona
va homila eritrotsitlarining rezus-konflikti oqibatida yangi tug’ilgan chaqaloqda
gemolitik sariqlik (sariq kasallik) shakllanishida muhim rol o’ynaydi.
Qon rezusi murakkab tizim bo’lib, u son, harf va belgilar bilan nomlanadigan
40 dan ortiq antigenni o’z ichiga oladi. Eng ko’p D (85%), C (70%), E (30%), e (80%)
tur rezus-antigenlar uchraydi — ular shuningdek eng sezilarli antigenlikka ega. Rezus
tizimi odatda bir xil agglyutininlarga ega emas, ammo ular rezus-manfiy qonli kishiga
rezus-musbat qon quyilganda hosil bo’lishi mumkin.
ASOSIY QISM
Ko`pchilik qonning rezus faktori nima ekanini biladi (ya`ni musbat va manfiy
qon guruhi), garchi kundalik turmushimizda bu narsaning bor-yo`qligi bizga
sezilmasa-da. Ammo homiladorlik paytida «rezus ziddiyat» degan bir masala
ko`ndalang chiqadi. Chunki ota-ona va bolaning qon rezus faktorlari mos kelmasligi
oqibatida ko`plab muammolar yuzaga kelishi mumkin. Bugun ana shu masalani
muhokama qilamiz.
Sabablar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
99
Rezus-faktor – bu antigen (oqsil) bo`lib, u qizil qon tanachalari –
eritrositlarning ustida joylashgan bo`ladi. U bor bo`lishi (musbat) va yo`q bo`lishi
(manfiy) mumkin. Tibbiy statistikaga binoan, 85 foiz insonlarda qon rezus-faktori
musbat, ya`ni qizil qon tanachalari ustida o`sha biz aytgan antigen (oqsil) mavjud
(musbat rezus faktorli qon), 15 foiz insonlarda esa u mavjud emas (manfiy rezus
faktorli qon).
Xavf nimada?
Homiladorlik paytida ona manfiy, homila esa musbat rezus faktorga ega
bo`lsa, onaning manfiy rezus faktorli qoni tarkibiga bolaning musbat rezus faktorli
eritrositlari tushadi. Shunda onaning qoni bolaning qonini begona narsadek qabul
qilib, unga qarshi kurashish uchun antitanachalar ishlab chiqara boshlaydi. Bu
antitanachalar bolaning eritrositlarini yo`qotib yuborishga kirishib ketadi. Bu jarayon
davomida homila qoni tarkibida ko`p miqdorda bilirubin moddasi paydo bo`ladi, u
esa bo`lajak farzandning miyasini emiradi. Shuningdek, homila eritrositlari to`xtovsiz
emirilishi natijasida uning jigari va talog`i yangi eritrositlar ishlab chiqarishga zo`r
beradi, bundan u a`zolarning o`zi zo`riqib, hajman kattalashib qoladi. Oxir oqibatda
ular eritrosit tanqisligini qondirolmaydi. Homilada kislorod chanqoqligi yuzaga
keladi, bu esa o`z navbatida boshqa qator muammolarni keltirib chiqaradi. Vaziyat
juda og`ir bo`lsa, ish homilaning o`limi bilan yakunlanishi mumkin.
Kimlarda bo`lishi mumkin?
Rezus-faktor nasldan naslga o`tgani bois faqat bo`lajak ona qoni manfiy (Rh-
), ota esa musbat (Rh+) rezus faktorli bo`lganida rezus ziddiyat muammosi yuzaga
kelishi mumkin. Bunda 75 foiz hollarda ona va homila o`rtasida rezus-ziddiyat yuzaga
keladi.
Xo`sh, unda manfiy rezus faktorli ayol musbat rezus faktorli erkak bilan oila
qurmasligi kerakmi? Aslo unday emas.
Bunday juftlikda birinchi homiladorlik odatda muammosiz kechadi. Agar
ayol avval musbat rezusli qon bilan to`qnash kelmagan bo`lsa (ya`ni avval musbat
rezusli homilasi bo`lmagan, unga musbat rezusli qon quyilmagan va h.k.), demak,
uning qonida musbat rezusli qonga nisbatan antitanachalar ham yo`q («birinchi
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
100
uchrashuv»-da bu). Shu sababli birinchi martada antitanachalar kam miqdorda ishlab
chiqariladi va u homilaga zarar etkazmaydi. Ammo ayol organizmidagi «xotira
xujayralari» musbat rezus-faktorli eritrositlarni yaxshi eslab qoladi va keyingi
homiladorlikda endi ularga qarshi ko`plab antitanachalar ishlab chiqara boshlaydi.
Eritrositlar muvofiqligi jadvali
Retsipient
Donor
O(I)
Rh−
O(I)
Rh+
A(II)
Rh−
A(II)
Rh+
B(III)
Rh−
B(III)
Rh+
AB(IV)
Rh−
AB(IV)
Rh+
O(I) Rh− +
O(I) Rh+
+
+
A(II) Rh− +
+
A(II) Rh+ +
+
+
+
B(III) Rh− +
+
B(III) Rh+ +
+
+
+
AB(IV)
Rh−
+
+
+
+
AB(IV)
Rh+
+
+
+
+
+
+
+
+
Qon rezusi mos kelmagan homiladorlikning qanday yakunlangani ham
ahamiyatga ega. Agar homila tushgan bo`lsa, demak, ona qonida antitanachalar ishlab
chiqarilishi faqat 3-4 foiz hollarda ro`y beradi. Tibbiy abortdan keyin esa bu
ko`rsatkich 5-6 foizni, bachadondan tashqaridagi homiladorlikda taxminan 1 foizni,
risoladagidek kechgan va tug`ruq bilan yakunlangan homiladorlikda esa 10-15 foizni
tashkil etadi. Xullas, hammasi ona qoniga homilaning qancha miqdordagi eritrositi
o`tishiga bog`liq.
Choralar
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
101
Ayollar maslahatxonalarida, albatta, bo`lajak onaning qon rezus-faktori
tekshiriladi. Agar u manfiy chiqsa, otaning rezus faktorini aniqlashga to`g`ri keladi.
Rezus-ziddiyat xavfi tug`ilganda (ya`ni onaniki manfiy, otaniki musbat rezus faktor
bo`lsa), ayolning qoni tarkibida musbat rezus faktorli eritrositlarga nisbatan
antitanachalar bor-yo`qligi, agar bo`lsa, qancha miqdordaligi tekshiriladi. Bu
tekshiruv bir necha bor o`tkaziladi (homiladorlikning 32-haftasigacha oyda bir, 32–
35 haftalarda oyda ikki marta, 36-haftadan boshlab har hafta), ya`ni ona qonidagi
antitanachalar miqdori muntazam nazoratda ushlab turiladi.
Ona qoni tarkibidagi antitanachalar miqdoriga qarab, shifokor rezus-ziddiyat
ehtimolini baholaydi va kerak bo`lganda zarur choralar ko`radi. Bundan tashqari
chaqaloq tug`ilishi bilan uning qoni rezus-faktorga tekshiriladi. Agar u musbat bo`lsa,
onaga tug`ruqdan 72 soat o`tmay turib antirezus zardobi (antirezus immunoglobulini)
yuborilishi kerak. Bu keyingi homiladorlikda rezus-ziddiyatning oldini oladi. Xuddi
shunday, bachadondan tashqari homiladorlik, bola tushishi, tibbiy abort, ayolga
musbat rezus faktorli qon quyilishi, trombosit massa quyilishi, plasenta ko`chishi,
homilador ayolning jarohatlanishi kabi amaliyotlardan keyin ham 72 soat ichida shu
usul qo`llanadi.
Davolash
Agar homilador ayolda bola eritrositlariga nisbatan antitanachalar topilsa va
ular soni ortib borayotgani aniqlansa, bu ona va bola qoni rezus-ziddiyati yuzaga
kelganini bildiradi. Bunday vaziyatda maxsus perinatal markazga yotib, davo
choralarini qo`llash kerak. U erda ona va homila muntazam tibbiy nazoratda
bo`lishadi.
XULOSA
Yer yuzidagi aholining 15 foizida rеzus manfiy (Rh-) bo‘lib, bu ayollar
orasida homiladorlik borasida ko‘plab noto‘g‘ri tushunchalar mavjud. Toshkеntdagi
IMC (Isroil tibbiyot markazi) shifokorlari ushbu holatda qanday yo‘l tutishni yaxshi
bilishadi. Quyida homilador ayol rеzus-konflikt haqida xavotir olayotgan bo‘lsa, nima
qilish kеrakligi bosqichma-bosqich bayon qilinadi.
1-bosqich. Kеlayotgan bolaning otasining rеzus-faktorini bilib olish
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
102
Agar otaning rеzus faktori ham manfiy bo‘lsa (Rh-), xavotirga o‘rin
yo‘q. Bunday vaziyatda rеzus-konflikt yuzaga kеlmaydi, chunki bola rеzus manfiy
bo‘lib tug‘iladi.
Agar otaning rеzus faktori musbat (Rh+) yoki noma’lum bo‘lsa, rеzus-
konflikt xavfi mavjud. Ammo bu faqat bolada rеzus musbat bo‘lsa sodir bo‘ladi. Agar
bola onasidan rеzus manfiyni mеros qilib olsa, hech qanday muammo yuzaga
kеlmaydi.
Oldinroq shifokorlar bolaning rеzus-faktorini tug‘ilganidan so‘ng aniqlash
imkoniga ega edilar. Hozirda esa homiladorlik paytida, RHD gеnini tahlil qilish
orqali, bolaning rеzusini aniqlash mumkin.
Ushbu tahlil haqida:
Aniqlik darajasi: 96,5–100%.
Tahlil homiladorlikning 11–13 haftalarida amalga oshiriladi.
Tahlil uchun homilador ayolning qoni olinadi.
Homiladorlik davrida rеzus-mos kеlmaslik qanday yuzaga kеladi?
1.
Otaning rеzus-faktori musbat (Rh+).
2.
Homilador ayol rеzus manfiy (Rh-), bolaning rеzusi esa musbat (Rh+).
3.
Tug‘ruq jarayonida Rh+ bolaga tеgishli qon hujayralari onaning qoni
bilan aralashadi.
4.
Onaning immun tizimi «begona» qon hujayralariga qarshi antitanalar
ishlab chiqara boshlaydi.
5.
Kеyingi homiladorlikda Rh+ bola bo‘lsa, onaning antitanalari bolaning
eritrotsitlariga hujum qiladi.
Rеzus-konfliktning bu jarayoni onaning va bolaning salomatligi uchun xavf
tug‘dirishi mumkin. Shu sababli, homiladorlikni doimiy nazorat qilish va zarur
tahlillarni o‘z vaqtida topshirish juda muhim.
2-bosqich. Antitanalarni aniqlash uchun tahlillar topshirish
Rh+ bolaga tеgishli eritrotsitlar Rh- bo‘lgan homilador ayolning qoniga
tushishi mumkin. Ayolning immun tizimi bu hujayralarni «begona jismlar» sifatida
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
103
qabul qilib, ularga qarshi antitanalarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu jarayon
quyidagi holatlarga olib kеladi:
Antitanalar platsеntar to‘siq orqali o‘tadi
va bolaga qarashli
eritrotsitlarni buzadi.
Eritrotsitlar sonining kamayishi
natijasida bolada gipoksiya (kislorod
еtishmovchiligi) rivojlanadi.
Eritrotsitlarning parchalanishi natijasida
biliburin ajralib chiqadi
, bu
modda toksik hisoblanadi.
Bolada jigar, taloq va boshqa organlarning kasalliklari rivojlanish xavfi
ortadi.
Ushbu belgilar majmuasi – eritroblastoz rivojlanayotganining
signali.
Eritroblastozning rivojlanish ehtimoli tug‘ruqdan oldin ham, bola
tug‘ilganidan keyin ham mavjud bo‘lishi mumkin. Shu sababli,
antitanalarning
shakllanishi boshlanishini o‘z vaqtida aniqlash juda muhimdir.
Rh- bo‘lgan
homilador ayollarga ikki marta tahlil topshirish tavsiya etiladi:
Birinchi marta 19-haftada.
Agar natijalar salbiy bo‘lsa, yana 28-haftada.
Antitanalar onaning qonidan bolaga o‘tadi va ularning eritrotsitlarini
buzadi. Bu jarayon platsenta orqali amalga oshadi. Eritrotsitlarning kamayishi tufayli
bola gipoksiyadan aziyat cheka boshlaydi, bu esa kislorod yetishmovchiligi holatini
keltirib chiqaradi.
Eritrotsitlar parchalanishi davomida toksik mahsulot – bilirubin ajralib
chiqadi. Bu modda organizm uchun zararli bo‘lib, bolaning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Jigar va taloq kabi organlar to‘qimalarida eritrotsitlarning ko‘payishi
kuzatiladi, bu esa ushbu organlar rivojlanishida patologik holatlarni keltirib chiqarishi
mumkin.
Rezus-antitanalar aniqlanmagan holatda homiladorlikning 28–30-
haftalarida ayolga immunoglobulin inʼyektsiya qilish orqali kiritiladi. Bu
protseduradan keyin,
antitana aniqlash uchun tahlillar topshirish zarurati yo‘q.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
104
Rezus-antitanalar aniqlangan holatda homilador ayolni sinchkov kuzatuv
ostida ushlash zarur. Mutaxassis quyidagi maʼlumotlarni kompleks baholashi kerak:
Antitanalar soni va ularning ko‘payish tezligi.
Ultratovush (UTT) diagnostikasi natijalari.
Mazkur choralar
rezus-konfliktning homila va ona sog‘lig‘iga
taʼsirini kamaytirish
va sog‘lom homiladorlikni davom ettirishga yordam beradi.
Rezus-konfliktning ona va bola uchun oqibatlari
Antitanalar
aniqlanmagan
va immunoprofilaktika
o‘z vaqtida
o‘tkazilgan bo‘lsa, homiladorlikning keyingi davri odatda muvaffaqiyatli kechadi.
Agar antitanalar mavjud bo‘lsa, yaxshi natijaga erishish ehtimoli bor, lekin baʼzi
asoratlar xavfi ham mavjud.
Muhim eslatma!
Immunoprofilaktika quyidagi holatlarda ham amalga
oshiriladi:
Xorion villus biopsiyasi;
Amniotsentez;
Qorin jarohatlari;
Qon ketishlari;
Ichki homila operatsiyalari;
Tashqi akusherlik burilishi.
Ushbu vaziyatlar
antitanalar hosil bo‘lishini qo‘zg‘atishi mumkin
, chunki
homila eritrotsitlari onaning qon oqimiga kirishi ehtimoli mavjud. Shuning uchun
bunday hollarda ehtiyotkorlik bilan kuzatuv talab etiladi.
3-bosqich. Rezus-konfliktning oldini olish
Bola tug‘ilgach, uning rezus-faktori aniqlash uchun qon tahlili o‘tkaziladi.
Agar bolada
rezus manfiy
aniqlansa, hech qanday qo‘shimcha chora-tadbirlar kerak
bo‘lmaydi. Ammo agar bolada
rezus musbat
bo‘lsa, ayolga immunoglobulin yana
bir bor yuboriladi (xuddi homiladorlikning 28-30 xaftalarida bo‘lgani kabi). Bu
keyingi homiladorliklarda rezus-nomutanosiblikning rivojlanishini oldini olishga
yordam beradi.
Keyingi homiladorliklarda rezus-konflikt qanday yuzaga keladi?
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
105
Rezus-konflikt
ko‘pincha birinchi homiladorlikda kuchsiz ifodalanadi
yoki umuman bo‘lmaydi.
Buning sababi shundaki, birinchi marta onaning tanasiga
begona
oqsil
kirganda,
antitana
miqdori
kam
bo‘ladi.
Ammo keyingi
homiladorliklarda onaning immun tizimi
antigenni «eslab qoladi»
va antitanalar
intensiv ishlab chiqariladi. Shuning uchun
qarshi-rezus immunoglobulin
bola
tug‘ilgandan keyin uch kun ichida ona organizmiga inʼyektsiya orqali kiritilishi shart.
Muhim eslatma!
Manfiy rezusli ayollarga qarshi-rezus immunoglobulin
quyidagi holatlarda ham kiritilishi kerak, homiladorlik qanday yakunlanganidan
qatʼiy nazar:
Homiladorlik dastlabki haftalarda to‘xtab qolgan bo‘lsa;
Bachadondan tashqari
homiladorlik yuz bersa;
Abort
yoki o‘z-o‘zidan
tushish
sodir bo‘lsa;
Bolaning nobud holda tug‘ilishi.
Bu har bir holatda immunoglobulin kiritilishi zarur bo‘lgan choradir. Bu
keyingi homiladorliklarda
rezus-konfliktning oldini olish uchun
samarali himoya
chorasi hisoblanadi.
4-bosqich. Tug‘ilganidan keyin bolaning holatini kuzatish
Bola dunyoga kelgan zahoti uning qon guruhi, rezus-faktori va
organizmidagi
bilirubin darajasi
aniqlanadi. Agar homila homiladorlik davomida
eritrotsitlarga «hujumlar»ga uchragan bo‘lsa,
bilirubin
faol ishlab chiqariladi.
Bilirubin darajasining oshishi
eritroblastozning
asosiy belgilardan biridir.
Shifokor quyidagi holatlarni baholaydi:
Bolaning teri rangi,
Mushak tonusi,
Emish refleksi.
Agar bu ko‘rsatkichlar me’yorda bo‘lsa, chaqaloqni onasi bilan birga
qoldirishadi va rejaga muvofiq emlash ishlari amalga oshiriladi.
Ammo bilirubin darajasining oshishi aniqlansa,
chaqaloqning holati
shifokorlar
tomonidan
sinchkovlik
bilan
kuzatiladi.
Agar
gemolitik
kasallik
tashxisi tasdiqlansa, tegishli davolash choralari belgilanadi.
MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT
Выпуск журнала №-19
Часть–4_ Февраль –2025
106
ADABIYOTLAR
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
2.
Crowther C.A., Middleton P. Anti-D administration after childbirth for
preventing Rezus alloimmunisation // Cochrane Database Syst. Rev. 1997. № 2.
3.
Delaney M., Matthews D.C. Hemolytic disease of the fetus and newborn:
managing the mother, fetus, and newborn // Hematology. 2015. Т. 2015. № 1. С. 146-
151.
4.
Donner C. идр. *Monitoring and treatment of fetal maternal alloimmunization.
Role of cordocentesis]. // J. Gynecol. Obstet. Biol. Reprod. (Paris). 1994. Т. 23. № 8.
С. 892-7.
5.
Fung Kee Fung K. идр. Prevention of Rh alloimmunization. // J. Obstet.
Gynaecol. Can. 2003. Т. 25. № 9. С. 765-73.
6.
Sirojiddinova X.N., Ergasheva Z.U., Muzropova I.M., Toshtemirova N.U.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda gipotermik holatning o’ziga xos xususiyatlari.
Eurasian journal of Международный научный журнал № 7(100), часть 1
«Научный импульс» Февраль, 2023 414 medical and natural sciences Volume 2
Issue 5, May 2022. UIF = 8.3 | SJIF = 5.995 Page 104-108.
7.
https://mymedic.uz/tibbiyot/qon-guruhlari/