Authors

  • Lapasova Go‘zal Unarboy qizi

Author Biography

  • Lapasova Go‘zal Unarboy qizi

    Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Pedagogika

    fakulteti boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va

    metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

    gozallapasova88gmail.com

    +998933032896

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.mead.94430

Keywords:

O.Sharafiddinov munaqqid kitobsevar kitobsuyar kitobso‘yar

Abstract

Said Ahmad va Ozod Sharafiddinovlar birgalikda ilm va ijodda hamkorlikning go‘zal samaralarini yaratdilar. Ozod Sharafiddinov odil inson, zahmatkash olim, mehribon padar sifatida bu yorug‘ dunyoda muhtasham iz qoldirdi. O‘zidan o‘lmas ijodiy meros qoldirdi. Bu ijod nainki bir insonning, balki butun bir millatning faxr-u g‘ururi bo‘la oladigan ijoddir, o‘zbek xalqining, millatimizning o‘tmishi, buguni va kelajagiga dahldor ijoddir. Ozod Sharafiddinov fikrat ibrati, jasorat ibrati, ta’b ibrati, zakovat ibrati singari bir qancha ibratlarni o‘zida mujassamlashtirgan allomalarimizdan edi.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

71

SAID AHMAD ESSELARIDA SHAXSIY XOTIRA VA HAYOTIY

SARGUZASHTLARNING O‘RNI(O.SHARAFIDDINOV MISOLIDA)

Lapasova Go‘zal Unarboy qizi

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Pedagogika

fakulteti boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va

metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi

gozallapasova88gmail.com

+998933032896

ANNOTATSIYA. Said Ahmad va Ozod Sharafiddinovlar birgalikda ilm va

ijodda hamkorlikning go‘zal samaralarini yaratdilar. Ozod

Sharafiddinov odil inson,

zahmatkash olim, mehribon padar sifatida bu yorug‘ dunyoda muhtasham iz qoldirdi.

O‘zidan o‘lmas ijodiy meros qoldirdi. Bu ijod nainki bir insonning, balki butun bir

millatning faxr-u g‘ururi bo‘la oladigan ijoddir, o‘zbek xalqining, millatimizning

o‘tmishi, buguni va kelajagiga dahldor ijoddir. Ozod Sharafiddinov fikrat ibrati,

jasorat ibrati, ta’b ibrati, zakovat ibrati singari bir qancha ibratlarni o‘zida

mujassamlashtirgan allomalarimizdan edi.

KALIT SO‘ZLAR. O.Sharafiddinov, munaqqid, kitobsevar, kitobsuyar,

kitobso‘yar

Kishi

ismiga tortadi degan ta’bir

dono hikmat. Ozod Sharafiddinov

O‘zbekiston va o‘zbek adabiyotining XX asr tarixida chinakamiga o‘z shaxsi, o‘z

dunyoqarashi, o‘z e’tiqodi, o‘z iste’dodi, o‘z imkoniyatlari ozodligini bir butun

takrorlanmas hodisa deb bilgan, bu yuksak qadriyatlar taqozo etadigan mashaqqatlar

yukiga yelkasini og‘rinmay tutgan, bir zum el nazaridan chetda emasligini his etib

yashagan allomalardan.

Hazrat Mahmud Qoshg’ariy qomusini turkiy tilda tuzib ketgan, Yusuf Xos

Hojib va Navoiy ruhiy qudrati bilan buyuk ma’naviy obidalar yaratilganidan keyin

asrlar o‘tib Mavlono Abdulla Qodiriy qalamidan dilbar nasr dunyoga kelgani

hammaga ayon. Ana shu silsilada davr taqozosi bilan uzilish sodir bo‘lganida Ozod


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

72

Sharafiddinov degan munaqqid dunyoga kelishi tabiiy edi. Odil Yoqubov nasri va

Abdulla Oripov nazmi yangi bir avlod dunyoga kelganini isbotlashi uchun ularni

nazorat - tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash kerak edi. Ana shu zalvorli yukni

zimmasiga olgan adabiy tanqidchimiz o‘zbek adabiyoti silsilasida uzilish bo‘lmasiligi

uchun kurashdi, mas’uliyatini tengdoshlari bilan baham ko‘rdi, rang-barang asarlarni

qo‘llab-quvvatladi, javobini ololmagan savollariga jahon adabiyoti va falsafasi

ummonidan talqin izladi, nimalarnidir topgandek bo‘ldi. Qarabsizki, nafaqat 60-

yillar avlodlari, qolaversa, yangi avlodlar ham Ozod Sharafiddinov nuqtayi nazari

bilan hisoblashadigan bo‘ldi. Buning boisi alloma yaratgan maqolalar va asarlar

nainki adabiy, shuning barobarida falsafiy tanqid edi. Ozod Sharafiddinov

adabiyotning bosh vazifasi Olam, Inson va uning qalbini tasvirlash degan azaliy

qadriyat, ya’nikim bag‘ri butunlikda ekanligiga sodiq qoldi. Ozod Sharafiddinov

mehnat faoliyatining asosiy qismi o‘zi o‘qigan O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)da kechdi. U 1955-1995-

yillar oralig‘ida, qariyb qirq yil mana shu ilm dargohida yoshlarga bilim va tarbiya

berdi, minglab shogirdlarga beminnat ustozlik qildi. Chin ma’nodagi ziyoli, milliy

ma’naviyatimizning yirik darg‘alaridan bo‘lgan Ozod domlaning farzandlariga

aytgan so‘nggi so‘zlari ham avlodlarga bir vasiyatdek yangrab qoldi:

“Kitoblarimni

asranglar, mening eng katta boyligim mana shu kitoblar edi...”

Said Ahmad “Yo‘qotganlarim va topganlarim” kitobidagi “Yoqimtoy inson,

bilimdon olim Ozod Sharafiddinovning kitobsevarligi toʻgʻrisida bilgan va

bilmaganlarim” deb nomlangan qismida Ozod Sharafiddinov to‘g‘risida quyidagi

fikrlarni bildiradi: – “Oʻzingiz bilasiz, koʻpchilik yozuvchilarning xususiy

mashinalari bor. Ular biron joyga safar qilmoqchi boʻlsalar, Ozod ularga hamroh

boʻladi. Bu dilkash, istarali olimning hamsafar boʻlishidan huzur qilasiz. Yoʻl-

yoʻlakay undan ohori toʻkilmagan gaplarni eshitasiz… Dunyoda shu bola oʻqimagan

kitob qoldimikan, deb oʻylaysiz… Shuni ham aytib qoʻyayki, Ozod bilan safarga

chiqish rohat, safardan birga qaytish azob”

1

. Said Ahmad Ozod Sharafiddinovning

1

Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. –T.: Sano-standart nashriyoti, 2014. Xotiralar. Adabiy o‘ylar. – B. 265.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

73

kitobsevarligi haqida shunday yozadi: – “Albatta, mashinada safarga chiqqan

yozuvchiga xotin, bola-chaqalari Margʻilonning oq luchchagidan olakeling,

deyishadi. Biri Gʻirvonning anoridan koʻproq olib keling, desa, biri Kosonsoyning

noki esingizdan chiqmasin, deydi. Yana biri Andijonning devzirasini biladigan

odamga koʻrsatib oling, deb tayinlaydi. Birovi Oltiariqdan gʻirillab oʻtib ketmay,

turpidan biron qop, albatta, oling, deydi.

Ozod bilan safarga chiqqan odamga bu gaplar xayf. Chunki safardan nainki

uning oʻzi, hatto uni safarga olib ketgan mashinali doʻstlari ham ikki qoʻllarini

burunlariga tiqib, qup-quruq qaytadilar.

Sabab? Yoʻlda qandoqki kitob doʻkoni koʻrinsa, Ozod toʻxtat, deb

shafyorning bilagiga yopishadi. U, albatta, doʻkonga kiradi. Ikki soat chamasi kitob

titadi. Keyin ikki qoʻltigʻi toʻla kitob, orqasida oʻshancha kitob qoʻltiqlagan sotuvchi

chiqib mashinaning yukxonasiga tapillatib tashlaydi. Shunaqa doʻkonlarning

toʻrttasiga kirgandayoq mashina toʻladi. Shundan keyin Ozod boshqa mashinaga

oʻtadi. Uni ham kitobga toʻldiradi. Ikkala mashinaning gʻildiragi yuk ogʻirligidan

yerga qapishadi. Qoʻzgʻalganda motor ingrab yuboradi. Nechta mashina bilan yoʻlga

chiqqan boʻlsak, hammasi kitob bilan band boʻladi. Bu kitob “jinnisi” doʻstimiz

oxirgi tiyinigacha kitobga sarflab, oxiri bizga qaram boʻlib qoladi. Xotini Sharofatxon

bilan qizi Muhabbat atlas olib keling, deb bergan pul ham qulogʻini ushlagancha

ketadi. Toshkentda bola-chaqalari, kelin-u kuyovlari, nevaralari dadamiz uni olib

keladi, dadamiz buni olib keladi, deb chuchvarani xom sanab oʻtiraverishadi”

2

.

Said Ahmad Ozod Sharafiddinov bilan safarga chiqish bir dunyo quvonchligi,

ammo safardan birga qaytishni Xudo hech bir musulmon bandasining boshiga

solmasligi, chunki birga safarga chiqqan yor-birodarlar mashinada joy qolmaganidan

koʻpchiligi poyezd yo samolyotda qaytib ketsa, puli qolmaganlari noiloj kitoblar

orasida bir poy dumbasi bilan oʻtirib, inson bolasi koʻrmagan azoblarda uyga vergulga

oʻxshab qiyshayib yetib kelishi, Ozod mashhur kitobsevarlardan hisoblanishini

ta’kidlaydi.

2

Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. –T.: Sano-standart nashriyoti, 2014. Xotiralar. Adabiy o‘ylar. – B. 267.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

74

Kitobsevar boshqa, kitobsoʻyar boshqa, kitobsuyar boshqa. Adabiy

tanqidchiligimizda UCHCHOVI ham bor. Kitobsevar kitobni muqaddas biladi. Uning

muallifiga hurmat bilan qaraydi. Kitobsuyar qoʻlyozmani oʻqib, bunda bir gap bor,

sal turtki bilan yaxshi kitob boʻlishi mumkin, deb suyab qoʻyadi. Kitobsoʻyar esa

kitobning ichak-chavogʻini agʻdarib soʻyadi. Uning maʼnosini, badiiyligini sariq

chaqaga ham olmaydi. Ozod

Sharafiddinov ijod qilgan kattakon davrda o‘zbek

adabiyotida jahon adabiyoti talablariga javob bera oladigan bir talay asarlar yaratildi.

Shuhrat, Said Ahmad, Shukrullo, ularning izidan kelgan Pirimqul Qodirov va Odil

Yoqubov, so‘z san’atimizga yangi qon bo‘lib qo‘shilgan O‘tkir Hoshimov va Shukur

Xolmirzayev, she’riyatimiz ufqlarini kengaytirgan Erkin Vohidov va Abdulla Oripov

singari o‘nlab, yuzlab ijodkorlar biri-biriga o‘xshamagan, betakror asarlar yaratdilar.

Shunda Ozod Sharafiddinovning “Iste’dod

Xalq mulki” degan iborasi mag‘rur

jarangladi.

Uning

yutuqlaridan

quvongan

munaqqid

har

bir

yaxshi

namunasini kitobxon ahliga yaqinlashtirdi, ijodkor nazarda tutmagan jihatlarini kashf

etdi, xalq farzandlarini adabiyotni tushunishga o‘rgatdi.

Said Ahmad Ozod

Sharafiddinovning munaqiddlik faoliyatini quyidagicha baholaydi: – “Na chora, gul

bitgan joyda tikan ham, yantoq ham bitadi. Yangi kitob qoʻlyozmalari

muhokamalariga Ozodni ham chaqirib turishadi. Maʼlumki, bu kitoblarni yo biron

vrach, yo biron injener, yoki boʻlmasa pensiyaga chiqib, nima ish qilishini bilmay

oʻtirgan, men ham bittagina roman yozib qoʻyay, degan “havaskorlar” yozgan.

Yozgan narsasini koʻpchilik boʻlib erinmay muhokama qiladilar. Natijada,

boʻlmaydi, boshqa tirikchilik qiling, degan gap aytiladi”

3

. Ozod Sharafiddinov esa oʻz

fikrini nazokat bilan, muallifning dili ogʻrimaydigan qilib aytish, yaʼni oldin soʻz

aytgan oʻrtoqlarning fikriga qoʻshilgan boʻlib: – “Lekin doʻstlarimiz aytgan

kamchiliklar qunt bilan tuzatilsa, juda yaxshi asar boʻlishi mumkin”, – degan xulosa

beradi. Oldingi gapirganlar “asar”ning turgan-bitgani nuqsondan iborat, uni

yangitdan yozib chiqish kerak, degan xulosaga kelishadi. Ozod Sharafiddinov ham

3

Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. –T.: Sano-standart nashriyoti, 2014. Xotiralar. Adabiy o‘ylar. – B. 267.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

75

aslini olganda xuddi shu gapni aytganligi, faqat yoʻli bilan, juda chiroyli qilib

aytganligini ta’kidlaydi, Said Ahmad.

Ozod

Sharafiddinov iste’dodini, kelajakda katta ijodkor olim bo’lishini

Abdulla Qahhordek ulug’, xalqimiz sevgan adibimiz ko’ra bilgan va mehr qo’yib,

bag’riga olgan edi. Abdulla Qahhor suhbatlarining birida Ozod Sharafiddinovni tilga

olib:

“Shunday yozmoq kerakki, nosfurush sening kitobing sahifasiga nos o‘rab

sotgan bo‘lsa, uyida uni ochib, matniga ko‘zi tushgan odam:

“Ie, bu Ozodning

gaplari-ku”, deya sahifani ehtiyot qilib, olib qo‘ysin”. Bu haq gapni tan olgan va

qadrlay bilgan Ozod Sharafiddinov “... bundek mukammal yozmoq uchun, bu

darajada barkamol san’at namunasini yaratmoq uchun ijodkor Abdulla Qahhordek

mehnatkash bo‘lmog‘i lozim. Bu esa hammaga ham nasib qilavermaydi. Faqat o‘z

Vatanini jon dilidan yaxshi ko‘rgan, o‘z xalqini har tomonlama barkamol ko‘rishni

istagan, ko‘ksida istiqlol yolqini barq urib turgan san’atkorgina bu baxtga musharraf

bo‘ladi”, deb qayd etgan edi. Ustozni bunday ulug‘lash va ularga ta’zim qila bilish

uchun Ozod Sharafiddinovdek adabiyotshunos bo‘lib yetilmoq kerak.

Said Ahmad Ozod Sharafiddinovni yana bir quyidagi voqea bilan esga oladi:

– “Devonafeʼl shoir boʻlardi. Bir gapni ayta turib, boshqa gaplarni ham aralashtirib

yuborardi. U har kuni redaksiyaga kelib, bitta joyni egallab oʻtirar, almoyi-aljoyi

gaplarni aytaverardi. Bir kun gapi juda aynib ketganda unga, jinnilik qilmang, dedim.

Shunda u meni urgandi. Ertasiga Gʻafur Gʻulom keldi. U bilan birpas gaplashib, uning

miyasi aynib qolganini sezdi. Yelkasiga qoʻlini qoʻyib, doʻstim, jinni boʻlsang ham,

juda shirin jinni boʻpsan, dedi. Bu gap shoirga malol kelmadi. Qaytaga yoqdi.

“Rahmat”, — deb, Gʻafur akaning qoʻlini qisib qoʻydi. Qarang, aslini olganda Gʻafur

aka bilan ikkovimizning gapimiz bir maʼnoda edi. Ammo Gʻafur aka malol

kelmaydigan, hatto unga yoqadigan qilib “jinni” dedi. Gapning yoʻgʻon tomirini

ushlab turib gapirishni Gʻafur akaga chiqazgandi. Ozod ham gapning qon bosimini

tomir ushlamay turib biladi. Yozuvchilar uyushmasiga kitob olib keladiganlarning

baʼzi “asarlari” badiiylikdan uzoq, tuzatib, epaqaga keltirib boʻlmaydigan narsalar

boʻladi. Ammo ularga tushuntirib boʻlmaydi. Oʻzlaricha, qoyil qilganman, degan

fikrda boʻladilar. Ming marta ishlagan bilan epaqaga keltirib boʻlmaydigan


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

76

“asar”ning muallifini Ozod qayta ishlasa yaxshi asar boʻladi, deb umidvor qilib

kuzatib qoʻyadi. Nega unday qilding, ming ishlagan bilan undan hech vaqo

chiqmaydiku, deganda u, qoʻyaver, dunyoyi bo umid, shu bilan ovora boʻlib kun

oʻtganini bilmay qoladi, deydi”

4

.

Bir rivoyatni keltiradi: “Afandi bas boylashib shaytonni yengibdi. Shart

boʻyicha yengilgan yengganga qul boʻlib xizmat qilish kerak. Shayton, nima ish

buyurasiz, degandek ishshayib turganda, Afrikaga borib ona-bola tuyaqush olib kel,

deb buyuribdi. Afandi ogʻzidagi nosni tupuribdi. Nos yerga tushguncha shayton ona-

bola tuyaqushni hovliga olib kiribdi.

— Obbo, — debdi Afandi, — bu bedavo maxluq ensamni qotirib

qachongacha toʻgʻrimda oʻtiradi. Biron qiyin ish topshirib biroz dam olmasam

boʻlmaydi, debdi oʻziga-oʻzi Afandi va boshidagi qorakoʻl qalpogʻidan bitta tola

yulib, shaytonga beribdi.

— Juda qiyshayib, buralib ketibdi. Shuni tekislab, toʻppa-toʻgʻri qilib ber, —

debdi. Oradan necha yuz yillar oʻtib ketibdi hamki, shayton hamon qorakoʻl tukini

tizzaga qoʻyib, kafti bilan ishqab oʻtirgan emish..

5

.

Yuqorida aytilganidek, Said Ahmad fikrini quyidagicha xulosalaydi: “asar”i

muhokama boʻlgan yigit soqoli koʻksiga tushibdi hamki, beli bukchayib hassaga

tayanib qopti hamki, yozuvchi boʻlaman, deb shaytonga oʻxshab hamon urinib

yotibdi. Ozod shunaqalar toʻgʻrisida gapirganda, “Har kim oʻzi bilgan, biladigan ishni

qilishi kerak”, – deydi. Yozuvchilikni oson ish deganlar, mayli, yozib azobini tatib

koʻrsin, adabiyot qanaqa mushkul ish ekanini bilib qoʻyadi. Ozod Sharafiddnov oʻttiz

yildan ortiq Toshkent davlat dorilfununida oʻzbek adabiyotidan muallimlik qildi.

Ming-minglab shogirdlar tayyorladi. Yigirmadan koʻp shogirdi uning ilmiy

rahbarligida fan nomzodi darajasiga erishdi. Ular orasida fan doktorlari, professorlar

bor: Professor Umarali Normatov, dotsent Ortiq Abdullayev, Abdugʻafur Rasulov,

Rahmon Qoʻchqorov.

4

Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. –T.: Sano-standart nashriyoti, 2014. Xotiralar. Adabiy o‘ylar. – B. 267-

268.

5

Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. –T.: Sano-standart nashriyoti, 2014. Xotiralar. Adabiy o‘ylar. – B. 269.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

77

Professor Ozod Sharafiddinov ilmiy pedagogik faoliyatidan uzilmagan holda

adabiyotimizning chirsillab turgan masalalari toʻgʻrisida yuzlab maqolalar eʼlon qildi.

U yaratgan “Zamon — Qalb — Poeziya” kitobi adabiyotshunosligimizga sarin bir

shabada olib keldi. “Adabiy etyudlar”, “Birinchi moʻjiza”, “Adabiyotimiz

bayroqdorlari”, “Abdulla Qahhor” kitoblari uning naqadar teran fikrli, mulohazasi

keng, uslubi ravon olim va publitsist ekanini namoyish qildi. Chumchuq soʻysa ham

qassob soʻysin, deb shuni aytadilar-da. Ozod Sharafiddinov tinib-tinchimaydigan, har

bir voqeaga shaxs sifatida munosabatini oʻz vaqtida bildira oladigan hozirjavob olim,

yozuvchi, pedagog sifatida tilga olinadi Said Ahmadning “Yo‘qotganlarim va

topganlarim” kitobida.

“Shu bezovta qalb egasi, doʻstlariga mehribon, shogirdlariga qattiqqoʻl

doʻstimiz yetmish yoshga kirdi. Hayotning jami achchiq-chuchuklarini tatib koʻrgan,

jarroh pichogʻiga tanini mardona tutib bergan doʻstim Ozod hamisha doʻstlar

ardogʻida. Shogirdlar qurshovida. Ixlosmandlar qosh-qabogʻidadir. Salkam oltmish

yil birga yoʻl yurgan, birga ajib chiroyli xayollar surgan, goʻzallar husniga birga

mahliyo boʻlgan doʻstim va ukam Ozodni shu muborak yosh bilan dil-dildan

qutlayman. Uning hurmati oʻz yoʻliga, u uchun hamma narsani qilaman. Ammo u

bilan safarga bormayman va u bilan safardan birga qaytmayman. Xafa boʻlsa boʻlar.

Gapning ochigʻini aytdim. Mening ushbu maqolam kimga maʼqul kelgan boʻlsa

qoʻlini koʻtarsin! Rahmat, tushiringlar. Aksariyat. 1998”

6

Ozod Sharafiddinov hayotda ham, ijodda

ham o’zining haqqoniy so‘zi, iroda

va matonati bilan yurtdoshlarimizga, avvalambor yoshlarimizga ibrat bo‘layotgan,

tom ma’nodagi ma’rifatparvar insondir. Agar adabiyotimiz tarixi o‘zanidan turib,

yaqin yuz yillikka nazar tashlasak, juda ko‘p qalamkashlarning nomlariga ko‘zimiz

tushadi. Ulardan hech birining xizmatlarini sira ham kamsitmagan holda aytish

mumkinki, keyingi ellik yil ichida faoliyat ko‘rsatgan adabiyotshunoslar, publitsistlar

silsilasida Ozod Sharafiddinovning nomi alohida bir cho‘qqi yanglig‘ ko‘zga

tashlanib turibdi.

6

Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. –T.: Sano-standart nashriyoti, 2014. Xotiralar. Adabiy o‘ylar. – B. 270.


background image

MODERN EDUCATION AND DEVELOPMENT

Выпуск журнала №-19

Часть–4_ Февраль –2025

78

Said Ahmad va Ozod Sharafiddinovlar birgalikda ilm va ijodda

hamkorlikning go‘zal samaralarini yaratdilar. Ozod

Sharafiddinov odil inson,

zahmatkash olim, mehribon padar sifatida bu yorug‘ dunyoda muhtasham iz qoldirdi.

O‘zidan o‘lmas ijodiy meros qoldirdi. Bu ijod nainki bir insonning, balki butun bir

millatning faxr-u g‘ururi bo‘la oladigan ijoddir, o‘zbek xalqining, millatimizning

o‘tmishi, buguni va kelajagiga dahldor ijoddir. Ozod Sharafiddinov fikrat ibrati,

jasorat ibrati, ta’b ibrati, zakovat ibrati singari bir qancha ibratlarni o‘zida

mujassamlashtirgan allomalarimizdan edi. Suyanadigan ma’rifat bo‘lganidan keyin

shunday bo‘lishi tabiiydir. Ustozdan minglab shogirdlar qoldi. Bu shogirdlar nafaqat

O‘zbekistonda balki bizga ma’lum bo‘lgan barcha mintaqalarda domla o‘rgatgan ilm

bayrog‘ini baland ko‘tarib, chirog‘larini yoqib kelayotir.

Esseda qahramon yashagan davr sinovlari uning taqdirida o‘zining o‘chmas

og‘riqli izini qoldirib ketgani o‘z aksini topgan. Ozod Sharafiddinovning esselarida,

albatta, o‘sha davr kayfiyatini his qilganimiz holda bu jarayonni Said Ahmad ham

ijodida, yozgan xotira-esselarida mavjud tuzumni o‘sha davrdagi insonlarning

ijtimoiy hayotini ko‘rsatish texnikasidan unumli foydalangan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1.Said Ahmad. Yo‘qotganlarim va topganlarim. –Toshkent: Sano-standart

nashriyoti, 2014. Xotiralar. Adabiy o‘ylar. – 352 b.

Said Ahmad. Tanlangan asarlar. 3 jildlik. Toshkent. 2000

Qo‘chqorova M. Esse – erkin ijod. (Sh.Xolmirzayev bilan suhbati) // O‘zbekiston

adabiyoti va san’ati. - 2003. - №16. –B.3.

Jahon adiblari adabiyot haqida. Ozod Sharafiddinov tarjimasi. – Toshkent:

Ma’naviyat, 2010. – B. 391.

Suvonova Rohila. “Yo‘qotganlarim va topganlarim”dagi esse janri xususiyatlari.

“Said Ahmad ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati va zamonaviy o‘zbek adabiyoti”

mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy onlayn konferensiyasi materiallari to‘plami.

2020-yil 22-iyun.

Nasriddinova G. Hozirgi o‘zbek adabiyotida esse janrining taraqqiyoti (Said Ahmad

va Ozod Sharafiddinov esselari misolida) mag. diss. – Guliston: 2022. 120 b.